Ichki audit xizmati tomonidan 2022-yil 6 oyligi davomida hududiy maktabgacha taʼlim boʻlimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 135 ta nazorat tadbirlari oʻtkazildi, shundan moliyaviy xoʻjalik faoliyati toʻliq oʻrganish -25 ta, mavzuli tekshirishlar – 110 ta.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida jami 26,6 mlrd.soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.
Jumladan, noqonuniy xarajat va kamomadlar 7,5 mlrd.soʻmni (28%);
Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 1,1 mlrd.soʻmni (4%);
Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati uchun byudjetdan ajratilgan subsidiya mablagʻlaridan 8,7 mlrd.soʻm (33%);
byudjet va tashkilot hhisobiga qoʻshimcha hisoblangan daromadlar
1,7 mlrd.soʻm (6%)ni tashkil etdi.
Oʻtkazilgan profilaktika natijasida 25,3 mlrd.soʻmlik tovar moddiy boyliklari va pul mablagʻlarining talon-taroj qilinishi oldi olindi.
Noqonuniy xarajat va kamomadlar asosan quyidagi yoʻnalishlarda yoʻl qoʻyilmoqda.
1) Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga ajratilgan mablagʻlarning noqonuniy sarflanishi jami noqonuniy xarajat va kamomadlarning 33,3%ni tashkil etgan.
Tekshirilgan maktabgacha taʼlim boʻlimi va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan xodimlarning oylik ish haqi va ragʻbatlantirish mablagʻlaridan 2,5 mlrd.soʻm noqonuniy va ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻyilgan.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ish haqiga ajratilgan mablagʻlar asosan:
94 ta “oʻlik jonlar”ga ish haqi yozish orqali 1,5 mlrd.soʻm noqonuniy hisobdan chiqarilgan;
ish hajmini toʻliq bajarmagan xodimlarga ortiqcha ish haqi toʻlash;
moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini noqonuniy sarflash;
plastik kartalarga noqonuniy pullarni oʻtkazish orqali oʻzlashtirish;
toʻlov qaydnomalarida qayd etilgan naqd pullarni bermaslik;
oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga hamda mehnat taʼtillarini notoʻgʻri hisoblash va boshqa holatlarda ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻyilgan.
2) Oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablagʻlarni noqonuniy sarflashi jami noqonuniy xarajat va kamomadlarning 70,3%ni tashkil etgan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini asossiz hisobdan chiqarish, kamomad va meʼyorga nisbatan ortiqcha hisobdan chiqarilishi kabi holatlar orqali 4,7 mlrd.soʻm notoʻgʻri sarflangan.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablagʻlar asosan:
oziq-ovqat mahsulotlarining ombor va oshxonadagi kamomadi;
meʼyorga nisbatan oziq-ovqatlarni ortiqcha hisobdan chiqarish;
taomnomaga nisbatan hisobotlarda ortiqcha hisobdan chiqarish;
yetkazib berilgan mahsulotga nisbatan ortiqcha mablagʻ oʻtkazish va boshqalar.
Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati uchun byudjetdan ajratilgan subsidiya mablagʻlaridan 8,7 mlrd.soʻmi noqonuniy ajratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 19.05.2018-yildagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizom” talablariga amal qilmagan holda
Oilaviy NMTTlariga 3 yoshga toʻlmagan va 7 yoshdan katta bolalar uchun subsidiya ajratish;
Bitim imzolanmagan davr uchun subsidiya ajratish;
Umuman va vaqtincha faoliyat yuritmagan davr uchun subsidiya ajratish;
Moliya organlari tomonidan subsidiya olish uchun NTMMlar tomonidan buyurtmanomani tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan kelishmagan boʻlsalarda subsidiya ajratish kabi holatlarga yoʻl qoʻyilgan.
Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab oʻtib, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga zid ravishda 1,1 mlrd.soʻmlik shartnomalar tuzilgan.
Ayrim holatlarda auksion xaridlar oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga eʼlonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan.
Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilib komissiya aʼzolariga tegishli tadbirkorlik subyektidan xaridlar amalga oshirilgan.
Byudjet va tashkilot hisobiga qoʻshimcha hisoblangan daromadlar
1,7 mlrd.soʻmni tashkil etdi.
ortiqcha boyliklarni kirim qilish, asossiz hisoblanmagan badal toʻlovlarini hisoblash, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytirish, asossiz hisobdan chiqarilgan mulkni qayta kirim qildirish, mulkni sotishdan tushgan mablagʻlarni 50%ni mahalliy byudjetga yoʻnaltirish kabi yoʻllar bilan byudjet va maktabgacha taʼlim tashkiloti foydasiga qoʻshimcha hisoblandi.
