24 iyul kuni " Yuksalish" umummilliy harakati zalida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Oliy Majlis Senati a'zosi senator M.Salimova , mahalliy hokimiyat vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Anjumanda Maktabgacha ta'lim vazirining o'rinbosari U.Begimqulovning besh yil mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar to'g‘risida hisoboti tinglandi. Shuningdek, vazirlikning yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalari to'g'risida ma'lumotlar taqdim etildi.
SHU bilan birga, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari maktabgacha ta'lim bo'limlari rahbarlarining hisobotlari OAV vakillariga taqdim etildi.