“So‘nggi 5 yil ichida maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlar va natijalarni baholash” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida

news-detail

(Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarining so‘nggi 5 yil ichida maktabgacha ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklarini OAV bilan hamkorlikda tahlil qilish)

Maktabgacha ta’lim tizimida 2017-yilda mamlakatimizda 5211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 2 557 931 nafar boladan 708 247  nafarni yoki 27,7 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olingan edi. (Press-relizga ilova qilingan slaydda so‘nggi 5 yillik barcha ma’lumotlar infografikada keltirilgan.)

Xususan, Jizzax viloyatida 172 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 147 967 nafar boladan 24 265  nafarni yoki 16,4 % ni , Namangan viloyatida 462 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 183 705 nafar boladan 54 141  nafarni yoki 29,5 % ni, Qashqadaryo viloyati 332 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 259 194 nafar boladan 55 871 nafarni yoki 21,6 % ni,  Samarqand viloyati

565 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 285 077 nafar boladan 75 087  nafarni yoki 21 % ni, Toshkent viloyatida  441 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 220 274 nafar boladan 59 989  nafarni yoki 27,2% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan.

2018-yil holatiga kelib mamlakatimizda 7104 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 473 145 nafar boladan 932 310  nafari yoki 37,7 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Xususan, Jizzax viloyatida 242 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 132 868 nafar boladan 35 656  nafarni yoki 26,8 % ni , Namangan viloyatida 636 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 184 288 nafar boladan 79 023  nafarni yoki 42,9 % ni, Qashqadaryo viloyati 595 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 241 843 nafar boladan 68 602 nafarni yoki 28,4 % ni,  Samarqand viloyati 637 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 305 068 nafar boladan 79 262  nafarni yoki 26 % ni, Toshkent viloyatida  681 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan  199 077 nafar boladan  nafarni yoki 40,7% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan.

2019-yilda mamlakatimizda 13 530 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 701 462 nafar boladan 1 413 290  nafari yoki 52,3 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Xususan, Jizzax viloyatida 725 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 111 890 nafar boladan 63 473  nafarni yoki 56,7 % ni , Namangan viloyatida 1210 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 227 968 nafar boladan 118 331  nafarni yoki 51,9 % ni, Qashqadaryo viloyati 1558 ta 110 532 nafarni yoki 38,7 % ni,  Samarqand viloyati 2027 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 323 916 nafar boladan 163 231  nafarni yoki 50,4 % ni, Toshkent viloyatida  823 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 218 888 nafar bolalardan, 108 881  nafarni yoki 49,7% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan.

2020-yilda mamlakatimizda 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 792 806 nafar boladan 1 699 566  nafari yoki 60,9 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Xususan, Jizzax viloyatida 990 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 117 363 nafar boladan 76 253  nafarni yoki 65 % ni , Namangan viloyatida 1 618 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 238 592 nafar boladan 149 983 nafarni yoki 62,9 % ni,  Samarqand viloyati 2421 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 337 121 nafar boladan 212 229  nafarni yoki 63 % ni, Toshkent viloyatida  1034 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 220 595 nafar bolalardan, 119 951  nafarni yoki 54,4% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan.

Shuningdek, joriy yilning 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha mamlakatimizda 19 316 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 1 707 860 nafar bolalar yoki 62,4 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. 

