Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasini 2022-yilning 1-yarimyillik davr mobaynida bajarilgan ishlar boʻyicha hisoboti

news-detail

  1. Bajarilgan ishlar:

Boshqarma tomonidan 2022-yil 6  oy   ichida bolalar salomatligi  taʼminlash va jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun taʼlim xizmatlari sifatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish sohasida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi, shu jumladan:

             Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bandlikka qoʻmaklashish va ijtimoiy faollikni yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil
21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosi doirasida Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengashi (shu jumladan Maktabgacha taʼlim vazirligi aʼzo sifatida) tashkil etilib faoliyat yuritmoqda. 2022-yilning 6 oy davrida mazkur idoralararo kengashining 9 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi va ularning bayonlari yuzasidan qoʻyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

- vazirlikning ishchi guruhi roʻyhati hamda ularning hududlarga biriktirilganligi haqidagi reja-jadvali tasdiqlandi va 11.02.2022-yildagi
03-01/7-33-sonli xat bilan Idoralararo kengashi ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga yuborildi;

- Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTda tarbiyalanayotgan koʻrishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarni taʼlim olish sifatini taʼminlash maqsadida ushbu MTT va mazkur nuqsonlari mavjud boʻlgan bolalar sonini hamda keyingi yillar uchun boʻladigan prognozini hisobga olgan holda Brayl alifbosi toʻplamlarga zarur boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlandi va 25.01.2022-yil 03-01/7-151-sonli xat bilan Idoralararo kengashi ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga yuborildi;

- Maktabgacha taʼlim vazirligining 25.02.2022-yildagi 52-sonli
schet-faktura asosida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligidan gumanitar yuk shaklida 130 ta Brayl alifbosi toʻplamlari olindi;

- Maktabgacha taʼlim vazirining 01.03.2022-yildagi 43-son buyrugʻi qabul qilindi va mazkur boʻyruq bilan 130 ta Brayl alifbosi toʻplamlarni viloyat va IMTTlar kesimida taqsimoti tasdiqlandi. Hozirgi kunda ularni qabul qiluvchilariga yetkazib berish jarayoni olib borilmoqda;

- nogironlikning har bir holati boʻyicha oʻtkazilgan xatlov natijalari boʻyicha aniqlangan muammoli masalalarni hal etish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Yoʻl xaritasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu Yoʻl xaritasi 15.04.2020-yil 03-01/7-872-sonli xat bilan ijro etish uchun hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalariga yuborildi va hozirgi kunda uning ijrosi yuzasidan monitoringi olib borilmoqda.

Toshkent shahridagi 18 ta Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarni faoliyati tahlil qilindi va uning natijalariga asosan “Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 30.09.2022-yildagi 826-son qarori oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi, tushuntirish xati va taqqoslash jadvali tayyorlandi va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Bosh vazir oʻrinbosarining 07.01.22 yildagi 31/1-2655-sonli topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida surdo tarjimonlar va surdopedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishlar amalga oshirildi, takliflar ishlab chiqildi va 08.01.2022-yildagi
03-01/7-19-sonli xat bilan Vazirlar Mahkamasiga hamda  Turizm va sport vazirligiga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida 10.02.2022-yil viloyat faollari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishning
14-sonli bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligining Nazorat-rejasi tayyorlandi va 04.03.2022-yilda 01-04 –son bilan tasdiqlandi. Nazorat-rejasiga muvofiq, hozirgi kunda Maktabgacha taʼlim va Halq taʼlimi vazirliklarning mutaxassilardan iborat ishchi guruh tuzildi va xalqaro tajribani oʻrgangan holda koʻrishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻqitish metodikalar boʻyicha tavsiyalar va oʻquv dasturlari ishlab chiqish yuzasidan tashkiliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

“Projekt” tizimdan kelib tushgan quyidagi 6 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari oʻrganib chiqilib, ekspertizadan oʻtkazildi va tizimga taaluqli boʻlgan qismi boʻyicha asoslantirilgan taklif va qoʻshimchalar ishlab chiqilib asosiy ijrochi boʻlgan organlarga – Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Halq taʼlimi vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga rasmiy xat bilan taqdim etildi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslarning ijtimoiy-madaniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi (ID-58419 (V-1));

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida taʼlim berish sifatini oshirish va ular faoliyatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi (ID-56614 (V-1), ID-56614 (V-2));

“Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi (ID-59611 (V-1));

Oʻzbekiston Respublikasining «Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi (ID-60722 (V-1));

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ayrim Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaror loyihasi (koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalarga taaluqli qismi boʻyicha) ID-61484 (V-1);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning faoliyatini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasi (ID-62351 (V-1)).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirigʻiga asosan Davlat boshqaruv akademiyasi huzuridagi taman(shahar) va viloyat hokimlari oʻrinbosarlariga nomzodlarni boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha maxsus oʻquv kursi uchun “MTTlarda bolar hayotini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash” mavzusida maʼruza matni va prezentatsiyasi tayyorlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
2022-yilgi ish rejasiga muvofiq “Fuqarorlar salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 19-moddasida belgilangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda tibbiy xizmat tashkil etilishi normalardan kelib chiqqan holda  
2019-2021-yillar boʻyicha tahliliy matarial tayyorlandi va 18.02.2022-yildagi
03-01/7-435-sonli xat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini
02.04.2022-yildagi 
114-,VI-42-11-0-QQ/22l-qaroriga muvofiq “Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va rahbariyat tomonidan tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tengligi va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasini topshirigʻini ishrosi taʼminlash yuzasidan Sogʻiqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda “Taʼlimning barcha bosqichlarida tibbiy madaniyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaror ishlab chiqilib. vazirliklarning rahbariyati tomonidan tasdiqlandi. Hozirgi kunda ushbu qarorga asosan MTTlar uchun sogʻlom turmush tarzi boʻyicha oʻquv dasturi ishlab chiqilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.09.2018-yildagi
PQ-5544-son qarori bilan tasdiqlangan “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”ning 23-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining soʻroviga muvofiq qoʻyidagi maʼlumotlar tayyorlandi va Adliya vazirligiga rasmiy xatlar bilan taqdim etildi:

