Hisobotlar
Автомашиналар_хақида_маълумот_2022_йил_1_октябрь.xls
Batafsil3_чорак_Бюджетдан_ташқари_молиявий_ҳисобот.pdf
Тез эскирувчи воситалар учун тендерлар.xlsx
Асосий воситалар учун тендерлар.xlsx
2022 йилнинг III чорагида ўтказилган тендерлар.xlsx
Хизмат сафари 2022 йил 3-чорак.pdf
ДМТТлар учун жиҳозларни харид қилиш комиссияси таркиби.pdf
3_чорак_Бюджет_молиявий_ҳисоботлари.pdf
BatafsilИШ РЕЖА-2022 (илова).docx
Автомашиналар_хақида_маълумот_2022_йил_1_июль_холатига.pdf
BatafsilЎзбекистон_Республикаси_Мактабгача_таълим_вазирлиги_раҳбар_ходимларининг.pdf
Ғолиб корхоналар.xlsx
Boshqarma tomonidan joriy yil tomonidan 6 oy davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha 2022-yil uchun “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha ishlab chiqilgan «Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar belgilanib, berilgan vazifalar ijrosi oʻz muddatida amalga oshirilib, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga maʼlumot taqdim etib kelinmoqda. 1. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 305-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Iqlim oʻzgarishining Oʻzbekistondagi oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta (2023-2025-yillar) muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil I yarim yillik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 25-mart “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 67-son buyrugʻi qabul qilindi. Buyruq bilan “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovlarini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizomga asosan tanlov va koʻrgazmaning: davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari; tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari; hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi. 2022-yilning 27-aprel kuni vazirlik binosida komissiya aʼzolari ishtirokida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining Respublika bosqichiga maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan (14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar) rasmlarni saralash hamda I, II, III oʻrin gʻoliblari aniqlash maqsadida, “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovining respublika bosqichi baholash mezonlari va ballari koʻrib chiqildi. Komissiya xulosasiga koʻra, I, II va III oʻrin va oʻziga xosligiga koʻra turli xil nominatsiya gʻoliblari aniqlandi (roʻyxat ilova qilinadi). Joriy yilning 29-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan 34-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida rasmlar tanlovining Respublika bosqichi koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmada gʻolib va ishtirokchilar vazirlikning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Oʻtkazilgan koʻrgazma OAV va vazirlikning veb saytida yoritildi. 2. 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan va 1950-yildan beri bayram sifatida nishonlab kelinadi. Respublikamizda bolalarning sanʼat va madaniyatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy sanʼatga, badiiy ijodga boʻlgan qiziqish va eʼtiborini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tashabbusi bilan respublikamizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Zaminda tinchlik - bizning qoʻlimizda” mavzusida bolalar rasmlari koʻrgazmasi tashkil etdi. Mazkur koʻrgazma joriy yilning 30-mayidan 2-iyun kuniga qadar “Yoshlar ijod saroyi”da oʻtkazildi. Koʻzgazmada maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari tomonidan chizilgan 280 dan ortiq jajji rassomlar tomonidan chizilgan rasmlar ishtirok etdi. Tarbiyalanuvchilar oʻzlarining ijod namunalari bilan ona zaminda tinchlik, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlarlar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Koʻrgazmaning ochilish marosimida Yunusobod tumanida joylashgan 304-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi. Koʻrgazma 2022-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan sammiti oldidan hamda Xitoyning Uxan shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro bolalar rasmlari koʻrgazmasida ham ekspozitsiya qilinadi. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagiPQ-5251-son qarori bilan tasdiqlangan Velosport turlarini 2021-2022-yillardarivojlantirish dasturining 6-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 30-sentabrdagi 190/1-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda maktabgacha taʼlim tizimida velosportni ommalashtirish dasturining 3-bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 28-aprelda “Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafonini tashkil etish toʻgʻrisida” 100-son buyrugʻi qabul qilindi. Mazkur buyruq bilan Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafoni(keyingi oʻrinlarda - velomarafon)ni oʻtkazish boʻyicha Nizom (keying oʻrinlarda - Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Nizomga asosan Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafoni tashkil etildi. 4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda joriy yilning 13-iyun kuni Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Zukko bolajon!” loyihasi doirasida “Zukko Bolajon” foto-albomi taqdimotiga bagʻishlangan, badiiy-musiqali bayram tadbiri oʻtkazildi. Loyihaning kelgusidagi asosiy maqsadi etib: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Zukko bolajon!” albomi asosida devoriy lavhalar bilan bezatish; “Zukko bolajon!” fotoalbomining taqdimoti va tavsiyaviy targʻibot ishlarini olib borish; “Zukko bolajon!” loyihasi doirasida milliy anʼanalari asosida bezatilmagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini devoriy surʼatlar milliy qadriyatlarimizga mos tarzda bezash boʻyicha mutaxassislar bilan hamkorlikda tavsiya ishlab chiqish belgilangan. 5. “Yangi Oʻzbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2022-yil 6-apreldagi 68 (590)-sonida “Bolalar bogʻchasi — ilk moslashuv davrasi”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qanday bezatilishi kerak?”, “Milliy ertaklar — oʻzlikka yetaklar”, “Nurota tajribasi nega ommalashtirilyapti?”, “Tarbiyachining oʻzi tarbiyalangan boʻlishi kerak” sarlavhali maqola chop etildi. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ning 2-bandiga muvofiq “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Maktabgacha taʼlim vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining «Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida «Shaxmat kunlar”ni oʻtkazib borish toʻgʻrisida» 2021-yil 27-apreldagi 69-son buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» 2022-yil 1-iyundagi 131-son buyrugʻiga hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqichi joriy yilning 5-8-iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 12-16-iyun kunlari, viloyat bosqichi 19-22-iyun kunlari oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichi, viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida joriy yilning 28-iyun kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan. II. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori bilan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq vazirlik tizimida 2022-yil I-yarim yil rejaga asosan respublikada 1103 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiyaga jalb etilgan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida reja asosida 876 MTTlar jalb etildi, ulardan 55 MTTlar oʻtmadi deb etirof etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan may oyining bayonnomasi taqdim etilmagani sababli yanvar-aprel oylari natijalariga koʻra quyidagi tahlilliy maʼlumotlar aniqlandi. Jami yanvar-aprel oylarida 876 MTTlar jalb etilib, ulardan 773 (88,2%) MTTlar “oʻtdi” deb eʼtirof etildi. Jami “oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan 103 MTTlardan 48 (4,6%) MTTlar turli, oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻtmadi, 55 (6,2%) MTTlarga esa Nizomga muvofiq choralar koʻrildi. III. Oʻquv, metodik va didaktik materiallar bilan taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5144 Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oilaviy, nodavlat, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyojlarini tasdiqlangan manzilli roʻyxat asosida barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazildi. Oʻquv-uslubiy va didaktik materiallarni taʼlim-tarbiya jarayonida samarali qoʻllash boʻyicha hududiy masʼul xodimlar tomonidan kaskad usulida amaliy seminar-treninglar oʻtkazildi. MTTlarga zarur boʻlgan oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyoji aniqlanib, ular asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi qoshidagi axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi MCHJ ga oʻquv-didaktik materiallarni texnik topshiriqlar va maketlarini ishlab chiqish boʻyicha topshirigʻi berilgan. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda sport bilan shugʻullanishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish” oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi vazirlikning internet jahon axborot tarmogʻida rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. «Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk tasavvurlarlarini shakllantirish» nomli maktabgacha taʼlim tashkilot pedagoglari uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi tayyorlanib, nashrga tavsiya etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oila va xotin-qizlarni tizimliqoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlaritoʻgʻrisida» 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoni bilan tasdiqlangan“2022 - 2026-yillarda xotin qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning 93-bandi ijrosi yuzasidan hamkor tashkilotlarning vakillaridan iborat ishchi guruhi shakllantirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarda oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni eʼzozlash kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan “Men va mening oilam” uslubiy qoʻllanmasi tayyorlandi.. 2-3 yosdagi maktabgacha taʼlim tashkilot tarbiyalanuvchilari uchun namunaviy taʼlim-tarbiyaviy dasturi va uni amaliyotda qoʻllash yuzasidan tarbiyachi pedagoglar uchun taqdimot materiallari seminar uchun tayyorlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Gretsiyaning “MM-publication» nashriyoti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 20 ming nusxa darsliklarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tilini oʻrganish uchun «Hi Kids! For Uzbekistan» toʻplami (Hi Kids! Studentʼs book, Hi Kids! Workbook va Hi Kids! Teacherʼs book) taqdim etildi va seminar-treninglar oʻtkazildi. Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tili pedagoglarining oʻquv yili yakuni boʻyicha fikr va hulosalari umumlashtirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ning 10-bandiga muvofiq «Maktabgacha yoshdagi bolalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalari boʻyicha savodxonligini shakllantirishga moʻljallangan turli koʻrgazmali va tarqatma materiallar tayyorlash» vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik mutaxassislari tomonidan “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga mufoviq oy mavzularida duch keladigan, kundalik muloqotda kam ishlatiladigan soʻzlardan tarkib topgan «Mening ilk izohli lugʻatcham» nomli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari uchun izohli lugʻatcha (rasmli-bezakli) ishlab chiqilib hulosa olish uchun mutaxassislarga yuborildi. IV. Xalqaro loyihalarda ishtroki “MELQO” «Maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimini ishlab chiqish va tadbiq etishga koʻmaklashish» loyihasi doirasida «Oʻzbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish loyhasi» orqali erta yoshdagi bilim sifati va natijalarini baholash (MELQO) vositalarini yakuniy koʻrinishga keltirish boʻyicha harakatlar rejasi, mazkur vositalar birlamchi sinovdan oʻtkazilib va milliy darajada joriy etish jarayoni boʻyicha loyihasi ishlab chiqildi. Instansiyaning 2021-yil 9-iyuldagi 2021-yil 27-iyuldagi 11-RA 2-4459-son koʻrsatmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va “Mehribonlik korpusi”ning Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida “Oʻzbekistonda taʼlim va bolalar ovqatlanishi uchun oziq-ovqatlar” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish boʻyicha uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida 2021-2024-yillarda “Mehribonlik korpusi” tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyati davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari shart-sharoitlarini yaxshilash uchun Kitobxonlik burchaklarini yaratish hamda jihozlash yuzasidan rejaga asosan tashkiliy ishlar davom etmoqda. “Bolalik akademiyasi”(www.bolakadem.uz)- raqamli platformasi yetakchi taʼlim sohasining ilgʻor mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, UNICEF va “Bilim makon” Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi hamkorligida yaratilgan qulay va moslashtirilgan raqamli platforma. Raqamli platforma uzluksiz taʼlimni qoʻllab-quvvatlash, anʼanaviy taʼlim tizimlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim sohasidagi pedagoglar va mutaxassislarga, shuningdek ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalarga yordam berish uchun moʻljallangan boʻlib mazmuniy jihatdan takomillashtirilib borilmoqda. 2021-yil 24-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston-Koreya biznes uyushmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan boʻlib, uning asosida Koreyaning EDULINK kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan S-board mobil ilovasi tanlanma asosida 2021-yil sentabr oyidan boshlab Bektemir tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (DTM) eksperimental (pilot) asosida joriy etildi va MTV mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiyalar asosida takomillashtish ishlari olib borilmoqda. V. Amaliy seminar-treninglar va oʻrganishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati , Toshkent viloyati, Namangan viloyatlarida oʻrganishlar olib borilgan boʻlib, kamchiliklari yuzasidan amaliy seminarlar oʻtkazilgan. Iyun oyida Taʼlim sifati jarayonini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hududiy masʼul xodimlari ishtrokida onlayn tarzda Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ZOOM yigʻilishi boʻlib oʻtdi. VI. Ijro intizomi boʻyicha 1. Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasiga http://mf.ijro.uz/ portali orqali 2022-yilning 6 oyi davomida jami 26 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning barchasini ijrosi belgilangan muddatda taʼminlandi. 2. Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasiga http://mf.ijro.uz/ portali orqali 2022-yilning 6 oyi davomida jami 479 ta hujjatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlarning 394 tasining ijrosi taʼminlandi. 85 ta hujjatlar ish jarayonida. Belgilangan muddatlarda ijrosi taʼminlanadi. 3. “app.ijro.uz” tizimi orqali jami 157 ta hujjatlar loyihalari kelishildi yoki ishlab chiqildi. Shundan 117 ta hujjatlar boshqarma boshligʻiga boshqarma xodimlari yoki boshqarma boshliqlari tomonidan kelishishga kiritilgan. Shu bilan birga boshqarma boshligʻi tomonidan 40 ta hujjat loyihasi ishlab chiqilgan (loyihalar raqamlari ilova qilinadi). 4. Ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga (project.gov.uz, app.ijro.uz va boshqalar) mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda 12 ta xulosalar tayyorlandi. VII. Muammolar 1. Boshqarmada ish hajmini koʻpligi, xususan jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha mutaxassis yoʻqligi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha 1 nafar mutaxassis shugʻullanayotganligi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Yechimi: Boshqarmada kamida 2 ta qoʻshimcha shtat ajratish va unga jismoniy tarbiya va sport boʻyicha hamda maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha qoʻshimcha mutaxassislarni ishga qabul qilish. VIII. 2022-yilning ikkinchi yarmida rejalashtirilgan asosiy vazifalar. 1. Maktabgacha taʼlim tizimida “Anʼanaviy avgust kengashini” oʻtkazishda tegishli boshqarmalar bilan hamkorlik qilish. 2. 2022/2023 oʻquv yilida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun ishlab chiqilayotgan oʻquv-metodik va didaktik materiallarni ishlab chiqilishida Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan hamkorlik qilish. 3. Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini samarali tashkil etish boʻyicha tizimli seminar-treninglarni tashkil etish. 4. Maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʻyicha seminar oʻtkazish.
I. Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish yoʻnalishida. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan Nizomning 12-bobiga asosan xususiy sherik mulki negizida 4820 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida imtiyozli kredit mablagʻi talab etmaydigan 41 ta loyihalar bilan davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil10-iyundagi PQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hokimliklarning tavsiya xatlariga asosan, qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda umumiy quvvati 965 oʻringa moʻljallangan 9 ta DXSH asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan bitimlar imzolandi. Qarorga asosan respublikada umumiy quvvati 11 275 oʻringa moʻljallangan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilangan. Bugungi kunda 97 ta bitimlar imzolandi. Mazkur 95 ta loyihadan 25 foiz va undan yuqori qurilish ishlarini bajargan 75 ta loyihalar moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi va hududlarga biriktirilgan banklarga tavsiya qilingan. Qolgan 20 ta loyihadan 6 tasi kredit mablagʻlarini jalb qilmagan holda amalga oshirilmoqda. Moliyalashtirish uchun tavsiya qilingan loyihalarga biriktirilgan tijorat banklari tomonidan 17 ta loyihalarda bosqichma bochqich moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda (Surxondaryo viloyatida 7 ta, Qashqadaryo viloyatida 4 ta, Andijon viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida 1 ta, Jizzax viloyatida 1 ta va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 ta). Ushbu moliyalashtirilgan loyihalarning 5 nafari oʻz faoliyatini boshladi, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 ta, Buxoro viloyatida 1 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta, Jizzax viloyatida 1 ta va Fargʻona viloyatida 1 ta. Shuningdek, moliyalashtirishga tavsiya qilingan 55 ta loyihalardan 6 ta loyiha 3-chorak yakuniga faoliyatini boshlashi (Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Toshkent viloyatida 2 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta), qolgan 49 ta loyihalarida qurilish ishlari yil yakuniga qadar tugatilishi kutilmoqda. Shuningdek, oilaviy shakldagi bogʻchalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida 48 494 quvvatga ega 1 236 ta bitimlar imzolandi. 2022-yil 6 oy yakuniga koʻra 5060 quvvatga ega 46 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda 26600 quvvatga ega 760 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada, 31 660 ta qoʻshimcha quvvat (46 ta DXSH asosidagi NMTT va 760 ta oilaviy MTTlar) hamda 2924 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Bugungi kunda 115 ta loyihadan faqatgina 65 tasiga tijorat banklari banklar tomonidan kredit liniyalari ochilganligi maʼlum boʻlmoqda, yaʼni: Jizzax viloyatida Qishloqqurilishbank tomonidan 9 ta, Navoiy viloyatida Turon bank tomonidan 5 ta, Buxoro viloyatida Ipoteka bank tomonidan 9 ta, Qashqadaryo viloyatida Agro bank tomonidan 3 ta, Samarqand viloyatida Mikrokredit bank tomonidan 8 ta, Andijon viloyatida Xalq bank tomonidan 6 ta, Fargona viloyatida Agrobank tomonidan 5 ta, Toshkent viloyatida Aloqa bank tomonidan 2 ta, Qoraqalpogiston Respublikasida Sanoatqurilish bank tomonidan 2 ta, Xorazm viloyatida Milliy bank tomonidan 12 ta, Surxondaryo viloyatida Milliy bank tomonidan 3 ta, Sirdayo viloyatida Asaka bank tomonidan 1 ta. Shuningdek, Monitoring natijasida joriy yil uchun tarmoq jadvalida belgilangan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha Saudiya Taraqqiyot jamgarmasi (STJ) masʼul vakillari bilan bir necha bor muzokaralar olib borildi. Joriy yilning 13-iyun kuni birinchi 6 ta yuborilgan invoiclar uchun hech kanday eʼtiroz yoʻqligi va ushbu invoiclarga pul mablagʻlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi ijobiy xat qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 24-maydagi 07-1362-son xatiga asosan joriy yilning 27-may kuni Toshken shahar Uzekspomarkazi bonosida Yunusobod, Yashnobod, Shayxontoxur va M.Ulugʻbek tumanlari aholisi bilan Ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda Maktabgacha taʼlim vaziriligi qoshidagi injirining davlat korxonasi rahbari B.Qayumov, vazirlikning masʼul xodimlari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi va masʼul xodimlari, Yunusobod, Yashnobod, Shayxontoxur va M.Ulugʻbek tumanlari maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari va masʼul xodimlari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda11 nafar jismoniy va yuridik shaxslar murojaat etishdi, shulardan2 nafarining masalasi joyida xal etildi va amaliy yordam berildi, 2 nafar fuqaroning murojaati boʻyicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi, 7 nafarining murojaati nazoratga olindi. Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalari tarmogʻini kengaytirish yoʻnalishida quyidagi muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda: Respublikaning xar bir tumanida kamida 50 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlib, ularni nazorat qiluvchi xodimlar soni 1 nafarni tashkil etadi. Buning natijasida mavjud nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini faoliyatini oʻrganish uchun jismonan ulgurilmay qolmoqda. oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida xaqiqatda qatnayotgan bolalar nazoratini olib borishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda. qurilishi yakunlanmay qolayotgan MTTlarni oʻz vaqtida monitoringini yuritish orqada qolmoqda. Shuningdek, ushbu xodimlarning lavozim darajasi mutaxassis boʻlganligi sababli, xodimlarning oylik maoshiga kamligi xududlardagi xodimlar oʻrni vakantga aylanishiga sabab boʻlmoqda. 2020-yilda toʻliq moliyalashtirilgan 28 ta muammoli loyihalar boʻyicha talabnomalar yuborilgan. Ushbu loyixalar oʻz muddatida ochilmayotganligi sababli sudga daʼvo arizalari tayyorlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorida imzolangan bitimlarning 9 tasida 25 foizdan kam hajmda ish bajarilgan boʻlsa, 5 ta loyihada umuman qurilish ishlari boshlanmagan (Xorazm viloyatida 3 ta, Sirdaryo viloyatida 1 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta). III. Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar 1. Xududlarda umuman MTM boʻlmagan mahallalarda oʻrganish natijalariga asosan bitimlarini imzolash choralarini koʻrish. 2. Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarni tegishli davlat-xususiy sheriklik loyihalariga ajratilishini taʼminlash. 3. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyatini boshlamagan loyihalarni monitoringini olib borish va yil yakuniga qadar faoliyatini boshlashga koʻmaklashish.
Аxborot xizmati tomonidan 2022-yil I yarim yillik davomida respublika boʻyicha umumiy hisobda 10 219 ta material ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilindi. Shundan: 853 ta telekoʻrsatuvdagi chiqishlar; 22 ta matbuot anjumani; 17 ta press tur; 28 ta brifing; 22 ta ochiq muloqot 1089 ta elektron nashrlarda; 504 ta bosma nashrlarda; 120 ta radioeshittirish; 156 ta sohaga oid tanqidiy materialga rasmiy munosabat bildirildi; 7 408 ta vazirlik va hududlarning rasmiy vеb-sayti, tеlеgram va fеysbukdagi sahifalarida matn va videorolik shaklida materiallar joylashtirib borildi. Аxborot xizmati tomonidan 2022-yil I yarim yillikda quyidagi ishlar amalga oshirildi: “Oʻzbekiston-24”, “Madaniyat va maʼrifat”, “Yoshlar”, “Oʻzbekiston”, “Mahalla”, “UzReport”, OʻzEOАVMА tarkibidagi telekanallar (“Mening yurtim”, “Sevimli”), “Zoʻr TV”, “Milliy TV”, “Ishonch TV” telekanallari, xorijiy kanallar TRT, hududiy MTRKlarida 853 ta koʻrsatuv va lavhalar, maxsus reportajlar efirga uzatildi. Faoliyat yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 22 ta matbuot anjumani, 17 ta press tur, 28 ta brifing, 22ta ochiq muloqot tashkil etildi. “Xalq soʻzi”, “Narodnoe slovo”, “Yangi Oʻzbekiston”, “Pravda Vostoka”, “Аngor yogʻdusi”, “Xalq irodasi”, “Namangan haqiqati” “Toshkent haqiqati” gazetalari, “Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi”, “Ilk qadam”, “Bolalar sporti” jurnallarida 504 ta maqola chop etildi. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sayti (uza.uz), kun.uz, daryo.uz, gazeta.uz, xabar.uz, korrespondent.uz, anhor.uz, qalampir.uz, teznews.uz, effect.uz, zarnews.uz, kruz.uz, makan.uz, journalist.uz, uznews.uz, zamin.uz, xpress.uz, review.uz, uz24.uz, aniq.uz, yuz.uz, hordiq.uz, everyday.uz, jahon.uz, hudud24.uz, sputniknews-uz.com, norma.uz, xs.uz, darakchi.uz, repost.uz kabi saytlar hamda internet nashrlarida 1 089 ta shuningdek tashkilotning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida faoliyatga oid 7 408 ta yangiliklar eʼlon qilindi. “Poytaxt”, “Grand”, “Oʻzbegim taronasi”, “Oʻzbekiston 24”, “Oriat dono”, “Oriat FM”, “Vodiy sadosi”, “Navroʻz”, “Maksima”, “Diydor”, “Ruxsor FM”, “Muloqot FM”, “S-Iqbol FM”, “Nukus FM”, “Аvtoradio”, “Istiqlol FM” “Oltin zamin”, “Samarqand sadosi”, “Samarqand inform”, “Yoshlar ovozi” radiostantsiyalari orqali 120 ta radioeshittirish jonli efirga uzatildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining har oy yakuni boʻyicha faoliyatga doir oʻtkazadigan monitoringida aniqlangan 156 ta tanqidiy materialga rasmiy munosabat bildirildi.
I. AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BOʻYICHA UMUMIY MAʼLUMOT I.1. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosi boʻyicha: Joriy yilning 1-yarim yilligi davomida 933 ta hujjatlar va 266 ta murojaatlar kelib tushgan. Shulardan 758 ta (528 ta (74 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, 37 ta Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, 170 ta Vazirlar Mahkamasi, dan kelgan hujjatlar) hujjat va 230 ta murojaat) sining ijrosi taʼminlangan, 27 ta hujjat va 6 ta murojaat muddati oʻtib ijro etilgan. Qolgan 82 ta hujjatlar nazoratda. I.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarining ijrosi yuzasidan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yilning yanvar-mart oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan yigʻilish va taqdimotlar uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tahliliiy maʼlumotlar tayyorlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 19-yanvardagi 02-02/1-128-sonli xati bilan tegishli tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi bilan hamkorlikda 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan taʼsirchan parlament nazorati yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning “Umumqamrovli va adolatli sifatli taʼlimni taʼminlash hamda barchaga butun umri davomida taʼlim olish imkoniyatini ragʻbatlantirish” boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Ishchi guruhi tomonidan 2021-yil 14-17-sentyabr kunlari Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim sohasi oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 24-martdagi 02-02/1-681-sonli xati asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasiga mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan tegishli maʼlumotlar yuborildi. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 18-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining 2020-yil va 2021-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida” SQ-431-IV-qarori qabul qilingan boʻlib, mazkur qaror da Konsepsiyada belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar kelgusidagi vazifalar boʻyicha aniq vazifalar va topshiriqlar belgilandi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 10-fevraldagi 03-02/1-328-sonli xati asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-apreldagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5071-sonli qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda SQ-431-IV-qarorining 2-band, 9-xatboshisi ijrosi yuzasidan tegishli batafsil axborot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasiga yuborildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yilning yanvar-mart oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan yigʻilish va taqdimotlar uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tahliliiy maʼlumotlar tayyorlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 19-yanvardagi 02-02/1-128-sonli xati bilan tegishli tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori loyihasi ishlab chiqilib, vazirlikning 2021-yil 6-dekabrdagi 01-02/1-318-sonli xati bilan Vazirlar Mahkamasiga yuborildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 15-bandi asosida qayta ishlandi va toʻldirildi. Mazkur toʻldirilgan va qayta ishlangan nusxasi vazirlikning 2022-yil 20-iyundagi 01-02/1-99-sonli xati Vazirlar Mahkamasiga yuborildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining: 2022-yil 25-martdagi 02-PA 2-1445-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining joriy yil 26-martdagi 07/1-636-son topshiriqlariga muvofiq YUNESKO bilan hamkorlikda Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Xalqaro konferensiyaning amaliy jihatlarini muhokama qilish va Fransiyaning taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribasini oʻrganish maqsadida joriy yilning 27-mart – 1-aprel kunlari Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parij shahriga xizmat safariga yuborildi. Xizmat safari yakunlari boʻyicha hisobot Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 4-apreldagi 03-02/1-768-sonli xati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi; 2022-yil 28-apreldagi 02-RA 1-6569-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar boʻyicha 35-sonli yigʻilish bayoni” hamda 2022-yil 19-maydagi 02-RA 1-7720-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil 12-13-may kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar boʻyicha 43-sonli yigʻilish bayoni” topshirigʻi ijrosi yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Nazorat reja ishlab chiqilib, ijrosi yuzasidan tegishli maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (20.05.2022-y.dagi 03-02/1-1324-sonli, 13.06.2022-y.dagi 02-02/2-1337-sonli xatlari) hamda Vazirlar Mahkamasi (16.05.2022y.dagi 03-02/1-1295-sonli xatlari asosida)ga taqdim etildi; 2022-yil 22-apreldagi 02-PA 1-5914-sonli topshirigʻiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tizimida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasiga tegishli takliflar vazirlikning 02.06.2022-y.dagi 01-02/1-88-sonli xatiga asosan Moliya vazirligiga yuborildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoni ijrosini taʼminlash, mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining joriy yil 14-martdagi 63-sonli buyrugʻi qabul qilindi. Unga koʻra, Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida tashkil etish toʻgʻrisida yoʻriqnoma ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevral “Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 132-sonli qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 66-sonli qarori ijrosi yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirining joriy yil 14-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi qabul qilindi. Unga muvofiq “Hududlarda bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish bosqichlari” ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-fevraldagi 83-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining joriy yil 2-martdagi 47-sonli buyrugʻi qabul qilindi. Ushbu buyruqqa asosan 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish mexanizmi hamda 2022-2026-yillarda barqaror rivojlanish sohasidagi sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga samarali erishish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, bu borada Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 234-sonli qarori qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 9-bandida Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini tashkil etish topshirigʻi berilgan. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan 2021-2022 (yanvar-fevral) oʻquv yili davomida 2 ta markazda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan zarur xonalar taʼmirlandi, bolalar va pedagoglarga qulayliklar yaratish uchun barcha zarur kommunikatsiyalar ulandi. Shu bilan birga, markazlarning qonuniy faoliyat yuritishi uchun barcha zarur hujjatlar tartibga keltirilib, pedagoglarga ish haqi toʻlash uchun maxsus hisob raqamlari ochildi. “Ilk rivojlanish markazi”da bolalar uchun 2 smenada faoliyat yuritadigan jami 80 ta guruh tashkil etilishi, ushbu guruhlarga maktabgacha yoshdagi 1 200 nafar bola qamrab olinishi hamda loyihani amalga oshirish jarayonida bolalar uchun yuqori sifatli mebellar, oʻyinchoqlar, oʻyin maydonchalari va boshqa turli xil jihozlar 2022-yilning iyun-iyul oyiga xarid qilinishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda pedagogika kollejlari binosida taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Mazkur loyiha Samarqand va Namangan viloyatlaridagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qamrab olish imkonini berishiga, shuningdek, “Uyga tashrif” dasturini amalga oshirish jarayonida bolalarni taʼlim va salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan Hududlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 2-bandida bolalarni maktabgacha taʼlim xizmati bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllari sifatida 7 ta ISUZU rusumli avtobuslar negizida 42 guruhlarni shakllantirish orqali 672 ta qoʻshimcha oʻrin yaratish topshirigʻi berilgan. Mazkur topshiriq ijrosini sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyat hokimliklariga “Aqlvoy” bolalar maydonchasi uchun yer ajratish va poydevor quyib berish maqsadida xat yuborildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-son qarori 7-ilovasiga muvofiq Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Islom taraqqiyot banki tomonidan kredit mablagʻlari hisobidan respublikaning barcha hududlarida 200 ga yaqin nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. Loyihani amalga oshirish uchun umumiy 50 mln. AQSH dollariga teng qarz mablagʻlari jalb etilishi koʻzda tutilgan. Shu munosobat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya hamda Investitsiyalar va Tashqi Savdo vazirligi bilan loyihaning barcha tarkibiy qismlarining (qattiq va yumshoq komponentlar) asosliligi boʻyicha 17-iyun kunida videomuloqot boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida 2022-yilda YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha II-Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi 2022-yil 1-martdagi 92-F-sonli farmoyishi qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijrosi taʼminlanmoqda. I.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, farmon va farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini oʻrganish boʻyicha: Bosh boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar qamrovining har yilgi maqsadli koʻrsatkichlarining EMIS dasturidagi maʼlumotlar bilan oʻzaro muvofiqligini oʻrganish maqsadida joriy yilning Qashqadaryo (18-22-aprel) va Surxondaryo (11-14-may) viloyatlari faoliyatlari oʻrganildi. Oʻrganish yuzasidan maʼlumotlar vazirlik rahbariyatiga taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Vahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 18-22-aprel kunlari Andijon va Namangan 11-14-may kunlari viloyatlari oʻrganildi. Oʻrganish yuzasidan maʼlumotnoma vazirlik rahbariyatiga taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-son “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ilk bor tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli mikrohududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul qilish holati Jizzax, Surxondaryo, Buxoro,Toshkent, Namangan viloyatlari misolida oʻrganildi. Oʻrganish yuzasidan tegishli maʼlumotlar vazirlik rahbariyatiga taqdim etildi. Bugungi kunda respublika boʻyicha jami 28 012 ta, jumladan 6 412 ta davlat, 21 600 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining 38-maqsadi “Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini oshirish 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish” boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻliq kunlik, qisqa muddatli va majburiy bepul tayyorlov guruhlarini tashkil qilish rejalashtirilgan boʻlib, 3-7 yoshli bolalarning umumiy soni 2 820 161 nafar tashkil etadi va respublika boʻyicha umumiy qamrov 69,4 foizdan iborat. Bugungi kunda respublikada jami - 588 695 nafari 6 yoshli bolalar (84 foiz) maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olingan boʻlib ularning: 162 208 nafari - majburiy bepul bir yillik boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga; 357 699 nafari - toʻliq kunlik tayyorlov guruhlariga; 68 788 nafari - qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan: “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan 142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi. BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida Namangan va Xorazm viloyatlarida 8 ta maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etilib, jami 400 nafar bola qamrab olindi. I.4.Huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha: Erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va taʼlim berish boʻyicha Butunjahon konferensiyasini tashkil etish boʻyicha “YUNESKO bilan qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi kelishuv” loyihasi imzolash uchun oʻrnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim etildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi ning takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi. “Maktabgacha taʼlim tizimida ekologik taʼlim va tarbiya” variativ dasturi ishlab chiqilib, joriy yilning 16-iyun kuni Toshkent shahridagi Yapon bogʻida “Maktabgacha taʼlim tizimida ekologik taʼlim va tarbiya” variativ dasturi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot va taqdimotni, shuningdek YUNISEF tashkiloti hamkorligida 2023-yilga qadar belgilangan rejalarni qayta koʻrib chiqib takliflar YUNISEF tashkilotiga taqdim etilgan. I.5. Respublika boʻyicha koʻrik-tanlov va ommaviy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha: Jamoatchilikni maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish faoliyatiga yanada keng jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 24-maydagi 122-sonli buyrugʻiga asosan joriy yilning 3-iyun kuni Sirdaryo viloyatida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Kuzatuv kengashlari faoliyatining oʻrni” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi Oʻtkazilgan amaliy seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari, viloyatlar, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari, boshqarmalarning Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tahlil boʻlimi boshligʻi, mutaxassislari hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi vakillari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari jami 60 nafar ishtirokchilar hamda tashkilotlarning Kuzatuv kengashi aʼzolari qatnashdi. 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini keng nishonlash Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Velosport federatsiyasi tomonidan 2022-yil 31-may kuni Samarqand shahridagi Istirohat bogʻida “Oʻzbekistonda ikkinchi bolalar velomarafoni” oʻtkazildi. Tegishli maʼlumotlar vazirlik rahbariyatiga taqdim etildi. Qibray tumanidagi Imkon reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan 150 oʻrinli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi joriy yilning mart oyida oʻtkazildi. Buxoro shahrida Lukoyl loyihasi doirasida 250 oʻrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi joriy yilning iyun oyida oʻtkazildi. Qarshi shahridagi reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan 150 oʻrinli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi joriy yilning iyul oyida oʻtkazish rejalashtirilgan. II. Mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar II.1. Yangi tashkilotlarga tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul jarayonlarini oʻrnatilgan tartibda tashkil etish borasidagi muammolar: Yangi tashkilotlarga tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul qilish jarayoni uchun hududiy boshqarmalar tomonidan vazirlikka taqdim etilayotgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning aksariyati haqqoniymasligi, berilgan maʼlumotlarda xatoliklar mavjudligi aniqlanmoqda. Yaʼni, Yangi tashkilot Vazirlar Mahkamasining 319-son qaroriga zid ravishda tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul qilinmasdan faoliyati boshlab yuborilmoqda, shuningdek MTTga qabul qilish uchun taqdim etilgan roʻyxatdagi bolalar boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ekanligi aniqlanmoqda. Bu esa ish samaradorligi va shaffof tarzda faoliyat olib borilishiga toʻsqinliq qilmoqda. Mavjud muammolardan kelib chiqib, Axborot va pedagogika texnologiyalari markazi bir necha bor bildirgi bilan murojaat qilish holatlari yuzaga kelmoqda. TAKLIFLAR: Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyuldagi 136-sonli “Birinchi marta tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalarni ustunlik huquqi bilan qabul qilish toʻgʻrisida”gi buyrugʻining 8-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshliqlarining mazkur masala boʻyicha shaxsiy javobgarligini oshirish. II.2. Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlarini tashkil etish borasidagi muammolar: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevral “Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”132-sonli qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 66-sonli qarori asosida bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyat olib borilmoqda. Bugungi kunda respublikada jami - 588 695 nafara 6 yoshli bolalar (83,8 foiz) maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olingan boʻlib, ularning162 208 nafari majburiy bepul bir yillik boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlari, 357 699 nafari - toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari, 68 788 nafari - qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olingan. MAVJUD MUAMMOLAR: Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan hududlarda tashkil etilgan Majburiy taʼlim guruhlari faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, bolalar qatnovi oʻrganilganda, bir qancha kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, hududlarda tashkil etilgan 40 ta majburiy taʼlim guruhlari faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi (QQRda 7 ta, Andijonda 13 ta, Buxoroda 7 ta, Namanganda 4 ta, Sirdaryoda 4 ta), buning natijasida esa foydalanilmay kelayotgan jihozlarning mavjudligi, ayrim hududlarda haqiqatda pedagog faoliyat koʻrsatmasada, ish haqi olib kelganligi (QQR da 4 nafar, Buxoroda 3 nafar, Namanganda 2 nafar, Surxondaryoda 1 nafar), hisobotda koʻrsatilgan bolalar soniga qoʻshib yozishlar yuzaga kelganligi (Navoiyda 150 nafar), bundan tashqari 6 yoshga toʻlmagan bolalar roʻyxatga olinganligi (Buxoroda 50 nafar, Jizzaxda 20 nafar) aniqlangan. TAKLIFLAR: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari: 1. Oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va yoʻl qoʻyilgan xatolarga asoslanib, hududiy boshqarmalar boshliqlari Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari uchun ajratiladigan mebel va jihozlarni qabul qilish va ulardan samarali foydalanishni nazoratga olish. 2. Maktabgacha taʼlim vazirining joriy yil 14-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Hududlarda bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish bosqichlari”da belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlashda shaxsiy masʼuliyatni oshirish. III. 3. 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish borasidagi muammolar: Maʼlumki, 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi yuzta maqsaddan iborat boʻlib, toʻrtinchi ustuvor yoʻnalish – Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yoʻnalishida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha belgilangan uchta maqsadning 38-maqsadi Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazishdan iborat. Mazkur Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida yangi tashkil etilgan quvvatlar hisobiga 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʻrsatgichini 2022-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi 80,1, Andijon 80,2, Buxoro 89,6, Jizzax 78,0, Qashqadaryo 58,8, Navoiy 86,0, Namangan 75,7, Samarqand 72,7, Surxondaryo 70,0, Sirdaryo 85,1,, Toshkent 74,8, Fargʻona 90,0, Xorazm 75,0 va Toshkent shahri 86,4 foizga yetkazish koʻzda tutilgan. MAVJUD MUAMMOLAR: Joriy yilning aprel oyida Maktabgacha taʼlim vazirining tegishli xizmat safari buyruqlariga asosan vazirlik xodimlari Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida xizmat safarida boʻlib, 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi oʻrganildi. Oʻrganish natijalariga koʻra, bir qator xato va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 244-sonli qaroriga 1-ilova “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” talablariga rioya qilinmagan. Guruhlarda yoʻllanmasiz bolalarning mavjudligi yoki qisqa muddatli guruhlar uchun olingan yoʻllanmalar asosida tashkilotga qabul qilingan bolalarning asosiy guruhlarda yurganligi, yaʼni, yoʻllanmasi mavjud boʻlmagan bola mavjudligi aniqlangan. Bugungi kunda respublika boʻyicha 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 69,4 foizni tashkil etib, hududlar kesimida tahlil qilganda: Qoraqalpogʻiston Respublikasi 78,0, (-2.1%) Andijon 72,3 (-9.7%), Buxoro 75,9 (-13.7%), Jizzax 75,1 (-2.9%), Qashqadaryo 49,3 (-8.7%), Navoiy 80,9 (-5.1%), Namangan 72,7 (-2.3%), Samarqand 65,9 (-6.8%), Surxondaryo 55,8 (-14.2%), Sirdaryo 75,3 (-9.8%), Toshkent 65,0 (-9.8%), Fargʻona 79,0 (-11%), Xorazm 73,8 (-1.2%) va Toshkent shahri 79,6 (-9.8%) foizni tashkil etadi. TAKLIFLAR: Bundan koʻrinib turibdiki, hududiy boshqarmalar boshliqlariga ushbu koʻrsatgichni Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan shaxsiy masʼuliyatni oshirgan holda faoliyat olib borishlari talab etiladi. III. 2022-yilning 2 yarim yilligida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yilning iyul-avgust oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan yigʻilish va taqdimotlar uchun tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tizimida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda kelishish 3. Oʻzbekiston Respubdlikasining Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi “Toshkent shahrida 2022-yilda YUNESKOning “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish” boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi 92-F farmoyishi ijrosini taʼminlash 4. YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish 5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Vahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qarori ijrosi holatini oʻrganish (Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari) 6. Qarshi shahridagi reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan 150 oʻrinli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimini oʻtkazish. 7. “Yangi Oʻzbekistonning avlodlari: sifatli taʼlim va imkoniyatlar” mavzusida anʼanaviy Avgust konferensiyasini oʻtkazish 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar qamrovining har yilgi maqsadli koʻrsatkichlarining EMIS dasturidagi maʼlumotlar bilan oʻzaro muvofiqligini oʻrganish (Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari misolida) 9. “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida shanba va yakshanba kunlari faoliyat yuritadigan kunlik guruhlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlatish 10. Idoraviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan yirik sanoat korxonalari, xoʻjalik birlashmalari va klasterlarning idoraviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha takliflarini koʻrib chiqish, uslubiy yordam koʻrsatib borish. 11. app.ijro.uz tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi hamda ushbu tizim orqali kelib tushgan hujjatlar va chiquvchi xatlarning nazoratini olib borish 12. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligini keng nishonlash. 13. 1-Oktyabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayram tadbirini nishonlash 14. Namangan va Samarqad viloyatlarida Ilk rivojlanish markazlari doirasida erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va taʼlim berish yuzasidan boshqaruv faoliyatini oʻrganish.
Batafsilпланшет.pptx КНБ 1 ярим йил 2022 (2).pptx наманган семинар.pdf Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-son Qarori talablarini bajarish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligining2022-yil 17-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash haqida”gi4-sonli buyrugʻi ishlab chiqildi hamda mazkur buyruq bilan Maktabgacha taʼlim vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-son Qarori 1-bandiga asosan 2022-yil 20-yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi hamda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimlariga munosib xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazilib, tanlov doirasida oʻtkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati taqdim etildi. @antikorr_mdo telegram kanali orqali Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan oilaviy shakldagi NMTT rahbari K.M. tomonidan 2022-yil 21-yanvar kuni kelgan murojaatda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bepul yetkazib berilishi belgilangan metodik qoʻllanmalar uchun tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi davlat xususiy sheriklik shoʻba mudiri R.S. tomonidan pul talab qilinayotganligi maʼlum qilindi. Oʻrganish davomida murojaatda koʻrsatilgan vajlar oʻzining tasdigʻini topganligi sababli, Xoʻjaobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimining 2022-yil 25-yanvardagi 166-sonli buyrugʻi bilan tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiDXSH shoʻba mudiri oʻz lavozimidan ozod etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining 2022-yil 7-fevraldagi 01-09/454-sonli xatiga asosan Boshqarma masʼul xodimi tomonidan joriy yilning 9-fevral kuni Sirdaryo viloyati Maktabgacha taʼlim tizimida oʻrganish ishlari olib borildi hamda mazkur oʻrganish ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 23-fevral kuni Vazirlik tizimi xodimlari ishtirokida kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarga tegishli intizomiy choralar koʻrildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagiPQ-81-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 1-martdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 45-son buyrugʻi qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida 2022-yil3-fevral kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 16-sonli yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan hamkorlikda “Maktabgacha taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini (Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish hamda Korrupsiyaning oldini olish boʻyicha) amalga oshirish yuzasidan2022-2023-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining 2022-yil 28-fevraldagi 01-09/829-sonli xatiga asosan Boshqarma masʼul xodimi tomonidan joriy yilning 11-15-mart kunlari Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim tizimida oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tizimda amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar Ye-anticor platformasiga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son Qarorining 7-ilovasi bilan “2022-2024-yillar uchun birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari” yuzasidan joriy yil 1 chorakda amalga oshirilgan chora-tadbirlar boʻyicha hisobot Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga taqdim etildi. 2022-yil mart oyida Xorazm viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Xonqa tuman boʻlimi, Xorazm viloyatiDXX boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida Xonqa tumanidagi 43-son DMTT hovli supuruvchisi U.M fuqaro M.M.dan Urganch shahridagi DMTTlarining biriga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, taʼmagirlik yoʻli bilan 2 000 000 (ikki million) soʻm pullarni olayotgan vaqtida, daliliy ashyo bilan qoʻlga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼul xodimlari tomonidan joriy yilning 29-mart kuni Yangixayot tumanida joylashgan 48-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga borib oʻrganildi. Oʻrganish davomida Yangihayot tumani 48-sonli DMTT xoʻjalik mudiri M.Aʼzamova oʻz tushuntirish xatida, 2022-yil 28-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozli xabarni oʻzi DMTT pedagog, texnik xodimlariga telegram kanali orqali yuborganligini, bayram munosabati bilan maʼmuriyatva pedagog xodimlarga sovgʻa olish uchun psixolog, logoped va uslubchilar bilan birga taklif berishganligini, sovgʻa olish uchun pul mablagʻlari yigʻilganligidan xabari yoʻqligini hamda bu ishlardan pushaymon ekanligini, bunday holat boshqa qaytarilmasligini bayon qilgan. Shuningdek, Yangihayot tumanidagi 48-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Nilufar Xamdamovna Xudaykulova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning tashabbusiga koʻra 2022-yil 30-mart kunidan bekor qilindi. Toshkent shahar Yangihayot tuman hokimligiga joriy yilning14-aprel kuni javob xati yuborildi. Vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻrganish natijasida Toshkent shahar Olmazor tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi sobiq mudirasi F.Z. tomonidan 50,1 mln. soʻm byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlanib, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “a, b, v, g” bandlari, 207-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil25-martdagi 69-x-sonli buyrugʻiga asosan, joriy yilning 28-mart va 1-aprel kunlari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati oʻrganildi, boshqarmaning masʼul xodimi ishtirokida 2022-yil 1-aprel kuni Shaxrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 15-fevraldagi 4-1802-2102/1709-sonli ishi boʻyicha chiqarilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi xususiy ajrimi muhokama qilindi. Yigʻilish yakuni boʻyicha, barcha tuman (shahar) maktabgacha taʼlim mudirlari, bosh hisobchi va shartnoma boʻyicha hisobchilariga aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini takrorlamaslik va bundan keyin yoʻl qoʻymasliklari boʻyicha ogohlantirib oʻtildi. Shuningdek, Shahrisabz shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri, bosh hisobchi, shartnoma boʻyicha hisobchilarga tanlov komissiya tuzmaganliklariva ishlab chiqmaganliklari hamda bu kamchiliklarga yoʻl qoʻyganliklariva kelgusida bu kabi hatoliklarni takrorlamasliklari toʻgʻrisida ogohlantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagiPQ-3955-son Qarori talablariga zid ravishda 4 ta holatda Vazirlik ruxsatisiz davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hududidagiyer uchastkalari berib yuborganligi holatlari aniqlanib, toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etildi. Andijon viloyati prokuraturasining 2022-yil 28-martdagi9/23-22-sonli “Xizmat tekshiruvi tayinlash toʻgʻrisida”gi taqdimnomasiga asosan Andijon viloyati Baliqchi tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 4-sonli DMTT hududida tadbirkor M.Imomov tomonidan noqonuniy qurilish ishlari olib borilayotgani holati oʻrganilib, 4-sonli DMTT direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Baliqchi tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiriga “Hayfsan” intizomiy jazosi qoʻllanildi. Toʻplangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Andijon viloyati prokuraturasiga yuborildi. Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 5-apreldagi 5-x/t-sonli buyrugʻiga asosan vazirlik ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi R.Xodjayevga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Xizmat tekshiruvi natijasida R.Xodjayev faoliyatida bir qator kamchiliklar aniqlanib, toʻplangan hujjatlar Vazirlikning Odob-ahloq komissiyasiga yakuniy qaror qabul qilish uchun taqdim etildi. Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 19-apreldagi 5-xt-sonli buyrugʻiga asosan vazirlik Ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi R.Xodjayevga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, yakuni boʻyicha Odob ahloq komissiyasining 2022-yil 5-maydagi qaroriga asosan ish haqidan 30 foiz miqdorida ushlab qolindi. 