Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021 yil I yarimyilligida amalga oshirilgan ishlari bo'yicha hisoboti

news-detail

I. Amalga oshirilgan ishlar
A) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo'yicha

Maktabgacha ta'lm xizmatlarining sifati va hammabopligini ta'minlash maqsadida qator normativ - huquiy hujjatlar qabul qilindi:, jumladan:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi 319-son qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, "ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro'yxatiga (imtiyozli ro'yxat) kiritildi.
Davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etish orqali maktabgacha ta'lim qamrovini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining:
"Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yil 12 apreldagi PQ-5071-son qarori;
"Hududlarda maktabgacha ta'lim xizmatlarini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yil 26 maydagi PQ-5125-son qarori;
"Qamrov darajasi past bo'lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq 53 ta tumanlarda 2021-2022 yillarda:
2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yilib, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi o'rinlar yaratiladi;
umumiy quvvati 11,2 ming o'rindan ziyod bo'lgan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;
quvvati 7,5 ming o'ringa teng bo'lgan 50 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti quriladi.
Qolaversa, davlat va nodavlat Mttlari tarmog'ini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtaga etkaziladi va 7,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi.
B) qamrov darajasini oshirish bo'yicha
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta'lim xizmatlari ko'rsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2021 yilning birinchi yarim yilligida respublikada
1062 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari (61 ta davlat, 7 ta ta xususiy, 968 ta oilaviy va DXSH asosidagi 26 ta nodavlat MTT) faoliyatini yo'lga qo'yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovi 1,5 foizga oshirildi. Bu ko'rsatgich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8,4 foizga ko'pdir.
Bugungi kunda respublikada jami 19 316 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, ularning 6 258 tasi davlat va 13 058 tasi nodavlat (795 ta xususiy, 11 212 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 051 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etmoqda. Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 1 760 808 nafar bola yoki maktabgacha yoshdagi aholining 62,4 foizi qamrab olingan.
Bundan tashqari, maktabgacha ta'limning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga bo'lgan haqiqiy extiyoj 6 196 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi 980 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari o'rtasida so'rovnomalar o'tkazish orqali o'rganib chiqildi.
So'rovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida - 25 ta, Buxoro viloyati - 10 ta, Jizzax viloyatida - 4 ta, Navoiy viloyatida - 4 ta, Xorazm viloyatida - 5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yo'lga qo'yildi.
Bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida BMTning xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Bog'ot va Qo'shko'pir tumanlarida maktabgacha ta'limning "turli xil yoshdagi maktabgacha ta'lim guruhlari" (o'yin guruhlari) faoliyati yo'lga qo'yilishiga erishildi. Mazkur guruhlar uchun tayyorlangan har bir xona kun davomida 2 ta guruhga xizmat ko'rsatishiga mo'ljallangan bo'lib, ularda jami 176 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan.
"Aqlvoy" loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lmagan hamda qamrov ko'rsatkichlari past bo'lgan hududlarda 4,7 mingdan ortiq bolalarni qamrab olishga mo'ljallangan
49 ta Isuzu avtobuslari qayta jihozlanib, belgilangan manzillarga etkazildi. Mazkur avtobuslar negizida 294 ta guruhlarni shakllantirish hamda Respublika bo'yicha 98 ta MFY hududlarida ular uchun mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan bolalar maydonchalarini qurish va jihozlash ishlari yakuniga etkazildi.
Joiy yilning 2 iyun kuni Toshkent viloyati Bo'ka tumani hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida mazkur mobil xizmat maydonchalarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Shuningdek, ushbu loyiha doirasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lmagan hamda qamrov ko'rsatkichlari past bo'lgan hududlarda 42 ta guruhlarni shakllantirish manzilli ro'yxati tasdiqlandi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida, mahalla fuqarolar yig'ini binolarida, pedagogik kollejlarda, shuningdek, boshqa mos binolarda 2021-2022 o'quv yilidan boshlab majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini boshlash uchun xonalarning manzilli ro'yxati shakllantirildi.
V) ta'lim xizmatlari sifatini oshirish bo'yicha
Namangan va Samarqand viloyatlaridagi pedagogika kollejlari negizida Jahon banki bilan hamkorlikda har biri 20 ta rivojlantiruvchi o'yin guruhlarini o'z ichiga oladigan ilk rivojlanish markazlarining manzilli ro'yxati tasdiqlandi.
Hisobot davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida:
tashkil qilingan qayta tayyorlash kurslariga 360 nafar nomutaxassis tinglovchilar qabul qilindi;
masofaviy "Online" shaklidagi 23 ta malaka oshirish toifalari bo'yicha tashkil etilgan malaka oshirish kurslari 3 878 nafar rejasi amalda 4 251 nafarga (107 %) bajarildi.
Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarida esa 3740 nafardan 3782 nafar (101,1%), jismoniy tarbiya va sport vazirligi xuzuridagi jismoniy tarbiya va sport buyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida
813 nafardan 651 nafar (80,1%), jami 10389 nafardan 10593 nafar (102%) rahbar va pedagog kadrlar o'z malakalarini oshirdilar.
Toshkent shahridagi "A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti" Federal davlat-byudjet oliy ta'lim muassasasi filialida ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarda faoliyat ko'rsatayotgan pedagog-defektologlar uchun 16 va 72 soatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi va ularda 2021 yilning 1 apreliga qadar 122 nafar pedagog-defektologlar o'z malakasini oshirdi.
Rossiya, Qozog'iston va belorussiyalik mutaxassislar ishtirokida Koxlear implantasiya operasiyasini o'tkazgan bolalarni reabilitasiyasini yaxshilash bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Samarqand davlat tibbiyot institutiti qoshida joriy yilning 31 maydan 2 iyungacha bo'lgan muddatda respublikadagi davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat kursatayotgan 20 nafar mutaxassilar malakasi oshirildi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetentsiyalarini oshirish maqsadida Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 28 nafar respublika trenerlari, hududlarda esa 414 nafar viloyat trenerlari tayyorlandi. Rejaga muvofiq yilning 2-choragida trenerlar tomonidan 5070 nafar pedagoglar uchun an'anaviy va masofaviy o'quv kurlari tashkil etildi.
Davlat va nodavlat makabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatli tashkil etish yuzasidan Qashqadaryo, Buxoro, Farg'ona, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlarining har bir tumanida nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun o'quv-seminarlari tashkil etildi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatini mahalla faollari tomonidan nazorat qilish uchun maxsus yo'riqnoma ishlab chiqildi
Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar uchun "mening ilk izohli lug'atcham" nomli kitobcha yaratish kontsepsiyasi ishlab chiqildi.
Zahiriddin Muhammad Boburning shaxsi, hayoti va faoliyati haqida illyustrasion hikoyalar va dialoglar shaklida gi kitobining
100 varaqdan iborat maketi tayyorlandi.
G) sog'lom va xavfsiz ovqatlantirish bo'yicha
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish maqsadida "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xavfsiz va oqilona ovqatlanishini tashkil etishga qo'yiladigan gigienik talablar" hamda sanitariya qoida va me'yorlari (SanPiN) qayta ko'rib chikildi. Ushbu hujjat loyihasi yangi tahrirda tayyorlanib, tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga kiritildi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi 130 ta davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 77 tasi umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari aylantirildi. Natijada 8 612 ta o'rin o'rniga 14 125 ta o'ringa ega bo'lgan umumiy turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etildi.

Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari hamda nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularga sifatli korrektsion-pedagogik va reabilitasion yordam ko'rsatish maqsadida, maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan Toshkent shahridagi 17 ta davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari 3,5 mlrd. so'm miqdorda, hamda Toshkent shahrida 289-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti va Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 34-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti xomiylar tomonidan zamonaviy asbob-uskunalar, didaktik material, maxsus o'yinchoqlar, shuningdek xomiylik mablag'lari evaziga reabilitasiya uskunalari, korrektsion, pedagogik va reabilitasiya muolajalarini imkon qadar samarali qiladigan turli trenajyorlar boshqa aksessuarlar bilan, bilan jihozlandi.
D) investisiya dasturi bo'yicha
2021 yil investisiya dasturi doirasida joriy yilda jami 38 205 quvvatga ega 225 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari ob'ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish (22 tasi yangidan quriladigan va 203 tasi rekonstruktsiya qilinadigan) uchun jami 900,0 mlrd.so'm mablag'ajratilishi rejalashtirilgan.
183 ta yangidan boshlanuvchi loyihalarning barchasida bosh loyiha tashkilotlari o'rnatilgan tartibda tanlab olindi. Hozirda 181 ta ob'ektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo'lib, ularning
177 tasiga belgilangan tartibda dastlabki ijobiy xulosalari olindi.
Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, yangidan boshlanadigan
176 ta ob'ektlar davlat xaridlari elektron portaliga e'longa joylashtirilgan bo'lib, ularning 165 tasi bo'yicha g'olib pudrat tashkilotlari aniqlandi.
Bugungi kunga qadar buyurtmachi tomonidan jami ob'ektlarga
272,1 mlrd. so'm mablag'lar moliyalashtirib berilgan bo'lsa, pudratchilar tomonidan 258,2 mlrd. so'mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.
Joriy yilning 1 iyul holatiga yildan-yilga o'tuvchi 15 ta ob'ektlarda qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga etkazilgan bo'lib, foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda.
