Kadrlar boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

news-detail

1. Shaxsiy tarkib va ijro intizomi boʻyicha quyidagilar amalga oshirildi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Kadrlar boshqarmasida joriy yilning yanvar oyida jami 412 ta buyruqlar ishlab chiqilgan boʻlib, shundan, 217 ta shaxsiy tarkibga oid, 195 ta xizmat safarlariga oid buyruqlar.

Jismoniy va yuridik shaxslardan joriy yilning yanvar oyida jami
378 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, bugungi kunda mazkur kelib tushgan murojaatlarning 351 tasining ijrosi oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, natijalari boʻyicha mualliflarga javob xatlari yuborildi, qolgan 27 ta murojaat oʻrganish jarayonida.

“mdo.ijro.uz” tizimi orqali jami 278 ta xat-hujjatlar kelib tushgan boʻlib, boshqarma tomonidan kelib tushgan xat-hujjatlarning 255 tasining ijrosi taʼminlangan, bugungi kunda 32 ta xat-hujjatlar ish jarayonida.

2. Mehnat qonunchiligi normalari hamda xodimlarni maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 133-moddasiga koʻra barcha xodimlarga, shu jumladan oʻrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun vazirlik xodimlarining 2022-yil uchun yillik taʼtillar jadvalini tasdiqlash maqsadida har bir tarkibiy boʻlinma rahbarlari hamda xodimlarining xohishlarini hisobga olgan holda taʼtillar jadvali shakllantirib vazirlik kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4502-son qaroriga muvofiq “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʻrinlarda -“YAMMT” IDAK) amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, vazirlik markaziy apparati xodimlarining maʼlumotlari “YAMMT” IDAKga kiritilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda.
  • Hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari kadrlar boʻlimi boshliqlari va tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari kadrlar boʻyicha mutaxassislariga “YAMMT” IDAK dasturiga xodimlarning mehnat munosabatlariga oid maʼlumotlarini kiritilishi boʻyicha Bandlik
    va mehnat munosabatlari vazirligi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda respublika oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligining shaxsiy tarkibiga oid 2022-yil
yanvar-mart oylarida qabul qilingan buyruqlarining qonuniyligini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etildi.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining 2022-yil 21-yanvardagi
02-02/141-sonli xati ijrosini taʼminlash Maktabgacha taʼlim tizimida samarali mehnat qilayotgan 3 nafar nomzodlarning hujjatlarini “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga tavsiya etildi.

Shundan, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining qaroriga asosan 1 nafar nomzod “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar orasidan 2 nafar nomzodlarning hujjatlari “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga tavsiya etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi hamda “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida 2022-yilning 28-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi Kadrlar bilan ishlash shoʻbasi mudirlari va idorviy mansub tashkilotlarning kadrlar boʻlimi xodimlariga ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi va oʻquv seminari tashkil etildi.

  • Bugungi kunda maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi bayrami arafasida davlat mukofotlariga tavsiya etish maqsadida hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan
    173 nafar xodimlarning mukofot varaqlari, maʼlumotnomalari
    (spravka-obyektivka), mehnat faoliyati davomida erishgan yutuqlari aks ettirilgan tavsifnomalari (annotatsiya) talab darajasida rasmiylashtirilib, nomzodlarning hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.
  • 3. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi:
  • «Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi hamda “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini yanada samarali tashkil etish toʻgʻrisida»gi;
  • Xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2021-yil
    7-iyundagi 107-sonli buyrugʻiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida»gi;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tavsiya etish, kelishish, tayinlash va lavozimdan ozod etish boʻyicha tizimli ishlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hisob-nazorat nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tavsiya etish va tayinlash ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi;
  • «Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim
    bosh boshqarmasi hamda maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, vazirlik tizimidagi respublika tashkilot
    va muassasalar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar xodimlari lavozimlariga boshqaruv kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi;

«Jamoatchilik asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasiga hududiy nazoratchilarni belgilash toʻgʻrisida»gi;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimi xodimlarining Odob-axloq qoidalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimi xodimlarining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Odob-axloq komissiyasining tarkibi;