Xususan, Jizzax viloyatida 1010 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 81 062 nafar bolalar yoki 67,5 % ni , Namangan viloyatida 1743 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 155 720 nafar bolalar yoki 64,2 % ni,  Samarqand viloyati 2487 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 215 643 nafar bolalar yoki 63,2 % ni, Toshkent viloyatida  1101 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 220 595 nafar bolalardan, 125 166  nafarni yoki 57,3% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 414-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan holat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT Joriy yilning 27- mart kuni 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 4-guruh tarbiyalanuvchisi X. S. ning onasi X. N.  guruh tarbiyachisi tomonidan farzandiga qo‘pollik qilganligi to‘g‘risida murojaat qilgan. Fuqaro murojaatida tarbiyachi I. S. kunduzgi mashg‘ulot vaqtida farzandi yig‘lab baqirganligi uchun bolaga qo‘l ko‘targan, natijada farzandining qo‘lida ko‘kargan barmoq izlari paydo bo‘lganini aytgan va tashkilot rahbaridan 27-martdagi guruhdagi kamera yozuvlarini ochib berishini talab qilgan. Kamera yozuvlaridagi video tasvirlarda bolasini tarbiyachi tomonidan qo‘pollik qilganligini ko‘rib, norozi bo‘lib tegishli tashkilotlarga murojaat qilishini va DMTT ma’muriyatidan tarbiyachiga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini talab qilgan. Shu vaqtning o‘zida tarbiyachi I. S. ota-onalarning oldiga chaqirilib undan izoh talab qilingan. Tarbiyachi bolaga nisbatan o‘ta qo‘pol pedagogga xos bo‘lmagan munosabatda bo‘lganini tan olgan va ota-onadan kechirim so‘ragan. DMTT direktori G.X.S. ota-onalardan kechirim so‘rab, ma’muriyat tomonidan nazorat susayganligini, shu kunga qadar bunday holat hech qachon kuzatilmaganligini ta’kidlab o‘tgan. 2024-yilning 29-mart kuni mazkur noxush holat barcha xodimlar ishtirokida muhokama qilindi va pedagoglar bola hayoti, sog‘lig‘ini muhofaza qilish yuzasidan yana bir bor tanishtirildi. Qaror yig‘ilishiga asosan tarbiyachi S.I. ga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi va 2024-yil 1-apreldan 414-DMTT ning 28-14-206-sonli buyrug‘i bilan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.          Ushbu holat tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.    Hurmatli tarbiyachi pedagoglar Maktabgacha ta'lim agentligi sizlarni ogohlantiradi!    ‼️Bolajonlarimizga berilayotgan ta'lim tarbiya jarayonlarida sizlarning o'rningiz beqiyosdir, ammo yuqorida keltirilgan kabi holatlar kuzatilishi endi dunyoni taniyotgan bolajonlarning murg'ak dunyosiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday holatlar bolalarda turli xil asoratlar berishi, uni qo'rqoq qilib qo'yishi yoki psixikasiga, nutqiy jarayonlariga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Shularni inobatga olgan holda  zimmangizdagi mas'uliyatli vazifani sitqidildan ado etishingizni so'raymiz. Bola huquqlari qonun himoyasida. Bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish,  bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik,bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi "BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA" gi Qonuni bilan kafolatlangan.  O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.01.2008 yildagi O‘RQ-139-son (https://lex.uz/docs/-1297315?ONDATE2=18.05.2022&action=compare)     

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jahon banki tanlovga taklif e'lon qiladi