-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2019-yildagi
PQ-4312-sonli qarorining 7, 11 va 25-banlarda belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash yuzasidan MTTlarda ovqatlanish va tibbiy xizmatni tashkil etish sohasida amlaga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot;  

-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 13.02.2019-yildagi
PQ-4190-son qarorida belgilangan topshiriqlarni bajarish boʻyicha qilingan ishlar yuzasidan materiallar;

-MTT hodimlarning tibbiy koʻriklari haqida amaldagi NMH asosalangan holda maʼlumot.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisolashtirilgan maktab-internatlarda taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18 pareldagi PQ-209-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligining Nazorat rejasi ishlab chiqildi va 22.04.2022-yilda 03-07-son bilan tasdiqlandi.

Mazkur Nazorat rejasiga muvofiq hamda 2022-yil 18 pareldagi
PQ-209-sonli qaror bilan tasdiqlangan “”Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining shart-sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilash boʻyicha Yoʻl xaritasi”ning 11-bandi ijrosi yuzasidan Viloyatlarda istiqomat qiluvchi qoʻrishida nuqsoni mavjud 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni 2026-yilgacha bosqichma-bosqich maktabgacha taʼlim tizimi bilan qamrab olish boʻyicha hamkorlikda amalga oshiriladigan Chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va 2022-yil 15-iyulda Maktabgacha taʼlim vaziri, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vaziri hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentlikni direktorlari tomonidan tasdiqlandi va ijroga yoʻnaltirildi.

MTVning Hayʼat kengashining 01.02.2022-yildagi 1-sonli bayoniga muvofiq hamda MTVning 2022-yil 1-yarim yillik ish rejasida (1-ilova, 3.1-band) belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash yuzasidan MTTda tarbiyalanuvchilarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlandi.

Maktabgacha taʼlim vazirining 18.02.2022-yildagi 38-X-son buyrugʻiga asosan 2022-yilning 21-fevraldan 11-martga qadar  2-ishchi guruh tarkibida Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari va Toshkent shahridagi davlat MTT faoliyati boʻyicha kompleks oʻrnishlar oʻtkazildi va natijalari boʻyicha maʼlumot tayyorlandi. 

2022-yilda nogiron bolalarni zamonaviy eshitish apparatlari bilan taʼminlash loyihasini Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agenligi va “Zamin” xalqaro Fondi hamkorligida amalga oshirilishini davom ettirish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Eshitish vositalarni sotib olish uchun ishchi gurux tuzildi (vazirlikning 14.03.2022-yildagi 03-01/7-694-son xati bilan tavsiya etilgan mutaxassis ishchi guhiga kiritildi) va ishchi guruh tomonidan texnik topshiriqlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Hozirgi kunda tender tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Zangiota tumani xalq Kengashi deputatlarining Deputat soʻrovi oʻrganib chiqildi va Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 30-sonli davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻtkazilayotganligi boʻyicha tahlil asosida asoslantirilgan javob xatlar tayyorlandi va belgilangan muddatda Deputatlarga taqdim etildi.

Ishchi guruh tarkibida “Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachi-pedagog” Kasb standartini ishlab chiqishda ishtirok etildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligining 08.06.2022-yildagi videoselektor yigʻilishining 2-sonli bayonida berilgan topshiriqni ijrosini taʼminlash maqsadida Oilaviy nodavlat MTTga hamshiralarni biriktirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi va qoʻrib chiqish uchun MTVning tegishli boshqarmalarga kiritildi.

Quyidagi tadbirlarda ishtirok etildi:

31-mart kuni Davlat-xususiy sherikchilik sohasidagi muammoli masalalar va ularni bartaraf etish boʻyicha oshirilayotgan chora-tadbirlarga bagʻishlangan matbuot anjumanida;

6-aprel kuni MTTlarda sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan “Munosabat” tok-shouda;

27-aprel kuni “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari boʻyicha Konvensiya qoidalarini amalga oshirishda davlat organlarining roli” mavzusida oʻtkaziladigan seminar ishida ishtirok etildi.

Ogʻir eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarga maqsadli yordam koʻrsatish maqsadida Respublika Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, zamonaviy yeshitish apparatlari berildi: joiy yilning 19-fevral kuni Toshkent shahrida,a 4-5-mart kunlari Samarqand viloyatida, 6-mart kuni Buxoro viloyatida, 7-mart kuni Navoiy viloyatida, 14-18-mart kunlari Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida, 23-24-mart kunlari Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari, 25-27-mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida va  Xorazm viloyatida, 29-30-mart kunlari Surxondaryo viloyatlarida tarbiyalanuvchilarini eshitish vositalari bilan taʼminlash tadbiri oʻtkazildi.