Maktabgacha taʼlim tashkilotining ichki tartib va odob-axloq namunaviy qoidalari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalarining kadrlar boʻlimi xodimlarini vazirlik markaziy apparatida stajirovka oʻtashi toʻgʻrisida maktabgacha taʼlim vazirining buyrugʻi;

Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini va ularning
2022-yil II-choragi uchun faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini (KPI koʻrsatkichlari) tasdiqlash toʻgʻrisidagi vazir buyrugʻi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-martdagi “Oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilash toʻgʻrisida”gi 19-sonli yigʻilish bayonining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Qarshi davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

4. Maktabgacha taʼlim vaziri nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tayinlash boʻyicha:

Joriy yilning yanvar oyida vazirlikning 2021-yil 7-iyundagi 107-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tashkilotlar vakant lavozimlariga xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiq 314 nafar talabgor nomzodlar hujjatlari hududiy tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri lavozimlariga oʻrganib chiqilib, tanlov komissiyaga taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasi ijrosini taʼminlash maqsadida
314 nafar nomzodlarning hujjatlari 44-moddasiga muvofiq oʻrganib chiqildi hamda 58 nafar talabgor nomzodlarni tanlovdan chetlatish yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi va har bir nomzodga tanlovdan chetlashtirilganligi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari nomzodlarga yuborildi.

Oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan 37 nafar nomzodlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda maktabgacha taʼlim vazirining tegishli buyruqlari bilan lavozimlarga tayinlandi.

Tanlovlarning suhbat bosqichi jarayonlari real vaqt rejimida jarayonni translyatsiya qilgan holda oʻtkazildi.

Shuningdek, tanlov gʻolib deb topilgan va uch oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilingan tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlim mudirlarining “svetofor” koʻrinishidagi tahliliy maʼlumoti ishlab chiqildi.

  • Maktabgacha taʼlim vazirligi Hayʼat majlisiga Maktabgacha taʼlim vazirligi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tayinlash va ularning zahirasini yaratish hamda tizimdagi tashkilotlarni malakali mutaxassislar bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradoligi toʻgʻrisida masala kiritildi.
  • Bunda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan joriy qilingan vacancy.argos.uz portali orqali Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari lavozimlari boʻyicha eʼlon qilingan tanlovlar natijalari hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari vazirlikka kelishish holatlari boʻyicha masala kiritilib,hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama yakunida hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlariga maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda boshqarma va har oyda ish.mehnat.uz veb saytida joylashtirib borish hamda oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jalb etish choralarini koʻrish, doimiy ravishda vakant lavozimlarni Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali – vacancy.argos.uz eʼlon qilib borish hamda oʻtkaziladigan tanlov tadbirlarini internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida jarayonni translyatsiya qilgan holda suhbat bosqichini oʻtkazishga qatʼiy rioya etish vazifalari yuklatildi.

5. Maktabgacha taʼlim vaziri hisob-nazorat nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni kelishish boʻyicha:

Hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan jami 502 nafar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlarini doimiy lavozimga tayinlash uchun kiritilgan nomzodlarning hujjatlari oʻrganib chiqilib, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimiga tavsiya etilgan 25 nafar nomzodlarda Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasi boʻyicha cheklov aniqlanganligi sababli, mazkur lavozimlarga boshqa nomzodlarning hujjatlarini kelishish uchun kiritish hamda qolgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimiga tayinlash yuzasidan kelishilganligi boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 11-martdagi 57-sonli buyrugʻi talablariga muvofiq javob xatlari yuborildi.