Tanlovga taklif (Xarid ikki konvertli tartib-qoida boʻyicha amalga oshiriladi)   Mamlakat:                 Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha:                      Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish Kontrakt:                  Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bolalar stol va stullarini hamda tegishli xizmatlarni xarid qilish Kredit raqami:          6418-UZ RFB raqami:             RFBG/2/02/20/3   1.      Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Jahon bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi mablagʻlari hisobidan Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bolalar stol va stullarini hamda tegishli xizmatlarni xarid qilish boʻyicha kontraktlar toʻlovlarini amalga oshirish rejalashtirgan. Mazkur kontrakt boʻyicha toʻlovlar Qarz oluvchi tomonidan, Jahon bankining investitsiya loyihalarini moliyalash uchun toʻlovlar boʻyicha yoʻriqnomasida belgilangandek, bevosita toʻlov yoʻli bilan amalga oshiriladi, kontraktga asosan akkreditiv boʻyicha amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno. 2.      Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi huquqiy vakolatga ega Xarid ishtirokchilarini yopilgan va muhrlangan oʻz tanlov takliflarini taqdim etishga taklif etadi: 1 lot Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari va tegishli xizmatlar uchun 9 216 ta bolalar stoli va 69 120 ta stul sotib olish 1-region (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari) 2 lot Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari va tegishli xizmatlar uchun 6 816 ta bolalar stoli va 51 120 ta stul sotib olish 2-region (Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari) 3 lot Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari va tegishli xizmatlar uchun 5 068 ta bolalar stoli va 38 010 ta stul sotib olish 3-region (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari)   Ishtirokchilar oʻz takliflarini bitta yoki bir nechta lotga berishlari mumkin va har bir lot alohida koʻrib chiqiladi, baholanadi va har bir lot uchun alohida kontrakt tuziladi. 3.      Tanlov Jahon bankining 2016-yilning iyulida nashr etilgan va 2017-yil noyabrida va 2018-yil avgustida qayta koʻrilgan «IPF Qarz oluvchilari uchun xarid qoidalari»da bayon etilgan xalqaro tanlov xaridlari qonun-qoidalariga (“Xarid qoidalari”) asosan tanlov takliflarini talab qilish (RFB) yoʻli bilan amalga oshiriladi va Xarid qoidalarida belgilanganidek, barcha huquqiy vakolatga ega tanlov ishtirokchilari uchun ochiq. 4.      Huquqiy vakolatga ega boʻlgan manfaatdor tanlov ishtirokchilari qoʻshimcha maʼlumotlarni Tanlov hujjatlari bilan tanishib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi koordinatori Dilshod Gafarovdan ish kunlarida ish vaqtida (Toshkent vaqti bilan 09:00 – 18:00) quyida koʻrsatilgan manzildan olishlari mumkin. 5.      Huquqiy vakolatga ega manfaatdor tanlov ishtirokchilari procurement.ecdp@gmail.com elektron pochtasiga yoki quyida berilgan manzilga yozma murojaatlarini yoʻllab, ingliz tilidagi tanlov hujjatlarining toʻliq toʻplamini bepul olishlari mumkin. Tanlov hujjatlari ishtirokchi tomonidan koʻrsatilgan elektron manzilga yuboriladi. 6.      Tanlov takliflari qoʻyida berilgan manzilga 2024-yilning 21-may kuni soat 15:00dan (Toshkent vaqti bilan) kechikmasdan yetkazib berilishi lozim. Kechikkan tanlov takliflari rad etiladi. Ustiga “ASOSIY TAKLIF” deb qayd etilgan tashqi konvertlar va ustiga “TEXNIK QISM” deb qayd etilgan ichki konvertlarni oshkora ochish tadbiri Ishtirokchilar tomonidan tayinlangan vakillar yoki qatnashish istagini bildirgan boshqa shaxslar ishtirokida 2024-yilning 21-may kuni soat 15:00da (Toshkent vaqti) quyida berilgan manzilda oʻtkaziladi. Ustiga “IKKINCHI KONVERT: MOLIYAVIY QISM” deb qayd etilgan barcha konvertlar ochilmasdan qoladi va ikkinchi oshkora ochish tadbiriga qadar Xaridorning masʼuliyati ostida saqlanadi. 7.      Barcha takliflarga xaridda ishtirok etish takliflarini taʼminlash kafolati ilova qilinishi shart: 1 lot 16,000 AQSH dollari (O’n olti ming AQSH dollari) 2 lot 12,000 AQSH dollari (O’n ikki ming AQSH dollari) 3 lot 10,000 AQSH dollari (O’n ming AQSH dollari)   8.      Eʼtiboringizni Xaridlar toʻgʻrisidagi Nizomga qaratamiz. Unga koʻra Qarz oluvchi Xarid gʻolibining benefitsiar huquqi toʻgʻrisida maʼlumotni “Tanlov hujjatlariga kiritilgan benefitsiar egalik huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oshkor qilish” shaklidan foydalangan holda, Kontrakt berilishi toʻgʻrisidagi xabarning bir qismi sifatida oshkor qilishi talab etiladi. 9.      Yuqorida qayd etilgan manzil: Loyihani amalga oshirish guruhi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi. Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100070, Amir Temur koʻch., 17, 2-qavat, 201-xona. Tel.: +99871 207 04 08 (ichki: 607). El. pochta:   procurement.ecdp@gmail.com Veb-sayt: www.mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyatining ochiqligini ta'minlash hamda tizimda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

