Ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan 2022-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

news-detail

Ishga oʻz vaqtida kelib-ketildi, ichki mehnat, odob-axloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda boshqarmaning Nizomiga toʻliq rioya qilindi.

Belgilangan tartibda Ishlar boshqarmasi  boshligʻi rahbarligi ostida ish olib borildi hamda yuklatilgan vazifalar oʻz vaqtida ijro etildi.    

Ishlar boshqarmasining asosiy vazifasi vazirlik ishchi xodimlariga mehnat qilishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, binoni tozaligini saqlash, binoda issiqlik tizimi faoliyatini nazorat qilish hamda zarur konselyariya mollari va boshqa jihozlar bilan taʼminlashdan iborat.

Boshqarmadagi umumiy vazifalardan tashqari quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- vazirlikning 2022-yil 7-iyundagi 135-sonli buyrugʻiga asosan tovar moddiy boyliklarini sanoqdan oʻtkazish yaʼni, inventarizatsiya qilish ishlari komissiya aʼzolari tomonidan olib borilmoqda va vazirlik balansida boʻlgan tovar-moddiy boyliklar toʻliq sanoqdan oʻtkazilib, hisobotini nihoyasiga yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda;

- vazirlik binosi va bino uchun xarid qilingan asosiy vositalarni quruvchidan qabul qilib olish ishlari boʻyicha “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injenering kompaniyasi” DUK va pudratchi oʻrtasidagi hisobot nihoyasiga yetmayotganligi sababli Ishlar boshqarmasi tomonidan kirim qilish ishlari kechiktirilmoqda. Chunki, buyruqda buyurtmachi pudratchidan qabul qilib olishi belgilangan;

- vazirlik binosi yoz mavsumiga toʻliq tayyor holga keltirildi. Bugungi kunda chiller sovitish tizimi nuqsonsiz ishlamoqda;

- kommunal xizmatlar boʻyicha suv, svet, gaz va maxsus trans xizmatlari uchun oylik hisobotlari tayyorlanib, oʻz vaqtida tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

- vazirlik ehtiyojlari uchun 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan tovarlarni talabnoma asosida xarid qilish masalalari boʻyicha jami 234 ta talabnoma kelib tushgan boʻlib, barchasi ijobiy hal etilgan va tovarlar xodimlarga taqdim etilgan hamda hisob-kitobi yuritilib tovar-moddiy boyliklari hisoboti Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasiga taqdim etilgan.

Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan taqdim qilingan buyurtmalar buyruq asosida davlat xaridlari portaliga joylashtirildi. Jumladan,

- Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 28-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti - 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani hamda “Zamonaviy media muhitda yangi PR trendlar” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazish toʻgʻrisida» gi 35-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 17 900 000 soʻmlik;

- 2022-yil 25-martdagi “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 67-sonli buyrugʻining 4-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 34 738 000 soʻmlik;

- 2022-yil 13-maydagi “1-iyun–Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida velomarafonini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 110-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 71 750 000 soʻmlik;

- 2022-yil 24-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Kuzatuv kengashlari faoliyatining oʻrni” mavzusidagi amaliy seminarni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 122-sonli buyrugʻining 4-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 24 000 000 soʻmlik;

- Maktabgacha taʼlim vazirining  2022-yil 7-iyundagi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishi hamda 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan matbuot anjumanini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 134-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 54 650 000 soʻmlik mahsulotlar xarid qilingan boʻlib tadbir tashkilotchilariga talabnoma asosida topshirildi.

Bundan tashqari maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlarini chet davlatlarga xizmat safariga borib-kelishlari uchun aviachiptalar va uchrashuvda vazirlik tomonidan taqdim qilinadigan hadyalar uchun jami 47 mln soʻmlik esdalik sovgʻalari xarid qilindi hamda xodimlarga taqdim etildi.

Bugungi kunga kelib yuqorida koʻrsatilgan vazirlik tomonidan tashkil etilgan tadbirlar va chet el xizmat safariga ketishlari uchun jami 22 ta shartnomalar rasmiylashtirildi.

