Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarmasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2017-yilgi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida” Nizom, Vazirlar Mahkamasining 01.05.2017-yilgi 250-son qarori, Adliya vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligining yuridik xizmat faoliyatini tartibga solishga oid buyruqlariga muvofiq amalga oshirmoqda.
2022-yil 6 oyi davomida vazirlikning Yuridik boshqarmasi tomonidan yuqorida qayd etilgan Nizomga muvofiq, vazirlik tizimida yuridik xizmat faoliyatining quyidagi asosiy yoʻnalishlari boʻyicha, yaʼni:
huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash;
ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, shuningdek vazirlikning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlariga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish;
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Boshqarmaga bevosita taqdim qilingan va elektron hujjat aylanish tizimi orqali kelib tushgan jami 1725 ta (2021-yil 6 oyida 1398 ta) hujjatlar koʻrib chiqilgan, shundan Oliy Majlis palatalari,
Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar hamda boshqa korxona va tashkilotlardan kelib tushgan, topshiriqlar, dasturlar, turli mazmundangi hujjatlar va xatlar 596 ta, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ularning buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi murojatlar
156 ta, xoʻjalik shartnomalari 340 ta, mehnat shartnomalari 79 ta hamda vazirik faoliyati va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar loyihalari 554 tani tashkil qilgan.
Ushbu hujjatlar tegishliligi boʻyicha bevosita boshqarmaga oid qismi, yuridik xizmat tomonidan, boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan hamkorlikda ishlanishi lozim boʻlgan qismi esa ular bilan hamkorlikda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlangan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish
va kelishishning yagona tizimi (project.gov.uz) orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari loyihalari Yuridik boshqarma tomonidan boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Jumladan, 2022-yilning 6 oy mobaynida yagona tizim (project.gov.uz) orqali 95 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qonunchilikka muvofiqligi tekshirilib, ularning 57 tasi (60%) taklif va eʼtirozlar bilan 38 tasi (40%) esa taklif va eʼtirozlarsiz kelishilgan.
Ushbu davrda Maktabgacha taʼlim vazirligining tashabbusi bilan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridan 3 tasi belgilangan tartibda qabul qilindi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi
132-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
09.02.2022-yil 9-fevraldagi 66-son, “Toshkent shahrini maktabgacha taʼlim tizimi rivojlangan namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 29.04.2022-yil 29-apreldagi 229-son hamda “Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-maydagi 268-son qarorlari qabul qilingan.
Shuningdek, 1 ta Qonun, 2 ta Prezident qarori, 3 ta Hukumat qarori hamda 1 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda
oʻrnatilgan tartibda Adliya vazirligiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari quyidagilardan iborat:
- “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarni qurish
va rekonstruksiya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi; - Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini soddalashtirish va byudjet subsidiyalarini ajratish mexanizmini avtomatlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 25-dekabrdagi 384-mh-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish Uslubiyoti (roʻyxat raqami 2745-son, 2015-yil 25-dekabr) talablari asosida bevosita vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan barcha normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizasi oʻtkazilib kelinmoqda.
Shuningdek, ushbu davrda Yuridik boshqarma xodimlari tomonidan
189 nafar xodimlar va fuqarolarga ogʻzaki ravishda huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Shuningdek, hisobot davrida boshqarma tomonidan hamda vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning 156 ta murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etildi. Shunda 124 ta arizalar, 25 ta shikoyatlar va 7 ta takliflar qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, tarkibiy boʻlimlariga ularni hal qilishda huquqiy tavsiyalar berilib, murojaat mualliflariga javob xatlari yuborildi.
Hisobot davrida vazirlikning tarkibiy boʻlinmalariga bilan birgalikda vazirlik, tizim tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ham ishtirok etildi.
Xususan, Fargʻona viloyati Yozyovon tumani, Bahor MFY, Nurobod koʻchasida yashovchi fuqaro I.Isakovning Yozyovon tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri hatti-harakatidan norozi boʻlib, Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bir guruh xodimlarining, Buxoro shahar, Koʻksaroy koʻchasi 5-uyda yashovchi fuqaro Z.Xafizovning Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasining Yuridik boʻlimi boshligʻi A.Adizovning hatti-harakatidan norozi boʻlib yozgan arizalar va murojaatlari koʻrib chiqildi va huquqiy xulosa berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning yuzaga kelishini oldini olish maqsadida Yuridik boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2 ta buyruq loyihasi tayyorlanishi
va tasdiqlanib ijroga qaratilishida ishtirok etilgan. Bundan tashqari, bevosita Yuridik boshqarmaning xodimlari korrupsiya qarshi kurash mavzusidagi tadbirlarda ishtirok etgan.
