Pedagog kadrlar salohiyati
Xozirgi kunda Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2022-yil may oyi holatiga jami 149 024 nafar rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda (2021-yilda 134 641 nafarni tashkil etib, 10,6 foizga ortgan).
Jami pedagoglarning 112 625 nafari (75,5%) davlat va 36 399 nafari (24,5%) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻgʻri keladi.
149 024 nafar pedagoglarning 34,5 foizi (51 442 nafar) oliy maʼlumotlidir (2021-yilda 33,8% ni tashkil etgan).
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan
112 625 nafar pedagoglarning 41 259 nafari yoki (36,6% foizi oliy,
71 366 nafari yoki 63,4 foizi oʻrta maxsus maʼlumotlidir.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 12 460 nafar oliy (34,2%) va 23 939 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli pedagoglar faoliyat yuritmoqda.
Pedagoglarning 8271 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari, 6357 nafari metodistlar, 98707 nafari tarbiyachilar,
11295 nafari musiqa taʼlimi oʻqituvchilari, 2674 nafari xoreograflar, 6876 nafari jismoniy tarbiya yoʻriqchilari, 7483 nafari chet tili oʻqituvchilari, 4193 nafari psixologlar, 1160 nafari defektologlar va
2008 nafari logopedlardan iborat.
Raxbar va pedagog kadrlarni malakasini oshirish
Maktabgacha taʼlim tizimi rahbar va mutaxassislarini malakasini oshirish ilgʻor tajribalar asosida tashkil etish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologilarini joriy etish, oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish hamda pedagoglarning kasbiy va pedagogik mahoratlarini uzluksiz oshirib borishlarini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi “2022-yilda maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari, mutaxassislari va pedagog kadrlarning malakasini oshirishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 248-son buyruq tasdiqlandi.
2022-yilda 17288 nafar pedagog kadrlarning malakasini oshirish rejalashtirilgan.
2022-yilning 2-choragida jami 9816 nafar ( 56,7 %) maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi.
4767 nafari Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida, 4317 nafari Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xalq taʼlimi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida, 732 nafari Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirishdi.
Attestatsiya
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 572-son qaroriga asosan Maktagacha taʼlim vzirligining 2021-yil 29-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 29-sentyabrdagi
189-son buyrugʻi qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-fevraldagi 04/QQ a 2-Q/Q-son qoʻshma qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
17-sentyabrdagi 572-sonli qaroriga asosan, 2022-yil mart-iyun oylarida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etish uchun 5263 nafar pedagog kadrlar ariza topshirdilar.
2022-yil mart-iyun oylarida test sinovlarida: 5126 nafari pedagog kadrlar ishtirok etdilar.
Shundan: 2 - nafari (0,03%) oliy malaka toifaga loyiq; 154 - nafari (3%) 1-malaka toifaga loyiq, 2869 - nafari (56%) 2-malaka toifaga loyiq; umumiy 3025 nafari malaka toifaga ega boʻlgan. 1068 nafari (20,8%) mutaxassis lavozimiga mos, 1032 nafari (20,1%) mutaxassis lavozimiga mos emas deb topildi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasining yakuniy natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil iyul oyida eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga asosan ikkinchi bosqichi sentyabr-dekabr oylarida boʻlib oʻtadi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil
17-dekabrdagi 1-son bayonining 4-ilovasida
KASB STANDARTI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekbardagi
PQ-4939-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 17-dekabrdagi 1-son bayonining
4-ilovasida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2-chorakda kasb standarti “Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi” va “Oʻqituvi-defektolog (Oʻqituvchi-logoped, tiflopedagog, surdopedagog, oligofrenopedagog)”larini ishlab chiqish belgilangan.
Yuqorida qayd qilingan “Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi” kasb standartini Toshkent pedagogika kolleji va Makatbgacha taʼlim vazirligi taalluqli boʻlgan boshqarma va boʻlimlar bilan ishlab chiqildi hamda jamoatchilik va ekspertlar uchun “www. Profstandart.uz” portaliga joylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari institutidan xulosalar olindi.
