Hisobotlar
Ishga oʻz vaqtida kelib-ketildi, ichki mehnat, odob-axloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda boshqarmaning Nizomiga toʻliq rioya qilindi. Belgilangan tartibda Ishlar boshqarmasi boshligʻi rahbarligi ostida ish olib borildi hamda yuklatilgan vazifalar oʻz vaqtida ijro etildi. Ishlar boshqarmasining asosiy vazifasi vazirlik ishchi xodimlariga mehnat qilishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, binoni tozaligini saqlash, binoda issiqlik tizimi faoliyatini nazorat qilish hamda zarur konselyariya mollari va boshqa jihozlar bilan taʼminlashdan iborat. Boshqarmadagi umumiy vazifalardan tashqari quyidagi ishlar amalga oshirildi: - vazirlikning 2022-yil 7-iyundagi 135-sonli buyrugʻiga asosan tovar moddiy boyliklarini sanoqdan oʻtkazish yaʼni, inventarizatsiya qilish ishlari komissiya aʼzolari tomonidan olib borilmoqda va vazirlik balansida boʻlgan tovar-moddiy boyliklar toʻliq sanoqdan oʻtkazilib, hisobotini nihoyasiga yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda; - vazirlik binosi va bino uchun xarid qilingan asosiy vositalarni quruvchidan qabul qilib olish ishlari boʻyicha “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injenering kompaniyasi” DUK va pudratchi oʻrtasidagi hisobot nihoyasiga yetmayotganligi sababli Ishlar boshqarmasi tomonidan kirim qilish ishlari kechiktirilmoqda. Chunki, buyruqda buyurtmachi pudratchidan qabul qilib olishi belgilangan; - vazirlik binosi yoz mavsumiga toʻliq tayyor holga keltirildi. Bugungi kunda chiller sovitish tizimi nuqsonsiz ishlamoqda; - kommunal xizmatlar boʻyicha suv, svet, gaz va maxsus trans xizmatlari uchun oylik hisobotlari tayyorlanib, oʻz vaqtida tegishli tashkilotlarga taqdim etildi. - vazirlik ehtiyojlari uchun 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan tovarlarni talabnoma asosida xarid qilish masalalari boʻyicha jami 234 ta talabnoma kelib tushgan boʻlib, barchasi ijobiy hal etilgan va tovarlar xodimlarga taqdim etilgan hamda hisob-kitobi yuritilib tovar-moddiy boyliklari hisoboti Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasiga taqdim etilgan. Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan taqdim qilingan buyurtmalar buyruq asosida davlat xaridlari portaliga joylashtirildi. Jumladan, - Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 28-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti - 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani hamda “Zamonaviy media muhitda yangi PR trendlar” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazish toʻgʻrisida» gi 35-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 17 900 000 soʻmlik; - 2022-yil 25-martdagi “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 67-sonli buyrugʻining 4-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 34 738 000 soʻmlik; - 2022-yil 13-maydagi “1-iyun–Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida velomarafonini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 110-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 71 750 000 soʻmlik; - 2022-yil 24-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Kuzatuv kengashlari faoliyatining oʻrni” mavzusidagi amaliy seminarni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 122-sonli buyrugʻining 4-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 24 000 000 soʻmlik; - Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 7-iyundagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishi hamda 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan matbuot anjumanini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 134-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 54 650 000 soʻmlik mahsulotlar xarid qilingan boʻlib tadbir tashkilotchilariga talabnoma asosida topshirildi. Bundan tashqari maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlarini chet davlatlarga xizmat safariga borib-kelishlari uchun aviachiptalar va uchrashuvda vazirlik tomonidan taqdim qilinadigan hadyalar uchun jami 47 mln soʻmlik esdalik sovgʻalari xarid qilindi hamda xodimlarga taqdim etildi. Bugungi kunga kelib yuqorida koʻrsatilgan vazirlik tomonidan tashkil etilgan tadbirlar va chet el xizmat safariga ketishlari uchun jami 22 ta shartnomalar rasmiylashtirildi. Vazirlik balansidagi mavjud xizmat avtomashinalarining texnik ahvoli oʻrganildi, avtotransport vositalarini oʻrganish jarayonida taʼmirlash ishlarini tashkil etildi. Jumladan, davlat raqami 01 232 DAV xizmat avtomashinasining old oyna qismi shikastlanganligi, 01 013 GFA xizmat avtomashinasining tormoz qismi (kolotka) yemirilganligi, 01 996 WYA xizmat avtomashinasining tormoz qizmi, amortizatsiyasining yaroqsiz holga kelganligi sababli yangisiga almashtirildi hamda barcha xizmat avtomashinalarining motor moylari almashtirildi, xizmatga tayyorgarligi taʼminlandi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalari boʻyicha qilingan ishlar: - Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2021-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2022-yildagi asosiy vazifalar toʻgʻrisida” 2022-yil11-yanvardagi 1-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar toʻgʻrisida buyruq loyihasi ishlab chiqildi va amaliyotga qaratildi (Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 24-fevraldagi 8-son buyrugʻi); - vazirlik xizmat, maishiy va yertoʻla xonalari yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha yoʻriqnoma vazir oʻrinbosari