Vazirlik balansidagi mavjud xizmat avtomashinalarining texnik ahvoli oʻrganildi, avtotransport vositalarini oʻrganish jarayonida taʼmirlash ishlarini tashkil etildi. Jumladan, davlat raqami 01 232 DAV xizmat avtomashinasining old oyna qismi shikastlanganligi, 01 013 GFA xizmat avtomashinasining tormoz qismi (kolotka) yemirilganligi, 01 996 WYA xizmat avtomashinasining tormoz qizmi, amortizatsiyasining yaroqsiz holga kelganligi sababli yangisiga almashtirildi hamda barcha xizmat avtomashinalarining motor moylari almashtirildi, xizmatga tayyorgarligi taʼminlandi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalari boʻyicha qilingan ishlar:

- Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2021-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2022-yildagi asosiy vazifalar toʻgʻrisida” 2022-yil
11-yanvardagi 1-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar toʻgʻrisida buyruq loyihasi ishlab chiqildi va amaliyotga qaratildi (Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 24-fevraldagi 8-son buyrugʻi);

- vazirlik xizmat, maishiy va yertoʻla xonalari yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha yoʻriqnoma vazir oʻrinbosari tomonidan 17-fevral kuni imzolanib va barcha masʼul xodimlarga imzo ostiga yetkazilishi taʼminlandi (barcha xona, yertoʻla va h.klariga tegishliligi boʻyicha oʻrnatildi), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi 649-son qarori talablari asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlari va moddiy boyliklarini favqulodda vaziyatlar hamda yongʻin sodir boʻlganda evakuatsiya qilish rejasi qaytadan ishlab chiqildi (barcha qavatlar, yertoʻla va h.klariga tegishliligi boʻyicha oʻrnatildi), shuningdek, vazirlik binosi yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamda Mirobod tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan berilgan tavsiyasiga koʻra birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari belgilangan tartibda xarid qilinib koʻrsatib oʻtilgan joylarga oʻrnatildi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirning 2022-yil 24-yanvardagi 8-son buyrugʻi 2-ilovasi talablari asosida 14-18-mart,                             28-martdan-01-aprelgacha, 04-15-aprel, 18-29-aprel, 02-06-may, 16-27-may hamda 20-24-iyun kunlari Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida oʻqish rejasiga muvofiq fuqaro muhofazasi boʻyicha mutaxassis (masʼul xodim)lar oʻqitilishi taʼminlandi;

- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining 2022-yildagi chora – tadbirlar rejasiga asosan aprel-may oylari mobaynida fuqaro muhofazasi oyligini tashkil qilish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutidan 2022-yilning 20-may kuni vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishni, birlamchi oʻt oʻchirish vositalar va ulardan samarali foydalanishni hamda birinchi yordam koʻrsatishni oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi haqida maʼlumot berildi.

Arxiv ishlari masalalari boʻyicha:

- Oʻzbekiston Milliy arxivining  2022-yil asosiy ish rejasiga muvofiq arxiv hujjatlarining saqlanish holatini  oʻrganish hamda uslubiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshirildi;

- vazirlikning boshqarma va boʻlimlarida saqlanayotgan hujjatlar idoraviy arxivga qabul qilinib,  turkumlashtirildi (Nazorat tahlil boshqarmasi-devonxonadan 2019-yilgi,  Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagog kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan 2020-yilgi, Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi, Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmatidan 2018-2020-yilgi hamda Yuridik boshqarmadan 2017-2020-yilgi hujjatlari).

2022-yilning I chorak holatiga mdo.ijro.uz tizimi orqali boshqarmaga jami 204 ta xat kelib tushgan boʻlib, shulardan 2 tasini yuridik fuqarolar tomonidan kelib tushgan taklif va murojaatlar tashkil etadi. Boshqa vazirlik, idora va tashkilotlardan kelib tushgan hatlar jami 202 tani tashkil etsa, shulardan 47 ta xat ish jarayonida boʻlib, 107 tasi oʻz vaqtida nazoratdan olinishi taʼminlandi.

Har kuni ertalab xizmat xonalari farroshlari va hovli supuruvchilar tomonidan xizmat xonalari va yoʻlaklar, mebel va  jihozlar, zinalar, hojatxonalar, eshiklar, lift kabinalari hamda vazirlik binosi tozaligi nazoratga olindi.