2022-yil aprel oyida Xorazm viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi va Xorazm viloyat DXX boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir natijasida, Xorazm viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va monitoring boʻlimi boshligʻiQ.R. oilaviy NMTT rahbari fuqaro S.P.va fuqaro Q.G.lardan xizmat mavqeidan foydalanib, har biridan 1 000 000 (bir million) soʻmdan pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlanib, Xorazm viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi“v” bandi va 25, 168-moddasi 3-qismi “b, v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 25-martdagi 69-x-sonli hamda2022-yil 4-apreldagi 83-x-sonli buyruqlariga asosan 2022-yil 25-martdan11-aprelga qadar Qashqadaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati oʻrganildi. Oʻrganish yakuniga qadar boshqarmada faoliyat koʻrsatayotgan 6 nafar nomutaxassislar va 1 nafar “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-595 sonli Qonunning44-moddasiga asosan cheklovi bor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlikning Kadrlar boshqarmasiga taklif kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil7-apreldagi 85-x-sonli buyrugʻiga asosan, Toshkent viloyati Zangiota tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati oʻrganildi. Oʻrganish yakuni boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi. Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 14-apreldagi 95-x-sonli buyrugʻiga asosan, 2022-yil 15-aprel kuni Toshkent viloyati Parkent tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 19, 20, 21-DMTTlar faoliyati oʻrganildi, faoliyatida qoʻpol xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 19-DMTT direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Toshkent shahar, Olmazor tumani “Moychechak” nomli 233-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi N.Tursunovaning hamda tarbiyachi yordamchisi Sh.Xakimovaning Maktabgacha taʼlim vazirligiga yoʻllagan arizasi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi. Shuningdek, Toshkent shahar, Olmazor tumani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining Maktabgacha taʼlim vazirligiga yoʻllagan jamoaviy arizasi yuzasidan 2022-yil 2-5-may kunlari oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish yakuni boʻyicha, murojaat mualliflariga javob xatlari yuborildi. Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Z.Joʻrayevning bosh mutaxassisi U.Tugizovning faoliyatidan norozi boʻlib vazir nomiga 2022-yil 20-aprelda 01-05/59-sonli xatiga hamda Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 7-maydagi 6-x/t-sonli “Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan 2022-yil 10-13-may kunlari Samarqand viloyatiga xizmat safarida boʻlib, Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi U.Tugʻizovga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Xizmat tekshiruvi jarayonida xatda koʻrsatilgan holatlar qisman tasdigʻini topdi. U.Tugizov oʻz xohishiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha ariza bilan murojaat qildi. Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 7-maydagi 33-sonli“Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida”gi topshirigʻiga asosan 2022-yil10-13-may kunlari Samarqand viloyatiga xizmat safariga borib, Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 25-sonli DMTT ni oʻrganishda aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar boʻyicha toʻplangan hujjatlarni Bosh prokuratura va Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasida imzolangan reglament talablarini qoʻpol buzgan holda prokuratura organlariga taqdim qilmaganlik holati yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvida Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish boʻlimi boshligʻi S.Mustafoyev oʻrganish hujjatlarini prokuraturaga oʻz vaqtida taqdim etmaganligi aniqlanib, hujjatlarni qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand viloyati prokuraturasiga yuborilishi taʼminlandi. S.Mustafoyevga intizomiy jazo chorasi qoʻllash yuzasidan Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasiga taklif kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagiPQ-240-son “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlik ichki buyrugʻi loyihasi tayyorlandi. 2022-yil 11-may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashning Toshkent viloyatida oʻtkazilgan namunaviy yigʻilishida ishtirok etildi. 2022-yil 18-19-may kunlari Toshkent shahar, Olmazor tumani 535-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarining Maktabgacha taʼlim vazirligiga yoʻllagan murojaati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish natijasi boʻyicha tashkilotda sogʻlom muhit yaratish, rahbar va xodimlar oʻrtasidagi munosabatni yaxshilash, xodimlarning xayoti va sogʻligiga zarar yetkazmaydigan sharoitlar yaratish va xar bir xodim oʻz vazifasiga vijdonan yondashishi boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2022-yil 5-apreldagi 7-sonli bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 20-mayda Vazirning№ 120 sonli buyrugʻi hamda chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi. Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 20-maydagi 152-x-sonli “Xizmat safariga yuborish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan boshqarma boshligʻi O.Turdiyev va bosh mutaxassis B.Kadirovlar 2022-yil 23-25-may kunlari Namangan viloyatiga xizmat safariga borib, Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi “Golden childern” ONMTT tarbiyalanuvchisi marhum Sh.Tolibjonov2022-yil 14-may kuni ONMTTda boʻlgan vaqtida kasalligi xuruj qilib kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgani holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Oʻrganishda tarbiyalanuvchi marhum Sh.Tolibjonov “epilepsiya” kasalligi bilan “D” xisobda turishi, kasallik xuruj kilib olamdan oʻtgani aniqlandi. ONMTT bilan tuzilgan bitimning amal qilish muddati 2022-yil 27-mayda tugaganligi sababli bitim uzaytirilmadi. Uchqoʻrgʻon tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri M.Sidiqovaga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash yuzasidan taklif kiritildi. 2022-yil 25-may kuni Namangan viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi va viloyat hokimligi huzuridagi korrupsiyaga karshi kurashish xududiy kengashi hamda viloyat xalq deputatlari kengashining deputatlari ishtirokida tuman (shahar) Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish mexanizmlari” mazusida seminar-trening oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning 30-31-may kunlari tashkil etilganseminar-treningda boshqarma xodimlarining ishtiroki taʼminlandi. Joriy yilning 3-6-iyun kunlari ota onalarning murojaatlariga asosan Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 522-sonli IDMTTda oʻrganish ishlari oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Boshqarma xodimi vazirlik balansida mavdud boʻlgan asosiy vositalar va tovar moddiy qimmatliklarni qayta sanoqdan oʻtkazish ishlarini tashkil etishda ishtirok etmoqda. Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 6-iyundagi 171-x-sonli buyrugʻiga asosan 2022-yil 7-iyun kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumaniga xizmat safariga borilib, tumandagi 6-DMTT ning yer maydoni va bino inshootini Bosh vazirning bayennomasiga asosan tadbirkorga berilganligini qonuniyligi oʻrganildi. 2022-yilning 8-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022-yil 6-iyundagi №01-10-01/2445 sonli xatining ijrosi taʼminlandi. 2022-yilning 6-iyun kuni fuqaro Murodov F.ning murojaati bilan tanishib chiqib, murojaatni oʻrganish tashkillashtirildi. 2022-yilning 9-iyun kuni Vazirlikka kelib tushgan M.Xalilovaning murojaati koʻrib chiqildi. (31.05.2022-y. PV-568) 2022-yilning 9-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022-yil 7-iyundagi №01-06/2479 sonli xatining ijrosi taʼminlandi. 2022-yilning 9-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etildi. 2022-yilning 10-iyun kuni Fuqaro D.Mahkamova murojaatini oʻrganish yakuni boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. 2022-yilning 10-iyun kuni PQ-138-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yilning 2 choragida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etildi. 2022-yilning 13-iyun kuni Fuqaro Jumayev Ibragimning murojaatini oʻrganish hamda murojaat muallifiga javob xati yuborildi (Jam 635). 2022-yilning 13-iyun kuni Angor tumani MTB tomonidan noqonuniy tender tanlovi oʻtkazilib, byudjet pullari talon-toroj qilingani haqida OAVda eʼlon qilingan maqola oʻrganildi. 2022-yilning 15-iyun kuni Buxoro viloyatiga xizmat safarida boʻlinib, Buxoro shahridagi 70-sonli DMTT hududida olib borilgan noqonuniy qurilish ishlari oʻrganildi. 2022-yilning 16-iyun kuni Buxoro viloyatiga xizmat safarida boʻlinib, fuqaro Z.Hafizova bilan murojaati yuzasidan uchrashilib tegishli tavsiya va tushunchalar berildi. 2022-yil 16-iyun kuni Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi va tuman (shahar) Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari ishtirokidaseminar-trening oʻtkazildi. 2022-yilning 20-iyun kuni Bosh prokuratura akademiyasida 10 kunlik seminar teraningda ishtirok boshlandi. 2022-yilning 21-iyun kuni AOKAda tashkil etilgan brifingda boshqarma tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisoboti berildi. 2022-yil 15-iyun kuni fuqaro N.Xamdamovaning Maktabgacha taʼlim vazirligiga qilgan murojaati (08.06.2020-y. X-674) koʻrib chiqildi. 2022-yil 23-iyun kuni fuqaro Samatova Xurshida Djalolovnaning murojaatini oʻrganish (PV-566 31.05.2022-yil) koʻrib chiqildi. 2022-yil 23-iyun kuni fuqaro Dadaxonova Shugrinisonaning murojaatini oʻrganish (D-688 13.06.2022-yil), (D-710 14.06.2022-yil). 2022-yil 23-iyun kuni fuqaro Toʻxtashova Gulasalnaning murojaatini oʻrganish (PV-329 08.04.2022-yil). Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 16-iyundagi 191-x-sonli buyrugʻiga asosan, fuqaro Xamdamova Nargizaning murojaatini oʻrganish maqsadida 2022-yil 20-iyun kuni Toshkent viloyati Oxangaron tumanida joylashgan 19-DMTTga borilganda, tashkilot direktori v.v.b. Kobulova N.2021-yil 18-oktyabrida oʻzining nomiga rasmiylashtirilgan kredit shartnmosaiga asosan 4 oy mobaynida tashkilot xodimlaridan 9 mln soʻm atrofidagi pullarni kredit uchun toʻlatgani aniqlandi. Xamdamova N.ning murojaatini oʻrganish yakuni boʻyicha toʻplangan hujjatlar 2022-yil 22-iyundagi 02-01/9-1476 chiqish raqamli xat bilan qonuniy chora koʻrishlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi. Shuningdek, Xamdamova N. bilan tuzilgan mexnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan Toshkent viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasiga topshiriq berildi. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil21-iyundagi 195-X-sonli buyrugʻiga asosan boshqarma xodimi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti DUKning 2019-2022-yillardagi faoliyati natijalari hamda moliyaviy harakatlari va qilingan xarajatlarining maqsadli sarflanganligini oʻrganish uchun joriy yilning 23-iyunidan 22-iyuliga qadar xizmat safariga yuborildi.
Xalqaro hamkorlik yoʻnalishida Hozirgi kunda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamkorlik faol rivojlantirmoqda. 2022-yil yanvar-iyun davrida Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 21 ta uchrashuv oʻtkazildi va 6 ta (umumiy 77 ta) memorandum va kelishuvlar imzolandi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan 2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha II-Butunjahon konferensiyasini oʻtkazishish rejalashtirilgan. Mazkur Global forumni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi 92-F-sonli qarori qabul qilindi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati tomonidan Global forum tashkiliy masalalari boʻyicha YUNESKOning Parijdagi bosh ofisiga tashrif buyurildi va YUNESKO rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazildi. Bundan tashqari, joriy yil oktyabr oyida Gretsiyaning “MM PUBLICATIONS” nashriyoti bilan hamkorlikni (2021-yil noyabr oyida umumiy qiymati 0,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 20 ming dona “Hi Kids! For Uzbekistan” kitoblar toʻplami maktabgacha taʼlim tashkilotlariga hadya etilgan) rivojlantirish maqsadida muzokaralar olib borildi. Koreya Respublikasining “EDULINK” kompaniyasi bilan hamkorlikda bolalar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun “S-Board” mobil taʼlim ilovasi ishlab chiqildi. Shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan maktabgacha taʼlim sohasidagi 20 ta pedagog kadrlar malakasini oshirish boʻyicha joriy yilning iyun oyidan qisqa muddatli kurslar tashkil etilishi belgilangan. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish yoʻnalishida 2022 1-yarim yillikda Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borildi. Xususan, Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun loyihaoldi hujjatlar ishlab chiqildi va investorlar tomonidan loyihalar maʼqullandi. Shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomnidan 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishildi. Hozirgi kunda, mazkur Hukumat qaror loyihasi Adliya vazirligiga yuridik ekspertiza olish uchun taqdim etilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 2 va 8-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash maqsadida Singapurning Indorama kompaniyasining jalb qilingan 250 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari toʻliq oʻzlashtirildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Investitsiya dasturi doirasida (PQ-72 30.12.2021) 2022-yil yanvar-iyun holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 2 ta loyiha (Jahon banki va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi loyixalar) boʻyicha 9,6 mln AQSH dollari (rejaning 100%) oʻzlashtirildi. Bundan tashqari, AQSH dasturlarini amalga oshiruvchi “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkiloti bilan qiymati 21,7 mln AQSH dollarga teng boʻlgan “Taʼlim uchun oziq-ovqat” loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida amalga oshirilmoqda. Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida Xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb qilish yoʻnalishida vazirlikka 541 ta idoralararo va yuqori turvchi tashkilotlarning topshiriq va murojaat xatlari kelib tushgan, shundan481 tasiga javoblar yoʻllangan. Jismoniy va yurikdik shaxslardan 15 ta murojaatlar kelib tushgan va barcha murojaatlar koʻrib chiqilgan. 2022-yil 1-yarim yillikda ijrosi taʼminlanishi zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining barcha qarorlari va topshiriqlari boʻyicha maʼlumotlar “app.gov.uz” elektron tizimiga kiritildi. Mavjud muammolar Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalari boʻyicha loyihaoldi xujjatlarga Moliya vazirligi tomonidan takliflar berildi. Xususan, loyihalar doirasida tadbirkorlarga beriladigan kredit foizlari bozor shartlarida boʻlishi hamda loyihalarga taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan “yumshoq” komponentlarning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish Moliya vazirligi tomonidan taklif sifatida kiritilgan. Mazkur takliflar inobatga olinishi, loyihalarning tadbirkorlar uchun jozibadorlik darajasi tushishina olib keladi. Natijada davlat tashqi qarz mablagʻlari samarasiz ishlatilishi xavfi mavjud. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng loyihalarni qayta koʻrib chiqishni tavsiya etiladi. Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Investitsiya dasturi doirasida (PQ-72 30.12.2021) 2022-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan 21.9 mln AQSH dollariga teng mablagʻlarni 2 investitsiya loyihalari doirasida oʻzlashtirish belgilangan. Koreya xalqaro hamkorlik agentligi hamkorligidagi 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishi va qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda. EduLink Kompaniyasi (Koreya Respublikasi) bilan maktabgacha taʼlim tizimida ingliz tili koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha kelishuv imzolash koʻzda tutilgan. Maktabgacha taʼlim sohasini yanada rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat MTT tarmogʻini kengaytirish maqsadida vazirlik tomonidan Osiyo taraqqiyot banki bilan 100 MTT tashkilotini yaratish loyihasini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib boriladi.
I. Davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlar boʻyicha monitoring olib borishni tashkil etish yoʻnalishida. 2018-2019-yillarda bitimi imzolangan va imtiyozli kredit mablagʻlari bilan moliyalashtirilgan biroq qurilish va jihozlash ishlari muddatida bajarilmagan loyihalar soni yil boshiga 76 tani tashkil qilgan. Imtiyozli kredit mablagʻlari bilan moliyalashtirilgan biroq qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari oʻz muddatida yakunlanmagan bitimlar boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan bitim majburiyatlarini bajarilishi jarayoni ustidan Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida monitoring olib borilib, natijada jami 19 ta loyihalar boʻyicha xususiy sheriklarga nisbatan qurilish ishlarini oʻz muddatida yakunlamaganliklari uchun bitimning 6.2-bandiga asosan ularga nisbatan jami 2 279,9 mln.soʻm penya hisoblandi va talabnomalar yuborildi. Bugungi kunda qurilish ishlari yakunlanmagan loyihalar soni60 tani tashkil qiladi. 2.Bitim majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan 9 ta loyihalar boʻyicha oldin yuborilgan talabnomalar boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 2 ta, Xorazm viloyatidagi 5 ta, Jizzax viloyatidagi 2 ta loyihalar boʻyicha iqtisodiy sud ishi jarayonlarida qatnashildi, sud qarori boʻyicha vazirlik foydasiga 279,8 mln. soʻm penya undirish yuzasidan qarorlar chiqdi. Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “BILAGʼON SITI” NTMga 1780,0 mln.soʻm imtiyozli kredit mablagʻi toʻliq ajratilgan boʻlib, Xususiy sherik tomonidan qurilish ishlari boshlanmagan, mazkur holat yuzasidan monitoring hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun Bosh Prokuraturaga yuborildi. Muammoli loyihalar boʻyicha tegishli tuman va shahar hokimligi, prokuraturasi va ichki ishlar boʻlimlariga xatlar yuborilib, loyihalar oʻz vaqtida ishga tushishini nazoratga olinishida amaliy yordam soʻraldi. Qurilish ishlari umuman boshlanmagan jami 11 ta loyihalar boʻyicha Xususiy sheriklarga qurilish ishlarini boshlash choralarini koʻrishliklari aks holda bitim bekor qilinishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari yuborildi. II. Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yoʻnalishida. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son qarori ijrosi yuzasidan 2018-2019-yillarda bitimi imzolangan qurilish ishlari 25 va undan ortiq foizlarda bajarilgan quvvati 12940 taga moʻljallangan jami 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirilishi va ularda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan choraklik monitoring olib borildi. Tijorat banklari tomonidan jami 115 ta loyihalarga bitim boʻyicha ajratilishi lozim boʻlgan kredit mablagʻlari 256 182,0 mln.soʻm boʻlib, haqiqatda 50 ta loyihalarga jami 162 462,4 mln.soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Qolgan 93 719,8 mln.soʻm kredit mablagʻlari 8 ta Xususiy sheriklar tomonidan kredit mablagʻlari olishni rad qilinganligi, 2 ta loyiha boʻyicha bitimlar bekor qilinganligi, 12 ta loyihalar boʻyicha garov taʼminoti taʼminlanmaganligi, 33 ta loyihalar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli moliyalashtirilmaganligi aniqlandi. Bugungi kunda jami 113 ta loyihalardan 6 tasi ishga tushirilgan, qolgan 107 ta loyihalar boʻyicha qurilish ishlari davom etmoqda. Bu haqida Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 27-iyundagi 02-02/3-1534-sonli xat bilan maʼlumotnoma berildi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm va Toshkent viloyatida jami 24 loyihalar boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan bitim majburiyatlarini bajarilishi va ularni kredit mablagʻi bilan moliyalashtirilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. Shuningdek monitoring davrida tegishli bank muassasalari va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi, ishlarni jadallashtirish yuzasidan tarmoq grafiklari ishlab chiqildi. III. Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida. 1.Joriy yil 6 oy davomida jami 337 ta yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida bitim tuzish, imtiyozli kredit ajratish, subsidiya ajratilishi va boshqa masalalar yuzasidan yozma va ogʻzaki murojaatlari kelib tushgan Mazkur murojaatlarning 318 tasiga javob xatlari yuborildi va tushuntirish ishlari olib borildi, 19 tasi ish jarayonida. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bitim muddatini uzaytirish, tashkilot quvvatini oshirish, tashkilot manzilini oʻzgartirish va yangi bitim tuzish, 12-bob boʻyicha bitim tuzish, bitimni bekor qilish yuzasidan taqdim qilingan Samarqand viloyati boʻyicha jami 128 ta hujjatlar, Fargʻona viloyati boʻyicha jami 36 ta, Toshkent viloyati boʻyicha jami 216 ta va Namangan viloyati boʻyicha jami 72 ta, hammasi boʻlib 482 ta hujjatlar oʻrganib chiqilib, natijasi boʻyicha bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish uchun 452 tasi taqdim qilindi, 30 ta hujjatlar ularda kamchilik mavjudligi yoki qamrov darajasi 100 foizdan oshiqligi sababli, 12-bob boʻyicha mulkka egalik huquqi jismoniy shaxs nomida boʻlganligi uchun qaytarildi. IV. Mavjud muammolar. 1.Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlar boʻyicha jami 60 ta loyihalarda qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari oʻz muddatida bajarilmay kelinmoqda. Davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlarning4.1. va 5.2.8-bandlarida xususiy sheriklar davlat sherigiga har chorakda bitim boʻyicha majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlari orqali hisobot topshirishlari belgilangan. Shunga asosan, har bir xususiy sherikka tegishli axborot va hisobotlarni taqdim qilishlari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishlari va ushbu axborot va hisobotlarni vazirlikka taqdim qilishlari yuzasidan hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalariga vazirlikning 2021-yil 22-fevralda 03-03/2-357-sonli hamda2021-yil 8-iyuldagi 02-03/2-2052-sonli koʻrsatma xatlari yuborilgan boʻlsada, ushbu topshiriq hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan bajarilmasdan kelinmoqda. Investitsiya majburiyatini bajarmay kelayotgan barcha Xususiy sheriklarga ogohlantirish xatlari va talabnomalar yuborildi, barcha tegishli sektor rahbarlaridan amaliy yordam soʻrab xatlar joʻnatildi, sudga daʼvo arizalari kiritildi. Biroq shunga qaramay ayrim Xususiy sheriklar tomonidan obyektni foydalanishga topshirish choralari koʻrilmay kelinmoqda. Shu sababli yuqorida qayd etilgan 60 ta loyihalardan 18 tasi boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan obyektlar tashlab ketilganligi, oʻz mablagʻlarini sarflashni xohlashmayotganliklari sababli tegishli tartibda bitimlar bekor qilinishi, 6 ta bitimlar boʻyicha tashkilot taʼsischisini oʻzgartirish choralari koʻrilishi tavsiya qilinadi. V. Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil10-iyundagi PQ-5144-son qarorining ikkinchi ilovasi 6.3-bandi ijrosi yuzasidan choraklik monitoring olib borish. 2. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyatini oʻz muddatida boshlamagan Andijon viloyatidagi 1 ta, Jizzax viloyatidagi 1 ta, Surxondaryo viloyatidagi 1 ta, Toshkent viloyatidagi 2 ta va Namangan viloyatidagi 2 ta loyihalar boʻyicha joyiga chiqqan holda monitoringini olib borish. 3. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni oʻrganib chiqib, oʻz vaqtida javob xatlarini yoʻllash. 4. Vazirlik rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriqlarni bajarish.