Bundan tashqari, boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qarori bilan tasdiqlangan, “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Nizom va Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-iyundagi
475-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisida” Nizom, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
22-noyabrdagi 944-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida” Nizom talablariga rioya qilinishi oʻrganib borilmoqda.
Shu bilan birga boshqarmaning masʼul xodimlari tomonidan
mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida maktabgacha taʼlim sohasiga davlat-xususiy sherikchilikni joriy qilish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilayotgan 776 ta davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisidagi bitim loyihalari koʻrib chiqilib, taklif va eʼtirozlar bildirilgan.
Boshqarma tomonidan oʻtgan davr mobaynida vazirlikning umumiy faoliyatiga oid 141 ta buyruqlar, shaxsiy tarkibga oid 412 ta boʻyruqlar, shundan, 217 ta shaxsiy tarkibga oid, 195 ta xizmat safarlariga oid buyruqlar oʻrganilib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi Nizom va xodimlarining mansab yoʻriqnomalari oʻrganilib, amaliy yordam berilmoqda.
Mehnat munosabatlari bilan bogʻliq 14 dan ziyod hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan. Jumladan:
- “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi hamda “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini yanada samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi;
- “Xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil
7-iyundagi 107-sonli buyrugʻiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tavsiya etish, kelishish, tayinlash va lavozimdan ozod etish boʻyicha tizimli ishlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hisob-nazorat nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tavsiya etish va tayinlash ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi;
- “Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi hamda maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, vazirlik tizimidagi respublika tashkilot va muassasalar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar xodimlari lavozimlariga boshqaruv kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi;
- “Jamoatchilik asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasiga hududiy nazoratchilarni belgilash toʻgʻrisida”gi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimi xodimlarining Odob-axloq qoidalari;
- Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimi xodimlarining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom;
- Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Odob-axloq komissiyasining tarkibi;
- Maktabgacha taʼlim tashkilotining ichki tartib va odob-axloq namunaviy qoidalari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalarining kadrlar boʻlimi xodimlarini vazirlik markaziy apparatida stajirovka oʻtashi toʻgʻrisida maktabgacha taʼlim vazirining buyrugʻi;
- Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini va ularning 2022-yil 2-choragi uchun faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini (KPI koʻrsatkichlari) tasdiqlash toʻgʻrisidagi vazir buyrugʻi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-martdagi “Oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilash toʻgʻrisida”gi 19-sonli yigʻilish bayonining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Qarshi davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum.
Yuridik boshqarma tomonidan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda vazirlik tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ham faol ishtirok etildi.
Vazirlik markaziy apparati faoliyati uchun zarur boʻlgan
jihozlar, tovarlar, avtotransport va boshqa maqsadlarda tuziladigan
340 ta moliyaviy-xoʻjalik shartnomalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Jumladan, joriy yilning birinchi yarim yilligida jami 340 ta xoʻjalik shartnomalar qonunchilikka muvofiqligini tekshirilib, ularning 70% boʻyicha boshqarma tomonidan kiritilgan eʼtiroz va takliflar yuzasidan oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, barcha shartnomalar loyihalariga viza qoʻyilgan.
Oʻtgan davr mobaynida shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilgan.
Bundan tashqari boshqarma tomonidan tegishli tuzilmalar bilan birgalikda vazirlikning debitorlik qarzlari ahvoli oʻrganilib, ularning miqdorini kamaytirish choralari koʻrilmoqda.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida boshqarma tomonidan
jami 20 dan ziyod daʼvo arizalar kiritilgan.
Jumladan, davlat-xususiy sheriklik sohasida tuzilgan bitimlar boʻyicha shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun xususiy sheriklarga nisbatan penya undirilishi yuzasidan iqtisodiy sudlarga daʼvo arizalar kiritilib, barcha ishlar boʻyicha daʼvo arizalar qanoatlantirilgan.