Vazirlikning xoʻjalik   ishlari   boʻyicha   oʻtkazilgan  tadbirlarda faol ishtirok etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari

Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatining xorijga xizmat safarlari IMG_0002.pdf 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Мактабгача таълим хизматларини кўрсатиш бўйича маълумотлар

Мактабгача таълим хизматларини кўрсатишда тенг имкониятларни яратиш бўйича белгиланган устувор вазифалар, амалга оширилган ишлар, мавжуд муаммолар ва уларни бартараф этиш юзасидан М А Ъ Л У М О Т   I. 2017-2023 йилларда амалга оширилган ишлар: Ўтган давр мобайнида мактабгача таълим тизими тубдан ислоҳ қилиш ҳамда мактабгача таълим ташкилотлари тармоғини кенгайтириш ва болаларни мактабгача таълим билан янада кенгроқ қамраб олинишини таъминлаш йўналишида қатор ижобий натижаларга эришилди. Жумладан, 2017 йилда мактабгача таълим ташкилотлари сони 5 211 тани ташкил этган бўлса, соҳага нодавлат секторни кенг жалб қилиш учун қулай шарт-шароитлар яратиш ҳамда мамлакатда илк маротаба давлат-хусусий шериклик тизимини жорий қилиш натижасида 2023 йилга келиб, мактабгача таълим ташкилотлари сони 6,5 баробарга ортиб, 33 942 тага етказилди. Мисол учун, нодавлат секторнинг улуши 2017 йилда 0,5 фоиз(250 та)ни ташкил этган бўлса, ҳозирда уларниг улуши 80 фоиз(28 минг та)га етказилди. Республика бўйича 2017 йилда болаларни мактабгача таълим билан қамрови 27 фоиз(700 минг нафар)ни ташкил этган бўлса, 2023 йилга келиб ушбу кўрсаткич 2,6 баробарга орттирилиб, 74 фоиз (2,2 млн. нафар)га етказилди. Республикадаги барча болалар учун бир хил бошланғич имкониятларни яратиш йўлида ҳар бир боланинг мактабга киришидан бир йил олдин умумий ўрта таълимга мажбурий бир йиллик тайёргарликдан ўтишга бўлган ҳуқуқи “Мактабгача таълим ва тарбия” тўғрисидаги қонун билан кафолатланди. Эндиликда болалар мактабга чиқишдан олдин бир йиллик мажбурий бепул мактабга тайёрловдан ўтказилмоқда. Жорий йил якунига келиб қамраб олинган 6 ёшли болалар улуши 93 фоизга (692 минг нафарга) етди. Мактабгача таълим хизматларини янада кенгайтириш мақсадида мактабгача таълимнинг муқобил шакллари яратилди. Хусусан, барча болаларга тенг имкониятлар яратиш мақсадида 25 мингта оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти йўлга қўйилиб, 662 минг нафар болалар қамрови таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларини қуриш имкони мавжуд бўлмаган олис ва чекка ҳудудларда “Ақлвой” лойиҳаси доирасида 156 та маҳаллаларда қайта жиҳозланган 72 та ИСУЗУ автобусларда негизида 429 та мобиль гуруҳлар ташкил этилиб, уларга 9,5 минг нафар болалар қамраб олинди. ЮНИСЕФ халқаро болалар ташкилоти билан ҳамкорликда ташкил этилган 20 та “Турли хил ёшдаги мактабгача таълим гуруҳлари” (ўйин гуруҳлари)га 496 нафар болалар қамраб олинди. Жаҳон банкининг “Болани эрта ривожлантириш” лойиҳаси доирасида ташкил этилган “Илк ривожланиш марказлари”га жами 1 600 нафар болалар жалб этилди. Инклюзив таълим тамойиллари ва имконияти чекланган болаларга ёрдам кўрсатишнинг янги шакллари жорий этилди. Жумладан, Нукус, Қарши, Зарафшон