2020 yil investisiya dasturi doirasidagi 339 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga 40 nomdagi 85 496 334 300 so'mlik mebel va boshqa turdagi jihozlar etkazib berildi. Shuningdek, 1 542 ta bolalarni majburiy maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish uchu mo'ljallangan guruhlariga 19 665 588 600 so'mlik 7 nomdagi mebel jihozlari manzillariga etkazib berildi.
E) madaniy-ma'rifiy tadbirlar bo'yicha
Joriy yilning 1 iyun kuni O'zbekiston velosiped sporti federasiyasi tashabbusi bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab "kelajakka yashil qadam" shiori ostida "O'zbekistonda birinchi bolalar velomarafoni"ni o'tkazildi. Mazkur velopoygada 65 nafar o'g'il-qiz o'zaro bellashdi.
Shu bilan birgan joriy yilning 1 iyun kuni Toshkent shahrining Markaziy bog'ida "Aqlvoy" telekanali hamda "Aqlvoy oshpaz" kitobining taqdimoti o'tkazildi. Bolalar uchun mo'ljallangan mazkur taomlar reseptlari kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, unda 250 dan ortiq taomning tayyorlanish resepti joy olgan.
Mamlakatimizda shaxmatni aholi o'rtasida keng targ'ib qilish va o'sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishiga hissa qo'shish maqsadida may-iyun oylarida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan shaxmat bo'yicha "O'zbekiston birinchiligi" musobaqasi to'rt bosqichda o'g'il va qiz bolalar o'rtasida o'tkazildi.
Joriy yilning 25 iyun kuni musobaqaning viloyat bosqichida g'olib bo'lgan 28 nafar tarbiyalanuvchilar o'rtasida o'tkazilgan musobaqaning Respublikasi bosqichida qiz bolalar orasidan 1-o'rinni - N.Maxmudova,
2-o'rinni - X.Xusnitdinova, 3-o'rinni - A.Sodiqova, o'g'il bolalar orasidan esa, 1-o'rinni - E.Maxmudov, 2-o'rin - M.Abdimanonov, 3-o'rin - X.Muxammadiev ko'lga kiritdi.
Barcha ishtirokchilar maktabgacha ta'lim vazirligining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarining yozgi sog'lomlashtirish davrini samarali tashkil etish bo'yicha metodik tavsiya ishlab chiqilib, barcha tashkilotlarga yuborildi.
Yo) xalqaro hamkorlik aloqalari bo'yicha
Bugungi kunda Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamkorlik faol rivojlantirilmoqda.
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yilda 49,2 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investisiyalar o'zlashtirilishi rejalashtirilgan bo'lib, ularning 6 mln AQSh dollari LUKOYL ishtirokidagi loyiha doirasida va 43,2 mln AQSh dollari Jahon banki loyihasi dorirasida jalb etiladi.
Shu bilan birgan KOICA, Jahon banki, JICA, YUNESKO, YUNISEF bilan birgalikda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar ustida tegishli ishlar amalga oshirilb kelmoqda
KOICA - pedagog kadrlar salohiyatini oshirish bo'yicha;
Jahon banki – Maktabgacha ta'limning muqobil shakllari bo'yicha ishlar, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, konsalting paketlarini optimallashtirish ishlari, xalqaro konsultantlar bilan ishlar bo'yicha;
JICA – maxsus pedagog kadrlar salohiyatini oshirish bo'yicha;
YUNESKO – kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta'lim berish siyosatiga doir masalalar bo'yicha IV Osiyo-tinch okeani mintaqaviy forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinmoqda.
YUNISEF - Maktabgacha ta'limning muqobil shakllari bo'yicha ishlar va boshqalar amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, AQSh dasturlarini amalga oshiruvchi "Mercy Corps" xalqaro nodavlat tashkiloti bilan qiymati 21,7 mln AQSh dollarga teng bo'lgan "ta'lim uchun oziq-ovqat" loyihasini 2021-2025 yillarda Qoraqolpoqiston Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshirilishiga kelishildi.
Joriy yilning 1-yarim yilligida Maktabgacha ta'lim vazirligida 50 dan ortiq uchrashuvlar bo'lib o'tdi, ulardan Belorus Respublikasi ta'lim vaziri I.V. Karpenko, O'zbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi rahbari Marko Montanovelli, O'zbekistondagi Koreya Respublikasi KOІSA vakolatxonasi rahbari Pak Sundjin, O'zbekistondagi Yaponiya JICA vakolatxonasi rahbari Miyadzaki Suguru, Koreya-O'zbekiston biznes assosiyasi rahbari o'rinbosari Edvard kim, Saudiya taraqqiyot jamg'armasining Osiyo mintaqasi loyihalar bo'yicha boshqaruvchisi doktor Saud al Shammari va boshqalar.
