2022-yilning dastlabki yarim yilligida maktabgacha taʼlim sohasiga davlat byudjetidan 4,8 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, hisobot davrida ijrosi 4,4 trln. soʻmga (92%) bajarildi. Xususan, respublika byudjetidan 3,7 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 3,4 trln. soʻmga (93%), mahalliy byudjetlardan 1,1 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 995 mlrd. soʻmga (88,5%) bajarildi.
Respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga 2,376 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 2,27 trln. soʻmga (95,5%);
davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar uchun 1,048 trln. soʻm ajratilib, ijrosi 1,037 trln. soʻmga (99%);
Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiga 58 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 58 mlrd. soʻmga (100%);
markazlashgan mablagʻlar hisobidan jihozlashga 148,8 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 10,4 mlrd. soʻmga (7%);
kadrlar tayyorlar va malaka oshirish xarajatlariga 33,4 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 29,4 mlrd. soʻmga (88%);
vazirlik markaziy apparati xarajatlari uchun 5,8 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 4,9 mlrd. soʻmga (84,5%) bajarilgan.
Mahalliy byudjetlardan ajratilgan mablagʻlar doirasida:
Hududiy maktabgacha taʼlim boʻlinmalarini saqlash xarajatlariga 130 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 122 mlrd. soʻmga (94%);
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlash xarajatlariga 995 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 873 mlrd. soʻmga (88%) bajarilgan.
Jumladan,
oziq-ovqat xarajatlariga 576 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 489 mlrd. soʻmga (85%);
sanitariya-gigiyena vositalari xarid qilishga 15 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 13,5 mlrd. soʻmga (90%) bajarilgan.
Maktabgacha taʼlimni moliyalashtirish boʻyicha rejalashtirilgan ishlar:
1) 2022 yil 1-sentyabrdan biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatini mobil ilova yordamida yuritishni yoʻlga qoʻyish.
Mazkur tizim 2022-yilning 1-aprelidan boshlab Sirdaryo viloyatida, 1-iyundan boshlab respublikaning boshqa hududlarida joriy etilgan. 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab mobil ilova orqali davomat yuritilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun byudjet mablagʻlari ajratish koʻzda tutilmoqda.
2) 2023-yilga qadar “Bolalar bogʻchasi” va “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” (NMTTB) axborot tizimlari orqali hisob jarayonini avtomatlashtirish.
Jumladan:
- maktabgacha taʼlim tashkilotlarining shtatlar jadvali tashkilotning pasport maʼlumotlari, guruh va bolalar sonidan kelib chiqqan holda avtomatik shakllantiriladi. Xodimlarning haqiqatda kelgan - mobil ilova orqali qayd etilgan kunlari soniga mutanosib ravishda ish haqi hisoblanadi;
- Namunaviy mavsumiy taomnoma boʻyicha oziq-ovqat xarajati hisobini yuritish. Namunaviy mavsumiy taomnoma kalkulyatori joriy etilib, mobil ilova orqali qayd etilgan bolalar soniga mutanosib ravishda kunlik taomnoma shakllantirish uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari hisobi avtomatik yuritiladi;
- Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiya. Bunda, mobil ilova orqali qayd etilgan bolalar uchun belgilangan miqdorda byudjet subsidiyasi ajratish yoʻlga qoʻyiladi.
3) 2022-2023-yillarda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog xodimlarining lavozim maoshlarini mos ravishda umumtaʼlim maktablari direktori va oʻqituvchilari lavozim maoshlariga tenglashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.