Ogʻir eshitishda nuqsoni boʻlgan tarbiyalanuvchilarning jami 224 nafar bolalar  tekshirildi - shundan 188 nafar bolalrga 340 nafar eshitish apparati  berildi.

MTV va JAYKAning xamkorligida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash loyihasi” qoʻshma loyiha olib borilmoqda: qoʻshma ish rejasi ishlab chiqilgan, joriy yilning 17-yanvar kuni qoʻshma Muvofiqlashtiruvchi Qoʻmitaning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. MTV vakillaridan, JAYKAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, yaponiyalik ekspert janob Horib Koheaning loyiha koordinatori, Xalq taʼlimi vazirligining vakillari. 1-apreldan 10-maygacha Oʻzbekistonga Yaponiyadan ekspert doktor Hoshimoto tashrif buyurdi, u bilan ishchi uchrashuvlar va joylarda oʻrganish tadqiqotla tashkil etildi va xamkorlikda  ish olib borildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun pilot hududlar  tanlab olindi- Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari . Pilot tashkilotlar  ham aniqlandi. Ekspert, Sirumini xonim hozirda Oʻzbekistonda. Ayni paytda asosiy tadqiqotlar, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va tarbiyachilari bilan suhbatlar oʻtkazildi. Asosiy tadqiqot boʻyicha hisobotlar 2022-yil avgust oyining birinchi haftasiga rejalashtirilgan navbatdagi idoralararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashda (MTV/XTV/JAYKA) rasmiy ravishda taqdim etiladi.

  • Mak Governa-Doula  “Taʼlim uchun oziq-ovqat va bolalar ovqatlari” dasturi doirasida Oʻzbekistondagi Mehribonlik korpusi ( Mersi Korps) filiali bilan xamkorlida olib borilmoqda, xususan: loyihani amalga oshirish boʻyicha yillik ish rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan; asosiy tadqiqotlarni oʻtqazish maqsadida soʻrovnomalar koʻrib chiqildi va asosiy baholashni oʻtkazish uchun moslashtirildi. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga asosiy baho berilmoqda.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (maktabgacha) turli yuqumli kasalliklar patogenlari tarqalishining oldini olish maqsadida loyiha asbob-uskunalar sotib olindi va 20 ta maktabgacha (har bir mintaqada 10 ta) tanlangan 60 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan quyosh panellari asosida qoʻl yuvish stansiyalarini oʻrnatishni toʻliq yakunladi.

Mehribonlik korpusi (Mersi Korps)  bilan xamkorlikda Maktabgacha taʼlim vazirligining qoshidagi malaka oshirish instituti bazasida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari  hamshiralarini malakasini oshirish uchun simulyatsiya markazi loyihasi ishlab chiqildi. Simulyatsiya markazini maxsus oʻquv jihozlari va materiallari bilan jihozlashning texnik xususiyatlari ham ishlab chiqilgan.

Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligining qoshidagi malaka oshirish instituti bazasida oshpazlarini malakasini oshirish uchun oshxona studiyasini yaratish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

25-mart 2022-yil 68-sonli buyruq bilan Navoiy viloyati Zarafshon shahrida Umid reabilitatsiya markazi ega boʻlgan davlat koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi va nizomi tasdiqlandi, shu bilan birgalikda 2022-yil uchun shatat normativlari va xarajatlar smetasi ham tasdiqlandi.

Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma xodimlari bilan  lavozimlarga taqdim etilgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazildi va ushbu tashkilotga tarbiyachi- oʻqituvchilar va shifokorlar tanlab olindi.   Suhbat zum platformasi orqali onlayn intervyu shaklida boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 21-iyun kuni Zarafshon shahrida Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan va  Bolalarni salomatligin taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini faoliyatini muvoviqlashtirish boshqarmasi  mutaxassislari ishtirokida viloyat tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. U yerda 71 nafar bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi: ulardan 57 nafari Umid reabilitatsiya markazi bilan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga, 14 nafar bola esa umid reabilitatsiya markaziga yoʻllanma oldi.

22-iyun kuni “Umid” reabilitatsiya markazi bilan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti 3 guruh bolalarni (27 kishi) qabul qildi va oʻz faoliyatini boshladi.

6-aprel 2022-yil 75-sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Imkon reabilitatsiya markazi ega boʻlgan davlat koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi va nizomi tasdiqlandi, shu bilan birgalikda 2022-yil uchun shatat normativlari va xarajatlar smetasi ham tasdiqlandi.

Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma xodimlari bilan  lavozimlarga taqdim etilgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazildi va ushbu tashkilotga tarbiyachi- oʻqituvchilar va shifokorlar tanlab olindi.   Suhbat zum platformasi orqali onlayn intervyu shaklida boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 20-iyun kuni Qarshi shahrida Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan va  Bolalarni salomatligin taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini faoliyatini muvoviqlashtirish boshqarmasi  mutaxassislari ishtirokida viloyat tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. U yerda 130 nafar bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi: ulardan 43 nafari Imkon reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga, 27 nafar bola esa Imkon reabilitatsiya markaziga yoʻllanma oldi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Soqliqni saqlash vazirligi qoshida ToshVMOI bilan birgalikda va YUNISEF koʻmagida "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha” qoʻllamalar rus va uzbek tillarida ishlab chiqildi va 10 000 nusxada (31 790 AQSH doll) chop etildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimda tibbiy xizmatni tashkil etish va sifatini oshirish maqsadida ToshPTI va ToshVMOI mutaxassislari bilan birgalikda YUNISEF koʻmagida jami 160 million soʻmlik maktabgacha taʼlim tizimida ishlayotgan hamshiralarni malakasini oshirish uchun elektron platformasi ishlab chiqildi va hamshiralarni onlayn platforma orqali oʻqitish uchun videomateriallar yaratildi.

Joriy yilning 9 yyun kuni Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tuman masʼul hamshiralari uchun ToshPTI qoshida joylashgan oʻquv markazida trening oʻtqazildi.

Birinchi guruxda (10 nafar) va ikkinchi guruxda  (30 nafar) Toshkent shaxridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ish faoliyatini yuritib kelayetgan hamshiralar malakasini oshirdi, birinchi guruxdagi xamshiralar 70% MDO va ToshVMOI sertifikatini olish bilan oʻquv-sinov ishlarini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Elektron platforma Maktabgacha taʼlim vazirligining qoshidagi malaka oshirish instituti serveriga oʻtkazildi va UNICEF tomonidan chop etilgan qoʻlamalar "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha “.tarqatish uchun topshirildi.

2022-yilning 25-iyun xolatiga koʻra respublikada rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarilar soni 74 tani tashkil etdi, bu esa 2018-yilning shu davriga (188 ta) nisbatan 60,6% ga kamayganligini koʻrsatmoqda. Tegishli ravishda mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan imkoniyati cheklangan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsoni boʻlgan tarbiyalanuvchi bolalarning soni 2018-yilga (21 335) nisbatan 69,8% ga kamaydi va 6 434 tarbiyalanuvchini tashkil etdi, ulardan 3728 (57,9%) nafari nogironligi boʻlgan tarbiyalanuvchilar.

2022-yilning 25-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 6 366 Davlat MTTlar mavjud boʻlib, ularda 1 287 150 nafar bola tarbiyalanmoqda, joriy yilning 6 oyida 1 113 235 nafar (89.4%) tarbiyalanuvchi, ulardan I-chorakda 605 849 nafar (54,4%) va II-chorakda 507 386 nafar (45,6%) tarbiyalanuvchi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va kasalliklarning oldini olish boʻyicha tavsiyalar va yoʻllanmalar berildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtgan 1 113 235 nafar tarbiyalanuvchilardan 265 473 nafarida (23,4%) turli hil kasalliklar aniqlandi, ulardan 2-salomatlik guruhini 233 272 (22,5%) nafar va 3-salomatlik guruhini 10 646 (0,9%) nafar tarbiyalanuvchilar tashkil etdi. Kasalliklar aniqlangan 265 473 nafar tarbiyalanuvchilardan 222 478 nafar (83,4%) tarbiyalanuvchi sogʻlomlashtirildi, ulardan ambulator sharoitida 211 009 (95,4%) nafar, statsionar sharoitida 8 946 (3,7%) nafar va sanatoriya sharoitida 2 523 (0,9%) nafar tarbiyalanuvchi sogʻlomlashtirildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligining Moliya vazirligi va Bandlik va mexnat munosabatlar vazirligi bilan kelishilgan namunaviy shtatlarga (188-son 2019-yil 14-oktyabrdagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining namunaviy shtatlarini tasdiklash tugrisida”gi Maktabgacha taʼlim vaziri buyrugʻi) muvofiq umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida guruhlar soniga qarab belgilangan xamshira shtat birligiga (2-guruhli - 0,5; 8-guruhgacha -1,0 hamda 8 va undan ortiq guruhlar -1,5 shtat birligi) koʻra 6 366ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun 7 464,5 hamshira shtat birligi ajratilgan boʻlib, hozirgi kunda amalda barcha shtat birliklari bandligi taʼminlangan holda 8 612 nafar hamshira faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-yil 13-maydagi 2019-sonli qarori ijrosi doirasida tibbiy-psixologik va pedagogik komissiyalar faoliyati isloh qilindi.

Natijada respublikada alohida ehtiyojli bolalar ixtisoslashtirilgan korreksion- pedagogik va reabilitatsion yordamdan foydalanish imkoniyati oshdi.

Vazirlik boshqarmasi mutaxassislari bilan xamkorlikda “Qurbonov” nomidagi Respublika bolalar psixonevrologik kasalxonasi mutaxassislari bilan birgalikda respublika hududlarida tibbiy-psixologik va pedagogik komissiya oʻtkazishdi va konsultativ, uslubiy va amaliy yordam koʻrsatdilar.

Joriy yilning 2-chorak davomida maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari va sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi tashkilotlarning mutaxassislari ishtirokida 16 ta TPPK oʻtkazildi, xammasi boʻlib 1721 bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, ulardan 1441 nafar bola davlat koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim  tashkilotlariga xulosa-yoʻllanma olishdi.