Mazkur uchrashuvlarda vazirlik va hamkor tashkilotlar o'rtasida O'zbekistonda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha 5 ta hamkorlik loyiha hujjatlari imzolandi. Ulardan YUNISEF tomonidan O'zbekistondagi maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish uchun "Learning passport" nomli raqamli ta'lim platformasini yaratish, O'zbekistondagi Yaponiya JICA vakolatxonasi tomonidan "O'zbekistonda alohida parvarishga muhtoj bolalar bilan ishlaydigan pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo'yicha" loyihasi, Koreya-O'zbekiston biznes assosiyasi tomonidan maktabgacha ta'lim tizimi uchun yaratilayotgan "EDU LINK" axborot tizimi loyihasi, Farg'ona shahridagi Koreya-O'zbekiston xalqaro universiteti bilan universitet bitiruvchilarini bo'sh ish o'rinlari bilan ta'minlash shartnomasi. Shuningdek, EHHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Toshkent shahridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun 400 ta begovel-velosipedlarni qabul qilish va taqsimlash ishlari amalga oshirildi.
J) tizimda aniqlangan moliyaviy kamchiliklar
Ichki audit xizmati tomonidan 2021 yil 1-yarim yilligi davomida maktabgacha ta'lim bo'limlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkazilgan 210 ta nazorat tadbirlarida jami 24,4 mlrd.so'mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.
Jumladan, noqonuniy xarajat va kamomadlar 15,2 mlrd.so'mni (62,4%);
Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 7,2 mlrd.so'mni (29,5%);
byudjet va tashkilot xisobiga qo'shimcha xisoblangan daromadlar
1,5 mln.so'mni (6,5%) tashkil etdi;
Boshqa moliyaviy-xato kamchiliklar 402,6 mln.so'mni (1,6%) tashkil etdi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan "bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti" talablariga zid ravishda 268 nafar bolalar noqonuniy maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilingan.
Hisobot davrida 189 ta tashkilotlar bo'yicha nazorat tadbiri xujjatlari qonuniy chora ko'rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Z) fuqarolarning yozma va og'zaki murojaatlari bo'yicha
Maktabgacha ta'lim vazirligiga 2021 yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2 319 ta murojaatlar tushgan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar soni 627 tani tashkil etgan bo'lib, ulardan 417 tasi qanoatlantirilgan, 165 tasiga tushuntirishlar va xuquqiy maslahatlar berilgan, 18 tasi ko'rmasdan qoldirilgan. Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha murojaatlarning qanoatlantirish darajasi 71,5 foizni tashkil etdi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning tasarrufidagi muassasa va tashkilotlarda har bir murojjatni murojaat muallifi ishtirokida ko'rib chiqilishi, suhbat davomida aniq tushuntirishlar va tavsiyalar berilishi yo'lga qo'yilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun talablari asosida ko'rib chiqilishi nazoratga olingan.
II. Tizimdagi mavjud muammolar va kamchiliklar
Maktabgacha ta'lim tizimida mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar.

  1. Respublikadagi 3-7 yoshdagi bolalar soni 2,8 mln nafar bo'lib, ularning 62,4 foizi maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan.
    Taklif.
  • Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish hisobiga qo'shimcha o'rinlar yaratish;
  • Ijtimoiy soha ob'ektlarida qisqa muddatli, maktabga tayyorlov va majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini yo'lga qo'yish;
  • Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini kengaytirish va ularga davdlat tomonidan imtiyozlarni oshirish;
  • Xalqaro tajriba asosida bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olishning muqobil shakllarini joriy etish;
  • Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish haajatlarini kamaytirish maqsadida qurilishning muqobil shakllaridan foydalanish.
  1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari guruhlarining zamonaviy didaktik ta'minoti to'liq tashkil etilmagan.
    Taklif. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ko'rgazmali plakatlar, 12 000 komplekt didaktik tarqatma kartochkalar, komplekt didaktik qo'llanmala va yozuv daftarlarini chop etish va joylarga etkazish bilan bog'liq mablag'larni ajratish;
  2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridi oliy ma'lumotli pedagoglar salmog'i darajasi past.
    Taklif. Pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini maktabgacha ta'limga jalb etish va tizimda faoliyat yuritayotgan nomutaxassis va nopedagog kadrlarni 4 oylik qayta tayyorlov kurslaridan o'tkazish orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oliy ma'lumotli pedagoglar salmog'ini oshirish. Shuningdek, oliy o'quv muassasalaridagi maktabgacha ta'lim yo'nalishida kvotalar sonini oshirish.