I. Amalga oshirilgan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparat hamda markazlashgan xolda yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) uchun byudjetdan 2022-yil 1-yarim yil uchun jami 212,6 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi. Shundan vazirlikning markaziy apparati uchun ish xaqi va unga tenglashtirilgan va boshqa xarajatlar 5,8 mlrd.soʻm, maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi uchun 58,0 mlrd.soʻm, markazlashlashgan xolda yetkazib beriladigan jixozlash va didaktik oʻquv qoʻllanmalar hamda tadbirlar uchun 134,8 mlrd.soʻm, Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan chet el xizmat safari uchun 13,5 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi. Ushbu mablagʻlardan 73,3 mlrd.soʻm (ijrosi 34,5%) mablagʻlar xarajat qilingan. Jumladan: 1.1. Vazirlikning markaziy apparati uchun ish xaqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha 3,5 mlrd.soʻm va boshqa toʻlovlar uchun 1,5 mlrd.soʻm mablagʻ xarajat qilingan (ijrosi 83%). Markazlashlashgan xolda yetkazib beriladigan jixozlash va didaktik oʻquv qoʻllanmalar hamda tadbirlar uchun rejalashtirilgan 134,8 mlrd.soʻmdan 3,7 mln. soʻm xarajatlar amalga oshirilgan. 2021-yilgi markazlashgan mablagʻlari hisobidan imzolangan shartnomalarga muvofiq 2022-yil 1-chorakda “Kuzi ojizlar assotsiatsiyasi” UK choyshablar tuplami uchun 131,2 mln.soʻm mablagʻ toʻlab berildi. Shu bilan birga “Sam Antel Gilam” QK davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga gilamlar yetkazib berish uchun 3,2 mlrd.soʻm toʻlab berildi(ijrosi 3%). Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi uchun 58,0 mlrd.soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan (ijrosi 100%). Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan chet el xizmat safari hamda YUNESKO ishtirokida xalqaro tadbirlar uchun 6,4 mlrd.soʻm xarajatlar amalga oshirilgan(ijrosi 46%). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 oʻquv yilida oʻzbekiston respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida” gi Qaroriga asosan maktabgacha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berayotgan nodavlat oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarning 2021-2022 oʻquv yili uchun 0,5 mlrd.soʻm kontrakt toʻlovlari vazirlik tomonidan qoplab berildi (ijrosi 100%). 1.2. Vazirlik ehtiyoji hamda vazirlik tizimidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tovar moddiy boyliklar xarid qilish uchun 2022-yil 6 oy davomida 5,8 mlrd.soʻmlik 156 ta shartnoma va125,8 mlrd.soʻmlik 353 ta yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish buyurtmanomalari imzolandi. 1.3. Vazirlik tasarrufidagi respublika byudjetidan mablagʻ oluvchi tashkilotlaridan 2021-yillik va 2022-yil 1-chorak moliyaviy hisobotlar, byudjet mablagʻlari ijrosi toʻgʻrisida maʼlumotlar, byudjetdan tashqari mablagʻlar tushum va xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar, tovar moddiy boyliklari kirim-chiqim toʻgʻrisida maʼlumotlar, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning yakuniy moliviy natijalari hamda debitor va kreditor qarzdorliklar hisobotlar tahlil qilindi. Hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamlanma hisobotlar topshirildi. Shu bilan birga vazirlikning rasmiy veb saytiga jamlanma moliyaviy hisobotlar va amalga oshirilgan ishlar xar chorakda oʻz vaqtida joylashtirilib borilmoqda. 1.4. “Ijro.gov.uz” tizimidagi, jami 390 ta Xukumat tomonidan topshiriqlar, shuningdek, va turli tashkilot va idoralardan kelib tushgan. Shundan, yuridik va jismoniy shaxslardan 18 tani tashkil etadi. murojaatlardan 382 ta ijrosi taʼminlandi.8 tasi ish jarayonida. 2022-yil 6 oy davomida byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xizmat safari boʻyicha bunak hisobotlar 308 ta ortiq boʻlib, jami 1,2 mlrd.soʻm sarflangan. Oʻtgan yilgi mos davrga nisbatan2,3 barobar koʻp (2021-yil 1-yarim yilda 0,5 mlrd.soʻm xarajat qilingan). Ushbu maʼlumot vazirlikning rasmiy veb saytiga xar chorakda joylashtirilib borilmoqda. 1.5. Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning kassa xarajatlari ijrosi (2-3-memorial orderlar), turli tashkilotlar bilan hisob-kitob (6-7-memorial orderlar), xodimlarga hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hisobi (5-memorial order) va tovar moddiy boyliklar hisobi (9-13-memorial orderlar) kitoblari (ushbu hisob-kitoblar 500 tadan ortiq kitob shaklda pereplet qilindi) hamda avtotransport vositalariga olingan yoqilgʻi va yoqilgʻi moylash maxsulotlari (yul varaqasiga asosan) hisobdan chiqarildi. II. Muammolar va kamchiliklar 2.1. Vazirlikning markaziy apparati hamda markazlashtirilgan mablagʻlarning davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar xarajatlar smetasiga yillik reja asosida moliyalashtirilgan. Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan mazkur yillik reja asosida ishlarning oʻz vaqtida bajarilmasligi rejalashtirilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida sarflanishiga toʻsqinlik qilmoqda. 2.2. Vazirlik tomonidan tashkillashtirilgan turli tadbirlarning xarajatlar smetasi boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq shartnoma imzolanib, toʻlovlar va yetkazib berishi bilan 5-15 kun vaqt safrlanadi. Shu bois tadbir oʻtkazish boʻyicha boʻyruqlar tadbir oʻtkazish muddatidan kamida 15 kun oldin imzolanishi maqsadga muvofiq boʻladi. 2.3. Xizmat safari boʻyicha bunak hisobotlar xizmat safariga yuborilgan xodim tomonidan 3 ish kunida taqdim etishi zarur boʻlsa-da, hisobotlar muddatidan ancha kechikib topshirilmoqda. III. Takliflar 3.1. Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni reja jadval tuzish va rejalashtirilgan ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilsa, yillik xarajatlar smetasiga rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq sarflanishiga olib keladi. 3.2. Vazirlik tomonidan turli tadbirlarning boʻyruqlarini tadbir oʻtkazish muddatidan kamida 15 kun oldin “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga mos ravishda imzolatish. 3.3. Xizmat safari boʻyicha bunak hisobotlar xizmat safariga yuborilgan xodim tomonidan 3 ish kunida taqdim etishini taʼminlash. IV. 2022 yilning 2-yarim yilligiga ish rejalar 4.1. Vazirlikning 2022-yil 1-yarim yillik hamda 9 oylik byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning ijrosi, debitor va kreditor qarzdorliklar hamda balans hisobotlarini tayyorlash, shuningdek, vazirlik tasarrufidagi respublika byudjetidan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qilish va jamlanma moliyaviy hisobotlarni Moliya vazirligiga taqdim etiladi. 4.2. Vazirlik xodimlarining oylik ish haqi boʻyicha maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasi, Xalq banki va Davlat statistika qoʻmitasiga 1-yarim yillik va 9 oylik hisobotlarni topshiriladi. 4.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2024-yillarda oʻzbekiston respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qaroriga asosan manzilli roʻyxat asosida DMTT lariga yetkazib beriladigan jixozlar yuoʻyicha imzolangan shartnomalarga muvofiq 15% oldindan toʻlovlarni hamda yetkazib berilgan jixozlar boʻyicha 70% mablagʻlar toʻlovlarini amalga oshiriladi. 4.4. Vazirlik markaziy apparat xodimlariga xar oy ish xaqi hisoblash, shu bilan birga vazirlik, xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari xodimlariga va respublika tashkilotlari xodimlariga maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ustama moliyalashtiriladi. 4.5. Vazirlikning ehtiyoji uchun xarid qilinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) kirim va chiqimlarini va hisobotini yuritish, shu bilan birga vazirlik balansidagi avtotransport vositalari taʼmirlash, yoqilgʻi va moylash xizmatlari boʻyicha toʻlovlar, yul varaqasiga asosan yoqilgʻi sarfini hisoblash va tahlil qilinadi. 4.6. Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil markazlashgan tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan tadbirlarning xarajatlar smetasiga muvofiq imzolangan shartnomalar asosida toʻlovlarni amalgi oshirish va tadbirda sarflangan mablagʻlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarni qabul qilish va balansdan chiqarish ishlari amalga oshiriladi.
I. 2022-yil Investitsiya dasturi ijrosi toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil22-yanvardagi “2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-son qaroriga asosan maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. Unga koʻra, vazirlik tomonidan 2022-yil 24-yanvardagi 9-sonli boʻyruq qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, 2022-yilda jami 26 770 quvaat (oʻrin)li176 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shundan, 25 tasi yangidan quriladigan va 151 tasi rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu ishlar uchun jami 800,0 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 26 770 quvvat (oʻrin)ga ega boʻlgan 176 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari yangidan zamonaviy barpo etilishi natijasida, qoʻshimcha 19 150 ta oʻrin (quvvat) yaratilishi belgilangan, shundan – 3 750 ta oʻrin 23 ta obyektni yangidan qurish hisobiga, 1 890 oʻrin 15 ta boʻsh turgan binolarni rekonstruksiya qilish hisobiga hamda 21 130 ta oʻrin 138 ta faoliyat koʻrsatayotgan MTTlar quvvatlarini kengaytirish hisobiga yaratilishi rejalashtirilgan. Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, 176 ta obyektdan – 23 ta obyekt oldingi yildan oʻtuvchi, - 153 tasi yangidan boshlanuvchi obyektlar hisoblanadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 19-sonli Rayosati majlisining bayoniga asosan Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DM buyurtmachi xizmati tugatilayotganligi sababli buyurtmachi xizmati masʼulligidagi 2022-yilgi investitsiya dasturi doirasidagi 153 ta yangidan loyihalarni Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IKga topshirish va qabul qilish dalolatnomalari asosida oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil1-fevraldagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 46-son qaroriga asosan pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tender savdolarini Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK tomonidan barchasi oʻtkazilgan va qurilish-taʼmirlash ishlari boshlangan. Joriy yil 24-iyun holatiga pudratchilar tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotining 23 ta yildan-yilga oʻtuvchi obyektlarida 63 foiz (%)ga, yangidan boshlanadigan 153 ta obyektlarida 23,7 foiz (%)ga qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarilgan. Joriy yil 1-iyul holatiga yildan-yilga oʻtuvchi 6 ta obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda. Ushbu 6 ta obyektlarda 840 ta qoʻshimcha yangi quvvatlar yaratilishiga erishildi. 2022-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan qoʻshimcha obyektlar toʻgʻrisida maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-25-fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari boʻyicha 16-son bayoniga asosan 2022-yil Dasturiga qoʻshimcha ravishda 1 500 quvvat (oʻrin)li 13 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini yangi qurish va rekonstruksiya qilish qushimcha kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 35-sonli yigʻilish bayoni asosan 2022-yil Dasturiga qoʻshimcha ravishda 3 950 quvvat (oʻrin)li 33 ta (14 ta yangi tashkil etilgan Qukdala tumani, 17 ta respublika va halqaro moliya institutlari hisobidan, 2 ta homiy mablagʻlar hisobidan) maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini yangi qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yoʻnalishida. 1. “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, 2023-yil Investitsiya dasturini shakllantirish uchun boshqarma xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tomonidan hududlarga chiqqan holda, eng ogʻir ahvoldagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovi past boʻlgan hududlarda yangi va rekonstruksiya qilish 212 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini takliflarini shakllantirildi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etildi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagiPQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, qamrov darajasi past boʻlgan 53 ta tumanda 50 ta (20 ta Qashqadaryo, 23 ta Surhondaryo, 2 ta Samarqand, 4 ta Toshkent va 1 ta Xorazim viloyatlarda) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishning manzilli dasturlari ishlab chiqilib tegishli vazirliklari bilan kelishilgan holda qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borilmoqda. Bugungi kunda, - Qashqadaryo viloyatida obyektlarning 10 tasi boʻyicha pudrat tashkiloti aniqlanib qurilish-taʼmirlash ishlari boshlandi, qolgan 10 tasi boʻyicha hokimning yer ajratish boʻyicha qarori mavjud emasligi sababli, qurilish-taʼmirlash ishlari boshlanmagan. - Surxondaryo viloyatida obyektlarning 22 tasi boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va hozirgi kunda 17 foiz (%)ni tashkil etadi, qolgan 1 tasi boʻyicha tender savdolari oʻtkazilmoqda. - Samarqand viloyatida 2 ta obyekt boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va hozirgi kunda 28 foiz (%)ni tashkil etadi. - Toshkent viloyatida obyektlarning 1 tasi boʻyicha tender savdolariga eʼlon berilgan, 3 tasi boʻyicha loyihalarga kompleks ekspertizadan ijobiy xulosalar olinmagan. - Xorazm viloyatida 1 ta obyekt boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlarining bajarilishi 75 foiz (%)ni tashkil etadi. III. 2022-2023-yillarda quz-qish mavsumiga qaror loyihasiga taklif tayyorlash. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish uchun 2022-yilda 623 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini joriy taʼmirlash hamda 109,1 ming tonna koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish rejalashtirildi. IV. Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida. II-chorak boʻyicha Boshqarmaga vazirlik devonxonasi orqali 42 ta hujjatlar kelib tushgan. Ulardan 39 tasining ijrosini taʼminlangan, qolgan 3 tasi ish jarayonida. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan 47 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 38 tasiga tegishli javob xatlari yuborilgan. Qolgan 9 ta murojaatlarning ijro muddatlari kelmaganligi sababli ish jarayonida.