Xududlar

TPPK oʻtqazilgan sanasi

TPPKdan oʻtqazilgan bolalar soni

davlat koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim  tashkilotlariga xulosa-yoʻllanma olgan bolalar soni

1

Toshkent shaxar

01.04.2022

109

92

2

Toshkent shaxar

08.04.2022

69

62

3

Toshkent shaxar

15.04.2022

83

65

4

Namangan

22.04.2022

157

132

5

Andijan

22.04.2022

40

33

6

Buxara

29.04.2022

121

98

7

Toshkent shaxar

06.05.2022

166

142

8

Toshkent shaxar

13.05.2022

113

96

9

Samarkand

20.05.2022

64

61

10

Fergana

27.05.2022

167

143

11

Toshkent shaxar

03.06.2022

117

108

12

Andijan

10.06.2022

113

93

13

Djizzak

16.06.2022

64

37

14

Karshi

20.06.2022

129

106

15

Zarafshan

22.06.2022

73

56

16

Xorezm

24.06.2022

136

117

 

JAMI

 

1721

1441

Boshqarma mutaxassislari texnik ishchi guruhga aʼzo boʻlib , uning vazifasi bolalarni himoya qilish boʻyicha tarmoqlararo standart operatsion protseduralarni (SOP) ishlab chiqishdan iborat. Ular, xususan, favqulodda vaziyatlarda bolalarni zoʻravonlik, zoʻravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan. Ishchi guruhga bolalar huquqlari boʻyicha vazirlik vakillari, yoshlar tashkilotlari, NNT va YUNISEF vakillari kiradi. 15-fevral kuni bolalarni himoya qilish boʻyicha idoralararo hamkorlikning standart ish tartiblarini muhokama qilish boʻyicha ishchi guruhning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

21-iyun kuni “Imkon-Qibray”, “Imkon-Nukus”, “Imkon–Qarshi”, “Umid-Zarafshon” reabilitatsiya markazlari ega boʻlgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek Toshkent shahri va viloyatlardagi davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va metodistlari   respublika vebinarda “Milliy tizimni yaratish, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar uchun erta aralashuv sohasida” malaka oshirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan treningda ishtirok etishdi.

Ushbu vebinar bir qator vebinarlarning uchinchisi boʻlib, uning maqsadi nogiron bolalar uchun erta aralashuv sohasida dalillarga asoslangan amaliyot bilan bogʻliq asosiy tushunchalar va gʻoyalarni oʻtkazish va taqdim etishdir. Ular rivojlanish kechikishidan va nogiron yosh bolalarga xizmat koʻrsatishda ishtirok milliy manfaatdor tomonlar va turli amaliyot xabardorligini oshirishga qaratilgan, shuningdek, ularning oilalari sifatida, asosiy tamoyillari va zamonaviy amaliyot elementlari va erta harakat tizimlari haqida.

Vebinarlar YUNISEF mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan Yevropaning erta bolalikka aralashish assotsiatsiyasi (YEURLYAID) bilan hamkorlikda zamonaviy erta bolalikka aralashish amaliyoti va tizimlari boʻyicha mintaqaviy va milliy ishlarni targʻib qilish boʻyicha salohiyatni oshirish tashabbuslari doirasida tashkil etilgan.

Joriy yilning 6 oyi davomida ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida boshqarmaga vazirlik devoni orqali 1383 ta hujjat kelib tushgan boʻlib, ulardan 630 ta hujjatga  boshqarma masʼul hisoblanadi. Ulardan 1 ming 329 tasi bajarilgan, qolgan 54 tasi ish jarayonida. Masʼul boʻlgan ijroda 614 tasi bajarilgan, qolgan 16  tasi ish jarayonida

Shuningdek, 288 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 287 ta murojaatga tegishli javob xatlari yuborilgan.

2 yarim yillik uchun rejalashtirilgan ishlar:

  1. Xalqaro tajribani keng oʻrgangan holda maktabgacha yoshda boʻlgan koʻzi ojiz bolalarni oʻqitish metodikasini va oʻquv dasturini ishlab chiqish.
  2. Viloyatlarda istiqomat qiluvchi koʻrish nuqsoni mavjud 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni 2026-yilgacha bosqichma-bosqich maktabgacha taʼlim tizimi bilan qamrab olish.
  3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamshiralarini oʻqitish uchun simulyatsion markazni tashkil etish 
  4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshpazlarini malakasini oshirish uchun kulinariya studiyasini tashkil etish.  yuzasidan loyihani ishl ab chiqish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari

Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari IMG_0002.pdf 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Мактабгача таълим хизматларини кўрсатиш бўйича маълумотлар