шаҳарлари ва Қибрай туманида реабилитация марказига эга бўлган кўп тармоқли ихтисослаштирилган ва қўшма турдаги мактабгача таълим ташкилоти каби янги шакллар жорий этилди. Барча кўп тармоқли ихтисослаштирилган давлат мактабгача таълим ташкилотлари реабилитиция асбоб ускуналари билан таъминланди. Мактабгача таълим ташкилотларида фаолият кўрсатаётган педагог кадрлар сони 58 минг нафардан 160 минг нафарга оширилди. Олий маълумотли педагог кадрларнинг улуши 21,6 фоиздан 34,1 фоизга етказилди. Барча давлат мактабгача таълим ташкилотлари ҳамда 14 000 та оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари ўқув-методик, кўргазмали ва дидактик материаллар билан таъминланди. Ўзбекистон Республикаси Илк ва мактабгача ёшдаги болалар ривожланишига қўйиладиган давлат талаблари, “Илк қадам” давлат ўқув дастури, 6 ёшли болаларни мактаб таълимига тайёрлаш учун “Илм йўли” вариатив дастури, алоҳида таълим эхтиёжларига муҳтож бўлган болалар учун мослаштирилган ўқув дастури, 6 номдаги педагогларнинг касбий компетенцияларини оширишга қаратилган  методик қўлланмалар ва ривожантирувчи ўқув-дидактик материаллар компетенциявий ёндошув асосида такомиллаштирилиб яратилган. Мактабгача таълим тизимида фаолият юритиб келаётган педагог ходимлар учун узлуксиз методик хизматни ташкил этиш мақсадида “Learning passport” (Болалик академияси – bolakadem.uz) таълим электрон платформаси жорий этилди. Шу билан бирга, 6 ёшгача бўлган болалар саломатлиги ва ривожланишининг барча жиҳатлари бўйича мутахассислар маслаҳати билан таъминлаб берувчи ота-оналар учун «Bebbo» мобил иловаси ишга туширилди. Республикадаги 3 519 та давлат мактабгача таълим ташкилотларида 10 155,0 млрд.сўм эвазига 535 160 ўринли қурилиш-таъмирлаш (янги 513 та 73 905 ўрин, реконструкция 2 215 та қўшимча 104 030 ўрин яратилган ва мавжуд 231 278 ўрин таъмирланган, мукаммал таъмир 791 та 125 946 ўрин) ишлари амалга оширилган. 2017 йилда Мактабгача таълим соҳасига давлат бюджетидан 2,1 трлн. сўм ёки бюджет харажатларининг 4,4 % миқдорда маблағ ажратилган бўлса, 2023 йилга келиб бюджет харажатларининг 5,8 % миқдорда 11,8 трлн. сўм ёки 5,6 баравар кўпроқ маблағ ажратилди. 2021 йилдан бошлаб, 27 мингдан зиёд давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим ташкилотларида мутлақ янги бўлган Нодавлат мактабгача таълим ташкилотларини бошқариш ахборот тизими жорий этилиди. Ушбу ахборот тизими орқали янги оилавий МТТларни ташкил этиш, уларнинг қувватини ошириш ва битим муддатларини узайтириш масалаларида электрон ариза қабул қилиниши, нодавлат МТТларга субсидия ва компенсациялар автоматлаштирилган тарзда тўлаб берилиши йўлга қўйилди. Давлат мактабгача таълим ташкилотларининг 1,2 мингтасида 83 нафар тадбиркорлар томонидан аутсорсинг хизматлари кўрсатилиши йўлга қўйилди. Республикадаги барча давлат мактабгача таълим ташкилотларида овқатлантириш ишлари “Ақлвой-ошпаз, боғчалар учун таомлар рецепти” тўпламидан фойдаланган ҳолда тузилган Ягона мавсумий таомнома асосида ташкил этилди. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали ҳамкорлигида Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги 60 та ДМТТнинг санитария гигиена хоналари (хожатхоналар), сув таъминоти тизими ҳамда ошхоналар таъмирланди ва замонавий керакли жиҳозлар билан таъминланди. Ҳозирги кунда 100 та мақсадли ДМТТ ларда юқоридаги ишлар давом этмоқда. “Таълим учун озиқ-овқат ва болалар овқатланиши” дастури доирасида ушбу давлат мактабгача таълим ташкилотларига Ўзбекистонга беғараз ёрдам сифатида 4 турдаги бойитилган озиқ-овқат (20 тонна ўсимлик ёғи, 40 тонна гуруч, 80 тонна ун ва 10 тонна сариқ ярим нўхат) маҳсулотлари олиб келинди ва бугунги кунда мақсадли 166 та давлат мактабгача таълим ташкилотларига “Ягона мавсумий таомнома”га асосан тарқатиб келинмоқда ва истеъмоли мониторинг қилинмоқда. АҚШ қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўзбекистондаги “Mercy corps” филиали билан ҳамкорлигида Мактабгача таълим ташкилотлари директор ва мутахассисларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти қошида ҳамшираларни касбий малакасини ошириш, шошилинч ҳолатларда болаларга биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш кўникмаларни шакллантириш учун махсус ўқув ускуналар, ўқув тренажёр билан жиҳозланган Ўқув-симуляцион марказ фаолияти йўлга қўйилди. Мактабгача таълим ташкилоти ҳамширалари учун ўқув-дастурлар тасдиқланиб, ушбу Марказда Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятидаги мактабгача таълим ташкилотларининг 160 нафар ҳамшираларининг малакаси оширилди. Тошкент, Нукус ва Термиз шаҳарларида “Мактабгача таълим тизимида болаларнинг илк ёшидан саводхонлик, рационал овқатланиш, гигиена ва соғлом турмуш тарзи кўникмаларини шакллантиришда компетенциявий ёндашувни жорий этиш” мавзусида ўтказилган амалий конференциялар, семинарлар, ўқув-тренингларда мактабгача таълим ташкилотларининг 1 000 нафардан ортиқ раҳбарлари, методистлари, педагоглари, ошпазлари ва хўжалик ишлари бўйича директор ўринбосарлари малакаси оширилди ва 60 нафар тренерлар тайёрланди. Улар томонидан жойларда менторлар сифатида амалий-ташкилий  ёрдамлар кўрсатиб келинмоқда. Шунингдек, Қорақалпоғистон Республикаси ва Сурхондарё вилоятларидаги мақсадли 60 та ДМТТ да “Кичик кутубхоналар” (уголки чтения) ташкил этилди, уларнинг ҳар бири 150 донадан китоб, дидактик материаллар ва жиҳозлар билан таъминланди. “Ақлвой ошпаз” болалар боғчалари учун рецептлар тўплами қорақалпоқ тилига ўгирилди ва 150 дона китоб нашр қилинди. “Саломатлик алифбоси” китоб тўплами  ўзбек, қорақалпоқ, инглиз тилларига таржима қилинди.  Электрон  тарзда яратилган “онлайн” платформа орқали 4 та ўқув курси ташкил этилиб 100 нафар мактабгача таълим ташкилотларнинг ҳамширалари малакаси оширилди. Соҳада хорижий инвестиция лойиҳаларини мувафаққиятли амалга ошириш натижасида жами 261,1 млн. доллар хорижий инвестициялар (шундан 60,7 грант маблағлари) жалб қилиниб, 147,9 млн. доллар маблағ ўзлаштирилди. Жаҳон банки лойиҳаси доирасида 100 ДМТТда MELQO халқаро баҳолаш воситасини қўллаш орқали илк маротаба мактабгача таълим сифатини ўлчаш миллий тадқиқот ишлари амалга оширилди.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI

  Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2024-yilga moʻljallangan yillik ISH REJASI   T/r Maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlari)ga erishish boʻyicha chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi / ishlab chiqiladigan hujjat Ijro muddati Masʼullar Agentlik rahbariyati Tarkibiy bo‘linmalar 1.           Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 76,0 foizga yetkazish. 1. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 34 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 138 tasini rekonstruksiya qilish orqali qoʻshimcha 10 460 ta yangi quvvatlar yaratish. 2. 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali 36 000 yangi quvvat yaratish. 3. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan “play” guruhlari faoliyatini tashkil etish. Yil davomida   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov), Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 2.           6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish. Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish va boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash. Bunda, qoʻshimcha: 189 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlari; 85 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari; 441 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlarini tashkil etish. Yil davomida Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi (Usanov) 3.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni muvofiqlashtirish.   1. Tuman(shahar) tibbiyot birlashmasi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining qoʻshma buyrugi bilan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami tarbiyalanuvchilarning 99,5%ni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. Jumladan: 1-chorakda – 35,0%; 2-chorakda – 70,0%; 3-chorakda – 85,0%; 4-chorakda – 99,5%. 3. Har chorakda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarni monitoring qilish. Yanvar             Har chorakda             Har chorakda   Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Xasanova) 4.           Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash yuzasidan monitoring oʻtkazish va monitoring natijalariga koʻra oʻquv-amaliy-semianrlar tashkil etish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda tashkil etilishini oʻrganish. 2. 2024-yilda jami 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish. Jumladan: 1-chorakda – 125 ta; 2-chorakda – 125 ta; 3-chorakda – 100 ta; 4-chorakda – 100 ta. 3. Monitoring natijalari boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. 4. Seminar-trening oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlatish. 5. Seminar-trening jarayonlarini internet tarmoqlari va OAVlarida yoritilishini taʼminlash. Doimiy         Doimiy             Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Bolalar salomatligini taʼminlash va ovqatlantirishni tashkil etish boshqarmasi (Mirzakarimov) 5.           “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash. 1. Har haftada dushanba va juma kunlari tegishli boshqarma va boʻlimlar bilan birgalikda “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratda turgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazish. 2. Topshiriqlar ijrosini taʼminlamagan masʼullarga nisbatan intizomiy chora koʻrish boʻyicha direktorga taklif kiritish. Har hafta dushanba va juma kunlari     Har oyning 5 sanasiga qadar Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Odilov) 6.           Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlash 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda koʻrib chiqilishi yuzasidan nazorat olib borish 2. Har chorak yakunida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijalarini tahlil qilish hamda rahbariyat huzurida muhokama qilish. 3. Agentlikda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan yuqori tashkilotlarga axborot kiritish. Doimiy     Har chorakda Direktorning birinchi oʻrinbosari (Boboyev) Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (Dadabayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 7.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarining davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritish amaliyotini joriy qilish. 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlari, guruhlari va tarbiyalanuvchilari soni, hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha MTTning elektron pasportini yaratish. 2. Axborot tizimida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarining davomati yoʻqlama qilish va elektron tabellarni shakllantirish. Aprel         Dekabr Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Axborot xavfsizligini taʼminlash va raqamlashtirish boʻlimi (Djurayev), Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 8.           Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuter guruhlari bilan taʼminlash. 1. Kompyuter guruhlari bilan taʼminlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxat shakllantirish. 2. Elektron tender savdolari oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 3. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. Fevral     Iyul   IV chorak Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash qilish boʻlimi (Uzakov) Tegishli tarkibiy boʻlinmalar 9.           Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitimlar imzolash. 1. Oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha kelib tushgan elektron arizalarini koʻrib chiqish. 2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun xususiy sherik bilan bitim imzolash. Yil davomida Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi (Bahronov) 10.       Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ehtiyojlarini aniqlash va ularni jihozlash (qayta jihozlash). 1. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari talab va takliflari asosida 2024-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qoʻshimcha jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari manzilli roʻyxatini shakllantirish 2. Xarid qilinadigan jihozlarning bozor konyunkturasidagi narxlarini oʻrnatilgan tartibda oʻrganish va tender hujjatlari loyihasini tayyorlash. 3. Elektron tender savdolarini oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etish. 4. Imzolangan shartnomalar boʻyicha joylarga yetkazilgan jihozlar toʻgʻrisida monitoring yuritish. I chorak           May     Avgust   IV chorak   Direktor oʻrinbosari (Muslitdinov) Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan taʼminlash boʻlimi (Uzakov) 11.       Maktabgacha taʼlim tizimiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish maqsadida zamonaviy didaktik materiallar bilan taʼminlash. 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarga boʻlgan extiyojini aniqlash. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv-metodik vositalar, qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, didaktik oʻyin va oʻyinchoqlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish. Fevral       Mart         III chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Taʼlim sifatini baholash, metodik yordam koʻrsatish va tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi  (Grosheva), Axborot va pedagogik inavatsion texnologiyalar markazi (Kim) 12.       Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish. 1. Hududlarning malaka oshirishga boʻlgan 14 000 nafar rejasiga asosan har oyda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etish: 1-chorakda – 3200 nafar; 2-chorakda – 3 400 nafar; 3-chorakda – 2 800 nafar; 4-chorakda – 4 600 nafar. 2. Har chorak yakunlari boʻyicha malaka oshirish rejasining ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Har chorakda               Har chorakda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Pedagog kadrlarni kasbiy salohiyatini rivojlantirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirirsh boshqarmasi (Xamdamova) 13.       Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni jalb etish boʻyicha XMI nomiga soʻrovnoma yuborish. 2. Jami 40,0 mln dollar mablagʻlarni jalb etish. Jumladan: 2-chorakda – 20,0 mln dollar; 4-chorakda – 20,0 mln dollar. 3. Har oy Xalqaro moliya institutlari bilan muzokara olib borish. Yanvar     Yil davomida     Har oyda Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev) 14.       Maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish 1. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 2. 2024-yilda jami 25,1 mln dollar mablagʻlarni oʻzlashtirish. Jumladan: 1-chorakda – 1,8 mln dollar; 2-chorakda – 4,0 mln dollar; 3-chorakda – 9,9 mln dollar; 4-chorakda – 9,4 mln dollar. 3. Har haftada investitsiya loyihalarini ijrosi boʻyicha muhokama oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish. Yanvar     Har chorakda           Har haftada Direktor oʻrinbosari (Raxmatillayev) Chet el loyihalarini amalga oshirish boʻlimi (Abdulxayev)  

Вид сайта
Размер шрифта