Ахборот-коммуникация технологиялари ва ахборот хавфсизлиги бошқармаси томонидан 2022 йил I ярим йил давомида амалга оширилган ишлар 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 5 октябрдаги “Рақамли Ўзбекистон - 2030 стратегиясини тасдиқлаш ва уни самарали амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-6079-сонли фармони ижросини таъминлаш юзасидан ишлар амалга оширилди. Жумладан: - Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги билан биргаликда Республикада фаолият юритаётган 6 285 та (97,8 %) мактабгача таълим ташкилотлари юқори тезликдаги интернет тармоғига уланди. Янги ташкил қилинган ҳамда таъмирлаш ишлари якунланган ДМТТ лар рўйҳати тақдим қилиб борилмоқда. - 6 429 та мактабгача таълим ташкилотларидан 5 696 таси компютер қурилмалари билан таъминланди; Т/р Ҳудуд номи Мактабгача таълим муассасалар (МТМ) сони, та Интернет тармоғига Интернет тармоғига уланмаган (охирловчи қурилма ўрнатилмаган ёки шартнома тузилмаган) МТМлар сони, та Компьютер техникаси билан таъминланган МТТ лар сони, та 30.06.2022 йил ҳолатига уланган МТМ сони, та фоизи (%) 1 2 3 4 5 6 7 1 Қорақалпоғистон Республикаси 436 422 96.8 14 430 2 Андижон вилояти 546 544 99.6 2 444 3 Бухоро вилояти 455 455 100 344 4 Жиззах вилояти 220 202 91.8 18 194 5 Қашқадарё вилояти 420 391 93.1 29 393 6 Навоий вилояти 210 209 99.5 1 210 7 Наманган вилояти 595 586 98.5 9 542 8 Самарқанд вилояти 706 695 98.4 11 599 9 Сурхондарё вилояти 391 377 96.4 14 297 10 Сирдарё вилояти 195 195 100 190 11 Тошкент вилояти 522 496 95 26 505 12 Фарғона вилояти 890 883 99.2 7 769 13 Хоразм вилояти 353 353 100 308 14 Тошкент шаҳри 490 477 97.3 13 471 Жами: 6429 6285 97.8 144 5696 - Мактабгача таълим ташкилотларини замонавий АКТ техникалари билан таъминлаш ҳамда моддий техник базасини яхшилаш мақсадида 4940 та компютер ва принтер қурилмалари босқичма босқич мактабгача таълим тизими ташкилотларига етказиб берилмоқда; Ҳудуд Ноутбуклар Принтерлар Етказиб берилди Етказиш жараёнида Етказиб берилди 1. Андижон вилояти 476 488 2. Бухоро вилояти 365 349 3. Жиззах вилояти 199 186 4. Қашқадарё вилояти 340 296 5. Қорақалпоғистон Р. 356 347 6. Навоий вилояти 177 172 7. Наманган вилояти 421 542 8. Самарқанд вилояти 476 588 9. Сирдарё вилояти 176 175 10. Сурхондарё вилояти 272 352 11. Тошкент вилояти 311 368 12. Тошкент шаҳри 133 344 63 13. Фарғона вилояти 626 730 14. Хоразм вилояти 268 284 ЖАМИ 800 4140 4940 - “Ахборот ва педагогика технологиялари инновацион маркази” МЧЖ билан биргаликда Мактабгача таълим ташкилотларига онлайн тўлов ҳизмати ишга туширилган бўлиб, Click, Payme, Zumrad, PayNet, Humans ва ЯГОНА ИНТЕРАКТИВ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИ ПОРТАЛИ тўлов тизимлари орқали тўловларни амалга ошириш йўлга қуйилди. Бунинг натижасида фарзандлари учун мактабгача таълим ташкилотларига тўловларни масафодан, онлайн тўлаш имкони яратилди. 2. Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 10 ноябрдаги 704-сонли “Туғилганликни қайд этиш билан боғлиқ комплекс давлат хизматларини курсатишнинг маъмурий регламентный тасдиқлаш тўғрисида”ги қарори ижросини таъминлаш юзасидан вазирлик томонидан СМС-шлюз хизмати сотиб олиш бўйича шартнома имзоланди ва ФХДЁ органларида фарзандларини ДМТТ га навбатга қўйган ота-оналарга СМС хабарнома юборилмоқда. 3. Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлигининг Ахборот коммуникация технологиялари ва ахборот хавфсизлиги бошқармасининг ахборот-коммуникасия технологияларини жорий этиш ва ривожлантириш бўйича 2022 йил иш режаси ишлаб чиқилди ва ижроси таъминланиб келинмоқда. 4. Мактабгача таълим вазирлигининг ахборот ва киберхавфсизликни таъминлаш бўйича 2022 йилга мўлжалланган чора-тадбирлар режаси ишлаб чиқилди ва “Киберхавфсизлик маркази” билан келишилди хамда ижроси таъминланиб келинмоқда. 5. Мактабгача таълим соҳасига ажратилаётган маблағлар самарадорлигини таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлиги ва “RealSoft” МЧЖ нинг ўзаро ҳамкорлик МЕМОРАНДУМИ ишлаб чиқилди ва имзоланди. 6. Мактабгача таълим вазирлигининг ишонч телефони 71 2070407 рақамида ишга туширилиб, ойлик ҳисоботлар шакллантириб борилмоқда. 7. Мактабгача таълим вазирлигининг корпоратив электрон почтаси http://mail.mpe.uz/ ишга туширилди хамда вазирлик, худудий бўлинмалар ва МТТ ходимлари фойдаланиши йўлга қўйилди. 8. Вазирликнинг веб сайти https://mpe.uz/ га ахборот хавфсизлигини таъминлаш мақсадида SSL-сертификати ўрнатилди. 9. Вазирлик компютерларида парол сиёсатини Active Directory роли орқали белгиланган талаблар асосида юритиш йўлга қўйилди. 10. Мактабгача таълим ташкилотларида Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 20 майдаги 319-сонли қарори ижросини таъминлаш, болаларни ташкилотларда қабул қилишда шаффофликни таъминлаш борасида “Ахборот ва педагогика технологиялари инновацион маркази” МЧЖ билан ҳамкорликда OpenEmis мактабгача таълимни бошқаришнинг автоматлаштирилган тизимида ўрганишлар олиб борилди. Ушбу масала бўйича вазирлик марказий аппаратида ҳар куни 10 дан ортиқ фуқароларнинг ёзма ва оғзаки мурожаатлари қабул қилинди. Фуқаролар мурожаатлари асосида тизимда аниқланган камчиликлар қисқа муддатларда бартараф этиб борилмоқда. - йил давомида юқори ташкилотлар ҳамда ташкилот-идоралар томонидан юборилган 375 та топшириқ ва ҳужжатларнинг ижроси таъминланди; - шунингдек бошқармага 2021 йилда 735 нафар фуқаро мурожаатлари келиб тушди улардан 153 таси қаноатлантирилди, 553 тасига ҳуқуқий маслаҳатлар берилди. 11. Вазирликда Ахборот коммуникация технологияларини ривожлантириш ва такомиллаштириш бўйича комиссия ташкил этилди. 12. Мактабгача таълим вазирининг 2022 йилдаги 20-сон буйруғи билан Мактабгача таълим вазирлигининг ахборот тизимлари, электрон давлат хизматлари, дастурий маҳсулотлар яратиш ва жорий этиш бўйича лойиҳаларни ишлаб чиқиш ҳамда амалга ошириш тартиби тўғрисида НИЗОМ тасдиқланди. 13. Мактабгача таълим вазирининг буйруғига асосан вазирлик марказий аппарати ходимларининг компьютерлари ички аудитдан ўтказилди. Вазирликнинг марказий аппаратида ташкил этилган ишчи гуруҳ томонидан ходим ва ишчиларни интернет тармоғидан фойдаланиш бўйича мониторинги олиб борилди. Мониторинг натижалари ва ишчи гуруҳ тавсиясига кўра Мактабгача таълим вазирлиги марказий аппарати компьютерларида УСБ портларидан фойдаланишни ҳамда компьютерларда wи-фи тарқатиш нуқтасини ёқишни чеклаш ишларини ташкил этилди. 14. Вазирликда фойдаланилаётган Сервер ва компютерлар лицензияланган антивирус (Kaspersky Endpoint Security 11) воситаси билан таминланди. 15. Вазирликда ташкил қилинган локал тармоғи узлуксиз ишлаб туришини назорат ва мониторинг қилиш (Zabbix) воситасидан фойдаланишни йўлга қўйилди. 16. Вазирликнинг сервер қурилмаларига ҳужумларни аниқлаш ва бартараф этиш Kerio Control ва Zabbix дастурлари орқали йўлга қўйилди. 17. “Рақамли Ўзбекистон - 2030” стратегиясига ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг “Рақамли иқтисодиёт ва электрон ҳукуматнинг ривожланиш ҳолатини рейтинг баҳолаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” 2021 йил 15 июндаги 373-сон қарорига мувофиқ давлат органларида рақамли ривожланиш даражасини 2021 йил VI ва 2022 йил I чорак якунлари бўйича рейтингли баҳолаш амалга оширилди. Унга кўра: 2020 йил IV чорак якуни бўйича рейтинг баҳолаш натижасида “қизил” рўйхатга кирган Мактабгача таълим вазирлиги (44.32 балл) 2021 йил IV чорак якунлари бўйича 75,27 балл ва 2022 йил I чорак якунлари бўйича 82,78 балл билан “яшил” рўйхатга кирди. 18. Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси, Олий Мажлиси палаталари ва Вазирлар Маҳкамаси томонидан келиб тушган жами 5 та топшириқлар ўз вақтида бажарилди.Жумладан, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 14 февралдаги ПҚ-128-сон қарорининг 1-иловаси 14.1 ва 14.2-бандлари ижросини таъминлаш мақсадида, «Болалар боғчаси» ахборот тизимининг «Мактабгача таълим ташкилоти ходимлари ва тарбияланувчиларининг ташрифларини (давомат) хисобини юритиш ахборот тизими комплекси модули»ни ишлаб чиқиш ва жорий этиш бўйича қўшимча техник топшириқ ишлаб чиқилиб, экспертизадан ўтказилди. Шу билан бирга, 1-илова 21.1 ва 21.3-бандлари ижросини таъминлаш мақсадида, биометрик идентификасия қилиш технологияси орқали мобил илова ёрдамида мактабгача таълим ташкилотлари ходимлари ва тарбияланувчиларининг давоматини юритиш учун «Болалар боғчаси» ва «Нодавлат мактабгача таълим ташкилотларини бошқариш» ахборот тизимларини ишлаб чиқилди. Муаммолар ва камчиликлар Мактабгача таълим ташкилотларининг ягона электрон базасини шакллантириш. Мактабгача таълим вазирлигининг “Болалар боғчаси” ахборот тизимида Мактабгача таълим ташкилотларининг ягона ва тўлиқ маълумотлари киритилган реестрни шакллантириш зарур. Жумладан, давлат ва ДХШ асосидаги МТТларнинг (битим бўйича) қуввати ахборот тизимида қайд қилиб бориши учун шароит яратилмаган, бу ўз ўрнида ахборот тизими орқали МТТларнинг жами қуввати хақида маълумотларни олиш имкониятини чеклайди. Мактабгача таълим ташкилотлари ходимлари ягона ва тўлиқ маълумотлари киритилган реестрни шакллантириш зарур. Мактабгача таълим ташкилотларига онлайн тўлов ҳизмати жорий қилиш. Мактабгача таълим ташкилотларига онлайн тўлов ҳизмати жорий қилиш жараёнида бу борадаги бир қатор камчиликлар кузатилди. Ҳусусан: Мактабгача таълимни бошқариш ахборот тизимидаги барча тарбияланувчилар Молия вазирлигининг УзАСБО ахборот тизимига киритилмаганлиги; УзАСБО ахборот тизимига киритилган болаларнинг маълумотлари (метрика рақами) тўғри киритилмаганлиги, бу эса онлайн тўлов ҳизматидан фойдаланиш имкониятини бермайди. Таклифлар УзАСБО ахборот тизимига киритилган болаларнинг маълумотлари (метрика рақами) тўғри киритилишини таъминлаш мақсадида Мактабгача таълимни бошқариш ахборот тизими билан интеграция қилиш. Мактабгача таълимни бошқариш ахборот тизимидаги Мактабгача таълим ташкилот ходимларини ҳисобини юритиш ва мониторинг қилиш қисмини Молия вазирлигининг ахборот тизими билан интеграция қилиш. 2022 йилнинг 2-ярим йиллигига иш режалар 1) 2022 йилда биометрик идентификация қилиш технологияси орқали мактабгача таълим ташкилотлари ходимлари ва тарбияланувчиларининг давоматини мобил илова ёрдамида юритишни йўлга қўйиш. 2) 2023 йилга қадар “Болалар боғчаси” ва “Нодавлат мактабгача таълим ташкилотларини бошқариш” ахборот тизимлари орқали ҳисоб жараёнини автоматлаштириш. Жумладан: - мактабгача таълим ташкилотларининг штатлар жадвали ташкилотнинг паспорт маълумотлари, гуруҳ ва болалар сонидан келиб чиққан ҳолда автоматик шакллантирилади. Ходимларнинг ҳақиқатда келган - мобил илова орқали қайд этиш; - Намунавий мавсумий таомнома бўйича озиқ-овқат харажати ҳисобини юритиш. Намунавий мавсумий таомнома калькулятори жорий этилиб, мобил илова орқали қайд этилган болалар сонига мутаносиб равишда кунлик таомнома шакллантириш учун зарур озиқ-овқат маҳсулотлари ҳисоби автоматик юритиш. 3) АКТ ва ахборот хавфсизлиги йўналиши бўйича бошқарма ҳодимлари малакасини ошириш чораларини кўриш.