tomonidan 17-fevral kuni imzolanib va barcha masʼul xodimlarga imzo ostiga yetkazilishi taʼminlandi (barcha xona, yertoʻla va h.klariga tegishliligi boʻyicha oʻrnatildi), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi 649-son qarori talablari asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlari va moddiy boyliklarini favqulodda vaziyatlar hamda yongʻin sodir boʻlganda evakuatsiya qilish rejasi qaytadan ishlab chiqildi (barcha qavatlar, yertoʻla va h.klariga tegishliligi boʻyicha oʻrnatildi), shuningdek, vazirlik binosi yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamda Mirobod tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan berilgan tavsiyasiga koʻra birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari belgilangan tartibda xarid qilinib koʻrsatib oʻtilgan joylarga oʻrnatildi; - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirning 2022-yil 24-yanvardagi 8-son buyrugʻi 2-ilovasi talablari asosida 14-18-mart, 28-martdan-01-aprelgacha, 04-15-aprel, 18-29-aprel, 02-06-may, 16-27-may hamda 20-24-iyun kunlari Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida oʻqish rejasiga muvofiq fuqaro muhofazasi boʻyicha mutaxassis (masʼul xodim)lar oʻqitilishi taʼminlandi; - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining 2022-yildagi chora – tadbirlar rejasiga asosan aprel-may oylari mobaynida fuqaro muhofazasi oyligini tashkil qilish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutidan 2022-yilning 20-may kuni vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishni, birlamchi oʻt oʻchirish vositalar va ulardan samarali foydalanishni hamda birinchi yordam koʻrsatishni oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi haqida maʼlumot berildi. Arxiv ishlari masalalari boʻyicha: - Oʻzbekiston Milliy arxivining 2022-yil asosiy ish rejasiga muvofiq arxiv hujjatlarining saqlanish holatini oʻrganish hamda uslubiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshirildi; - vazirlikning boshqarma va boʻlimlarida saqlanayotgan hujjatlar idoraviy arxivga qabul qilinib, turkumlashtirildi (Nazorat tahlil boshqarmasi-devonxonadan 2019-yilgi, Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagog kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan 2020-yilgi, Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi, Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmatidan 2018-2020-yilgi hamda Yuridik boshqarmadan 2017-2020-yilgi hujjatlari). 2022-yilning I chorak holatiga mdo.ijro.uz tizimi orqali boshqarmaga jami 204 ta xat kelib tushgan boʻlib, shulardan 2 tasini yuridik fuqarolar tomonidan kelib tushgan taklif va murojaatlar tashkil etadi. Boshqa vazirlik, idora va tashkilotlardan kelib tushgan hatlar jami 202 tani tashkil etsa, shulardan 47 ta xat ish jarayonida boʻlib, 107 tasi oʻz vaqtida nazoratdan olinishi taʼminlandi. Har kuni ertalab xizmat xonalari farroshlari va hovli supuruvchilar tomonidan xizmat xonalari va yoʻlaklar, mebel va jihozlar, zinalar, hojatxonalar, eshiklar, lift kabinalari hamda vazirlik binosi tozaligi nazoratga olindi. Vazirlikning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etildi.
Batafsilреспбюджет 2022й. 1-ярим.xlsx
Oxiriga qarang: QAROR.pdf
Автомашиналар маълумоти 01-04-2022.pdf
Жамланма МТВ 1 чорак ҳисоботи.xlsx
1-кв 2022.xlsx
BatafsilМТВ_сайтга_қўйиладиган_1чорак_ҳисоботи.xlsx
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining yangilangan tuzilmasida (2021-yil 16-fevraldagi 16-sonli buyruqqa asosan) 3 nafar xodimdan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimi joriy yilning aprel oyidan ish boshlagan. Tizimda korrupsion holatlarga kurashni samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 131 sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimiga oʻzgartirildi hamda barcha hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarida 1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratilgan. Vazirlikning 2021-yil 8-sentyabrdagi 170-sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi”ga oʻzgartirildi hamda shtat soni 5 taga yetkazilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 158 ta murojaatdan 80 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 3 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali, 54 tasi elektron pochta, yozma, ogʻzaki va turli tashkilotlar orqati, 6 tasi ishonch telefoni orqali hamda 15 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻshqarmasida tashkil etilgan telegram kanali orqali kelib tushgan. Kelgan murojaatlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar Olingan maʼlumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi 12-sonli DMTT direktori va Namangan viloyati, Uychi tumani MTB hisobchisi pora bilan qoʻlga olingan. Kelib tushgan tezkor maʼlumotlarga asosan 8 ta holatda maktabgacha taʼlim boʻlim va tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazilib, moliyaviy kamchiliklarga, taʼmagirlik hamda firibgarlik holatlari boʻyicha toʻplangan xujjatlar huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Korrupsion holatlarga aloqadorligi uchun 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Qoʻl ostidagi xodimlar faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganligi sababli 3 nafar rahbar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Noqonuniy xatti-xarakatlarni amalga oshirgan 6 nafar xodimlarga mehnat qonunchiligiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasigan.