Xuddi shunday xolat “Oʻqituvi-defektolog (Oʻqituvchi-logoped, tiflopedagog, surdopedagog, oligofrenopedagog)” kasb standartini Toshkent Nizomi nomli Dalat pedagogka universiteti professor-oʻqituvchilari va Makatbgacha taʼlim vazirligining Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan ishlab chiqildi hamda jamoatchilik va ekspertlar uchun “www. Profstandart.uz” portaliga joylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari institutidan xulosalar olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, qarorlarini ijrosi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish instituti tomonidan 2022-yil fevral-mart oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan oilaviy, nodavlat va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlarni qisqa muddatli oʻquv kurslariga jalb etildi. Unda, innovatsion texnologiyalari, “Ilk qadam” oʻquv dasturi va pedagogik kompetensiyalari mavzulari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi.
Klaster
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratni uzluksiz rivojlantirib borishining yangi tizimini tajriba-sinovidan oʻtkazish boʻyicha 2022-yil 1-martdagi 07/1-1556-son topshirigʻiga asoan Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida 2022-yil 17-martdagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratini uzluksiz rivojlantirib borishning yangi tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 3-q/q, 10-q/q va 7-q/q qoʻshma qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
19-maydagi “Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 268-son qarori asosida Namangan viloyati Namangan pedagogika kollejida va Fargʻona viloyati Qoʻqon pedagogika kollejida tajriba-sinov tariqasida Maktabgacha taʼlim klasterlari tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
19-maydagi 268-son qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-maydagi 127-son buyruq tasdiqlandi va ijrosi taʼminlanmoqda
Unda aprel-may va iyun oylarida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish boʻyicha grafik tasdiqlandi.
Maktabgacha taʼlim klasterlarida oʻquv mashgʻulotlari Namangan davlat universiteti va Qoʻqon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahar filiali, Toshkent shahridagi Puchon universitetlarining professor-oʻqituvchilari va xalqaro konsultantlar tomonidan olib borilmoqda.
Bugungi kunda, mazkur klaster boʻyicha 1298 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirilmoqda.
Pedagogika kollejlari toʻgʻrisida
Bugungi kunda, pedagogika kollejlarida 51441 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.
41374 nafar kunduzgi, 8674 nafar sirtqi, 866 nafar kechki va 2283 nafar dual taʼlim shaklida oʻquvchilar tahsil olishmoqda.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, taxsil olayotgan oʻquvchilar taʼlimni bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash bilan birgalikda olib bormoqda. Nazariya va amaliyot birligiga erishilmoqda. Bevosita ishlash jarayonida yuzaga keladigan savollarning yechimi taʼlim muassasasining oʻqituvchilari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Pedagogika kollejlariga 2021-yildan dual taʼlim tizimi joriy etildi. Dual taʼlim shakli oʻquvchilari haftada 3 kun pedagogika kollejlari oʻquv jarayonlarida ishtirok etishmoqda hamda qolgan 3 kun tegishli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tegishli mashgʻulotlar bilan birga mehnat faoliyatni olib bormoqda.
Bu oʻquvchilarning professional tayyorgarligini rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan: maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mutaxassislik fanlari buyicha ochiq mashgʻulotlar, kasbga doir koʻrgazmalar tashkil qilinmoqda.
Pedagogika kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik ishlari tashkil etilgan boʻlib, “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashda “Oʻquv reja, fan dasturlari va majmualar integratsiyasi”, “Ilk qadam” davlat dasturi tahlillari, “Yoshlarni sogʻlom turmush tarzi”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish”, “Taʼlim tizimidagi strategik maqsadlar” kabi mavzularda seminarlar oʻtkazib kelinmoqda.
Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 3-martdagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining pedagogika kollejlarida kasblar boʻyicha yakuniy davlat attestasiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 52-son buyrugʻida pedagogika kollejlarining 2021/2022-oʻquv yili uchun kasblar boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari raislari tasdiqlandi.