  1. 6. Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi respublika tashkilot
    va muassasalar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar xodimlari lavozimlariga boshqaruv kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha
    :
  2. Bugungi kunda Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuqori malakali, yetakchilik xususiyati va boshqaruv koʻnikmalariga ega tashabbuskor xodimlar orasidan 2 yoki 3 nafardan hududiy maktabgacha taʼlim boʻlimlari va davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlari uchun zaxira nomzodlar roʻyxati shakllantirilmoqda.
  3. Mazkur zaxiraga olingan nomzodlar uchun Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida boshqaruv mahorati boʻyicha malaka oshirishi rejalashtirilgan boʻlib, malaka oshirish kurslarida muvaffaqiyatli qatnashib sertifikat olgan nomzodlar tashkilot rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilishi rejalashtirilgan.
  4. 7. Hududiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatlarini oʻrganish va ularga nisbatan koʻrilgan choralar boʻyicha:
  5. Joriy yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati
    va Toshkent shahridagi hududiy maktabgacha taʼlim boʻlinmalari
    va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini kompleks oʻrganib chiqish boʻyicha xizmat safari buyruqlari rasmiylashtirilib, mazkur buyruqqa asosan hududlarda amalga oshirilgan ishlar oʻrganib chiqildi.
  6. Oʻrganish davomida hududiy maktabgacha taʼlim boʻlinmalarida
    va tashkilotlarda aniqlangan tizimli muammolar va ularni bartaraf qilish toʻgʻrisida chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
  7. Shuningdek, yil davomida Maktabgacha taʼlim vaziri nomenklaturasiga kiradigan jami 27 nafar rahbar xodimlarga nisabtan mehnat qonunuchiligiga asosan intizomiy jazo choralari qoʻllanilib66 ta xodimlar bilan tuzilgan mehant shartnomalari oʻrnatilgan tartib asosida bekor qilindi.
  8. 8. Hududiy davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kundagi kamchiliklar va muammolar:
  9. Hududiy davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining malakali, oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan yetarli darajada taʼminlanmayotganligi, ayniqsa oliy maʼlumotli tarbiyachilarga boʻlgan ehtiyojning yuqoriligi, joylarda nomzodlar ochiq mustaqil tanlov orqali shaffof tarzda saralab olinmayotganligi, xodimlarni ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni toʼliq yoʻlga qoʻyilmaganligi kabi bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.

Shu bilan birga, Oliy maʼlumotli mutaxassislarning yetishmasligi aholiga maktabgacha taʼlim boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samarasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Xususan, lavozimlarga tavsiya etish uchun amaliy zaxira mavjud emas, tavsiya etilayotgan nomzodlarni yuzaki oʻrganish holatlariga hanuzgacha barham berilmagan. Shu sababdan oʻtkazilayotgan suhbatlar chogʻida mazkur hududlardan tavsiya etilayotgan aksariyat nomzodlar tomonidan oʻz funksional vazifalarini bajarish bilan bogʻliq masalalarni talab darajasida bilmasligi va uning ichiga toʻliq kirolmaganligi, soha va hududlar muammolarini, shuningdek, yaqin va oʻrta istiqbolga moʻljallangan vazifalarni hal etishning maqbul va samarali variantlarini taklif etolmasligi yaqqol koʻzga tashlanmoqda.

Bizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-centabrdagi PQ-3955-son qarorining 3-bandi 1-qismiga muvofiq, mahalliy hokimiyatlar bilan kelishiladigan lavozimlarni kelishish uchun mahalliy hokimiyat vakillari bilan suhbat jarayoni yakunida ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni oldini olish maqsadida real rejimda onlayn ravishda kelishilmoqda.

Ammo, ayrim mahalliy hokimiyatlar tomonidan Komissiyaning qaroriga muvofiq tanlov gʻolibi deb topilgan talabgor nomzodlarni kelishishda asossiz ravishda rad etilayotganligi sabab hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlardagi vakant boʻlgan lavozimlarning ortib borish holatlari yuzaga kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari

Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari IMG_0002.pdf 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Мактабгача таълим хизматларини кўрсатиш бўйича маълумотлар