Жамланма МТВ 4чорак ҳисоботи.xlsx
3_chorak_hisoboti-1
2021-yilning III choragida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning chegaralangan miqdorining oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida taqsimoti toʻgʻrisida maʼlumot:
9-oylik-moliyaviy-hisobot BMMZH-kassa-hisoboti-3 TK-kassa-hisoboti Debitor-qarzdorlik-hisoboti Kreditor-qarzdorlik-hisoboti
Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy boʻlinmalaridagi avtotransport vositalari haqida 2021-yil 1-oktabr holatiga koʻra ma’lumot:
I. Amalga oshirilgan ishlarA) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo'yichaMaktabgacha ta'lm xizmatlarining sifati va hammabopligini ta'minlash maqsadida qator normativ - huquiy hujjatlar qabul qilindi:, jumladan:Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi 319-son qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, "ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro'yxatiga (imtiyozli ro'yxat) kiritildi.Davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etish orqali maktabgacha ta'lim qamrovini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining:"Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yil 12 apreldagi PQ-5071-son qarori;"Hududlarda maktabgacha ta'lim xizmatlarini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yil 26 maydagi PQ-5125-son qarori;"Qamrov darajasi past bo'lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarori qabul qilindi.Mazkur qarorga muvofiq 53 ta tumanlarda 2021-2022 yillarda:2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yilib, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi o'rinlar yaratiladi;umumiy quvvati 11,2 ming o'rindan ziyod bo'lgan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;quvvati 7,5 ming o'ringa teng bo'lgan 50 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti quriladi.Qolaversa, davlat va nodavlat Mttlari tarmog'ini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtaga etkaziladi va 7,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi.B) qamrov darajasini oshirish bo'yichaMaktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta'lim xizmatlari ko'rsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.Jumladan, 2021 yilning birinchi yarim yilligida respublikada1062 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari (61 ta davlat, 7 ta ta xususiy, 968 ta oilaviy va DXSH asosidagi 26 ta nodavlat MTT) faoliyatini yo'lga qo'yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovi 1,5 foizga oshirildi. Bu ko'rsatgich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8,4 foizga ko'pdir.Bugungi kunda respublikada jami 19 316 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, ularning 6 258 tasi davlat va 13 058 tasi nodavlat (795 ta xususiy, 11 212 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 051 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etmoqda. Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 1 760 808 nafar bola yoki maktabgacha yoshdagi aholining 62,4 foizi qamrab olingan.Bundan tashqari, maktabgacha ta'limning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga bo'lgan haqiqiy extiyoj 6 196 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi 980 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari o'rtasida so'rovnomalar o'tkazish orqali o'rganib chiqildi.So'rovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida - 25 ta, Buxoro viloyati - 10 ta, Jizzax viloyatida - 4 ta, Navoiy viloyatida - 4 ta, Xorazm viloyatida - 5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yo'lga qo'yildi.Bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida BMTning xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Bog'ot va Qo'shko'pir tumanlarida maktabgacha ta'limning "turli xil yoshdagi maktabgacha ta'lim guruhlari" (o'yin guruhlari) faoliyati yo'lga qo'yilishiga erishildi. Mazkur guruhlar uchun tayyorlangan har bir xona kun davomida 2 ta guruhga xizmat ko'rsatishiga mo'ljallangan bo'lib, ularda jami 176 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan."Aqlvoy" loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lmagan hamda qamrov ko'rsatkichlari past bo'lgan hududlarda 4,7 mingdan ortiq bolalarni qamrab olishga mo'ljallangan49 ta Isuzu avtobuslari qayta jihozlanib, belgilangan manzillarga etkazildi. Mazkur avtobuslar negizida 294 ta guruhlarni shakllantirish hamda Respublika bo'yicha 98 ta MFY hududlarida ular uchun mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan bolalar maydonchalarini qurish va jihozlash ishlari yakuniga etkazildi.Joiy yilning 2 iyun kuni Toshkent viloyati Bo'ka tumani hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida mazkur mobil xizmat maydonchalarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Shuningdek, ushbu loyiha doirasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lmagan hamda qamrov ko'rsatkichlari past bo'lgan hududlarda 42 ta guruhlarni shakllantirish manzilli ro'yxati tasdiqlandi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida, mahalla fuqarolar yig'ini binolarida, pedagogik kollejlarda, shuningdek, boshqa mos binolarda 2021-2022 o'quv yilidan boshlab majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini boshlash uchun xonalarning manzilli ro'yxati shakllantirildi.V) ta'lim xizmatlari sifatini oshirish bo'yichaNamangan va Samarqand viloyatlaridagi pedagogika kollejlari negizida Jahon banki bilan hamkorlikda har biri 20 ta rivojlantiruvchi o'yin guruhlarini o'z ichiga oladigan ilk rivojlanish markazlarining manzilli ro'yxati tasdiqlandi.Hisobot davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida:tashkil qilingan qayta tayyorlash kurslariga 360 nafar nomutaxassis tinglovchilar qabul qilindi;masofaviy "Online" shaklidagi 23 ta malaka oshirish toifalari bo'yicha tashkil etilgan malaka oshirish kurslari 3 878 nafar rejasi amalda 4 251 nafarga (107 %) bajarildi.Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarida esa 3740 nafardan 3782 nafar (101,1%), jismoniy tarbiya va sport vazirligi xuzuridagi jismoniy tarbiya va sport buyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida813 nafardan 651 nafar (80,1%), jami 10389 nafardan 10593 nafar (102%) rahbar va pedagog kadrlar o'z malakalarini oshirdilar.Toshkent shahridagi "A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti" Federal davlat-byudjet oliy ta'lim muassasasi filialida ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarda faoliyat ko'rsatayotgan pedagog-defektologlar uchun 16 va 72 soatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi va ularda 2021 yilning 1 apreliga qadar 122 nafar pedagog-defektologlar o'z malakasini oshirdi.Rossiya, Qozog'iston va belorussiyalik mutaxassislar ishtirokida Koxlear implantasiya operasiyasini o'tkazgan bolalarni reabilitasiyasini yaxshilash bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Samarqand davlat tibbiyot institutiti qoshida joriy yilning 31 maydan 2 iyungacha bo'lgan muddatda respublikadagi davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat kursatayotgan 20 nafar mutaxassilar malakasi oshirildi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetentsiyalarini oshirish maqsadida Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 28 nafar respublika trenerlari, hududlarda esa 414 nafar viloyat trenerlari tayyorlandi. Rejaga muvofiq yilning 2-choragida trenerlar tomonidan 5070 nafar pedagoglar uchun an'anaviy va masofaviy o'quv kurlari tashkil etildi.Davlat va nodavlat makabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatli tashkil etish yuzasidan Qashqadaryo, Buxoro, Farg'ona, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlarining har bir tumanida nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun o'quv-seminarlari tashkil etildi.Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatini mahalla faollari tomonidan nazorat qilish uchun maxsus yo'riqnoma ishlab chiqildiMaktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar uchun "mening ilk izohli lug'atcham" nomli kitobcha yaratish kontsepsiyasi ishlab chiqildi.Zahiriddin Muhammad Boburning shaxsi, hayoti va faoliyati haqida illyustrasion hikoyalar va dialoglar shaklida gi kitobining100 varaqdan iborat maketi tayyorlandi.G) sog'lom va xavfsiz ovqatlantirish bo'yichaMaktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish maqsadida "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xavfsiz va oqilona ovqatlanishini tashkil etishga qo'yiladigan gigienik talablar" hamda sanitariya qoida va me'yorlari (SanPiN) qayta ko'rib chikildi. Ushbu hujjat loyihasi yangi tahrirda tayyorlanib, tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga kiritildi.2021 yil 1 yanvardan boshlab, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi 130 ta davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 77 tasi umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari aylantirildi. Natijada 8 612 ta o'rin o'rniga 14 125 ta o'ringa ega bo'lgan umumiy turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etildi. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari hamda nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularga sifatli korrektsion-pedagogik va reabilitasion yordam ko'rsatish maqsadida, maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan Toshkent shahridagi 17 ta davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari 3,5 mlrd. so'm miqdorda, hamda Toshkent shahrida 289-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti va Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 34-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti xomiylar tomonidan zamonaviy asbob-uskunalar, didaktik material, maxsus o'yinchoqlar, shuningdek xomiylik mablag'lari evaziga reabilitasiya uskunalari, korrektsion, pedagogik va reabilitasiya muolajalarini imkon qadar samarali qiladigan turli trenajyorlar boshqa aksessuarlar bilan, bilan jihozlandi.D) investisiya dasturi bo'yicha2021 yil investisiya dasturi doirasida joriy yilda jami 38 205 quvvatga ega 225 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari ob'ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish (22 tasi yangidan quriladigan va 203 tasi rekonstruktsiya qilinadigan) uchun jami 900,0 mlrd.so'm mablag'ajratilishi rejalashtirilgan.183 ta yangidan boshlanuvchi loyihalarning barchasida bosh loyiha tashkilotlari o'rnatilgan tartibda tanlab olindi. Hozirda 181 ta ob'ektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo'lib, ularning177 tasiga belgilangan tartibda dastlabki ijobiy xulosalari olindi.Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, yangidan boshlanadigan176 ta ob'ektlar davlat xaridlari elektron portaliga e'longa joylashtirilgan bo'lib, ularning 165 tasi bo'yicha g'olib pudrat tashkilotlari aniqlandi.Bugungi kunga qadar buyurtmachi tomonidan jami ob'ektlarga272,1 mlrd. so'm mablag'lar moliyalashtirib berilgan bo'lsa, pudratchilar tomonidan 258,2 mlrd. so'mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.Joriy yilning 1 iyul holatiga yildan-yilga o'tuvchi 15 ta ob'ektlarda qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga etkazilgan bo'lib, foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda.2020 yil investisiya dasturi doirasidagi 339 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga 40 nomdagi 85 496 334 300 so'mlik mebel va boshqa turdagi jihozlar etkazib berildi. Shuningdek, 1 542 ta bolalarni majburiy maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish uchu mo'ljallangan guruhlariga 19 665 588 600 so'mlik 7 nomdagi mebel jihozlari manzillariga etkazib berildi.E) madaniy-ma'rifiy tadbirlar bo'yichaJoriy yilning 1 iyun kuni O'zbekiston velosiped sporti federasiyasi tashabbusi bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab "kelajakka yashil qadam" shiori ostida "O'zbekistonda birinchi bolalar velomarafoni"ni o'tkazildi. Mazkur velopoygada 65 nafar o'g'il-qiz o'zaro bellashdi.Shu bilan birgan joriy yilning 1 iyun kuni Toshkent shahrining Markaziy bog'ida "Aqlvoy" telekanali hamda "Aqlvoy oshpaz" kitobining taqdimoti o'tkazildi. Bolalar uchun mo'ljallangan mazkur taomlar reseptlari kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, unda 250 dan ortiq taomning tayyorlanish resepti joy olgan.Mamlakatimizda shaxmatni aholi o'rtasida keng targ'ib qilish va o'sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishiga hissa qo'shish maqsadida may-iyun oylarida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan shaxmat bo'yicha "O'zbekiston birinchiligi" musobaqasi to'rt bosqichda o'g'il va qiz bolalar o'rtasida o'tkazildi.Joriy yilning 25 iyun kuni musobaqaning viloyat bosqichida g'olib bo'lgan 28 nafar tarbiyalanuvchilar o'rtasida o'tkazilgan musobaqaning Respublikasi bosqichida qiz bolalar orasidan 1-o'rinni - N.Maxmudova,2-o'rinni - X.Xusnitdinova, 3-o'rinni - A.Sodiqova, o'g'il bolalar orasidan esa, 1-o'rinni - E.Maxmudov, 2-o'rin - M.Abdimanonov, 3-o'rin - X.Muxammadiev ko'lga kiritdi.Barcha ishtirokchilar maktabgacha ta'lim vazirligining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarining yozgi sog'lomlashtirish davrini samarali tashkil etish bo'yicha metodik tavsiya ishlab chiqilib, barcha tashkilotlarga yuborildi.Yo) xalqaro hamkorlik aloqalari bo'yichaBugungi kunda Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamkorlik faol rivojlantirilmoqda.Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yilda 49,2 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investisiyalar o'zlashtirilishi rejalashtirilgan bo'lib, ularning 6 mln AQSh dollari LUKOYL ishtirokidagi loyiha doirasida va 43,2 mln AQSh dollari Jahon banki loyihasi dorirasida jalb etiladi.Shu bilan birgan KOICA, Jahon banki, JICA, YUNESKO, YUNISEF bilan birgalikda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar ustida tegishli ishlar amalga oshirilb kelmoqdaKOICA - pedagog kadrlar salohiyatini oshirish bo'yicha;Jahon banki – Maktabgacha ta'limning muqobil shakllari bo'yicha ishlar, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, konsalting paketlarini optimallashtirish ishlari, xalqaro konsultantlar bilan ishlar bo'yicha;JICA – maxsus pedagog kadrlar salohiyatini oshirish bo'yicha;YUNESKO – kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta'lim berish siyosatiga doir masalalar bo'yicha IV Osiyo-tinch okeani mintaqaviy forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinmoqda.YUNISEF - Maktabgacha ta'limning muqobil shakllari bo'yicha ishlar va boshqalar amalga oshirilmoqda.Bundan tashqari, AQSh dasturlarini amalga oshiruvchi "Mercy Corps" xalqaro nodavlat tashkiloti bilan qiymati 21,7 mln AQSh dollarga teng bo'lgan "ta'lim uchun oziq-ovqat" loyihasini 2021-2025 yillarda Qoraqolpoqiston Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshirilishiga kelishildi.Joriy yilning 1-yarim yilligida Maktabgacha ta'lim vazirligida 50 dan ortiq uchrashuvlar bo'lib o'tdi, ulardan Belorus Respublikasi ta'lim vaziri I.V. Karpenko, O'zbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi rahbari Marko Montanovelli, O'zbekistondagi Koreya Respublikasi KOІSA vakolatxonasi rahbari Pak Sundjin, O'zbekistondagi Yaponiya JICA vakolatxonasi rahbari Miyadzaki Suguru, Koreya-O'zbekiston biznes assosiyasi rahbari o'rinbosari Edvard kim, Saudiya taraqqiyot jamg'armasining Osiyo mintaqasi loyihalar bo'yicha boshqaruvchisi doktor Saud al Shammari va boshqalar.Mazkur uchrashuvlarda vazirlik va hamkor tashkilotlar o'rtasida O'zbekistonda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha 5 ta hamkorlik loyiha hujjatlari imzolandi. Ulardan YUNISEF tomonidan O'zbekistondagi maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish uchun "Learning passport" nomli raqamli ta'lim platformasini yaratish, O'zbekistondagi Yaponiya JICA vakolatxonasi tomonidan "O'zbekistonda alohida parvarishga muhtoj bolalar bilan ishlaydigan pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo'yicha" loyihasi, Koreya-O'zbekiston biznes assosiyasi tomonidan maktabgacha ta'lim tizimi uchun yaratilayotgan "EDU LINK" axborot tizimi loyihasi, Farg'ona shahridagi Koreya-O'zbekiston xalqaro universiteti bilan universitet bitiruvchilarini bo'sh ish o'rinlari bilan ta'minlash shartnomasi. Shuningdek, EHHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Toshkent shahridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun 400 ta begovel-velosipedlarni qabul qilish va taqsimlash ishlari amalga oshirildi.J) tizimda aniqlangan moliyaviy kamchiliklarIchki audit xizmati tomonidan 2021 yil 1-yarim yilligi davomida maktabgacha ta'lim bo'limlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkazilgan 210 ta nazorat tadbirlarida jami 24,4 mlrd.so'mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.Jumladan, noqonuniy xarajat va kamomadlar 15,2 mlrd.so'mni (62,4%);Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 7,2 mlrd.so'mni (29,5%);byudjet va tashkilot xisobiga qo'shimcha xisoblangan daromadlar1,5 mln.so'mni (6,5%) tashkil etdi;Boshqa moliyaviy-xato kamchiliklar 402,6 mln.so'mni (1,6%) tashkil etdi.Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan "bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti" talablariga zid ravishda 268 nafar bolalar noqonuniy maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilingan.Hisobot davrida 189 ta tashkilotlar bo'yicha nazorat tadbiri xujjatlari qonuniy chora ko'rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Z) fuqarolarning yozma va og'zaki murojaatlari bo'yichaMaktabgacha ta'lim vazirligiga 2021 yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2 319 ta murojaatlar tushgan.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar soni 627 tani tashkil etgan bo'lib, ulardan 417 tasi qanoatlantirilgan, 165 tasiga tushuntirishlar va xuquqiy maslahatlar berilgan, 18 tasi ko'rmasdan qoldirilgan. Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha murojaatlarning qanoatlantirish darajasi 71,5 foizni tashkil etdi.Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning tasarrufidagi muassasa va tashkilotlarda har bir murojjatni murojaat muallifi ishtirokida ko'rib chiqilishi, suhbat davomida aniq tushuntirishlar va tavsiyalar berilishi yo'lga qo'yilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun talablari asosida ko'rib chiqilishi nazoratga olingan.II. Tizimdagi mavjud muammolar va kamchiliklarMaktabgacha ta'lim tizimida mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar. Respublikadagi 3-7 yoshdagi bolalar soni 2,8 mln nafar bo'lib, ularning 62,4 foizi maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan.Taklif. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish hisobiga qo'shimcha o'rinlar yaratish;Ijtimoiy soha ob'ektlarida qisqa muddatli, maktabga tayyorlov va majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini yo'lga qo'yish;Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini kengaytirish va ularga davdlat tomonidan imtiyozlarni oshirish;Xalqaro tajriba asosida bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olishning muqobil shakllarini joriy etish;Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish haajatlarini kamaytirish maqsadida qurilishning muqobil shakllaridan foydalanish. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari guruhlarining zamonaviy didaktik ta'minoti to'liq tashkil etilmagan.Taklif. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ko'rgazmali plakatlar, 12 000 komplekt didaktik tarqatma kartochkalar, komplekt didaktik qo'llanmala va yozuv daftarlarini chop etish va joylarga etkazish bilan bog'liq mablag'larni ajratish;Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridi oliy ma'lumotli pedagoglar salmog'i darajasi past.Taklif. Pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini maktabgacha ta'limga jalb etish va tizimda faoliyat yuritayotgan nomutaxassis va nopedagog kadrlarni 4 oylik qayta tayyorlov kurslaridan o'tkazish orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oliy ma'lumotli pedagoglar salmog'ini oshirish. Shuningdek, oliy o'quv muassasalaridagi maktabgacha ta'lim yo'nalishida kvotalar sonini oshirish.MTT tarbiyachi va o'qituvchisining ish haqi miqdori maktabdagidan pastligi va ish haqi tabaqalashmaganligi ta'lim tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mudiraning ish haqisi pastligi tufayli, "o'lik jon" xodim, noqonuniy qabul qilingan bola, oziq-ovqat, ish haqi, ota-ona badal pullari va qurilish orqali byudjet mablag'larini talon-taroj qilinmoqda.Taklif. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 10-son qaror bilan tasdiqlangan "Davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to'lash va ularni moddiy rag'batlantirish tartibi to'g'risida"gi qarorni qayta ko'rib chiqish taklif etiladi:Mttlar tayyorgarlik guruhidagi oliy ma'lumotli tarbiyachi lavozim maoshini umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi maoshiga tenglashtirish;metodist lavozim maoshining tayyorgarlik guruhi oliy ma'lumotli tarbiyachisining lavozim maoshidan 5% ortiq miqdorda belgilash;MTT mudiri lavozim maoshini metodist lavozim maoshidan 5% ortiq miqdorda belgilash;MTTdagi boshqa pedagog xodimlar va tarbiyachi yordamchilarining lavozim maoshlarini 20 %ga oshirish. Mavjud davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kapital ta'mirlash.Taklif. Har yilgi davlat investisiya dasturlariga mablag'ajratishda ustuvor mezon sifatida fuqarolar murojaatlarini inobatga olish.Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan qarorlarga aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan berilgan takliflarni inobatga olish. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lmagan mahalla fuqarolari yig'inlari hududlarida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish.Taklif. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019 yil8 maydagi PQ-4312-son qaroridan kelib chiqqan holda har yilgi davlat investisiya dasturlari asosida yangi quriladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining manzilli ro'yxatiga takliflar berish.
