Hisobotlar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kadrlar boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

1. Shaxsiy tarkib va ijro intizomi boʻyicha quyidagilar amalga oshirildi: Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Kadrlar boshqarmasida joriy yilning yanvar oyida jami 412 ta buyruqlar ishlab chiqilgan boʻlib, shundan, 217 ta shaxsiy tarkibga oid, 195 ta xizmat safarlariga oid buyruqlar. Jismoniy va yuridik shaxslardan joriy yilning yanvar oyida jami378 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, bugungi kunda mazkur kelib tushgan murojaatlarning 351 tasining ijrosi oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, natijalari boʻyicha mualliflarga javob xatlari yuborildi, qolgan 27 ta murojaat oʻrganish jarayonida. “mdo.ijro.uz” tizimi orqali jami 278 ta xat-hujjatlar kelib tushgan boʻlib, boshqarma tomonidan kelib tushgan xat-hujjatlarning 255 tasining ijrosi taʼminlangan, bugungi kunda 32 ta xat-hujjatlar ish jarayonida. 2. Mehnat qonunchiligi normalari hamda xodimlarni maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 133-moddasiga koʻra barcha xodimlarga, shu jumladan oʻrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun vazirlik xodimlarining 2022-yil uchun yillik taʼtillar jadvalini tasdiqlash maqsadida har bir tarkibiy boʻlinma rahbarlari hamda xodimlarining xohishlarini hisobga olgan holda taʼtillar jadvali shakllantirib vazirlik kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4502-son qaroriga muvofiq “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʻrinlarda -“YAMMT” IDAK) amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, vazirlik markaziy apparati xodimlarining maʼlumotlari “YAMMT” IDAKga kiritilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda. Hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari kadrlar boʻlimi boshliqlari va tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari kadrlar boʻyicha mutaxassislariga “YAMMT” IDAK dasturiga xodimlarning mehnat munosabatlariga oid maʼlumotlarini kiritilishi boʻyicha Bandlikva mehnat munosabatlari vazirligi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda respublika oʻquv-seminar oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim vazirligining shaxsiy tarkibiga oid 2022-yilyanvar-mart oylarida qabul qilingan buyruqlarining qonuniyligini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etildi. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining 2022-yil 21-yanvardagi02-02/141-sonli xati ijrosini taʼminlash Maktabgacha taʼlim tizimida samarali mehnat qilayotgan 3 nafar nomzodlarning hujjatlarini “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga tavsiya etildi. Shundan, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining qaroriga asosan 1 nafar nomzod “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar orasidan 2 nafar nomzodlarning hujjatlari “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga tavsiya etildi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi hamda “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida 2022-yilning 28-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi Kadrlar bilan ishlash shoʻbasi mudirlari va idorviy mansub tashkilotlarning kadrlar boʻlimi xodimlariga ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi va oʻquv seminari tashkil etildi. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi bayrami arafasida davlat mukofotlariga tavsiya etish maqsadida hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan173 nafar xodimlarning mukofot varaqlari, maʼlumotnomalari(spravka-obyektivka), mehnat faoliyati davomida erishgan yutuqlari aks ettirilgan tavsifnomalari (annotatsiya) talab darajasida rasmiylashtirilib, nomzodlarning hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. 3. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi: «Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi hamda “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini yanada samarali tashkil etish toʻgʻrisida»gi; “Xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2021-yil7-iyundagi 107-sonli buyrugʻiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida»gi; «Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tavsiya etish, kelishish, tayinlash va lavozimdan ozod etish boʻyicha tizimli ishlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi; «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hisob-nazorat nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tavsiya etish va tayinlash ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi; «Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlimbosh boshqarmasi hamda maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi; «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, vazirlik tizimidagi respublika tashkilotva muassasalar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar xodimlari lavozimlariga boshqaruv kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi; «Jamoatchilik asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasiga hududiy nazoratchilarni belgilash toʻgʻrisida»gi; Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimi xodimlarining Odob-axloq qoidalari; Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimi xodimlarining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom; Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Odob-axloq komissiyasining tarkibi; Maktabgacha taʼlim tashkilotining ichki tartib va odob-axloq namunaviy qoidalari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalarining kadrlar boʻlimi xodimlarini vazirlik markaziy apparatida stajirovka oʻtashi toʻgʻrisida maktabgacha taʼlim vazirining buyrugʻi; Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini va ularning2022-yil II-choragi uchun faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini (KPI koʻrsatkichlari) tasdiqlash toʻgʻrisidagi vazir buyrugʻi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-martdagi “Oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilash toʻgʻrisida”gi 19-sonli yigʻilish bayonining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Qarshi davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi. 4. Maktabgacha taʼlim vaziri nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tayinlash boʻyicha: Joriy yilning yanvar oyida vazirlikning 2021-yil 7-iyundagi 107-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tashkilotlar vakant lavozimlariga xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiq 314 nafar talabgor nomzodlar hujjatlari hududiy tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri lavozimlariga oʻrganib chiqilib, tanlov komissiyaga taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasi ijrosini taʼminlash maqsadida314 nafar nomzodlarning hujjatlari 44-moddasiga muvofiq oʻrganib chiqildi hamda 58 nafar talabgor nomzodlarni tanlovdan chetlatish yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi va har bir nomzodga tanlovdan chetlashtirilganligi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari nomzodlarga yuborildi. Oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan 37 nafar nomzodlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda maktabgacha taʼlim vazirining tegishli buyruqlari bilan lavozimlarga tayinlandi. Tanlovlarning suhbat bosqichi jarayonlari real vaqt rejimida jarayonni translyatsiya qilgan holda oʻtkazildi. Shuningdek, tanlov gʻolib deb topilgan va uch oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilingan tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlim mudirlarining “svetofor” koʻrinishidagi tahliliy maʼlumoti ishlab chiqildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Hayʼat majlisiga Maktabgacha taʼlim vazirligi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tayinlash va ularning zahirasini yaratish hamda tizimdagi tashkilotlarni malakali mutaxassislar bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradoligi toʻgʻrisida masala kiritildi. Bunda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan joriy qilingan vacancy.argos.uz portali orqali Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari lavozimlari boʻyicha eʼlon qilingan tanlovlar natijalari hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari vazirlikka kelishish holatlari boʻyicha masala kiritilib,hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama yakunida hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlariga maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda boshqarma va har oyda ish.mehnat.uz veb saytida joylashtirib borish hamda oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jalb etish choralarini koʻrish, doimiy ravishda vakant lavozimlarni Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali – vacancy.argos.uz eʼlon qilib borish hamda oʻtkaziladigan tanlov tadbirlarini internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida jarayonni translyatsiya qilgan holda suhbat bosqichini oʻtkazishga qatʼiy rioya etish vazifalari yuklatildi. 5. Maktabgacha taʼlim vaziri hisob-nazorat nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni kelishish boʻyicha: Hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan jami 502 nafar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlarini doimiy lavozimga tayinlash uchun kiritilgan nomzodlarning hujjatlari oʻrganib chiqilib, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimiga tavsiya etilgan 25 nafar nomzodlarda Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasi boʻyicha cheklov aniqlanganligi sababli, mazkur lavozimlarga boshqa nomzodlarning hujjatlarini kelishish uchun kiritish hamda qolgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimiga tayinlash yuzasidan kelishilganligi boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 11-martdagi 57-sonli buyrugʻi talablariga muvofiq javob xatlari yuborildi. 6. Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi respublika tashkilotva muassasalar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar xodimlari lavozimlariga boshqaruv kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha: Bugungi kunda Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuqori malakali, yetakchilik xususiyati va boshqaruv koʻnikmalariga ega tashabbuskor xodimlar orasidan 2 yoki 3 nafardan hududiy maktabgacha taʼlim boʻlimlari va davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlari uchun zaxira nomzodlar roʻyxati shakllantirilmoqda. Mazkur zaxiraga olingan nomzodlar uchun Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida boshqaruv mahorati boʻyicha malaka oshirishi rejalashtirilgan boʻlib, malaka oshirish kurslarida muvaffaqiyatli qatnashib sertifikat olgan nomzodlar tashkilot rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilishi rejalashtirilgan. 7. Hududiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatlarini oʻrganish va ularga nisbatan koʻrilgan choralar boʻyicha: Joriy yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyativa Toshkent shahridagi hududiy maktabgacha taʼlim boʻlinmalariva davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini kompleks oʻrganib chiqish boʻyicha xizmat safari buyruqlari rasmiylashtirilib, mazkur buyruqqa asosan hududlarda amalga oshirilgan ishlar oʻrganib chiqildi. Oʻrganish davomida hududiy maktabgacha taʼlim boʻlinmalaridava tashkilotlarda aniqlangan tizimli muammolar va ularni bartaraf qilish toʻgʻrisida chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Shuningdek, yil davomida Maktabgacha taʼlim vaziri nomenklaturasiga kiradigan jami 27 nafar rahbar xodimlarga nisabtan mehnat qonunuchiligiga asosan intizomiy jazo choralari qoʻllanilib, 66 ta xodimlar bilan tuzilgan mehant shartnomalari oʻrnatilgan tartib asosida bekor qilindi. 8. Hududiy davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kundagi kamchiliklar va muammolar: Hududiy davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining malakali, oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan yetarli darajada taʼminlanmayotganligi, ayniqsa oliy maʼlumotli tarbiyachilarga boʻlgan ehtiyojning yuqoriligi, joylarda nomzodlar ochiq mustaqil tanlov orqali shaffof tarzda saralab olinmayotganligi, xodimlarni ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni toʼliq yoʻlga qoʻyilmaganligi kabi bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, Oliy maʼlumotli mutaxassislarning yetishmasligi aholiga maktabgacha taʼlim boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samarasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan, lavozimlarga tavsiya etish uchun amaliy zaxira mavjud emas, tavsiya etilayotgan nomzodlarni yuzaki oʻrganish holatlariga hanuzgacha barham berilmagan. Shu sababdan oʻtkazilayotgan suhbatlar chogʻida mazkur hududlardan tavsiya etilayotgan aksariyat nomzodlar tomonidan oʻz funksional vazifalarini bajarish bilan bogʻliq masalalarni talab darajasida bilmasligi va uning ichiga toʻliq kirolmaganligi, soha va hududlar muammolarini, shuningdek, yaqin va oʻrta istiqbolga moʻljallangan vazifalarni hal etishning maqbul va samarali variantlarini taklif etolmasligi yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Bizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-centabrdagi PQ-3955-son qarorining 3-bandi 1-qismiga muvofiq, mahalliy hokimiyatlar bilan kelishiladigan lavozimlarni kelishish uchun mahalliy hokimiyat vakillari bilan suhbat jarayoni yakunida ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni oldini olish maqsadida real rejimda onlayn ravishda kelishilmoqda. Ammo, ayrim mahalliy hokimiyatlar tomonidan Komissiyaning qaroriga muvofiq tanlov gʻolibi deb topilgan talabgor nomzodlarni kelishishda asossiz ravishda rad etilayotganligi sabab hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlardagi vakant boʻlgan lavozimlarning ortib borish holatlari yuzaga kelmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat xaridlarini tashkil etish boshqarmasi tomonidan 2022-yil yanvar-iyun oylari davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun 2021-yilda xarid qilingan jihozlarni manzilli roʻyxat asosida joylarga yetkazilishi toʻgʻrisida monitoring olib borildi. Monitoring natijasiga koʻra belgilangan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jihozlar toʻliq yetkazib berildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun 2022-yilda jihozlar xarid qilish maqsadida hududiy boshqarmalardan joylardagi qoʻshimcha jihozlarga boʻlgan ehtiyojlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olinib, tahlil qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi “2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ 98-son qarori  hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan vazirning “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini mebel va boshqa jihozlar bilan taʼminlash maqsadida tender (tanlash) savdolarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 11-martdagi 59-sonli buyrugʻi tasdiqlandi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2022-yilda jihozlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Investitsiya dasturi asosida 2022-yilda jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining va hududlardan olingan 2022-yilda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qoʻshimcha jihozlarga boʻlgan ehtiyojlari hamda 2022-yilda bolalarni majburiy maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish boʻyicha obyektlardan ajratilgan xonalarni jihozlashning manzilli roʻyxat loyihalari tayyorlandi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mebel va boshqa jihozlarni xarid qilish maqsadida meʼyoriy hujjatlar asosida tender oʻtkazish boʻyicha tender xujjati loyihasi ishlab chiqildi hamda komissiya aʼzolari bilan kelishildi. Vazirning “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2022-yilda jihozlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 2022-yil 13-apreldagi 81-sonli bilan tasdiqlandi. Ushbu buyruq bilan davlat Investitsiya dasturi doirasida 2022-yilda jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining manzilli roʻyxati, 2022-yilda qoʻshimcha jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining manzilli roʻyxati, shuningdek, 2022-yilda bolalarni majburiy maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish boʻyicha obyektlardan ajratilgan xonalarni jihozlashning manzilli roʻyxatlari tasdiqlandi. Tender hujjati loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” Davlat unitar korxonasiga kiritilib, markazning xulosasi olindi. Vazirning “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish boʻyicha komissiya hamda baholash guruhlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 10-maydagi 108-sonli buyrugʻi tasdiqlandi. Joriy yilning 27-may kuni 2022-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarid qilinadigan jihozlar boʻyicha tender hujjatlari https://etender.uzex.uz/ elektron platformasiga joylashtirilib, 14-iyun hujjat topshirishning oxirgi kuni etib belgilandi. Eʼlon yakuniga koʻra jami 50 ta talabgor korxona tomonidan 94 ta taklif hujjatlar taqdim etildi. Ishtirokchilarning malakaviy hujjatlarni baholash boʻyicha Ishchi guruhi hisoboti, Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarid qilinadigan mebel va boshqa jihozlarni texnik baholash boʻyicha ekspert guruhi hisoboti va sinov-laboratoriyalarining xulosalari natijasiga koʻra 25 ta korxona keyingi bosqichga oʻtkazildi hamda gʻoliblar aniqlandi. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida boshqarmaga kelib tushgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha ijro intizom ishlari amalga oshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi Ichki audit xizmatining 2022-yil 6 oylik hisoboti

Ichki audit xizmati tomonidan 2022-yil 6 oyligi davomida hududiy maktabgacha taʼlim boʻlimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 135 ta nazorat tadbirlari oʻtkazildi, shundan moliyaviy xoʻjalik faoliyati toʻliq oʻrganish -25 ta, mavzuli tekshirishlar – 110 ta. Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida jami 26,6 mlrd.soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, noqonuniy xarajat va kamomadlar 7,5 mlrd.soʻmni (28%); Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 1,1 mlrd.soʻmni (4%); Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati uchun byudjetdan ajratilgan subsidiya mablagʻlaridan 8,7 mlrd.soʻm (33%); byudjet va tashkilot hhisobiga qoʻshimcha hisoblangan daromadlar1,7 mlrd.soʻm (6%)ni tashkil etdi. Oʻtkazilgan profilaktika natijasida 25,3 mlrd.soʻmlik tovar moddiy boyliklari va pul mablagʻlarining talon-taroj qilinishi oldi olindi. Noqonuniy xarajat va kamomadlar asosan quyidagi yoʻnalishlarda yoʻl qoʻyilmoqda. 1) Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga ajratilgan mablagʻlarning noqonuniy sarflanishi jami noqonuniy xarajat va kamomadlarning 33,3%ni tashkil etgan. Tekshirilgan maktabgacha taʼlim boʻlimi va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan xodimlarning oylik ish haqi va ragʻbatlantirish mablagʻlaridan 2,5 mlrd.soʻm noqonuniy va ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻyilgan. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ish haqiga ajratilgan mablagʻlar asosan:   94 ta “oʻlik jonlar”ga ish haqi yozish orqali 1,5 mlrd.soʻm noqonuniy hisobdan chiqarilgan; ish hajmini toʻliq bajarmagan xodimlarga ortiqcha ish haqi toʻlash; moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini noqonuniy sarflash; plastik kartalarga noqonuniy pullarni oʻtkazish orqali oʻzlashtirish; toʻlov qaydnomalarida qayd etilgan naqd pullarni bermaslik; oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga hamda mehnat taʼtillarini notoʻgʻri hisoblash va boshqa holatlarda ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻyilgan. 2) Oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablagʻlarni noqonuniy sarflashi jami noqonuniy xarajat va kamomadlarning 70,3%ni tashkil etgan. Oziq-ovqat mahsulotlarini asossiz hisobdan chiqarish, kamomad va meʼyorga nisbatan ortiqcha hisobdan chiqarilishi kabi holatlar orqali 4,7 mlrd.soʻm notoʻgʻri sarflangan.    Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablagʻlar asosan: oziq-ovqat mahsulotlarining ombor va oshxonadagi kamomadi; meʼyorga nisbatan oziq-ovqatlarni ortiqcha hisobdan chiqarish; taomnomaga nisbatan hisobotlarda ortiqcha hisobdan chiqarish; yetkazib berilgan mahsulotga nisbatan ortiqcha mablagʻ oʻtkazish va boshqalar. Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati uchun byudjetdan ajratilgan subsidiya mablagʻlaridan 8,7 mlrd.soʻmi noqonuniy ajratilgan. Vazirlar Mahkamasining 19.05.2018-yildagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizom” talablariga amal qilmagan holda Oilaviy NMTTlariga 3 yoshga toʻlmagan va 7 yoshdan katta bolalar uchun subsidiya ajratish; Bitim imzolanmagan davr uchun subsidiya ajratish; Umuman va vaqtincha faoliyat yuritmagan davr uchun subsidiya ajratish; Moliya organlari tomonidan subsidiya olish uchun NTMMlar tomonidan buyurtmanomani tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan kelishmagan boʻlsalarda subsidiya ajratish kabi holatlarga yoʻl qoʻyilgan.   Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab oʻtib, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga zid ravishda 1,1 mlrd.soʻmlik shartnomalar tuzilgan. Ayrim holatlarda auksion xaridlar oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga eʼlonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilib komissiya aʼzolariga tegishli tadbirkorlik subyektidan xaridlar amalga oshirilgan. Byudjet va tashkilot hisobiga qoʻshimcha hisoblangan daromadlar1,7 mlrd.soʻmni tashkil etdi. ortiqcha boyliklarni kirim qilish, asossiz hisoblanmagan badal toʻlovlarini hisoblash, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytirish, asossiz hisobdan chiqarilgan mulkni qayta kirim qildirish, mulkni sotishdan tushgan mablagʻlarni 50%ni mahalliy byudjetga yoʻnaltirish kabi yoʻllar bilan byudjet va maktabgacha taʼlim tashkiloti foydasiga qoʻshimcha hisoblandi. Bundan tashqari, oʻtkazilgan profilaktika natijasida25,3 mlrd.soʻm moliyaviy kamchiliklarni oldi olindi. 2022-yil uchun tuzilgan shtatlar jadvali va smeta xarajatlariga18,2 mlrd.soʻmlik ortiqcha rejalashtirish bartaraf etilishi bilan ish haqi ortiqcha toʻlovlariga chek qoʻyildi. 2,4 mlrd.soʻmlik subsidiya mablagʻlari noqonuniy toʻlanishi oldi olindi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2022-yil 6 oyligi davomida26,3 mlrd.soʻmlik 101 ta tashkilotlarda oʻtkazilgan nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi. Vazirlik byudjet mablagʻlarini oqilona sarflanishini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish talon-tarojliklarni aniqlash va oldini olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligining moliyaviy nazorat departamenti bilan uzviy xamkorlikda ish olib borildi. “Ijro.gov.uz«ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining taʼminlanishi. Ichki audit xizmatiga 2022-yilning 6 oyi davomida “Ijro.gov.uz” orqali140 ta xat va hujjatlar kelib tushgan boʻlib, shundan: - 58 ta turli vazirlik va idoralardan kelgan xat va hujjatlar; - 22 tasi maktabgacha taʼlim vazirining asosiy faoliyatga doir buyruqlari; - 15 tasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boshqaruv idoralari tomonidan kelib tushgan xatlar; - 11 tasi vazirlik rahbariyati koʻrsatmalari bilan tushgan bildirgilar (Fishka hujjat); - 9 tasi yuqori tashkilot va idoralardan kelib tushgan xat va hujjatlar; - 8 tasi vazir huzurida oʻtkazilgan majlis bayonlari (Hayʼat, videoselektor, markaziy apparat yigʻilishlari… ); - 6 tasi hukumat qarorlari (PQ, PF, VQ …); - 5 tasi xizmat doirasida foydalanish uchun (XDFU) hujjat; - 4 tasi faoliyatga doir ichki hujjatlar; - 2 tasi chora-tadbirlar.  Bugungi kun holatiga 121 ta xat va hujjatlarning ijrosi taʼminlanib, 19 tasining ijrosi ish jarayonida. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish. Ichki audit xizmatiga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida jami74 ta murojaatlar kelib tushdi: - Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 4 ta; - Andijon viloyatidan 10 ta; - Buxoro viloyatidan 3 ta; - Jizzax viloyatidan 3 ta; - Qashqadaryo viloyatidan 15 ta; - Navoiy viloyatidan 1 ta; - Namangan viloyatidan 7 ta; - Samarqand viloyatidan 7 ta; - Surxondaryo viloyatidan 1 ta; - Toshkent viloyatidan 5 ta; - Fargʻona viloyatidan 9 ta; - Xorazm viloyatidan 3 ta; - Toshkent shahridan 6 ta. Mazkur murojaatlarni masalalar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak: - Davlat xususiy sherikchilik asosida (xususiy) MTM tashkil etish masalasida – 6 ta; - Maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbar va xodimlariningxatti-harakatlaridan noroziligi toʻgʻrisida – 42 ta; - Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi noqonuniy ishlar toʻgʻrisida –20 ta; - Ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida – 1 ta; - Taʼlim muassasasiga farzandini joylashtirish masalasida – 1 ta; - Boshqa har xil masalalar toʻgʻrisida – 4 ta. Murojaatlarni oʻrganish jarayonida mualliflar ishtiroki ham taʼminlanib, oʻrganish natijalari maʼlum qilinib, tegishli javob xatlari yuborildi. Shuningdek, 3 nafar murojaatchilar tomonidan Ichki audit xizmati xodimlari faoliyatidan qanoatlanganligi boʻyicha Maktabgacha taʼlim vaziri nomiga tashakkurnomalar kelib tushdi. II yarim yillikda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar: 1. Ichki audit xodimlarini Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga jalb etish. 2. Hududiy maktabgacha taʼlim boshqarma va boʻlimlar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini oʻrganish. 3. Byudjet mablagʻlarini oqilona hamda ortiqcha sarflanishini oldini olish yuzasidan profilaktika ishlarini olib borish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yuridik boshqarmasi tomonidan 2022-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida M A ʼ L U M O T N O M A

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarmasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2017-yilgi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida” Nizom, Vazirlar Mahkamasining 01.05.2017-yilgi 250-son qarori, Adliya vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligining yuridik xizmat faoliyatini tartibga solishga oid buyruqlariga muvofiq amalga oshirmoqda. 2022-yil 6 oyi davomida vazirlikning Yuridik boshqarmasi tomonidan yuqorida qayd etilgan Nizomga muvofiq, vazirlik tizimida yuridik xizmat faoliyatining quyidagi asosiy yoʻnalishlari boʻyicha, yaʼni: huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash; ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, shuningdek vazirlikning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish; huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlariga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish; shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Boshqarmaga bevosita taqdim qilingan va elektron hujjat aylanish tizimi orqali  kelib tushgan jami 1725 ta (2021-yil 6 oyida 1398 ta) hujjatlar koʻrib chiqilgan, shundan Oliy Majlis palatalari,Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar hamda boshqa korxona va tashkilotlardan kelib tushgan, topshiriqlar, dasturlar, turli mazmundangi hujjatlar va xatlar 596 ta, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ularning buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi murojatlar156 ta, xoʻjalik shartnomalari 340 ta, mehnat shartnomalari 79 ta hamda vazirik faoliyati va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar loyihalari 554 tani tashkil qilgan. Ushbu hujjatlar  tegishliligi boʻyicha bevosita boshqarmaga oid qismi, yuridik xizmat tomonidan, boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan hamkorlikda ishlanishi lozim boʻlgan qismi esa ular bilan hamkorlikda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlangan. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishva kelishishning yagona tizimi (project.gov.uz) orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari loyihalari Yuridik boshqarma tomonidan boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi. Jumladan, 2022-yilning 6 oy mobaynida yagona tizim (project.gov.uz) orqali 95 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qonunchilikka muvofiqligi tekshirilib, ularning 57 tasi (60%) taklif va eʼtirozlar bilan 38 tasi (40%) esa taklif va eʼtirozlarsiz kelishilgan. Ushbu davrda Maktabgacha taʼlim vazirligining tashabbusi bilan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridan 3 tasi belgilangan tartibda qabul qilindi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi132-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida09.02.2022-yil 9-fevraldagi 66-son, “Toshkent shahrini maktabgacha taʼlim tizimi rivojlangan namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 29.04.2022-yil 29-apreldagi 229-son hamda “Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-maydagi 268-son qarorlari qabul qilingan. Shuningdek, 1 ta Qonun, 2 ta Prezident qarori, 3 ta Hukumat qarori hamda 1 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdaoʻrnatilgan tartibda Adliya vazirligiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari quyidagilardan iborat: “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarni qurishva rekonstruksiya qilish mexanizmini yanada takomillashtirishchora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi; Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini soddalashtirish va byudjet subsidiyalarini ajratish mexanizmini avtomatlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 25-dekabrdagi 384-mh-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish Uslubiyoti (roʻyxat raqami 2745-son, 2015-yil 25-dekabr) talablari asosida bevosita vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan barcha normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizasi oʻtkazilib kelinmoqda. Shuningdek, ushbu davrda Yuridik boshqarma xodimlari tomonidan189 nafar xodimlar va fuqarolarga ogʻzaki ravishda huquqiy tushuntirishlar berilgan. Shuningdek, hisobot davrida boshqarma tomonidan hamda vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning 156 ta murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etildi. Shunda 124 ta arizalar, 25 ta shikoyatlar va 7 ta takliflar qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, tarkibiy boʻlimlariga ularni hal qilishda huquqiy tavsiyalar berilib, murojaat mualliflariga javob xatlari yuborildi. Hisobot davrida vazirlikning tarkibiy boʻlinmalariga bilan birgalikda vazirlik, tizim tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ham ishtirok etildi. Xususan, Fargʻona viloyati Yozyovon tumani, Bahor MFY, Nurobod koʻchasida yashovchi fuqaro I.Isakovning Yozyovon tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri hatti-harakatidan norozi boʻlib, Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bir guruh xodimlarining, Buxoro shahar, Koʻksaroy koʻchasi 5-uyda yashovchi fuqaro Z.Xafizovning Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasining Yuridik boʻlimi boshligʻi A.Adizovning hatti-harakatidan norozi boʻlib yozgan arizalar va murojaatlari koʻrib chiqildi va huquqiy xulosa berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning yuzaga kelishini oldini olish maqsadida Yuridik boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2 ta buyruq loyihasi tayyorlanishiva tasdiqlanib ijroga qaratilishida ishtirok etilgan. Bundan tashqari, bevosita Yuridik boshqarmaning xodimlari korrupsiya qarshi kurash mavzusidagi tadbirlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari, boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qarori bilan