  3. MTT tarbiyachi va o'qituvchisining ish haqi miqdori maktabdagidan pastligi va ish haqi tabaqalashmaganligi ta'lim tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mudiraning ish haqisi pastligi tufayli, "o'lik jon" xodim, noqonuniy qabul qilingan bola, oziq-ovqat, ish haqi, ota-ona badal pullari va qurilish orqali byudjet mablag'larini talon-taroj qilinmoqda.
    Taklif.
  • Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 10-son qaror bilan tasdiqlangan "Davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to'lash va ularni moddiy rag'batlantirish tartibi to'g'risida"gi qarorni qayta ko'rib chiqish taklif etiladi:
  • Mttlar tayyorgarlik guruhidagi oliy ma'lumotli tarbiyachi lavozim maoshini umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi maoshiga tenglashtirish;
  • metodist lavozim maoshining tayyorgarlik guruhi oliy ma'lumotli tarbiyachisining lavozim maoshidan 5% ortiq miqdorda belgilash;
  • MTT mudiri lavozim maoshini metodist lavozim maoshidan 5% ortiq miqdorda belgilash;
  • MTTdagi boshqa pedagog xodimlar va tarbiyachi yordamchilarining lavozim maoshlarini 20 %ga oshirish.
  1. Mavjud davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kapital ta'mirlash.
    Taklif.
  • Har yilgi davlat investisiya dasturlariga mablag'ajratishda ustuvor mezon sifatida fuqarolar murojaatlarini inobatga olish.
    Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan qarorlarga aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan berilgan takliflarni inobatga olish.
  1. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lmagan mahalla fuqarolari yig'inlari hududlarida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish.
    Taklif. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019 yil
    8 maydagi PQ-4312-son qaroridan kelib chiqqan holda har yilgi davlat investisiya dasturlari asosida yangi quriladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining manzilli ro'yxatiga takliflar berish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari

Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari IMG_0002.pdf 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Мактабгача таълим хизматларини кўрсатиш бўйича маълумотлар

Мактабгача таълим хизматларини кўрсатишда тенг имкониятларни яратиш бўйича белгиланган устувор вазифалар, амалга оширилган ишлар, мавжуд муаммолар ва уларни бартараф этиш юзасидан М А Ъ Л У М О Т   I. 2017-2023 йилларда амалга оширилган ишлар: Ўтган давр мобайнида мактабгача таълим тизими тубдан ислоҳ қилиш ҳамда мактабгача таълим ташкилотлари тармоғини кенгайтириш ва болаларни мактабгача таълим билан янада кенгроқ қамраб олинишини таъминлаш йўналишида қатор ижобий натижаларга эришилди. Жумладан, 2017 йилда мактабгача таълим ташкилотлари сони 5 211 тани ташкил этган бўлса, соҳага нодавлат секторни кенг жалб қилиш учун қулай шарт-шароитлар яратиш ҳамда мамлакатда илк маротаба давлат-хусусий шериклик тизимини жорий қилиш натижасида 2023 йилга келиб, мактабгача таълим ташкилотлари сони 6,5 баробарга ортиб, 33 942 тага етказилди. Мисол учун, нодавлат секторнинг улуши 2017 йилда 0,5 фоиз(250 та)ни ташкил этган бўлса, ҳозирда уларниг улуши 80 фоиз(28 минг та)га етказилди. Республика бўйича 2017 йилда болаларни мактабгача таълим билан қамрови 27 фоиз(700 минг нафар)ни ташкил этган бўлса, 2023 йилга келиб ушбу кўрсаткич 2,6 баробарга орттирилиб, 74 фоиз (2,2 млн. нафар)га етказилди. Республикадаги барча болалар учун бир хил бошланғич имкониятларни яратиш йўлида ҳар бир боланинг мактабга киришидан бир йил олдин умумий ўрта таълимга мажбурий бир йиллик тайёргарликдан ўтишга бўлган ҳуқуқи “Мактабгача таълим ва тарбия” тўғрисидаги қонун билан кафолатланди. Эндиликда болалар мактабга чиқишдан олдин бир йиллик мажбурий бепул мактабга тайёрловдан ўтказилмоқда. Жорий йил якунига келиб қамраб олинган 6 ёшли болалар улуши 93 фоизга (692 минг нафарга) етди. Мактабгача таълим хизматларини янада кенгайтириш мақсадида мактабгача таълимнинг муқобил шакллари яратилди. Хусусан, барча болаларга тенг имкониятлар яратиш мақсадида 25 мингта оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти йўлга қўйилиб, 662 минг нафар болалар қамрови таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларини қуриш имкони мавжуд бўлмаган олис ва чекка ҳудудларда “Ақлвой” лойиҳаси доирасида 156 та маҳаллаларда қайта жиҳозланган 72 та ИСУЗУ автобусларда негизида 429 та мобиль гуруҳлар ташкил этилиб, уларга 9,5 минг нафар болалар қамраб олинди. ЮНИСЕФ халқаро болалар ташкилоти билан ҳамкорликда ташкил этилган 20 та “Турли хил ёшдаги мактабгача таълим гуруҳлари” (ўйин гуруҳлари)га 496 нафар болалар қамраб олинди. Жаҳон банкининг “Болани эрта ривожлантириш” лойиҳаси доирасида ташкил этилган “Илк ривожланиш марказлари”га жами 1 600 нафар болалар жалб этилди. Инклюзив таълим тамойиллари ва