Masalan, Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 07.04.2022-yilgi hal qiluv qaroriga asosan xususiy sherik - javobgar “BABURIDI” NMTdan vazirlik foydasiga 70.000.000 soʻm penya undirilgan.
Shuningdek, xoʻjalik shartnomalar shartlarini bajarmaganligi yuzasidan iqtisodiy sudlarga 4 ta daʼvo arizalar kiritilib, barcha ishlar boʻyicha daʼvo arizalar qanoatlantirilgan.
Masalan, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 19.01.2022-yilgi hal qiluv qaroriga asosan javobgar “Hi-Tech Bank” XATBdan vazirlik foydasiga bank depozit asosiy qarzi 7.000.000.000 soʻm, foizlar qarzi 513.073.972 soʻm va 250.000.000 soʻm penya undirilishi belgilangan.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 20.04.2022-yilgi 2 ta hal qiluv qarorlariga asosan javobgar “Turkiston” XATBdan vazirlik foydasiga bank depozit asosiy qarzi 9.705.643.835 soʻm va 377.000.000 soʻm penya undirilishi belgilanib, 496.273.972 soʻm sud jarayoni davomida qoplangan.
Oʻtgan davri mobaynida hal qiluv qarorlarni haqiqiy undiruvga qaratilishi natijasida “Turkiston” XATBdan 2.361.983.560 soʻm, “Hi-Tech Bank” XATBdan 2.638.268.49 soʻm va DXSH sohasi boʻyicha 7.371.224 soʻm,
jami boʻlib 5.007.623.278 soʻm vazirlik hisob-raqamiga tushgan.
Bundan tashqari vazirlik manfaatlarni koʻzlab boshqarma xodimlari tomonidan sudlarda faol ishtiroki taʼminlanmoqda.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida boshqarma xodimlari tomonidan sudlarda 41 ta ishda jami boʻlib 87 ta sud jarayonida ishtirok etildi.
Shunda, iqtisodiy sudlarda 22 ta ish boʻyicha 54 ta sud jarayonida, fuqarlik ishlari boʻyicha sudlarda 16 ta ish boʻyicha 25 ta sud jarayonida, maʼmuriy sudlarda 2 ta ish boʻyicha 4 ta sud jarayonida, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda 2 ta ish boʻyicha 8 ta sud jarayonida ishtirok etildi.
Iqtisodiy sudlarda vazirlik tomonidan kiritilgan daʼvo arizalari boʻyicha barcha ishlarda vazirlik manfaatlarida hal qiluv qarorlari chiqarilgan boʻlib, 1 ta ish boʻyicha vazirlik vakillari javobgar sifatida ishtirok etilgan ishda daʼvo talablarni rad etish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan.
Masalan, Toshkent tumanlararo sudiga daʼvogar “Xur Texno” MCHJ javobgar Maktabgacha taʼlim vaziligiga nisbatan 05.11.2018-yilgi 22-sonli shartnomasiga oʻzgartirish kiritish va 1.188.067.125 soʻm qoʻshimcha qiymat soligʻi va 109.991.929 soʻm penya undirish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan murojat qildi. Boshqarma xodimlari tomonidan vazirlik manfaatlarida malakali ishtirokini taʼminlanishi natijasida 29.04.2022-yilgi hal qiluv qaroriga asosan daʼvo talablari toʻlaligicha rad etildi.
Shuningdek, maʼmuriy sudlarda vazirlik vakillari javobgar sifatida ishtirok etilgan 2 ta ishda daʼvo talablari rad etishi haqida hal qiluv qarorlari qabul qilingan.
Boshqarma xodimlari tomonidan 1 ta jinoyat ishida ishtiroki natijasida vazirlik tizimidagi sobiq xodimlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan ayblov hukmi chiqarilgan.
Vazirlik tizimi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish ishlar ham boshqarma tomonidan tashkillashtirildi.
Jumaladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlarining maʼnaviyati, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularni jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanish ishlarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 4-oktyabrdagi 181-son buyrugʻi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-martdagi 134-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida esa, Maktabgacha taʼlim vazirining “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-martdagi 42-son buyrugʻi qabul qilingan.
