Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirish boʻlimi tomonida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

news-detail

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi tayyorlanib vazirlik va idoralar bilan kelishilib Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazildi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni toʻgʻri tashkil etmaganligi hamda funksional vazifalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashganligi uchun:

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini taʼminlash boʻlimi xodimi;

- Qashqadaryo viloyati 3 ta tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari;

- Toshkent shahridagi 9 ta davlat maktabgacha tashkilotlari direktorlariga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chora koʻrildi.

Shuningdek, Toshkent shahrining 3 ta tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari hamda 8 ta davlat maktabgacha tashkilotlari direktorlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari oʻrnatilgan tartibda bekor qilindi.

3. Tarbiyalanuvchilarining sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash, sogʻlom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida joriy yilning aprel oyidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi 6 ta davlat maktabgacha tashkilotlarida tajriba- sinov tariqasida “Keytering” asosida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etildi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2021-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun mavsumiy namunaviy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish toʻgʻrisida”gi 14/22-sonli qoʻshma qaroriga asosan yagona mavsumiy taomnomalar tayyorlandi.

5.“Oʻzbekiston Ryespublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” 0016-21-son SanQvaMga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga kiritildi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasining 2022-yil 14-maydagi 08-1247-sonli topshirigʻiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 16-maydagi 142-x-sonli buyruqa asosan, joriy yilning 17-31-may kunlari hududlardagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi ovqatlantirish tizimi tahliliy va kompleks tarzda Samarqand, Namangan, Toshkent, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida monitoring oʻtkazildi.

7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻrganish yakunlari boʻyicha bayonlardagi topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

8. Toshkent shahridagi Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishda oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishiga rioya etilishi yuzasidan ovqatlantirishga maʼsul boʻlgan xodimlarga oʻquv seminarlar tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil II yarim yillikka moʻljallangan I Sh R e J A S I

ИШ РЕЖА-2022 (илова).docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Buxgalteriya hisobotlarini tuzish va tasdiqlash

2 шакл.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlik balansi

Баланс.pdf

Вид сайта
Размер шрифта