Kadrlar boshqarmasida joriy yilning I yarim yilligi davomida jami 612 ta buyruqlar ishlab chiqilgan bo'lib, shundan,347 ta shaxsiy tarkibga oid, 265 ta xizmat safarlariga oid buyruqlar.Jismoniy va yuridik shaxslardan joriy yilning I yarim yilligi davomida jami 741 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, bugungi kunda muzkur kelib tushgan murojaatlarning 709 tasining ijrosi o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilib, natijalari bo'yicha mualliflarga javob xatlari yuborildi."mdo.ijro.uz" tizimi orqali jami 719 ta xat-hujjatlar kelib tushgan bo'lib, boshqarma tomonidan kelib tushgan xat-hujjatlarning 624 tasining ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga javob xatlari yuborilgan hamda bugungi kunda 95 ta xat-hujjatlar ish jarayonida.O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 133-moddasiga ko'ra barcha xodimlarga, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun vazirlik xodimlarining 2021 yil uchun yillik ta'tillar jadvalini tasdiqlash maqsadida har bir tarkibiy bo'linma rahbarlari hamda xodimlarining xohishlarini hisobga olgan holda ta'tillar jadvali shakillantirib vazirlik kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi "yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4502-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning son va sifat tarkibi, vakansiyalarni shakllantirish "yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi o'rinlarda -"YAMMT" IDAK) amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan topshiriq ijrosini ta'minlash maqasadida, vazirlik Markaziy apparati xodimlarining ma'lumotlari "YAMMT" Idakga kiritilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda. Boshqarma tomonidan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi: "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida Jahon banki ishtirokidagi "bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish" loyihasi va barcha xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirilishini ta'minlash hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni jadallashtirish to'g'risida"gi;"O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shaklini tasdqilash to'g'risida"gi;"O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning kechiktirib bo'lmaschora-tadbirlari to'g'risida"gi;"O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to'g'risida"gi;"O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida manfaatlar to'qnashuvini boshqarish to'g'risida"gi;"Maktabgacha ta'lim tizimida vakant lavozimlarga xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini joriy etish to'g'risida"gi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5843-son "O'zbekiston Respublikasi kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Markaziy apparati, hududiy bo'linmalar, tizimdagi tashkilotlardagi vakant bo'lgan lavozimlarni tanlov asosida saralab olish to'g'risida"gi tartib ishlab chiqildi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishildi.Mazkur tartibga asosan Maktabgacha ta'lim vazirining 2021 yil 1 martdagi 33-son buyrug'i tasdiqlandi hamda tizimdagi tashkilotlarda ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish belgilandi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vazirlik nomenklaturasiga kiritilgan vakant lavozimlar uchun ochiq vacancy.argos.uz sayti orqali tanlov e'lon qilinib, munosib deb topilgan nomzodlar lavozimlarga tayinlanib kelinmoqda.Jumladan, tanlov orqali Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar, Toshkent shahar Mirobod tumani, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Samarqand viloyati Bulung'ur tumani, Buxoro viloyati Kogon va Vobkent tumanlari maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri lavozimiga rahbar xodimlar tayinlandi.Hududiy maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan jami 311 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarini (keyingi o'rinlarda DMTT) doimiy lavozimga tayinlash uchun kiritilgan nomzodlarning hujjatlarini o'rganib chiqib, Maktabgacha ta'lim vazirining 2020 yil 24 iyuldagi 108-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan vazirlik bilan kelishiladigan lavozimlarga tavsiya etilgan nomzodlarni hujjatlarini o'rganish va xulosa berish bo'yicha komissiya a'zolarining xulosalarini inobatga olgan holda hududlarga kelishish yoki boshqa nomzod yuborish to'g'risida javob xatlari yuborildi.Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida samarali mehnat qilib qelayotgan xodimlarni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz yilligi bayrami arafasida davlat mukofotlariga tavsiya etish maqsadida hududiy maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan 124 nafar xodimlarning mukofot varaqlari, ma'lumotnomalari (spravka-ob'ektivka), mehnat faoliyati davomida erishgan yutuqlari aks ettirilgan tavsifnomalari (annotasiya) talab darajasida rasmiylashtirilib, nomzodlarning hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminsitrasiyasiga kiritildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat fuqarolik xizmatining holati tahlil qilish, 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi tayyorlanishi uchun bugungi kunda hududiy maktabgacha ta'lim boshqarmalari, idoraviy mansub tashkilotlari hamda tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo'limlarida faoliyat olib borayotgan boshqaruv xodimlari soni bo'yicha Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari va indikatorlari bo'yicha ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminsitrasiyasiga taqdim etildi.