имконияти чекланган болаларга ёрдам кўрсатишнинг янги шакллари жорий этилди. Жумладан, Нукус, Қарши, Зарафшон шаҳарлари ва Қибрай туманида реабилитация марказига эга бўлган кўп тармоқли ихтисослаштирилган ва қўшма турдаги мактабгача таълим ташкилоти каби янги шакллар жорий этилди. Барча кўп тармоқли ихтисослаштирилган давлат мактабгача таълим ташкилотлари реабилитиция асбоб ускуналари билан таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларида фаолият кўрсатаётган педагог кадрлар сони 58 минг нафардан 160 минг нафарга оширилди. Олий маълумотли педагог кадрларнинг улуши 21,6 фоиздан 34,1 фоизга етказилди. Барча давлат мактабгача таълим ташкилотлари ҳамда 14 000 та оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари ўқув-методик, кўргазмали ва дидактик материаллар билан таъминланди. Ўзбекистон Республикаси Илк ва мактабгача ёшдаги болалар ривожланишига қўйиладиган давлат талаблари, “Илк қадам” давлат ўқув дастури, 6 ёшли болаларни мактаб таълимига тайёрлаш учун “Илм йўли” вариатив дастури, алоҳида таълим эхтиёжларига муҳтож бўлган болалар учун мослаштирилган ўқув дастури, 6 номдаги педагогларнинг касбий компетенцияларини оширишга қаратилган  методик қўлланмалар ва ривожантирувчи ўқув-дидактик материаллар компетенциявий ёндошув асосида такомиллаштирилиб яратилган. Мактабгача таълим тизимида фаолият юритиб келаётган педагог ходимлар учун узлуксиз методик хизматни ташкил этиш мақсадида “Learning passport” (Болалик академияси – bolakadem.uz) таълим электрон платформаси жорий этилди. Шу билан бирга, 6 ёшгача бўлган болалар саломатлиги ва ривожланишининг барча жиҳатлари бўйича мутахассислар маслаҳати билан таъминлаб берувчи ота-оналар учун «Bebbo» мобил иловаси ишга туширилди. Республикадаги 3 519 та давлат мактабгача таълим ташкилотларида 10 155,0 млрд.сўм эвазига 535 160 ўринли қурилиш-таъмирлаш (янги 513 та 73 905 ўрин, реконструкция 2 215 та қўшимча 104 030 ўрин яратилган ва мавжуд 231 278 ўрин таъмирланган, мукаммал таъмир 791 та 125 946 ўрин) ишлари амалга оширилган. 2017 йилда Мактабгача таълим соҳасига давлат бюджетидан 2,1 трлн. сўм ёки бюджет харажатларининг 4,4 % миқдорда маблағ ажратилган бўлса, 2023 йилга келиб бюджет харажатларининг 5,8 % миқдорда 11,8 трлн. сўм ёки 5,6 баравар кўпроқ маблағ ажратилди. 2021 йилдан бошлаб, 27 мингдан зиёд давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим ташкилотларида мутлақ янги бўлган Нодавлат мактабгача таълим ташкилотларини бошқариш ахборот тизими жорий этилиди. Ушбу ахборот тизими орқали янги оилавий МТТларни ташкил этиш, уларнинг қувватини ошириш ва битим муддатларини узайтириш масалаларида электрон ариза қабул қилиниши, нодавлат МТТларга субсидия ва компенсациялар автоматлаштирилган тарзда тўлаб берилиши йўлга қўйилди. Давлат мактабгача таълим ташкилотларининг 1,2 мингтасида 83 нафар тадбиркорлар томонидан аутсорсинг хизматлари кўрсатилиши йўлга қўйилди. Республикадаги барча давлат мактабгача таълим ташкилотларида овқатлантириш ишлари “Ақлвой-ошпаз, боғчалар учун таомлар рецепти” тўпламидан фойдаланган ҳолда тузилган Ягона мавсумий таомнома асосида ташкил этилди. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали ҳамкорлигида Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги 60 та ДМТТнинг санитария гигиена хоналари (хожатхоналар), сув таъминоти тизими ҳамда ошхоналар таъмирланди ва замонавий керакли жиҳозлар билан таъминланди. Ҳозирги кунда 100 та мақсадли ДМТТ ларда юқоридаги ишлар давом этмоқда. “Таълим учун озиқ-овқат ва болалар овқатланиши” дастури доирасида ушбу давлат мактабгача таълим ташкилотларига Ўзбекистонга беғараз ёрдам сифатида 4 турдаги бойитилган озиқ-овқат (20 тонна ўсимлик ёғи, 40 тонна гуруч, 80 тонна ун ва 10 тонна сариқ ярим нўхат) маҳсулотлари олиб келинди ва бугунги кунда мақсадли 166 та давлат мактабгача таълим ташкилотларига “Ягона мавсумий таомнома”га асосан тарқатиб келинмоқда ва истеъмоли мониторинг қилинмоқда. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали билан ҳамкорлигида Мактабгача таълим ташкилотлари директор ва мутахассисларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти қошида ҳамшираларни касбий малакасини ошириш, шошилинч ҳолатларда болаларга биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш кўникмаларни шакллантириш учун махсус ўқув ускуналар, ўқув тренажёр билан жиҳозланган Ўқув-симуляцион марказ фаолияти йўлга қўйилди. Мактабгача таълим ташкилоти ҳамширалари учун ўқув-дастурлар тасдиқланиб, ушбу Марказда Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги мактабгача таълим ташкилотларининг 160 нафар ҳамшираларининг малакаси оширилди. Тошкент, Нукус ва Термиз шаҳарларида “Мактабгача таълим тизимида болаларнинг илк ёшидан саводхонлик, рационал овқатланиш, гигиена ва соғлом турмуш тарзи кўникмаларини шакллантиришда компетенциявий ёндашувни жорий этиш” мавзусида ўтказилган