Kamolov Shuxrat Jamoldinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogik kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi.
Kamolov Shuxrat 1980-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2003-yilda Muqimiy nomli Qoʻqon davlat pedagogika institutini va 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot tamomlagan va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti boʻlgan.
1999-2003-yillarda - Fargʻona viloyati Muqimiy nomli Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi;
2003-2003-yillarda - Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar Qizil Yarim Oy jamiyatida Yoshlar markazi hamda Xalqaro insonparvarlik huquqi boʻyicha koordinator;
2003-2004-yillarda - Namangan viloyati Pop maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining ingliz tili fani oʻqituvchisi;
2004-2006-yillarda - Namangan viloyati xalqaro “Mersy Corp-Uzbekistan” tashkilotining “Barakot” mikromoliyaviy dasturida katta kredit xodimi;
2006-2007-yillarda - Yevropa ittifoqi va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining Fargʻona viloyatida loyiha eksperti;
2007-2011-yillarda - Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Kadrlar va marketing” boʻlimi mutaxassisi;
2011-2013-yillarda - Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ularni malakasini oshirish” shoʻbasi mudiri, “Oʻzbekiston-Shveysariya «Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasining Namangan viloyati eksperti;
2013-2017-yillarda -Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ularni malakasini oshirish” shoʻbasi
bosh mutaxassisi;
2017-2019-yillarda - Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi kadrlar boʻyicha inspektori;
2019-2021-yillarda -Namangan viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi kadrlar boʻyicha inspektori;
2021-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogik kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi;
✅Kamolov Shuxrat Jamoldinovich
?(71) 207-04-08 (820)
?pedstaff@mpe.uz