tasdiqlangan, “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Nizom va Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-iyundagi475-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisida” Nizom, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil22-noyabrdagi 944-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida” Nizom talablariga rioya qilinishi oʻrganib borilmoqda. Shu bilan birga boshqarmaning masʼul xodimlari tomonidanmazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida maktabgacha taʼlim sohasiga davlat-xususiy sherikchilikni joriy qilish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilayotgan 776 ta davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisidagi bitim loyihalari koʻrib chiqilib, taklif va eʼtirozlar bildirilgan. Boshqarma tomonidan oʻtgan davr mobaynida vazirlikning umumiy faoliyatiga oid 141 ta buyruqlar, shaxsiy tarkibga oid 412 ta boʻyruqlar, shundan, 217 ta shaxsiy tarkibga oid, 195 ta xizmat safarlariga oid buyruqlar oʻrganilib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi Nizom va xodimlarining mansab yoʻriqnomalari oʻrganilib, amaliy yordam berilmoqda. Mehnat munosabatlari bilan bogʻliq 14 dan ziyod hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan. Jumladan: - “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi hamda “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini yanada samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi; - “Xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil7-iyundagi 107-sonli buyrugʻiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi; - “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tavsiya etish, kelishish, tayinlash va lavozimdan ozod etish boʻyicha tizimli ishlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi; - “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hisob-nazorat nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tavsiya etish va tayinlash ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi; - “Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi hamda maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi; - “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, vazirlik tizimidagi respublika tashkilot va muassasalar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar xodimlari lavozimlariga boshqaruv kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi; - “Jamoatchilik asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasiga hududiy nazoratchilarni belgilash toʻgʻrisida”gi; - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimi xodimlarining Odob-axloq qoidalari; - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimi xodimlarining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom; - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Odob-axloq komissiyasining tarkibi; - Maktabgacha taʼlim tashkilotining ichki tartib va odob-axloq namunaviy qoidalari; - Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalarining kadrlar boʻlimi xodimlarini vazirlik markaziy apparatida stajirovka oʻtashi toʻgʻrisida maktabgacha taʼlim vazirining buyrugʻi; - Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini va ularning 2022-yil 2-choragi uchun faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini (KPI koʻrsatkichlari) tasdiqlash toʻgʻrisidagi vazir buyrugʻi. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-martdagi “Oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilash toʻgʻrisida”gi 19-sonli yigʻilish bayonining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Qarshi davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum. Yuridik boshqarma tomonidan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda vazirlik tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ham faol ishtirok etildi. Vazirlik markaziy apparati faoliyati uchun zarur boʻlganjihozlar, tovarlar, avtotransport va boshqa maqsadlarda tuziladigan340 ta moliyaviy-xoʻjalik shartnomalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi. Jumladan, joriy yilning birinchi yarim yilligida jami 340 ta  xoʻjalik shartnomalar qonunchilikka muvofiqligini tekshirilib, ularning 70%  boʻyicha boshqarma tomonidan kiritilgan eʼtiroz va takliflar yuzasidan oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, barcha shartnomalar loyihalariga viza qoʻyilgan. Oʻtgan davr mobaynida shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilgan. Bundan tashqari boshqarma tomonidan tegishli tuzilmalar bilan birgalikda vazirlikning debitorlik qarzlari ahvoli oʻrganilib, ularning miqdorini kamaytirish choralari koʻrilmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligida boshqarma tomonidanjami 20 dan ziyod daʼvo arizalar kiritilgan. Jumladan, davlat-xususiy sheriklik sohasida tuzilgan bitimlar boʻyicha shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun xususiy sheriklarga nisbatan penya undirilishi yuzasidan iqtisodiy sudlarga daʼvo arizalar kiritilib, barcha ishlar boʻyicha daʼvo arizalar qanoatlantirilgan. Masalan, Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 07.04.2022-yilgi hal qiluv qaroriga asosan xususiy sherik - javobgar “BABURIDI” NMTdan vazirlik foydasiga 70.000.000 soʻm penya undirilgan. Shuningdek, xoʻjalik shartnomalar shartlarini bajarmaganligi yuzasidan iqtisodiy sudlarga 4 ta daʼvo arizalar kiritilib, barcha ishlar boʻyicha daʼvo arizalar qanoatlantirilgan. Masalan, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 19.01.2022-yilgi hal qiluv qaroriga asosan javobgar “Hi-Tech Bank” XATBdan vazirlik foydasiga bank depozit asosiy qarzi 7.000.000.000 soʻm, foizlar qarzi 513.073.972 soʻm va 250.000.000 soʻm penya undirilishi belgilangan. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 20.04.2022-yilgi 2 ta hal qiluv qarorlariga asosan javobgar “Turkiston” XATBdan vazirlik foydasiga bank depozit asosiy qarzi 9.705.643.835 soʻm va 377.000.000 soʻm penya undirilishi belgilanib, 496.273.972 soʻm sud jarayoni davomida qoplangan. Oʻtgan davri mobaynida hal qiluv qarorlarni haqiqiy undiruvga qaratilishi natijasida “Turkiston” XATBdan 2.361.983.560 soʻm, “Hi-Tech Bank” XATBdan 2.638.268.49 soʻm va DXSH sohasi boʻyicha 7.371.224 soʻm,jami  boʻlib 5.007.623.278 soʻm vazirlik hisob-raqamiga tushgan. Bundan tashqari vazirlik manfaatlarni koʻzlab boshqarma xodimlari tomonidan sudlarda faol ishtiroki taʼminlanmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligida boshqarma xodimlari tomonidan sudlarda 41 ta ishda jami boʻlib 87 ta sud jarayonida ishtirok etildi. Shunda, iqtisodiy sudlarda 22 ta ish boʻyicha 54 ta sud jarayonida, fuqarlik ishlari boʻyicha sudlarda 16 ta ish boʻyicha 25 ta sud jarayonida, maʼmuriy sudlarda 2 ta ish boʻyicha 4 ta sud jarayonida, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda 2 ta ish boʻyicha 8 ta sud jarayonida ishtirok etildi. Iqtisodiy sudlarda vazirlik tomonidan kiritilgan daʼvo arizalari boʻyicha barcha ishlarda vazirlik manfaatlarida hal qiluv qarorlari chiqarilgan boʻlib, 1 ta ish boʻyicha vazirlik vakillari javobgar sifatida ishtirok etilgan ishda daʼvo talablarni rad etish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan. Masalan, Toshkent tumanlararo sudiga daʼvogar “Xur Texno” MCHJ javobgar Maktabgacha taʼlim vaziligiga nisbatan 05.11.2018-yilgi 22-sonli shartnomasiga oʻzgartirish kiritish va 1.188.067.125 soʻm qoʻshimcha qiymat soligʻi va 109.991.929 soʻm penya undirish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan murojat qildi. Boshqarma xodimlari tomonidan vazirlik manfaatlarida malakali ishtirokini taʼminlanishi natijasida 29.04.2022-yilgi hal qiluv qaroriga asosan daʼvo talablari toʻlaligicha rad etildi.   Shuningdek, maʼmuriy sudlarda vazirlik vakillari javobgar sifatida ishtirok etilgan 2 ta ishda daʼvo talablari rad etishi haqida hal qiluv qarorlari qabul qilingan. Boshqarma xodimlari tomonidan 1 ta jinoyat ishida ishtiroki natijasida vazirlik tizimidagi sobiq xodimlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan ayblov hukmi chiqarilgan. Vazirlik tizimi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish ishlar ham boshqarma tomonidan tashkillashtirildi. Jumaladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlarining maʼnaviyati, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularni jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanish ishlarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 4-oktyabrdagi 181-son buyrugʻi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-martdagi 134-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida esa, Maktabgacha taʼlim vazirining “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-martdagi 42-son buyrugʻi qabul qilingan. Mazkur buyruqlarga va 2022-yil 11-yanvar kuni Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlaridagi yuridik xizmat xodimlari tomonidan2022-yilning birinchi yarim yilida sohaga oid qonun hujjatlarini aholiga va ijrochilarga yetkazish maqsadida tashkil etiladigan tadbirlar rejasi”ga koʻra, xodimlarning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borilmoqda. Xususan, haftaning har juma kuni vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun “Maʼnaviyat va huquqiy savodxonlik soati” oʻtkazilib, tadbirlarda yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirib berilmoqda. 