Мактабгача таълим хизматларини кўрсатишда тенг имкониятларни яратиш бўйича белгиланган устувор вазифалар, амалга оширилган ишлар, мавжуд муаммолар ва уларни бартараф этиш юзасидан М А Ъ Л У М О Т   I. 2017-2023 йилларда амалга оширилган ишлар: Ўтган давр мобайнида мактабгача таълим тизими тубдан ислоҳ қилиш ҳамда мактабгача таълим ташкилотлари тармоғини кенгайтириш ва болаларни мактабгача таълим билан янада кенгроқ қамраб олинишини таъминлаш йўналишида қатор ижобий натижаларга эришилди. Жумладан, 2017 йилда мактабгача таълим ташкилотлари сони 5 211 тани ташкил этган бўлса, соҳага нодавлат секторни кенг жалб қилиш учун қулай шарт-шароитлар яратиш ҳамда мамлакатда илк маротаба давлат-хусусий шериклик тизимини жорий қилиш натижасида 2023 йилга келиб, мактабгача таълим ташкилотлари сони 6,5 баробарга ортиб, 33 942 тага етказилди. Мисол учун, нодавлат секторнинг улуши 2017 йилда 0,5 фоиз(250 та)ни ташкил этган бўлса, ҳозирда уларниг улуши 80 фоиз(28 минг та)га етказилди. Республика бўйича 2017 йилда болаларни мактабгача таълим билан қамрови 27 фоиз(700 минг нафар)ни ташкил этган бўлса, 2023 йилга келиб ушбу кўрсаткич 2,6 баробарга орттирилиб, 74 фоиз (2,2 млн. нафар)га етказилди. Республикадаги барча болалар учун бир хил бошланғич имкониятларни яратиш йўлида ҳар бир боланинг мактабга киришидан бир йил олдин умумий ўрта таълимга мажбурий бир йиллик тайёргарликдан ўтишга бўлган ҳуқуқи “Мактабгача таълим ва тарбия” тўғрисидаги қонун билан кафолатланди. Эндиликда болалар мактабга чиқишдан олдин бир йиллик мажбурий бепул мактабга тайёрловдан ўтказилмоқда. Жорий йил якунига келиб қамраб олинган 6 ёшли болалар улуши 93 фоизга (692 минг нафарга) етди. Мактабгача таълим хизматларини янада кенгайтириш мақсадида мактабгача таълимнинг муқобил шакллари яратилди. Хусусан, барча болаларга тенг имкониятлар яратиш мақсадида 25 мингта оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти йўлга қўйилиб, 662 минг нафар болалар қамрови таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларини қуриш имкони мавжуд бўлмаган олис ва чекка ҳудудларда “Ақлвой” лойиҳаси доирасида 156 та маҳаллаларда қайта жиҳозланган 72 та ИСУЗУ автобусларда негизида 429 та мобиль гуруҳлар ташкил этилиб, уларга 9,5 минг нафар болалар қамраб олинди. ЮНИСЕФ халқаро болалар ташкилоти билан ҳамкорликда ташкил этилган 20 та “Турли хил ёшдаги мактабгача таълим гуруҳлари” (ўйин гуруҳлари)га 496 нафар болалар қамраб олинди. Жаҳон банкининг “Болани эрта ривожлантириш” лойиҳаси доирасида ташкил этилган “Илк ривожланиш марказлари”га жами 1 600 нафар болалар жалб этилди. Инклюзив таълим тамойиллари ва имконияти чекланган болаларга ёрдам кўрсатишнинг янги шакллари жорий этилди. Жумладан, Нукус, Қарши, Зарафшон шаҳарлари ва Қибрай туманида реабилитация марказига эга бўлган кўп тармоқли ихтисослаштирилган ва қўшма турдаги мактабгача таълим ташкилоти каби янги шакллар жорий этилди. Барча кўп тармоқли ихтисослаштирилган давлат мактабгача