Bitiruvchilar bandligi
2021/2022-oʻquv yilida pedagogika kollejlarini 27 042 nafar oʻquvchi bitirmoqda. Shundan: 20 879 nafar bitiruvchilarni bandligi taʼminlanmoqda (77,3 foiz). Qolgan 6145 nafari (22,7%) bitiruvchilarni bandligini taʼminlash ishlari davom etmoqda.
Jahon bankining
Jahon bankining “Yosh bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida taʼlim sifatini oshirish, bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvlarini rivojlantirishga koʻmaklashish, “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda bola tarbiyasiga yoʻnaltirilgan yondashuvni joriy etish” treningining ikkinchi moduli doirasida treninglar oʻtkazildi.
Mazkur treninglarda jami 110 nafar pedagog kadrlar 4 ta guruhga boʻlinib ishtirok etdi.
Trening har bir guruhi uchun 5 kun davomida oʻtkazildi. Ishtirokchilarga barcha materiallar bosma va elektron shaklda taqdim etildi.
Trening yakunida ushbu kursdan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikatlar topshirildi.
Trening quyidagi tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi:
Ushbu treninglar oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqituvchilarning amaliy faoliyatida bolaning yoshiga va individual xususiyatlariga qarab turli xil yondashuvlarni qoʻllash boʻyicha oʻquv jarayonining sifatini oshirishga imkon beradi va maktab xayotiga moslashishiga yordam beradi.
2020-2021 oʻquv yilida 3 ta tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha taʼlimning kunduzgi shakliga 346 nafar talabalar qabul qilindi.
2021-2022 oʻquv yiliga 870 nafar reja belgilanib, 503 nafar talabalar qabul qilindi.
Bundan tashqari, joriy yildan taʼlimning sirtqi shakli ham ochilib, “Maktabgacha taʼlim”, “Biznesni boshqarish” hamda “Arxitektura” yoʻnalishlariga 533 nafar talabalar qabul qilindi.
Imtiyoz
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markaziga vazirlikning 2022-yil 9-iyundagi 03-03/1-1507-son javob xati bilan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2021” respublika kasb-koʻrik tanlovida gʻolib chiqqan 21 nafar mutaxassislardan 14 nafar oʻrta maxsus maʼlumotiga ega boʻlgan maktabgacha taʼlim tarbiyachilarni roʻyhati Davlat test markazining maxsus elektron dasturiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi
PQ-5157-son qarori asosida xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga davlat buyurtmasi parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan 23 ta talaba bilan shartnomalar imzolandi.
Jumladan:
Toshkent shahridagi Puson universiteti – 15 nafar;
Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti – 3 nafar;
Qoʻqon universiteti – 5 nafar
Muammo va takliflar
Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi “2022-yilda maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari, mutaxassislari va pedagog kadrlarning malakasini oshirishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 248-son buyruqga asosan
2022-yilda ikkinchi yarim yillikda rejalashtirilgan 7472 nafar pedagog kadrlarning malakasini oshirish,
- Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
17-sentyabrdagi 572-sonli qaroriga asosan, 2022-yil ikkinchi yarim yilligida sentyabr-dekabr oylarida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish. - Maktabgacha taʼlim vazirligining pedagogika kollejlarini 2021/2022-oʻquv yili 28145 nafar bitiruvchidan 21915 nafari bandligi taʼminlandi. Qolgan 3519 nafar bitiruvchilarni bandligini taʼminlash.
4. Pedadgogika kollejlarida taʼlim tarbiya ishlarini olib borishda maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha zamonaviy oʻquv reja dastrularini tizimda faoliyat olib borayotgn oliy taʼlim muassasalari hamkorligida muvofiqshlashtirish.
5. Pedagogika kollejlarining maxsus fan va umumkasbiy fanlari boʻyicha oʻqituvchilarini malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan tashkil etish.
6. Pedagogika kollejlariga yangi 2022-2023 oʻquv yili uchun maktabgacha taʼlimga oʻqishga taklif qilish ishlarini mahalla va bandlikga koʻmaklashish markazlari bilan ishlash.
7. Respublikadagi oliy taʼlim muassasalarini maktabgacha taʼlim yoʻnalishini bakalavr bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taklif qilish.