2022-yilning birinchi yarim yilida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 14 ta yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari boʻyicha tayyorlangan targʻibot materiallari Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga yuborish ishlari tashkil qilingan. Ushbu targʻibot materiallaridan vazirlik markaziy apparatida va hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan xodimlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga oid tadbirlarda foydalanildi. Yuridik boshqarma tomonidan 2022-yilning birinchi yarim yilida televideniyada 4 marotaba, radioda 2 marotaba, gazetalarda 3 marotaba, junallarda 3 marotaba chiqishlar qilindi, internet sahifalarida12 marotaba materiallar chop etildi, shuningdek 24 marotaba davra suhbatlari, 20 marotaba ceminar va treninglar tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni baholash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishga tushilgan “htb.huquqiyportal.uz” maxsus portaliga doimiy tarzda Maktabgacha taʼlim vazirligi va hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha maʼlumotlar joylashtirib borilmoqda. Jumladan, huquqiy savodxonlikni oshirishga doir aksiyalar, fleshmoblar va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishga oid 20 ta, huquqiy savodxonlik darajasini oshirish boʻyicha oʻqitishga oid 6 ta, mahallalarda oʻtkazilgan manzilli targʻibot tadbirlarga oid 3 ta, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkazilgan manzilli targʻibot tadbirlarga oid 3 ta, davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallari foydalanuvchilariga oid 3 ta, huquqiy targʻibotni amalga oshirishda yangi targʻibot turlaridan foydalanganlik darajasiga oid 2 ta, ommaviy axborot vositalari bilan amalga oshirilgan brifinglarga oid 6 ta, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi oʻtkazilgan tadbirlarga oid 8 ta, jami 51 ta materiallari maxsus portalga joylashtirildi. Vazirlar Mahkamasining “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 16-maydagi 259-son qaroriga ijrosini taʼminlash maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida” 2022-yil 24-maydagi 126-son buyrugʻi qabul qilingan. Buyruq ijrosi doirasida, 2022-yilning 14-iyunidan 14-iyuligacha “Huquqiy savodxonlik oyligi” oʻtkazilishi rejalashtirildi(buyruq raqami 136-son, 2022.10.06.). Jumladan, “Huquqiy savodxonlik oyligi”joriy yilning 24-iyun kuni Fargʻona shahrida, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlim boshliqlari, kadrlar boʻyicha mutaxassislari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari, Andijon va Namangan viloyatlari maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshliqlarining oʻrinbosarlari, yuridik xizmat xodimlari va kadrlar boʻyicha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Bundan tashqari, quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: “ijro.gov.uz” tizimi orqali boshqarmaga kelib tushgan Prezident Administratsiyasi va hukumat topshiriqlari, vazirliklar va idoralardan kelib tushgan hujjatlari, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar koʻrib chiqilib, ijro etilishi taʼminlab kelinmoqda; “app.ijro.uz” elektron tizimi joylashtirilgan buyruqlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqib munosabat bildirilmoqda; Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ishga tushilgan http://htb.huquqiyportal.uz/ maxsus portaliga doimiy tarzda huquqiy targʻibotlar boʻyicha maʼlumotlar joylashtirib borilmoqda (VI 2813); har haftaning juma kuni vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun, joylarda maktabgacha talim tizimi xodimlari uchun maktabgacha taʼlim hududiy boʻlinma yuridik xizmatlari xodimlari tomonidan “huquqiy savodxonlik dars”lari oʻtkazib kelinmoqda; maktabgacha taʼlim hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini malakasini oshirish maqsadida ularning Yuridik boshqarmada stajirovka oʻtash ishlari tashkillashtirilmoqda. Yuridik boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiq Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yuridik xizmat xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazilib, ish faoliyati davomida yuzaga keladigan turli muammolar muhokama qilinib, ushbu muammolarni yechish buyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib kelinmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasini 2022-yilning 1-yarimyillik davr mobaynida bajarilgan ishlar boʻyicha hisoboti

Bajarilgan ishlar: Boshqarma tomonidan 2022-yil 6  oy   ichida bolalar salomatligi  taʼminlash va jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun taʼlim xizmatlari sifatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish sohasida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi, shu jumladan:              Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bandlikka qoʻmaklashish va ijtimoiy faollikni yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosi doirasida Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengashi (shu jumladan Maktabgacha taʼlim vazirligi aʼzo sifatida) tashkil etilib faoliyat yuritmoqda. 2022-yilning 6 oy davrida mazkur idoralararo kengashining 9 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi va ularning bayonlari yuzasidan qoʻyidagi tadbirlar amalga oshirildi: - vazirlikning ishchi guruhi roʻyhati hamda ularning hududlarga biriktirilganligi haqidagi reja-jadvali tasdiqlandi va 11.02.2022-yildagi03-01/7-33-sonli xat bilan Idoralararo kengashi ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga yuborildi; - Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTda tarbiyalanayotgan koʻrishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarni taʼlim olish sifatini taʼminlash maqsadida ushbu MTT va mazkur nuqsonlari mavjud boʻlgan bolalar sonini hamda keyingi yillar uchun boʻladigan prognozini hisobga olgan holda Brayl alifbosi toʻplamlarga zarur boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlandi va 25.01.2022-yil 03-01/7-151-sonli xat bilan Idoralararo kengashi ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga yuborildi; - Maktabgacha taʼlim vazirligining 25.02.2022-yildagi 52-sonlischet-faktura asosida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligidan gumanitar yuk shaklida 130 ta Brayl alifbosi toʻplamlari olindi; - Maktabgacha taʼlim vazirining 01.03.2022-yildagi 43-son buyrugʻi qabul qilindi va mazkur boʻyruq bilan 130 ta Brayl alifbosi toʻplamlarni viloyat va IMTTlar kesimida taqsimoti tasdiqlandi. Hozirgi kunda ularni qabul qiluvchilariga yetkazib berish jarayoni olib borilmoqda; - nogironlikning har bir holati boʻyicha oʻtkazilgan xatlov natijalari boʻyicha aniqlangan muammoli masalalarni hal etish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Yoʻl xaritasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu Yoʻl xaritasi 15.04.2020-yil 03-01/7-872-sonli xat bilan ijro etish uchun hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalariga yuborildi va hozirgi kunda uning ijrosi yuzasidan monitoringi olib borilmoqda. Toshkent shahridagi 18 ta Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarni faoliyati tahlil qilindi va uning natijalariga asosan “Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 30.09.2022-yildagi 826-son qarori oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi, tushuntirish xati va taqqoslash jadvali tayyorlandi va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Bosh vazir oʻrinbosarining 07.01.22 yildagi 31/1-2655-sonli topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida surdo tarjimonlar va surdopedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishlar amalga oshirildi, takliflar ishlab chiqildi va 08.01.2022-yildagi03-01/7-19-sonli xat bilan Vazirlar Mahkamasiga hamda  Turizm va sport vazirligiga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida 10.02.2022-yil viloyat faollari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishning14-sonli bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligining Nazorat-rejasi tayyorlandi va 04.03.2022-yilda 01-04 –son bilan tasdiqlandi. Nazorat-rejasiga muvofiq, hozirgi kunda Maktabgacha taʼlim va Halq taʼlimi vazirliklarning mutaxassilardan iborat ishchi guruh tuzildi va xalqaro tajribani oʻrgangan holda koʻrishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻqitish metodikalar boʻyicha tavsiyalar va oʻquv dasturlari ishlab chiqish yuzasidan tashkiliy tadbirlar oʻtkazilmoqda. “Projekt” tizimdan kelib tushgan quyidagi 6 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari oʻrganib chiqilib, ekspertizadan oʻtkazildi va tizimga taaluqli boʻlgan qismi boʻyicha asoslantirilgan taklif va qoʻshimchalar ishlab chiqilib asosiy ijrochi boʻlgan organlarga – Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Halq taʼlimi vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga rasmiy xat bilan taqdim etildi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslarning ijtimoiy-madaniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi (ID-58419 (V-1)); Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida taʼlim berish sifatini oshirish va ular faoliyatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi (ID-56614 (V-1), ID-56614 (V-2)); “Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi (ID-59611 (V-1)); Oʻzbekiston Respublikasining «Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi (ID-60722 (V-1)); Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ayrim Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaror loyihasi (koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalarga taaluqli qismi boʻyicha) ID-61484 (V-1); Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning faoliyatini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasi (ID-62351 (V-1)). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirigʻiga asosan Davlat boshqaruv akademiyasi huzuridagi taman(shahar) va viloyat hokimlari oʻrinbosarlariga nomzodlarni boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha maxsus oʻquv kursi uchun “MTTlarda bolar hayotini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash” mavzusida maʼruza matni va prezentatsiyasi tayyorlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining2022-yilgi ish rejasiga muvofiq “Fuqarorlar salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 19-moddasida belgilangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda tibbiy xizmat tashkil etilishi normalardan kelib chiqqan holda  2019-2021-yillar boʻyicha tahliliy matarial tayyorlandi va 18.02.2022-yildagi03-01/7-435-sonli xat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini02.04.2022-yildagi 114-,VI-42-11-0-QQ/22l-qaroriga muvofiq “Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va rahbariyat tomonidan tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tengligi va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasini topshirigʻini ishrosi taʼminlash yuzasidan Sogʻiqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda “Taʼlimning barcha bosqichlarida tibbiy madaniyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaror ishlab chiqilib. vazirliklarning rahbariyati tomonidan tasdiqlandi. Hozirgi kunda ushbu qarorga asosan MTTlar uchun sogʻlom turmush tarzi boʻyicha oʻquv dasturi ishlab chiqilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.09.2018-yildagiPQ-5544-son qarori bilan tasdiqlangan “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”ning 23-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining soʻroviga muvofiq qoʻyidagi maʼlumotlar tayyorlandi va Adliya vazirligiga rasmiy xatlar bilan taqdim etildi: -Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2019-yildagiPQ-4312-sonli qarorining 7, 11 va 25-banlarda belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash yuzasidan MTTlarda ovqatlanish va tibbiy xizmatni tashkil etish sohasida amlaga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot;   -Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 13.02.2019-yildagiPQ-4190-son qarorida belgilangan topshiriqlarni bajarish boʻyicha qilingan ishlar yuzasidan materiallar; -MTT hodimlarning tibbiy koʻriklari haqida amaldagi NMH asosalangan holda maʼlumot. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisolashtirilgan maktab-internatlarda taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18 pareldagi PQ-209-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligining Nazorat rejasi ishlab chiqildi va 22.04.2022-yilda 03-07-son bilan tasdiqlandi. Mazkur Nazorat rejasiga muvofiq hamda 2022-yil 18 pareldagiPQ-209-sonli qaror bilan tasdiqlangan “”Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining shart-sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilash boʻyicha Yoʻl xaritasi”ning 11-bandi ijrosi yuzasidan Viloyatlarda istiqomat qiluvchi qoʻrishida nuqsoni mavjud 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni 2026-yilgacha bosqichma-bosqich maktabgacha taʼlim tizimi bilan qamrab olish boʻyicha hamkorlikda amalga oshiriladigan Chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va 2022-yil 15-iyulda Maktabgacha taʼlim vaziri, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vaziri hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentlikni direktorlari tomonidan tasdiqlandi va ijroga yoʻnaltirildi. MTVning Hayʼat kengashining 01.02.2022-yildagi 1-sonli bayoniga muvofiq hamda MTVning 2022-yil 1-yarim yillik ish rejasida (1-ilova, 3.1-band) belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash yuzasidan MTTda tarbiyalanuvchilarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlandi. Maktabgacha taʼlim vazirining 18.02.2022-yildagi 38-X-son buyrugʻiga asosan 2022-yilning 21-fevraldan 11-martga qadar  2-ishchi guruh tarkibida Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari va Toshkent shahridagi davlat MTT faoliyati boʻyicha kompleks oʻrnishlar oʻtkazildi va natijalari boʻyicha maʼlumot tayyorlandi.  2022-yilda nogiron bolalarni zamonaviy eshitish apparatlari bilan taʼminlash loyihasini Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agenligi va “Zamin” xalqaro Fondi hamkorligida amalga oshirilishini davom ettirish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Eshitish vositalarni sotib olish uchun ishchi gurux tuzildi (vazirlikning 14.03.2022-yildagi 03-01/7-694-son xati bilan tavsiya etilgan mutaxassis ishchi guhiga kiritildi) va ishchi guruh tomonidan texnik topshiriqlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Hozirgi kunda tender tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Zangiota tumani xalq Kengashi deputatlarining Deputat soʻrovi oʻrganib chiqildi va Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 30-sonli davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻtkazilayotganligi boʻyicha tahlil asosida asoslantirilgan javob xatlar tayyorlandi va belgilangan muddatda Deputatlarga taqdim etildi. Ishchi guruh tarkibida “Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachi-pedagog” Kasb standartini ishlab chiqishda ishtirok etildi. Maktabgacha taʼlim vazirligining 08.06.2022-yildagi videoselektor yigʻilishining 2-sonli bayonida berilgan topshiriqni ijrosini taʼminlash maqsadida Oilaviy nodavlat MTTga hamshiralarni biriktirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi va qoʻrib chiqish uchun MTVning tegishli boshqarmalarga kiritildi. Quyidagi tadbirlarda ishtirok etildi: 31-mart kuni Davlat-xususiy sherikchilik sohasidagi muammoli masalalar va ularni bartaraf etish boʻyicha oshirilayotgan chora-tadbirlarga bagʻishlangan matbuot anjumanida; 6-aprel kuni MTTlarda sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan “Munosabat” tok-shouda; 27-aprel kuni “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari boʻyicha Konvensiya qoidalarini amalga oshirishda davlat organlarining roli” mavzusida oʻtkaziladigan seminar ishida ishtirok etildi. Ogʻir eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarga maqsadli yordam koʻrsatish maqsadida Respublika Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, zamonaviy yeshitish apparatlari berildi: joiy yilning 19-fevral kuni Toshkent shahrida,a 4-5-mart kunlari Samarqand viloyatida, 6-mart kuni Buxoro viloyatida, 7-mart kuni Navoiy viloyatida, 14-18-mart kunlari Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida, 23-24-mart kunlari Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari, 25-27-mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida va  Xorazm viloyatida, 29-30-mart kunlari Surxondaryo viloyatlarida tarbiyalanuvchilarini eshitish vositalari bilan taʼminlash tadbiri oʻtkazildi. Ogʻir eshitishda nuqsoni boʻlgan tarbiyalanuvchilarning jami 224 nafar bolalar  tekshirildi - shundan 188 nafar bolalrga 340 nafar eshitish apparati  berildi. MTV va JAYKAning xamkorligida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash loyihasi” qoʻshma loyiha olib borilmoqda: qoʻshma ish rejasi ishlab chiqilgan, joriy yilning 17-yanvar kuni qoʻshma Muvofiqlashtiruvchi Qoʻmitaning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. MTV vakillaridan, JAYKAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, yaponiyalik ekspert janob Horib Koheaning loyiha koordinatori, Xalq taʼlimi vazirligining vakillari. 1-apreldan 10-maygacha Oʻzbekistonga Yaponiyadan ekspert doktor Hoshimoto tashrif buyurdi, u bilan ishchi uchrashuvlar va joylarda oʻrganish tadqiqotla tashkil etildi va xamkorlikda  ish olib borildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun pilot hududlar  tanlab olindi- Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari . Pilot tashkilotlar  ham aniqlandi. Ekspert, Sirumini xonim hozirda Oʻzbekistonda. Ayni paytda asosiy tadqiqotlar, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va tarbiyachilari bilan suhbatlar oʻtkazildi. Asosiy tadqiqot boʻyicha hisobotlar 2022-yil avgust oyining birinchi haftasiga rejalashtirilgan navbatdagi idoralararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashda (MTV/XTV/JAYKA) rasmiy ravishda taqdim etiladi. Mak Governa-Doula  “Taʼlim uchun oziq-ovqat va bolalar ovqatlari” dasturi doirasida Oʻzbekistondagi Mehribonlik korpusi ( Mersi Korps) filiali bilan xamkorlida olib borilmoqda, xususan: loyihani amalga oshirish boʻyicha yillik ish rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan; asosiy tadqiqotlarni oʻtqazish maqsadida soʻrovnomalar koʻrib chiqildi va asosiy baholashni oʻtkazish uchun moslashtirildi. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga asosiy baho berilmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (maktabgacha) turli yuqumli kasalliklar patogenlari tarqalishining oldini olish maqsadida loyiha asbob-uskunalar sotib olindi va 20 ta maktabgacha (har bir mintaqada 10 ta) tanlangan 60 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan quyosh panellari asosida qoʻl yuvish stansiyalarini oʻrnatishni toʻliq yakunladi. Mehribonlik korpusi (Mersi Korps)  bilan xamkorlikda Maktabgacha taʼlim vazirligining qoshidagi malaka oshirish instituti bazasida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari  hamshiralarini malakasini oshirish uchun simulyatsiya markazi loyihasi ishlab chiqildi. Simulyatsiya markazini maxsus oʻquv jihozlari va materiallari bilan jihozlashning texnik xususiyatlari ham ishlab chiqilgan. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligining qoshidagi malaka oshirish instituti bazasida oshpazlarini malakasini oshirish uchun oshxona studiyasini yaratish loyihasi ishlab chiqilmoqda. 25-mart 2022-yil 68-sonli buyruq bilan Navoiy viloyati Zarafshon shahrida Umid reabilitatsiya markazi ega boʻlgan davlat koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi va nizomi tasdiqlandi, shu bilan birgalikda 2022-yil uchun shatat normativlari va xarajatlar smetasi ham tasdiqlandi. Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma xodimlari bilan  lavozimlarga taqdim etilgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazildi va ushbu tashkilotga tarbiyachi- oʻqituvchilar va shifokorlar tanlab olindi.   Suhbat zum platformasi orqali onlayn intervyu shaklida boʻlib oʻtdi. Joriy yilning 21-iyun kuni Zarafshon shahrida Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan va  Bolalarni salomatligin taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini faoliyatini muvoviqlashtirish boshqarmasi  mutaxassislari ishtirokida viloyat tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. U yerda 71 nafar bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi: ulardan 57 nafari Umid reabilitatsiya markazi bilan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga, 14 nafar bola esa umid reabilitatsiya markaziga yoʻllanma oldi. 22-iyun kuni “Umid” reabilitatsiya markazi bilan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti 3 guruh bolalarni (27 kishi) qabul qildi va oʻz faoliyatini boshladi. 6-aprel 2022-yil 75-sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Imkon reabilitatsiya markazi ega boʻlgan davlat koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi va nizomi tasdiqlandi, shu bilan birgalikda 2022-yil uchun shatat normativlari va xarajatlar smetasi ham tasdiqlandi. Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma xodimlari bilan  lavozimlarga taqdim etilgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazildi va ushbu tashkilotga tarbiyachi- oʻqituvchilar va shifokorlar tanlab olindi.   Suhbat zum platformasi orqali onlayn intervyu shaklida boʻlib oʻtdi. Joriy yilning 20-iyun kuni Qarshi shahrida Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan va  Bolalarni salomatligin taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini faoliyatini muvoviqlashtirish boshqarmasi  mutaxassislari ishtirokida viloyat tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. U yerda 130 nafar bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi: ulardan 43 nafari Imkon reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga, 27 nafar bola esa Imkon reabilitatsiya markaziga yoʻllanma oldi. Maktabgacha taʼlim vazirligi, Soqliqni saqlash vazirligi qoshida ToshVMOI bilan birgalikda va YUNISEF koʻmagida "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha” qoʻllamalar rus va uzbek tillarida ishlab chiqildi va 10 000 nusxada (31 790 AQSH doll) chop etildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimda tibbiy xizmatni tashkil etish va sifatini oshirish maqsadida ToshPTI va ToshVMOI mutaxassislari bilan birgalikda YUNISEF koʻmagida jami 160 million soʻmlik maktabgacha taʼlim tizimida ishlayotgan hamshiralarni malakasini oshirish uchun elektron platformasi ishlab chiqildi va hamshiralarni onlayn platforma orqali oʻqitish uchun videomateriallar yaratildi. Joriy yilning 9 yyun kuni Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tuman masʼul hamshiralari uchun ToshPTI qoshida joylashgan oʻquv markazida trening oʻtqazildi. Birinchi guruxda (10 nafar) va ikkinchi guruxda  (30 nafar) Toshkent shaxridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ish faoliyatini yuritib kelayetgan hamshiralar malakasini oshirdi, birinchi guruxdagi xamshiralar 70% MDO va ToshVMOI sertifikatini olish bilan oʻquv-sinov ishlarini muvaffaqiyatli yakunladilar. Elektron platforma Maktabgacha taʼlim vazirligining qoshidagi malaka oshirish instituti serveriga oʻtkazildi va UNICEF tomonidan chop etilgan qoʻlamalar "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha “.tarqatish uchun topshirildi. 