таълим ташкилотлари реабилитиция асбоб ускуналари билан таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларида фаолият кўрсатаётган педагог кадрлар сони 58 минг нафардан 160 минг нафарга оширилди. Олий маълумотли педагог кадрларнинг улуши 21,6 фоиздан 34,1 фоизга етказилди. Барча давлат мактабгача таълим ташкилотлари ҳамда 14 000 та оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари ўқув-методик, кўргазмали ва дидактик материаллар билан таъминланди. Ўзбекистон Республикаси Илк ва мактабгача ёшдаги болалар ривожланишига қўйиладиган давлат талаблари, “Илк қадам” давлат ўқув дастури, 6 ёшли болаларни мактаб таълимига тайёрлаш учун “Илм йўли” вариатив дастури, алоҳида таълим эхтиёжларига муҳтож бўлган болалар учун мослаштирилган ўқув дастури, 6 номдаги педагогларнинг касбий компетенцияларини оширишга қаратилган  методик қўлланмалар ва ривожантирувчи ўқув-дидактик материаллар компетенциявий ёндошув асосида такомиллаштирилиб яратилган. Мактабгача таълим тизимида фаолият юритиб келаётган педагог ходимлар учун узлуксиз методик хизматни ташкил этиш мақсадида “Learning passport” (Болалик академияси – bolakadem.uz) таълим электрон платформаси жорий этилди. Шу билан бирга, 6 ёшгача бўлган болалар саломатлиги ва ривожланишининг барча жиҳатлари бўйича мутахассислар маслаҳати билан таъминлаб берувчи ота-оналар учун «Bebbo» мобил иловаси ишга туширилди. Республикадаги 3 519 та давлат мактабгача таълим ташкилотларида 10 155,0 млрд.сўм эвазига 535 160 ўринли қурилиш-таъмирлаш (янги 513 та 73 905 ўрин, реконструкция 2 215 та қўшимча 104 030 ўрин яратилган ва мавжуд 231 278 ўрин таъмирланган, мукаммал таъмир 791 та 125 946 ўрин) ишлари амалга оширилган. 2017 йилда Мактабгача таълим соҳасига давлат бюджетидан 2,1 трлн. сўм ёки бюджет харажатларининг 4,4 % миқдорда маблағ ажратилган бўлса, 2023 йилга келиб бюджет харажатларининг 5,8 % миқдорда 11,8 трлн. сўм ёки 5,6 баравар кўпроқ маблағ ажратилди. 2021 йилдан бошлаб, 27 мингдан зиёд давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим ташкилотларида мутлақ янги бўлган Нодавлат мактабгача таълим ташкилотларини бошқариш ахборот тизими жорий этилиди. Ушбу ахборот тизими орқали янги оилавий МТТларни ташкил этиш, уларнинг қувватини ошириш ва битим муддатларини узайтириш масалаларида электрон ариза қабул қилиниши, нодавлат МТТларга субсидия ва компенсациялар автоматлаштирилган тарзда тўлаб берилиши йўлга қўйилди. Давлат мактабгача таълим ташкилотларининг 1,2 мингтасида 83 нафар тадбиркорлар томонидан аутсорсинг хизматлари кўрсатилиши йўлга қўйилди. Республикадаги барча давлат мактабгача таълим ташкилотларида овқатлантириш ишлари “Ақлвой-ошпаз, боғчалар учун таомлар рецепти” тўпламидан фойдаланган ҳолда тузилган Ягона мавсумий таомнома асосида ташкил этилди. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали ҳамкорлигида Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги 60 та ДМТТнинг санитария гигиена хоналари (хожатхоналар), сув таъминоти тизими ҳамда ошхоналар таъмирланди ва замонавий керакли жиҳозлар билан таъминланди. Ҳозирги кунда 100 та мақсадли ДМТТ ларда юқоридаги ишлар давом этмоқда. “Таълим учун озиқ-овқат ва болалар овқатланиши” дастури доирасида ушбу давлат мактабгача таълим ташкилотларига Ўзбекистонга беғараз ёрдам сифатида 4 турдаги бойитилган озиқ-овқат (20 тонна ўсимлик ёғи, 40 тонна гуруч, 80 тонна ун ва 10 тонна сариқ ярим нўхат) маҳсулотлари олиб келинди ва бугунги кунда мақсадли 166 та давлат мактабгача таълим ташкилотларига “Ягона мавсумий таомнома”га асосан тарқатиб келинмоқда ва истеъмоли мониторинг қилинмоқда. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали билан ҳамкорлигида Мактабгача таълим ташкилотлари директор ва мутахассисларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти қошида ҳамшираларни касбий малакасини ошириш, шошилинч ҳолатларда болаларга биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш кўникмаларни шакллантириш учун махсус ўқув ускуналар, ўқув тренажёр билан жиҳозланган Ўқув-симуляцион марказ фаолияти йўлга қўйилди. Мактабгача таълим ташкилоти ҳамширалари учун ўқув-дастурлар тасдиқланиб, ушбу Марказда Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги мактабгача таълим ташкилотларининг 160 нафар ҳамшираларининг малакаси оширилди. Тошкент, Нукус ва Термиз шаҳарларида “Мактабгача таълим тизимида болаларнинг илк ёшидан саводхонлик, рационал овқатланиш, гигиена ва соғлом турмуш тарзи кўникмаларини шакллантиришда компетенциявий ёндашувни жорий этиш” мавзусида ўтказилган амалий конференциялар, семинарлар, ўқув-тренингларда мактабгача таълим ташкилотларининг 1 000 нафардан ортиқ раҳбарлари, методистлари, педагоглари, ошпазлари ва хўжалик ишлари бўйича директор ўринбосарлари малакаси оширилди ва 60 нафар тренерлар тайёрланди. Улар томонидан жойларда менторлар сифатида амалий-ташкилий  ёрдамлар кўрсатиб келинмоқда. Шунингдек, Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятларидаги мақсадли 60 та ДМТТ да “Кичик кутубхоналар” (уголки чтения) ташкил этилди, уларнинг ҳар бири 150 донадан китоб, дидактик материаллар ва жиҳозлар билан таъминланди. “Ақлвой ошпаз” болалар боғчалари учун рецептлар тўплами қорақалпоқ тилига ўгирилди ва 150 дона китоб нашр қилинди. “Саломатлик алифбоси” китоб тўплами  ўзбек, қорақалпоқ, инглиз тилларига таржима қилинди.  Электрон  тарзда яратилган “онлайн” платформа орқали 4 та ўқув курси ташкил этилиб 100 нафар мактабгача таълим ташкилотларнинг ҳамширалари малакаси оширилди. Соҳада хорижий инвестиция лойиҳаларини мувафаққиятли амалга ошириш натижасида жами 261,1 млн. доллар хорижий инвестициялар (шундан 60,7 грант маблағлари) жалб қилиниб, 147,9 млн. доллар маблағ ўзлаштирилди. Жаҳон банки лойиҳаси доирасида 100 ДМТТда MELQO халқаро баҳолаш воситасини қўллаш орқали илк маротаба мактабгача таълим сифатини ўлчаш миллий тадқиқот ишлари амалга оширилди.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI

  Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI   T/r Maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlari)ga erishish boʻyicha chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi / ishlab chiqiladigan hujjat Ijro muddati Masʼullar Agentlik rahbariyati Tarkibiy bo‘linmalar 1.           Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 76,0 foizga yetkazish. 1. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 34 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 138 tasini rekonstruksiya qilish orqali qoʻshimcha 10 460 ta yangi quvvatlar yaratish. 2. 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali 36 000 yangi quvvat yaratish. 3. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan “play” guruhlari faoliyatini tashkil etish. Yil davomida   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov), Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 2.           6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish. Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish va boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash. Bunda, qoʻshimcha: 189 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlari; 85 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari; 441 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlarini tashkil etish. Yil davomida Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov) 3.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni muvofiqlashtirish.   1. Tuman(shahar) tibbiyot birlashmasi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining qoʻshma buyrugi bilan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami tarbiyalanuvchilarning 99,5%ni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. Jumladan: 1-chorakda – 35,0%; 2-chorakda – 70,0%; 3-chorakda – 85,0%; 4-chorakda – 99,5%. 3. Har chorakda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni monitoring qilish. Yanvar             Har chorakda             Har chorakda   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Xasanova) 4.           Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash yuzasidan monitoring oʻtkazish va monitoring natijalariga koʻra oʻquv-amaliy-semianrlar tashkil etish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda tashkil etilishini oʻrganish. 2. 2024-yilda jami 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish. Jumladan: 1-chorakda – 125 ta; 2-chorakda – 125 ta; 3-chorakda – 100 ta; 4-chorakda – 100 ta. 3. Monitoring natijalari boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. 4. Seminar-trening oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlatish. 5. Seminar-trening jarayonlarini internet tarmoqlari va OAVlarida yoritilishini taʼminlash. Doimiy         Doimiy             Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Mirzakarimov) 5.           “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash. 1. Har haftada dushanba va juma kunlari tegishli boshqarma va boʻlimlar bilan birgalikda “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratda turgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazish. 2. Topshiriqlar ijrosini taʼminlamagan masʼullarga nisbatan intizomiy chora koʻrish boʻyicha direktorga taklif kiritish. Har hafta dushanba va juma kunlari     Har oyning 5 sanasiga qadar Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Odilov) 6.           Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlash 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishi yuzasidan nazorat olib borish 2. Har chorak yakunida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijalarini tahlil qilish hamda rahbariyat huzurida muhokama qilish. 3. Agentlikda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan yuqori tashkilotlarga axborot kiritish. Doimiy     Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Dadabayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 7.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarining davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritish amaliyotini joriy qilish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlari, guruhlari va tarbiyalanuvchilari soni, hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha MTTning elektron pasportini yaratish. 2. Axborot tizimida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarining davomati yoʻqlama qilish va elektron tabellarni shakllantirish. Aprel         Dekabr Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Axborot xavfsizligini taʼminlash va raqamlashtirish boʻlimi (Djurayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 8.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuter guruhlari bilan taʼminlash. 1. Kompyuter guruhlari bilan taʼminlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxat shakllantirish. 2. Elektron tender savdolari oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 3. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. Fevral     Iyul   IV chorak Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov) Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 9.           Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitimlar imzolash. 1. Oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha kelib tushgan elektron arizalarini koʻrib chiqish. 2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun xususiy sherik bilan bitim imzolash. Yil davomida Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 10.       Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ehtiyojlarini aniqlash va ularni jihozlash (qayta jihozlash). 1. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari talab va takliflari asosida 2024-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qoʻshimcha jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxatini shakllantirish 2. Xarid qilinadigan jihozlarning bozor konyunkturasidagi narxlarini oʻrnatilgan tartibda oʻrganish va tender hujjatlari loyihasini tayyorlash. 3. Elektron tender savdolarini oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 4. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. I chorak           May     Avgust   IV chorak   Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash boʻlimi (Uzakov) 11.       Maktabgacha taʼlim tizimiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish maqsadida zamonaviy didaktik materiallar bilan taʼminlash. 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarga boʻlgan extiyojini aniqlash. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish. Fevral       Mart         III chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Taʼlim sifatini baholash, metodik yordam koʻrsatish va tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi  (Grosheva), Axborot va pedagogik inavatsion texnologiyalar markazi (Kim) 12.       Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish. 1. Hududlarning malaka oshirishga boʻlgan 14 000 nafar rejasiga asosan har oyda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etish: 1-chorakda – 3200 nafar; 2-chorakda – 3 400 nafar; 3-chorakda – 2 800 nafar; 4-chorakda – 4 600 nafar. 2. Har chorak yakunlari boʻyicha malaka oshirish rejasining ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Har chorakda               Har chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Pedagog kadrlarni kasbiy salohiyatini rivojlantirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirirsh boshqarmasi (Xamdamova) 13.       Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni jalb etish boʻyicha XMI nomiga soʻrovnoma yuborish. 2. Jami 40,0 mln dollar mablagʻlarni jalb etish. Jumladan: 2-chorakda – 20,0 mln dollar; 4-chorakda – 20,0 mln dollar. 3. Har oy Xalqaro moliya institutlari bilan muzokara olib borish. Yanvar     Yil davomida     Har oyda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev) 14.       Maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami 25,1 mln dollar mablagʻlarni oʻzlashtirish. Jumladan: 1-chorakda – 1,8 mln dollar; 2-chorakda – 4,0 mln dollar; 3-chorakda – 9,9 mln dollar; 4-chorakda – 9,4 mln dollar. 3. Har haftada investitsiya loyihalarini ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Yanvar     Har chorakda           Har haftada Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev)  

Вид сайта
Размер шрифта