Мактабгача таълим хизматларини кўрсатишда тенг имкониятларни яратиш бўйича белгиланган устувор вазифалар, амалга оширилган ишлар, мавжуд муаммолар ва уларни бартараф этиш юзасидан М А Ъ Л У М О Т   I. 2017-2023 йилларда амалга оширилган ишлар: Ўтган давр мобайнида мактабгача таълим тизими тубдан ислоҳ қилиш ҳамда мактабгача таълим ташкилотлари тармоғини кенгайтириш ва болаларни мактабгача таълим билан янада кенгроқ қамраб олинишини таъминлаш йўналишида қатор ижобий натижаларга эришилди. Жумладан, 2017 йилда мактабгача таълим ташкилотлари сони 5 211 тани ташкил этган бўлса, соҳага нодавлат секторни кенг жалб қилиш учун қулай шарт-шароитлар яратиш ҳамда мамлакатда илк маротаба давлат-хусусий шериклик тизимини жорий қилиш натижасида 2023 йилга келиб, мактабгача таълим ташкилотлари сони 6,5 баробарга ортиб, 33 942 тага етказилди. Мисол учун, нодавлат секторнинг улуши 2017 йилда 0,5 фоиз(250 та)ни ташкил этган бўлса, ҳозирда уларниг улуши 80 фоиз(28 минг та)га етказилди. Республика бўйича 2017 йилда болаларни мактабгача таълим билан қамрови 27 фоиз(700 минг нафар)ни ташкил этган бўлса, 2023 йилга келиб ушбу кўрсаткич 2,6 баробарга орттирилиб, 74 фоиз (2,2 млн. нафар)га етказилди. Республикадаги барча болалар учун бир хил бошланғич имкониятларни яратиш йўлида ҳар бир боланинг мактабга киришидан бир йил олдин умумий ўрта таълимга мажбурий бир йиллик тайёргарликдан ўтишга бўлган ҳуқуқи “Мактабгача таълим ва тарбия” тўғрисидаги қонун билан кафолатланди. Эндиликда болалар мактабга чиқишдан олдин бир йиллик мажбурий бепул мактабга тайёрловдан ўтказилмоқда. Жорий йил якунига келиб қамраб олинган 6 ёшли болалар улуши 93 фоизга (692 минг нафарга) етди. Мактабгача таълим хизматларини янада кенгайтириш мақсадида мактабгача таълимнинг муқобил шакллари яратилди. Хусусан, барча болаларга тенг имкониятлар яратиш мақсадида 25 мингта оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти йўлга қўйилиб, 662 минг нафар болалар қамрови таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларини қуриш имкони мавжуд бўлмаган олис ва чекка ҳудудларда “Ақлвой” лойиҳаси доирасида 156 та маҳаллаларда қайта жиҳозланган 72 та ИСУЗУ автобусларда негизида 429 та мобиль гуруҳлар ташкил этилиб, уларга 9,5 минг нафар болалар қамраб олинди. ЮНИСЕФ халқаро болалар ташкилоти билан ҳамкорликда ташкил этилган 20 та “Турли хил ёшдаги мактабгача таълим гуруҳлари” (ўйин гуруҳлари)га 496 нафар болалар қамраб олинди. Жаҳон банкининг “Болани эрта ривожлантириш” лойиҳаси доирасида ташкил этилган “Илк ривожланиш марказлари”га жами 1 600 нафар болалар жалб этилди. Инклюзив таълим тамойиллари ва имконияти чекланган болаларга ёрдам кўрсатишнинг янги шакллари жорий этилди. Жумладан, Нукус, Қарши, Зарафшон шаҳарлари ва Қибрай туманида реабилитация марказига эга бўлган кўп тармоқли ихтисослаштирилган ва қўшма турдаги мактабгача таълим ташкилоти каби янги шакллар жорий этилди. Барча кўп тармоқли ихтисослаштирилган давлат мактабгача таълим ташкилотлари реабилитиция асбоб ускуналари билан таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларида фаолият кўрсатаётган педагог кадрлар сони 58 минг нафардан 160 минг нафарга оширилди. Олий маълумотли педагог кадрларнинг улуши 21,6 фоиздан 34,1 фоизга етказилди. Барча давлат мактабгача таълим ташкилотлари ҳамда 14 000 та оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари ўқув-методик, кўргазмали ва дидактик материаллар билан таъминланди. Ўзбекистон Республикаси Илк ва мактабгача ёшдаги болалар ривожланишига қўйиладиган давлат талаблари, “Илк қадам” давлат ўқув дастури, 6 ёшли болаларни мактаб таълимига тайёрлаш учун “Илм йўли” вариатив дастури, алоҳида таълим эхтиёжларига муҳтож бўлган болалар учун мослаштирилган ўқув дастури, 6 номдаги педагогларнинг касбий компетенцияларини оширишга қаратилган  методик қўлланмалар ва ривожантирувчи ўқув-дидактик материаллар компетенциявий ёндошув асосида такомиллаштирилиб яратилган. Мактабгача таълим тизимида фаолият юритиб келаётган педагог ходимлар учун узлуксиз методик хизматни ташкил этиш мақсадида “Learning passport” (Болалик академияси – bolakadem.uz) таълим электрон платформаси жорий этилди. Шу билан бирга, 6 ёшгача бўлган болалар саломатлиги ва ривожланишининг барча жиҳатлари бўйича мутахассислар маслаҳати билан таъминлаб берувчи ота-оналар учун «Bebbo» мобил иловаси ишга туширилди. Республикадаги 3 519 та давлат мактабгача таълим ташкилотларида 10 155,0 млрд.