O‘tgan davr mobaynida maktabgacha ta’lim tizimi tubdan isloh qilish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va bolalarni maktabgacha ta’lim bilan yanada kengroq qamrab olinishini ta’minlash yo‘nalishida qator ijobiy natijalarga erishildi.          Jumladan, 2017-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 5 211 tani tashkil etgan bo‘lsa, sohaga nodavlat sektorni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatda ilk marotaba davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy qilish natijasida 2023-yilga kelib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 6,5 barobarga ortib, 33 942 taga yetkazildi. Misol uchun, nodavlat sektorning ulushi 2017-yilda 0,5 foiz (250 ta)ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ularning ulushi 80 foiz(28 ming ta)ga yetkazildi. Respublika bo‘yicha 2017-yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrovi  27 foiz(700 ming nafar)ni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 2,6 barobarga orttirilib, 74 foiz (2,2 mln. nafar)ga yetkazildi.                                                          Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlang‘ich imkoniyatlarni yaratish yo‘lida har bir bolaning maktabga kirishidan bir yil oldin umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to‘g‘risidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan o‘tkazilmoqda. 2023-yil yakuniga kelib qamrab olingan 6 yoshli bolalar ulushi 93 foizga (692 ming nafarga) yetdi.          Maktabgacha ta’lim xizmatlarini yanada kengaytirish maqsadida maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yaratildi. Xususan, barcha bolalarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida, 25 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 662 ming nafar bolalar qamrovi ta’minlandi.          Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish imkoni mavjud bo‘lmagan olis va chekka hududlarda “Aqlvoy” loyihasi doirasida 156 ta mahallalarda qayta jihozlangan 72 ta ISUZU avtobuslarda negizida 429 ta mobil guruhlar tashkil etilib, ularga 9,5 ming nafar bolalar qamrab olindi.          YUNISЕF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 20 ta “Turli xil yoshdagi maktabgacha ta’lim guruhlari” (o‘yin guruhlari)ga 496 nafar bolalar qamrab olindi.          Jahon bankining “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Ilk rivojlanish markazlari”ga jami 1 600 nafar bolalar jalb etildi.          Respublikadagi 3 519 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 535 160 o‘rinli qurilish-ta’mirlash (yangi 513 ta 73 905 o‘rin, rekonstruksiya 2 215 ta qo‘shimcha 104 030 o‘rin yaratilgan va mavjud 231 278 o‘rin ta’mirlangan, mukammal ta’mir 791 ta – 125 946 o‘rin) ishlari amalga oshirilgan.             2023-yilda tizimda qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan:  3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ko‘rsatkich 71,8 foizdan 74,0 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 91,0 foizdan 93,0 foizga yetkazildi; ·        4 522 ta davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi; ·        71 ta DXSH asosidagi NMTTlar (7 100 o‘rin) hamda 4 402 ta (116 998 o‘rin) oilaviy shakldagi NMTTlar faoliyatini boshladi; ·        jami 26 890 quvvat (o‘rin)ga ega bo‘lgan 182 ta (53 ta yangi qurilish va 123 ta rekonstruksiya, 2 ta mukammal ta’mirlash) obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi.          Maktabgacha ta’lim agentligiga 2023-yil davomida jami 4 492 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 2022-yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 1 012 taga yoki 22,5 foizga kamaygan. Agentlikka kelib tushgan murojaatlarning 2 578 tasi (57,3 foiz) ijobiy hal qilingan. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarga telefon orqali konsultatsiya berish va murojaatlarni qabul qilishni tashkil etish maqsadida 2023-yil iyul oyida Maktabgacha ta’lim agentligida «Koll markazi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2023-yil davomida Markazga biriktirilgan telefonlar orqali fuqarolar va tadbirkorlardan kelib tushgan 11 754 ta murojaatlar qabul qilinib, tegishli tartibda javob berilishi ta’minlandi.          2024-yilda 26,3 mingdan ortiq davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Davlat budjetidan  3 038,2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-404-son qaroriga asosan 2024-yilda jami 176 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari obyektlarini qurish (43 ta obyekt), rekonstruksiya qilish (133 ta obyekt) ishlari amalga oshirilmoqda va mazkur maqsadlar uchun jami 1 020,0 mlrd so‘m mablag‘ajratilgan.          Maktabgacha ta’lim tizimida 2024-yil qator ustuvor vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 2024-yil yakuniga qadar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 76,0 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish asosiy ustuvor vazifalardan hisoblanadi.                        

Вид сайта
Размер шрифта