амалий конференциялар, семинарлар, ўқув-тренингларда мактабгача таълим ташкилотларининг 1 000 нафардан ортиқ раҳбарлари, методистлари, педагоглари, ошпазлари ва хўжалик ишлари бўйича директор ўринбосарлари малакаси оширилди ва 60 нафар тренерлар тайёрланди. Улар томонидан жойларда менторлар сифатида амалий-ташкилий  ёрдамлар кўрсатиб келинмоқда. Шунингдек, Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятларидаги мақсадли 60 та ДМТТ да “Кичик кутубхоналар” (уголки чтения) ташкил этилди, уларнинг ҳар бири 150 донадан китоб, дидактик материаллар ва жиҳозлар билан таъминланди. “Ақлвой ошпаз” болалар боғчалари учун рецептлар тўплами қорақалпоқ тилига ўгирилди ва 150 дона китоб нашр қилинди. “Саломатлик алифбоси” китоб тўплами  ўзбек, қорақалпоқ, инглиз тилларига таржима қилинди.  Электрон  тарзда яратилган “онлайн” платформа орқали 4 та ўқув курси ташкил этилиб 100 нафар мактабгача таълим ташкилотларнинг ҳамширалари малакаси оширилди. Соҳада хорижий инвестиция лойиҳаларини мувафаққиятли амалга ошириш натижасида жами 261,1 млн. доллар хорижий инвестициялар (шундан 60,7 грант маблағлари) жалб қилиниб, 147,9 млн. доллар маблағ ўзлаштирилди. Жаҳон банки лойиҳаси доирасида 100 ДМТТда MELQO халқаро баҳолаш воситасини қўллаш орқали илк маротаба мактабгача таълим сифатини ўлчаш миллий тадқиқот ишлари амалга оширилди.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI

  Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI   T/r Maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlari)ga erishish boʻyicha chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi / ishlab chiqiladigan hujjat Ijro muddati Masʼullar Agentlik rahbariyati Tarkibiy bo‘linmalar 1.           Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 76,0 foizga yetkazish. 1. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 34 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 138 tasini rekonstruksiya qilish orqali qoʻshimcha 10 460 ta yangi quvvatlar yaratish. 2. 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali 36 000 yangi quvvat yaratish. 3. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan “play” guruhlari faoliyatini tashkil etish. Yil davomida   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov), Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 2.           6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish. Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish va boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash. Bunda, qoʻshimcha: 189 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlari; 85 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari; 441 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlarini tashkil etish. Yil davomida Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov) 3.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni muvofiqlashtirish.   1. Tuman(shahar) tibbiyot birlashmasi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining qoʻshma buyrugi bilan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami tarbiyalanuvchilarning 99,5%ni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. Jumladan: 1-chorakda – 35,0%; 2-chorakda – 70,0%; 3-chorakda – 85,0%; 4-chorakda – 99,5%. 3. Har chorakda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni monitoring qilish. Yanvar             Har chorakda             Har chorakda   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Xasanova) 4.           Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash yuzasidan monitoring oʻtkazish va monitoring natijalariga koʻra oʻquv-amaliy-semianrlar tashkil etish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda tashkil etilishini oʻrganish. 2. 2024-yilda jami 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish. Jumladan: 1-chorakda – 125 ta; 2-chorakda – 125 ta; 3-chorakda – 100 ta; 4-chorakda – 100 ta. 3. Monitoring natijalari boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. 4. Seminar-trening oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlatish. 5. Seminar-trening jarayonlarini internet tarmoqlari va OAVlarida yoritilishini taʼminlash. Doimiy         Doimiy             Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Mirzakarimov) 5.           “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash. 1. Har haftada dushanba va juma kunlari tegishli boshqarma va boʻlimlar bilan birgalikda “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratda turgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazish. 2. Topshiriqlar ijrosini taʼminlamagan masʼullarga nisbatan intizomiy chora koʻrish boʻyicha direktorga taklif kiritish. Har hafta dushanba va juma kunlari     Har oyning 5 sanasiga qadar Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Odilov) 6.           Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlash 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishi yuzasidan nazorat olib borish 2. Har chorak yakunida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijalarini tahlil qilish hamda rahbariyat huzurida muhokama qilish. 3. Agentlikda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan yuqori tashkilotlarga axborot kiritish. Doimiy     Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Dadabayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 7.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarining davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritish amaliyotini joriy qilish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlari, guruhlari va tarbiyalanuvchilari soni, hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha MTTning elektron pasportini yaratish. 2. Axborot tizimida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarining davomati yoʻqlama qilish va elektron tabellarni shakllantirish. Aprel         Dekabr Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Axborot xavfsizligini taʼminlash va raqamlashtirish boʻlimi (Djurayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 8.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuter guruhlari bilan taʼminlash. 1. Kompyuter guruhlari bilan taʼminlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxat shakllantirish. 2. Elektron tender savdolari oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 3. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. Fevral     Iyul   IV chorak Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov) Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 9.           Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitimlar imzolash. 1. Oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha kelib tushgan elektron arizalarini koʻrib chiqish. 2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun xususiy sherik bilan bitim imzolash. Yil davomida Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 10.       Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ehtiyojlarini aniqlash va ularni jihozlash (qayta jihozlash). 1. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari talab va takliflari asosida 2024-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qoʻshimcha jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxatini shakllantirish 2. Xarid qilinadigan jihozlarning bozor konyunkturasidagi narxlarini oʻrnatilgan tartibda oʻrganish va tender hujjatlari loyihasini tayyorlash. 3. Elektron tender savdolarini oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 4. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. I chorak           May     Avgust   IV chorak   Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash boʻlimi (Uzakov) 11.       Maktabgacha taʼlim tizimiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish maqsadida zamonaviy didaktik materiallar bilan taʼminlash. 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarga boʻlgan extiyojini aniqlash. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish. Fevral       Mart         III chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Taʼlim sifatini baholash, metodik yordam koʻrsatish va tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi  (Grosheva), Axborot va pedagogik inavatsion texnologiyalar markazi (Kim) 12.       Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish. 1. Hududlarning malaka oshirishga boʻlgan 14 000 nafar rejasiga asosan har oyda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etish: 1-chorakda – 3200 nafar; 2-chorakda – 3 400 nafar; 3-chorakda – 2 800 nafar; 4-chorakda – 4 600 nafar. 2. Har chorak yakunlari boʻyicha malaka oshirish rejasining ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Har chorakda               Har chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Pedagog kadrlarni kasbiy salohiyatini rivojlantirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirirsh boshqarmasi (Xamdamova) 13.       Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni jalb etish boʻyicha XMI nomiga soʻrovnoma yuborish. 2. Jami 40,0 mln dollar mablagʻlarni jalb etish. Jumladan: 2-chorakda – 20,0 mln dollar; 4-chorakda – 20,0 mln dollar. 3. Har oy Xalqaro moliya institutlari bilan muzokara olib borish. Yanvar     Yil davomida     Har oyda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev) 14.       Maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami 25,1 mln dollar mablagʻlarni oʻzlashtirish. Jumladan: 1-chorakda – 1,8 mln dollar; 2-chorakda – 4,0 mln dollar; 3-chorakda – 9,9 mln dollar; 4-chorakda – 9,4 mln dollar. 3. Har haftada investitsiya loyihalarini ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Yanvar     Har chorakda           Har haftada Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev)  

Вид сайта
Размер шрифта