сўм эвазига 535 160 ўринли қурилиш-таъмирлаш (янги 513 та 73 905 ўрин, реконструкция 2 215 та қўшимча 104 030 ўрин яратилган ва мавжуд 231 278 ўрин таъмирланган, мукаммал таъмир 791 та 125 946 ўрин) ишлари амалга оширилган. 2017 йилда Мактабгача таълим соҳасига давлат бюджетидан 2,1 трлн. сўм ёки бюджет харажатларининг 4,4 % миқдорда маблағ ажратилган бўлса, 2023 йилга келиб бюджет харажатларининг 5,8 % миқдорда 11,8 трлн. сўм ёки 5,6 баравар кўпроқ маблағ ажратилди. 2021 йилдан бошлаб, 27 мингдан зиёд давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим ташкилотларида мутлақ янги бўлган Нодавлат мактабгача таълим ташкилотларини бошқариш ахборот тизими жорий этилиди. Ушбу ахборот тизими орқали янги оилавий МТТларни ташкил этиш, уларнинг қувватини ошириш ва битим муддатларини узайтириш масалаларида электрон ариза қабул қилиниши, нодавлат МТТларга субсидия ва компенсациялар автоматлаштирилган тарзда тўлаб берилиши йўлга қўйилди. Давлат мактабгача таълим ташкилотларининг 1,2 мингтасида 83 нафар тадбиркорлар томонидан аутсорсинг хизматлари кўрсатилиши йўлга қўйилди. Республикадаги барча давлат мактабгача таълим ташкилотларида овқатлантириш ишлари “Ақлвой-ошпаз, боғчалар учун таомлар рецепти” тўпламидан фойдаланган ҳолда тузилган Ягона мавсумий таомнома асосида ташкил этилди. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали ҳамкорлигида Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги 60 та ДМТТнинг санитария гигиена хоналари (хожатхоналар), сув таъминоти тизими ҳамда ошхоналар таъмирланди ва замонавий керакли жиҳозлар билан таъминланди. Ҳозирги кунда 100 та мақсадли ДМТТ ларда юқоридаги ишлар давом этмоқда. “Таълим учун озиқ-овқат ва болалар овқатланиши” дастури доирасида ушбу давлат мактабгача таълим ташкилотларига Ўзбекистонга беғараз ёрдам сифатида 4 турдаги бойитилган озиқ-овқат (20 тонна ўсимлик ёғи, 40 тонна гуруч, 80 тонна ун ва 10 тонна сариқ ярим нўхат) маҳсулотлари олиб келинди ва бугунги кунда мақсадли 166 та давлат мактабгача таълим ташкилотларига “Ягона мавсумий таомнома”га асосан тарқатиб келинмоқда ва истеъмоли мониторинг қилинмоқда. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали билан ҳамкорлигида Мактабгача таълим ташкилотлари директор ва мутахассисларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти қошида ҳамшираларни касбий малакасини ошириш, шошилинч ҳолатларда болаларга биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш кўникмаларни шакллантириш учун махсус ўқув ускуналар, ўқув тренажёр билан жиҳозланган Ўқув-симуляцион марказ фаолияти йўлга қўйилди. Мактабгача таълим ташкилоти ҳамширалари учун ўқув-дастурлар тасдиқланиб, ушбу Марказда Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги мактабгача таълим ташкилотларининг 160 нафар ҳамшираларининг малакаси оширилди. Тошкент, Нукус ва Термиз шаҳарларида “Мактабгача таълим тизимида болаларнинг илк ёшидан саводхонлик, рационал овқатланиш, гигиена ва соғлом турмуш тарзи кўникмаларини шакллантиришда компетенциявий ёндашувни жорий этиш” мавзусида ўтказилган амалий конференциялар, семинарлар, ўқув-тренингларда мактабгача таълим ташкилотларининг 1 000 нафардан ортиқ раҳбарлари, методистлари, педагоглари, ошпазлари ва хўжалик ишлари бўйича директор ўринбосарлари малакаси оширилди ва 60 нафар тренерлар тайёрланди. Улар томонидан жойларда менторлар сифатида амалий-ташкилий  ёрдамлар кўрсатиб келинмоқда. Шунингдек, Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятларидаги мақсадли 60 та ДМТТ да “Кичик кутубхоналар” (уголки чтения) ташкил этилди, уларнинг ҳар бири 150 донадан китоб, дидактик материаллар ва жиҳозлар билан таъминланди. “Ақлвой ошпаз” болалар боғчалари учун рецептлар тўплами қорақалпоқ тилига ўгирилди ва 150 дона китоб нашр қилинди. “Саломатлик алифбоси” китоб тўплами  ўзбек, қорақалпоқ, инглиз тилларига таржима қилинди.  Электрон  тарзда яратилган “онлайн” платформа орқали 4 та ўқув курси ташкил этилиб 100 нафар мактабгача таълим ташкилотларнинг ҳамширалари малакаси оширилди. Соҳада хорижий инвестиция лойиҳаларини мувафаққиятли амалга ошириш натижасида жами 261,1 млн. доллар хорижий инвестициялар (шундан 60,7 грант маблағлари) жалб қилиниб, 147,9 млн. доллар маблағ ўзлаштирилди. Жаҳон банки лойиҳаси доирасида 100 ДМТТда MELQO халқаро баҳолаш воситасини қўллаш орқали илк маротаба мактабгача таълим сифатини ўлчаш миллий тадқиқот ишлари амалга оширилди.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI

  Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI   T/r Maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlari)ga erishish boʻyicha chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi / ishlab chiqiladigan hujjat Ijro muddati Masʼullar Agentlik rahbariyati Tarkibiy bo‘linmalar 1.           Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 76,0 foizga yetkazish. 1. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 34 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 138 tasini rekonstruksiya qilish orqali qoʻshimcha 10 460 ta yangi quvvatlar yaratish. 2. 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali 36 000 yangi quvvat yaratish. 3. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan “play” guruhlari faoliyatini tashkil etish. Yil davomida   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov), Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 2.           6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish. Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish va boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash. Bunda, qoʻshimcha: 189 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlari; 85 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari; 441 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlarini tashkil etish. Yil davomida Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov) 3.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni muvofiqlashtirish.   1. Tuman(shahar) tibbiyot birlashmasi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining qoʻshma buyrugi bilan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami tarbiyalanuvchilarning 99,5%ni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. Jumladan: 1-chorakda – 35,0%; 2-chorakda – 70,0%; 3-chorakda – 85,0%; 4-chorakda – 99,5%. 3. Har chorakda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni monitoring qilish. Yanvar             Har chorakda             Har chorakda   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Xasanova) 4.           Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash yuzasidan monitoring oʻtkazish va monitoring natijalariga koʻra oʻquv-amaliy-semianrlar tashkil etish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda tashkil etilishini oʻrganish. 2. 2024-yilda jami 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish. Jumladan: 1-chorakda – 125 ta; 2-chorakda – 125 ta; 3-chorakda – 100 ta; 4-chorakda – 100 ta. 3. Monitoring natijalari boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. 4. Seminar-trening oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlatish. 5. Seminar-trening jarayonlarini internet tarmoqlari va OAVlarida yoritilishini taʼminlash. Doimiy         Doimiy             Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Mirzakarimov) 5.           “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash. 1. Har haftada dushanba va juma kunlari tegishli boshqarma va boʻlimlar bilan birgalikda “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratda turgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazish. 2. Topshiriqlar ijrosini taʼminlamagan masʼullarga nisbatan intizomiy chora koʻrish boʻyicha direktorga taklif kiritish. Har hafta dushanba va juma kunlari     Har oyning 5 sanasiga qadar Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Odilov) 6.           Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlash 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishi yuzasidan nazorat olib borish 2. Har chorak yakunida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijalarini tahlil qilish hamda rahbariyat huzurida muhokama qilish. 3. Agentlikda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan yuqori tashkilotlarga axborot kiritish. Doimiy     Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Dadabayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 7.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarining davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritish amaliyotini joriy qilish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlari, guruhlari va tarbiyalanuvchilari soni, hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha MTTning elektron pasportini yaratish. 2. Axborot tizimida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarining davomati yoʻqlama qilish va elektron tabellarni shakllantirish. Aprel         Dekabr Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Axborot xavfsizligini taʼminlash va raqamlashtirish boʻlimi (Djurayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 8.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuter guruhlari bilan taʼminlash. 1. Kompyuter guruhlari bilan taʼminlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxat shakllantirish. 2. Elektron tender savdolari oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 3. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. Fevral     Iyul   IV chorak Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov) Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 9.           Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitimlar imzolash. 1. Oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha kelib tushgan elektron arizalarini koʻrib chiqish. 2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun xususiy sherik bilan bitim imzolash. Yil davomida Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 10.       Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ehtiyojlarini aniqlash va ularni jihozlash (qayta jihozlash). 1. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari talab va takliflari asosida 2024-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qoʻshimcha jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxatini shakllantirish 2. Xarid qilinadigan jihozlarning bozor konyunkturasidagi narxlarini oʻrnatilgan tartibda oʻrganish va tender hujjatlari loyihasini tayyorlash. 3. Elektron tender savdolarini oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 4. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. I chorak           May     Avgust   IV chorak   Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash boʻlimi (Uzakov) 11.       Maktabgacha taʼlim tizimiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish maqsadida zamonaviy didaktik materiallar bilan taʼminlash. 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarga boʻlgan extiyojini aniqlash. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish. Fevral       Mart         III chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Taʼlim sifatini baholash, metodik yordam koʻrsatish va tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi  (Grosheva), Axborot va pedagogik inavatsion texnologiyalar markazi (Kim) 12.       Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish. 1. Hududlarning malaka oshirishga boʻlgan 14 000 nafar rejasiga asosan har oyda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etish: 1-chorakda – 3200 nafar; 2-chorakda – 3 400 nafar; 3-chorakda – 2 800 nafar; 4-chorakda – 4 600 nafar. 2. Har chorak yakunlari boʻyicha malaka oshirish rejasining ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Har chorakda               Har chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Pedagog kadrlarni kasbiy salohiyatini rivojlantirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirirsh boshqarmasi (Xamdamova) 13.       Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni jalb etish boʻyicha XMI nomiga soʻrovnoma yuborish. 2. Jami 40,0 mln dollar mablagʻlarni jalb etish. Jumladan: 2-chorakda – 20,0 mln dollar; 4-chorakda – 20,0 mln dollar. 3. Har oy Xalqaro moliya institutlari bilan muzokara olib borish. Yanvar     Yil davomida     Har oyda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev) 14.       Maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami 25,1 mln dollar mablagʻlarni oʻzlashtirish. Jumladan: 1-chorakda – 1,8 mln dollar; 2-chorakda – 4,0 mln dollar; 3-chorakda – 9,9 mln dollar; 4-chorakda – 9,4 mln dollar. 3. Har haftada investitsiya loyihalarini ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Yanvar     Har chorakda           Har haftada Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev)  

Вид сайта
Размер шрифта