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 24 may kuni o'tkazilgan "Maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi past bo'lgan hududlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi videoselektor yig'ilishining 29-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta'lim xizmatlari ko'rsatish sifatini yaxshilash, sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish hamda vazirlikda yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida vazirning 2021 yil 14 iyundagi 112-son buyrug'i bilan maktabgacha ta'lim vaziri va o'rinbosarlarining aniq vazifalar taqsimoti qabul qilindi. Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari rahbarlari hamda tuman shahar maktabgacha ta'lim bo'limi mudirlarining vazifalar taqsimoti loyihasi ishlab chiqildi hamda kelishish uchun Qoraqlapog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga yuborildi.Maktabgacha ta'lim vazirining 2021 yil 25 maydagi 261-k son buyrug'i bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari boshliqlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.Maktabgacha ta'lim vazirining tegishli buyruqlari bilan joriy yilning 7 iyunida 149 nafar maktabgacha ta'lim bo'limlari mudirlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunda 6 ta tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda o'tkazilgan tanlov natijalariga ko'ra lavozimga tayinlangan bo'lib, qolgan 42 maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari mudirlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari mehnat qonunchiligi normalariga muvofiq joriy yilning 5 iyuldan bekor qilinishi choralari ko'rilmoqda.Shunigdek, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Markaziy apparati, hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar vakant lavozimlarga xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash to'g'risidagi Nizom loyihasi ishlab chiqildi va kelishish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga kiritildi.
Avtotransoprt
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni yaxshi sifatdagi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadlarida mamlakatda maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha besh yillik Davlat dasturini va Yoʻl xaritasini ishlab chiqdi. 1. Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha davlat vazifalarini bajarish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. 2. Maktabgacha taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlariga texnik yordam koʻrsatadigan YUNISEFning asosiy ustuvor vazifalaridan biri boʻlib sanaladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEFning 2018-yilga moʻljallangan hamkorlikdagi yillik rejasi bir nechta chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu rejaning yutuqlaridan biri boʻlib maktabgacha taʼlim uchun kompetentli-yoʻnaltirilgan “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturining ishlab chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan Davlat talablarining yangilanishi hisoblanadi. Davlatning bu ikki hujjati maktabgacha taʼlim sohasidagi boshqaruvchilar, maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar turli xildagi MTT larda taʼlim oluvchi har bir bolaning yuqori sifatli taʼlim olishini taʼminlash maqsadlarida yoʻriqnoma sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlar boʻlib hisoblanadi. Davlat dasturi sifatida Ilk qadam dasturining alohida muhimligi shundan iboratki, bunda u oʻz ichiga oʻqitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun davomida bolaning taʼlim olishi tuzilmasini taʼminlaydi, shuningdek, pedagoglar bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga oʻz diqqatlarini jamlashlari lozimligi tushunilishini taʼminlaydi. Davlat dasturi boʻlish bilan birga Ilk Qadam dasturi butun maktabgacha taʼlim tizimini toʻliq qamrab oladigan va uni tartibga soladigan “yomgʻirpoʻsh” sifatidagi taraqqiyparvar hujjat boʻlib sanaladi. Mana shu bilan Ilk Qadam dasturi turli xil bolalar guruhlariga har xil provayderlar tomonidan taqdim etiladigan maktabgacha taʼlimning bir xil sifatini taʼminlashga moʻljallangandir. Dastur pedagoglarga bolalar uchun ragʻbatlantiruvchi oʻqitish muhitini qanday qilib yaratish va bunga ota-onalarni ham qay yoʻl bilan jalb qilishni tushunish va bilib olishga yordam beradi. Maktabgacha taʼlim muassasasi (MTT)ning davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablariga mos holda ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy ishlarning asosiy gʻoyalari aks etgan, shu jumladan, taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishda bolaning asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. Davlat taʼlim dasturi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim muassasalarida qoʻllash uchun majburiydir: davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari; maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlarni koʻrsatadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari: maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega boʻlgan “Mehribonlik” bolalar uylari; maktabgacha va boshlangʻich taʼlimni tartibga soluvchi boshqaruv organlari.
2021 yilning I choragida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga byudjetdan ajratilgan mablag'larning chegaralangan miqdorining o'z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida taqsimoti to'g'risida. I-Kvartal Balans-1-chorak-1 2-shakl debitor Kreditor