Bundan tashqari, oʻtkazilgan profilaktika natijasida
25,3 mlrd.soʻm moliyaviy kamchiliklarni oldi olindi.
2022-yil uchun tuzilgan shtatlar jadvali va smeta xarajatlariga
18,2 mlrd.soʻmlik ortiqcha rejalashtirish bartaraf etilishi bilan ish haqi ortiqcha toʻlovlariga chek qoʻyildi.
2,4 mlrd.soʻmlik subsidiya mablagʻlari noqonuniy toʻlanishi oldi olindi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2022-yil 6 oyligi davomida
26,3 mlrd.soʻmlik 101 ta tashkilotlarda oʻtkazilgan nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi.
Vazirlik byudjet mablagʻlarini oqilona sarflanishini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish talon-tarojliklarni aniqlash va oldini olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligining moliyaviy nazorat departamenti bilan uzviy xamkorlikda ish olib borildi.
“Ijro.gov.uz«ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining taʼminlanishi.
Ichki audit xizmatiga 2022-yilning 6 oyi davomida “Ijro.gov.uz” orqali
140 ta xat va hujjatlar kelib tushgan boʻlib, shundan:
- 58 ta turli vazirlik va idoralardan kelgan xat va hujjatlar;
- 22 tasi maktabgacha taʼlim vazirining asosiy faoliyatga doir buyruqlari;
- 15 tasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boshqaruv idoralari tomonidan kelib tushgan xatlar;
- 11 tasi vazirlik rahbariyati koʻrsatmalari bilan tushgan bildirgilar (Fishka hujjat);
- 9 tasi yuqori tashkilot va idoralardan kelib tushgan xat va hujjatlar;
- 8 tasi vazir huzurida oʻtkazilgan majlis bayonlari (Hayʼat, videoselektor, markaziy apparat yigʻilishlari… );
- 6 tasi hukumat qarorlari (PQ, PF, VQ …);
- 5 tasi xizmat doirasida foydalanish uchun (XDFU) hujjat;
- 4 tasi faoliyatga doir ichki hujjatlar;
- 2 tasi chora-tadbirlar.
Bugungi kun holatiga 121 ta xat va hujjatlarning ijrosi taʼminlanib, 19 tasining ijrosi ish jarayonida.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish.
Ichki audit xizmatiga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida jami
74 ta murojaatlar kelib tushdi:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 4 ta;
- Andijon viloyatidan 10 ta;
- Buxoro viloyatidan 3 ta;
- Jizzax viloyatidan 3 ta;
- Qashqadaryo viloyatidan 15 ta;
- Navoiy viloyatidan 1 ta;
- Namangan viloyatidan 7 ta;
- Samarqand viloyatidan 7 ta;
- Surxondaryo viloyatidan 1 ta;
- Toshkent viloyatidan 5 ta;
- Fargʻona viloyatidan 9 ta;
- Xorazm viloyatidan 3 ta;
- Toshkent shahridan 6 ta.
Mazkur murojaatlarni masalalar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak:
- Davlat xususiy sherikchilik asosida (xususiy) MTM tashkil etish masalasida – 6 ta;
- Maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbar va xodimlarining
xatti-harakatlaridan noroziligi toʻgʻrisida – 42 ta;
- Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi noqonuniy ishlar toʻgʻrisida –
20 ta;
- Ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida – 1 ta;
- Taʼlim muassasasiga farzandini joylashtirish masalasida – 1 ta;
- Boshqa har xil masalalar toʻgʻrisida – 4 ta.
Murojaatlarni oʻrganish jarayonida mualliflar ishtiroki ham taʼminlanib, oʻrganish natijalari maʼlum qilinib, tegishli javob xatlari yuborildi.
Shuningdek, 3 nafar murojaatchilar tomonidan Ichki audit xizmati xodimlari faoliyatidan qanoatlanganligi boʻyicha Maktabgacha taʼlim vaziri nomiga tashakkurnomalar kelib tushdi.
II yarim yillikda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar:
1. Ichki audit xodimlarini Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga jalb etish.
2. Hududiy maktabgacha taʼlim boshqarma va boʻlimlar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini oʻrganish.
3. Byudjet mablagʻlarini oqilona hamda ortiqcha sarflanishini oldini olish yuzasidan profilaktika ishlarini olib borish.