Mazkur buyruqlarga va 2022-yil 11-yanvar kuni Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlaridagi yuridik xizmat xodimlari tomonidan
2022-yilning birinchi yarim yilida sohaga oid qonun hujjatlarini aholiga va ijrochilarga yetkazish maqsadida tashkil etiladigan tadbirlar rejasi”ga koʻra, xodimlarning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borilmoqda.
Xususan, haftaning har juma kuni vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun “Maʼnaviyat va huquqiy savodxonlik soati” oʻtkazilib, tadbirlarda yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirib berilmoqda.
2022-yilning birinchi yarim yilida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 14 ta yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari boʻyicha tayyorlangan targʻibot materiallari Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga yuborish ishlari tashkil qilingan. Ushbu targʻibot materiallaridan vazirlik markaziy apparatida va hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan xodimlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga oid tadbirlarda foydalanildi.
Yuridik boshqarma tomonidan 2022-yilning birinchi yarim yilida televideniyada 4 marotaba, radioda 2 marotaba, gazetalarda 3 marotaba, junallarda 3 marotaba chiqishlar qilindi, internet sahifalarida
12 marotaba materiallar chop etildi, shuningdek 24 marotaba davra suhbatlari, 20 marotaba ceminar va treninglar tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni baholash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishga tushilgan “htb.huquqiyportal.uz” maxsus portaliga doimiy tarzda Maktabgacha taʼlim vazirligi va hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha maʼlumotlar joylashtirib borilmoqda.
Jumladan, huquqiy savodxonlikni oshirishga doir aksiyalar, fleshmoblar va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishga oid 20 ta, huquqiy savodxonlik darajasini oshirish boʻyicha oʻqitishga oid 6 ta, mahallalarda oʻtkazilgan manzilli targʻibot tadbirlarga oid 3 ta, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkazilgan manzilli targʻibot tadbirlarga oid 3 ta, davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallari foydalanuvchilariga oid 3 ta, huquqiy targʻibotni amalga oshirishda yangi targʻibot turlaridan foydalanganlik darajasiga oid 2 ta, ommaviy axborot vositalari bilan amalga oshirilgan brifinglarga oid 6 ta, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi oʻtkazilgan tadbirlarga oid 8 ta, jami 51 ta materiallari maxsus portalga joylashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 16-maydagi 259-son qaroriga ijrosini taʼminlash maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida” 2022-yil 24-maydagi 126-son buyrugʻi qabul qilingan.
Buyruq ijrosi doirasida, 2022-yilning 14-iyunidan 14-iyuligacha “Huquqiy savodxonlik oyligi” oʻtkazilishi rejalashtirildi
(buyruq raqami 136-son, 2022.10.06.).
Jumladan, “Huquqiy savodxonlik oyligi”joriy yilning 24-iyun kuni Fargʻona shahrida, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlim boshliqlari, kadrlar boʻyicha mutaxassislari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari, Andijon va Namangan viloyatlari maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshliqlarining oʻrinbosarlari, yuridik xizmat xodimlari va kadrlar boʻyicha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Bundan tashqari, quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
“ijro.gov.uz” tizimi orqali boshqarmaga kelib tushgan Prezident Administratsiyasi va hukumat topshiriqlari, vazirliklar va idoralardan kelib tushgan hujjatlari, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar koʻrib chiqilib, ijro etilishi taʼminlab kelinmoqda;
“app.ijro.uz” elektron tizimi joylashtirilgan buyruqlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqib munosabat bildirilmoqda;
Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ishga tushilgan http://htb.huquqiyportal.uz/ maxsus portaliga doimiy tarzda huquqiy targʻibotlar boʻyicha maʼlumotlar joylashtirib borilmoqda (VI 2813);
har haftaning juma kuni vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun, joylarda maktabgacha talim tizimi xodimlari uchun maktabgacha taʼlim hududiy boʻlinma yuridik xizmatlari xodimlari tomonidan “huquqiy savodxonlik dars”lari oʻtkazib kelinmoqda;
maktabgacha taʼlim hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini malakasini oshirish maqsadida ularning Yuridik boshqarmada stajirovka oʻtash ishlari tashkillashtirilmoqda.
Yuridik boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiq Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yuridik xizmat xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazilib, ish faoliyati davomida yuzaga keladigan turli muammolar muhokama qilinib, ushbu muammolarni yechish buyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib kelinmoqda.