2022-yilning 25-iyun xolatiga koʻra respublikada rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarilar soni 74 tani tashkil etdi, bu esa 2018-yilning shu davriga (188 ta) nisbatan 60,6% ga kamayganligini koʻrsatmoqda. Tegishli ravishda mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan imkoniyati cheklangan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsoni boʻlgan tarbiyalanuvchi bolalarning soni 2018-yilga (21 335) nisbatan 69,8% ga kamaydi va 6 434 tarbiyalanuvchini tashkil etdi, ulardan 3728 (57,9%) nafari nogironligi boʻlgan tarbiyalanuvchilar. 2022-yilning 25-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 6 366 Davlat MTTlar mavjud boʻlib, ularda 1 287 150 nafar bola tarbiyalanmoqda, joriy yilning 6 oyida 1 113 235 nafar (89.4%) tarbiyalanuvchi, ulardan I-chorakda 605 849 nafar (54,4%) va II-chorakda 507 386 nafar (45,6%) tarbiyalanuvchi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va kasalliklarning oldini olish boʻyicha tavsiyalar va yoʻllanmalar berildi. Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtgan 1 113 235 nafar tarbiyalanuvchilardan 265 473 nafarida (23,4%) turli hil kasalliklar aniqlandi, ulardan 2-salomatlik guruhini 233 272 (22,5%) nafar va 3-salomatlik guruhini 10 646 (0,9%) nafar tarbiyalanuvchilar tashkil etdi. Kasalliklar aniqlangan 265 473 nafar tarbiyalanuvchilardan 222 478 nafar (83,4%) tarbiyalanuvchi sogʻlomlashtirildi, ulardan ambulator sharoitida 211 009 (95,4%) nafar, statsionar sharoitida 8 946 (3,7%) nafar va sanatoriya sharoitida 2 523 (0,9%) nafar tarbiyalanuvchi sogʻlomlashtirildi. Maktabgacha taʼlim vazirligining Moliya vazirligi va Bandlik va mexnat munosabatlar vazirligi bilan kelishilgan namunaviy shtatlarga (188-son 2019-yil 14-oktyabrdagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining namunaviy shtatlarini tasdiklash tugrisida”gi Maktabgacha taʼlim vaziri buyrugʻi) muvofiq umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida guruhlar soniga qarab belgilangan xamshira shtat birligiga (2-guruhli - 0,5; 8-guruhgacha -1,0 hamda 8 va undan ortiq guruhlar -1,5 shtat birligi) koʻra 6 366ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun 7 464,5 hamshira shtat birligi ajratilgan boʻlib, hozirgi kunda amalda barcha shtat birliklari bandligi taʼminlangan holda 8 612 nafar hamshira faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-yil 13-maydagi 2019-sonli qarori ijrosi doirasida tibbiy-psixologik va pedagogik komissiyalar faoliyati isloh qilindi. Natijada respublikada alohida ehtiyojli bolalar ixtisoslashtirilgan korreksion- pedagogik va reabilitatsion yordamdan foydalanish imkoniyati oshdi. Vazirlik boshqarmasi mutaxassislari bilan xamkorlikda “Qurbonov” nomidagi Respublika bolalar psixonevrologik kasalxonasi mutaxassislari bilan birgalikda respublika hududlarida tibbiy-psixologik va pedagogik komissiya oʻtkazishdi va konsultativ, uslubiy va amaliy yordam koʻrsatdilar. Joriy yilning 2-chorak davomida maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari va sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi tashkilotlarning mutaxassislari ishtirokida 16 ta TPPK oʻtkazildi, xammasi boʻlib 1721 bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, ulardan 1441 nafar bola davlat koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim  tashkilotlariga xulosa-yoʻllanma olishdi. № Xududlar TPPK oʻtqazilgan sanasi TPPKdan oʻtqazilgan bolalar soni davlat koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim  tashkilotlariga xulosa-yoʻllanma olgan bolalar soni 1 Toshkent shaxar 01.04.2022 109 92 2 Toshkent shaxar 08.04.2022 69 62 3 Toshkent shaxar 15.04.2022 83 65 4 Namangan 22.04.2022 157 132 5 Andijan 22.04.2022 40 33 6 Buxara 29.04.2022 121 98 7 Toshkent shaxar 06.05.2022 166 142 8 Toshkent shaxar 13.05.2022 113 96 9 Samarkand 20.05.2022 64 61 10 Fergana 27.05.2022 167 143 11 Toshkent shaxar 03.06.2022 117 108 12 Andijan 10.06.2022 113 93 13 Djizzak 16.06.2022 64 37 14 Karshi 20.06.2022 129 106 15 Zarafshan 22.06.2022 73 56 16 Xorezm 24.06.2022 136 117   JAMI   1721 1441 Boshqarma mutaxassislari texnik ishchi guruhga aʼzo boʻlib , uning vazifasi bolalarni himoya qilish boʻyicha tarmoqlararo standart operatsion protseduralarni (SOP) ishlab chiqishdan iborat. Ular, xususan, favqulodda vaziyatlarda bolalarni zoʻravonlik, zoʻravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan. Ishchi guruhga bolalar huquqlari boʻyicha vazirlik vakillari, yoshlar tashkilotlari, NNT va YUNISEF vakillari kiradi. 15-fevral kuni bolalarni himoya qilish boʻyicha idoralararo hamkorlikning standart ish tartiblarini muhokama qilish boʻyicha ishchi guruhning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 21-iyun kuni “Imkon-Qibray”, “Imkon-Nukus”, “Imkon–Qarshi”, “Umid-Zarafshon” reabilitatsiya markazlari ega boʻlgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek Toshkent shahri va viloyatlardagi davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va metodistlari   respublika vebinarda “Milliy tizimni yaratish, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar uchun erta aralashuv sohasida” malaka oshirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan treningda ishtirok etishdi. Ushbu vebinar bir qator vebinarlarning uchinchisi boʻlib, uning maqsadi nogiron bolalar uchun erta aralashuv sohasida dalillarga asoslangan amaliyot bilan bogʻliq asosiy tushunchalar va gʻoyalarni oʻtkazish va taqdim etishdir. Ular rivojlanish kechikishidan va nogiron yosh bolalarga xizmat koʻrsatishda ishtirok milliy manfaatdor tomonlar va turli amaliyot xabardorligini oshirishga qaratilgan, shuningdek, ularning oilalari sifatida, asosiy tamoyillari va zamonaviy amaliyot elementlari va erta harakat tizimlari haqida. Vebinarlar YUNISEF mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan Yevropaning erta bolalikka aralashish assotsiatsiyasi (YEURLYAID) bilan hamkorlikda zamonaviy erta bolalikka aralashish amaliyoti va tizimlari boʻyicha mintaqaviy va milliy ishlarni targʻib qilish boʻyicha salohiyatni oshirish tashabbuslari doirasida tashkil etilgan. Joriy yilning 6 oyi davomida ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida boshqarmaga vazirlik devoni orqali 1383 ta hujjat kelib tushgan boʻlib, ulardan 630 ta hujjatga  boshqarma masʼul hisoblanadi. Ulardan 1 ming 329 tasi bajarilgan, qolgan 54 tasi ish jarayonida. Masʼul boʻlgan ijroda 614 tasi bajarilgan, qolgan 16  tasi ish jarayonida Shuningdek, 288 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 287 ta murojaatga tegishli javob xatlari yuborilgan. 2 yarim yillik uchun rejalashtirilgan ishlar: Xalqaro tajribani keng oʻrgangan holda maktabgacha yoshda boʻlgan koʻzi ojiz bolalarni oʻqitish metodikasini va oʻquv dasturini ishlab chiqish. Viloyatlarda istiqomat qiluvchi koʻrish nuqsoni mavjud 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni 2026-yilgacha bosqichma-bosqich maktabgacha taʼlim tizimi bilan qamrab olish. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamshiralarini oʻqitish uchun simulyatsion markazni tashkil etish  Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshpazlarini malakasini oshirish uchun kulinariya studiyasini tashkil etish.  yuzasidan loyihani ishl ab chiqish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan 2022-yil birinchi yarim yillikda bajarilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

Pedagog kadrlar salohiyati Xozirgi kunda Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2022-yil may oyi holatiga jami 149 024 nafar rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda (2021-yilda 134 641 nafarni tashkil etib, 10,6 foizga ortgan). Jami pedagoglarning 112 625 nafari (75,5%) davlat va 36 399 nafari (24,5%) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻgʻri keladi. 149 024 nafar pedagoglarning 34,5 foizi (51 442 nafar) oliy maʼlumotlidir (2021-yilda 33,8% ni tashkil etgan). Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan112 625 nafar pedagoglarning 41 259 nafari yoki (36,6% foizi oliy,71 366 nafari yoki 63,4 foizi oʻrta maxsus maʼlumotlidir. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 12 460 nafar oliy (34,2%) va 23 939 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Pedagoglarning 8271 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari, 6357 nafari metodistlar, 98707 nafari tarbiyachilar,11295 nafari musiqa taʼlimi oʻqituvchilari, 2674 nafari xoreograflar,    6876 nafari jismoniy tarbiya yoʻriqchilari, 7483 nafari chet tili oʻqituvchilari, 4193 nafari psixologlar, 1160 nafari defektologlar va2008 nafari logopedlardan iborat.               Raxbar va pedagog  kadrlarni malakasini oshirish Maktabgacha taʼlim tizimi rahbar va mutaxassislarini malakasini oshirish ilgʻor tajribalar asosida tashkil etish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologilarini joriy etish, oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish hamda pedagoglarning kasbiy va pedagogik mahoratlarini uzluksiz oshirib borishlarini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi “2022-yilda maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari, mutaxassislari va pedagog kadrlarning malakasini oshirishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 248-son buyruq tasdiqlandi.          2022-yilda 17288 nafar pedagog kadrlarning malakasini oshirish rejalashtirilgan. 2022-yilning 2-choragida jami 9816 nafar ( 56,7 %) maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi. 4767 nafari Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida, 4317 nafari Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xalq taʼlimi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida, 732 nafari Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirishdi.                                                Attestatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 572-son qaroriga asosan Maktagacha taʼlim vzirligining 2021-yil 29-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil  29-sentyabrdagi189-son buyrugʻi qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi  Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-fevraldagi 04/QQ a 2-Q/Q-son qoʻshma qarori qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil17-sentyabrdagi 572-sonli qaroriga asosan, 2022-yil mart-iyun oylarida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etish uchun 5263 nafar pedagog kadrlar ariza topshirdilar. 2022-yil mart-iyun oylarida test sinovlarida: 5126 nafari pedagog kadrlar ishtirok etdilar. Shundan: 2 - nafari (0,03%) oliy malaka toifaga loyiq; 154 - nafari (3%) 1-malaka toifaga loyiq, 2869 - nafari (56%) 2-malaka toifaga loyiq;  umumiy 3025 nafari malaka toifaga ega boʻlgan. 1068 nafari (20,8%) mutaxassis lavozimiga mos, 1032 nafari (20,1%) mutaxassis lavozimiga mos emas deb topildi.           Pedagog kadrlar attestatsiyasining yakuniy natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil iyul oyida eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga asosan ikkinchi bosqichi sentyabr-dekabr oylarida boʻlib oʻtadi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil17-dekabrdagi 1-son  bayonining 4-ilovasida KASB STANDARTI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni  baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekbardagiPQ-4939-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 17-dekabrdagi 1-son  bayonining4-ilovasida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2-chorakda kasb standarti “Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi” va “Oʻqituvi-defektolog (Oʻqituvchi-logoped, tiflopedagog, surdopedagog, oligofrenopedagog)”larini ishlab chiqish belgilangan. Yuqorida qayd qilingan “Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi” kasb standartini Toshkent pedagogika kolleji va Makatbgacha taʼlim vazirligi taalluqli boʻlgan boshqarma va boʻlimlar bilan ishlab chiqildi hamda jamoatchilik va ekspertlar uchun “www. Profstandart.uz” portaliga joylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari institutidan xulosalar olindi. Xuddi shunday xolat “Oʻqituvi-defektolog (Oʻqituvchi-logoped, tiflopedagog, surdopedagog, oligofrenopedagog)” kasb standartini Toshkent Nizomi nomli Dalat pedagogka universiteti professor-oʻqituvchilari va Makatbgacha taʼlim vazirligining Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan ishlab chiqildi hamda jamoatchilik va ekspertlar uchun “www. Profstandart.uz” portaliga joylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari institutidan xulosalar olindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, qarorlarini ijrosi          Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish instituti tomonidan 2022-yil fevral-mart oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan oilaviy, nodavlat va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlarni qisqa muddatli oʻquv kurslariga jalb etildi. Unda, innovatsion texnologiyalari, “Ilk qadam” oʻquv dasturi va pedagogik kompetensiyalari mavzulari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi.         Klaster Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining  kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratni uzluksiz rivojlantirib borishining yangi tizimini tajriba-sinovidan oʻtkazish boʻyicha 2022-yil 1-martdagi 07/1-1556-son topshirigʻiga asoan Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida 2022-yil  17-martdagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratini uzluksiz rivojlantirib borishning yangi tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 3-q/q, 10-q/q va 7-q/q qoʻshma qarori qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil19-maydagi “Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 268-son qarori asosida Namangan viloyati Namangan pedagogika kollejida va Fargʻona viloyati Qoʻqon pedagogika kollejida tajriba-sinov tariqasida Maktabgacha taʼlim klasterlari tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil19-maydagi 268-son qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 25-maydagi 127-son buyruq tasdiqlandi va ijrosi taʼminlanmoqda Unda aprel-may va iyun oylarida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish boʻyicha grafik tasdiqlandi. Maktabgacha taʼlim klasterlarida oʻquv mashgʻulotlari Namangan davlat universiteti va Qoʻqon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahar filiali, Toshkent shahridagi Puchon universitetlarining professor-oʻqituvchilari va xalqaro konsultantlar tomonidan olib borilmoqda. Bugungi kunda, mazkur klaster boʻyicha 1298 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirilmoqda. Pedagogika kollejlari toʻgʻrisida Bugungi kunda, pedagogika kollejlarida 51441 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.  41374 nafar kunduzgi,  8674 nafar sirtqi, 866 nafar kechki va  2283 nafar  dual taʼlim shaklida oʻquvchilar tahsil olishmoqda. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, taxsil olayotgan oʻquvchilar taʼlimni bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash bilan birgalikda olib bormoqda. Nazariya va amaliyot  birligiga erishilmoqda. Bevosita ishlash jarayonida yuzaga keladigan savollarning yechimi taʼlim  muassasasining oʻqituvchilari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Pedagogika kollejlariga  2021-yildan dual taʼlim tizimi joriy etildi. Dual taʼlim shakli oʻquvchilari  haftada 3 kun pedagogika kollejlari oʻquv jarayonlarida ishtirok etishmoqda hamda qolgan 3 kun tegishli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tegishli mashgʻulotlar bilan birga mehnat faoliyatni olib bormoqda.   Bu oʻquvchilarning professional tayyorgarligini rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mutaxassislik fanlari buyicha ochiq mashgʻulotlar, kasbga doir koʻrgazmalar tashkil qilinmoqda. Pedagogika kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik ishlari tashkil etilgan boʻlib,  “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashda “Oʻquv reja, fan dasturlari  va majmualar integratsiyasi”,  “Ilk qadam” davlat dasturi tahlillari, “Yoshlarni sogʻlom turmush tarzi”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish”, “Taʼlim tizimidagi strategik maqsadlar” kabi mavzularda  seminarlar oʻtkazib kelinmoqda.                             Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 3-martdagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining pedagogika kollejlarida kasblar boʻyicha yakuniy davlat attestasiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 52-son buyrugʻida pedagogika kollejlarining 2021/2022-oʻquv yili uchun kasblar boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari raislari tasdiqlandi.                                                Bitiruvchilar bandligi               2021/2022-oʻquv yilida pedagogika kollejlarini 27 042 nafar oʻquvchi bitirmoqda. Shundan: 20 879 nafar bitiruvchilarni bandligi taʼminlanmoqda (77,3 foiz). Qolgan 6145 nafari (22,7%) bitiruvchilarni bandligini taʼminlash ishlari davom etmoqda.            Jahon bankining                Jahon bankining “Yosh bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida taʼlim sifatini oshirish, bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvlarini rivojlantirishga koʻmaklashish, “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda bola tarbiyasiga yoʻnaltirilgan yondashuvni joriy etish” treningining ikkinchi moduli doirasida treninglar oʻtkazildi. Mazkur treninglarda jami 110 nafar pedagog kadrlar 4 ta guruhga boʻlinib ishtirok etdi. Trening har bir guruhi uchun 5 kun davomida oʻtkazildi. Ishtirokchilarga barcha materiallar bosma va elektron shaklda taqdim etildi. Trening yakunida ushbu kursdan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikatlar topshirildi. Trening quyidagi tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi: Ushbu treninglar oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqituvchilarning amaliy faoliyatida bolaning yoshiga va individual xususiyatlariga qarab turli xil yondashuvlarni qoʻllash boʻyicha oʻquv jarayonining sifatini oshirishga imkon beradi va maktab xayotiga moslashishiga yordam beradi. 2020-2021 oʻquv yilida 3 ta tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha taʼlimning kunduzgi shakliga 346 nafar talabalar qabul qilindi. 2021-2022 oʻquv yiliga 870 nafar reja belgilanib, 503 nafar talabalar qabul qilindi. Bundan tashqari, joriy yildan taʼlimning sirtqi shakli ham ochilib, “Maktabgacha taʼlim”, “Biznesni boshqarish” hamda “Arxitektura” yoʻnalishlariga 533 nafar talabalar qabul qilindi. Imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  davlat test markaziga vazirlikning 2022-yil 9-iyundagi 03-03/1-1507-son javob xati bilan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2021” respublika kasb-koʻrik tanlovida gʻolib chiqqan 21 nafar mutaxassislardan 14 nafar oʻrta maxsus maʼlumotiga ega boʻlgan maktabgacha taʼlim tarbiyachilarni roʻyhati Davlat test markazining maxsus elektron dasturiga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagiPQ-5157-son qarori asosida xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga davlat buyurtmasi parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan 23 ta talaba bilan shartnomalar imzolandi. Jumladan:           Toshkent shahridagi Puson universiteti – 15 nafar; Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti – 3 nafar; Qoʻqon universiteti – 5 nafar Muammo va takliflar Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi “2022-yilda maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari, mutaxassislari va pedagog kadrlarning malakasini oshirishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 248-son buyruqga asosan2022-yilda ikkinchi yarim yillikda rejalashtirilgan 7472 nafar pedagog kadrlarning malakasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil17-sentyabrdagi 572-sonli qaroriga asosan, 2022-yil ikkinchi yarim yilligida sentyabr-dekabr oylarida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish.  Maktabgacha taʼlim vazirligining pedagogika kollejlarini 2021/2022-oʻquv yili 28145 nafar bitiruvchidan 21915 nafari bandligi taʼminlandi. Qolgan 3519 nafar bitiruvchilarni bandligini taʼminlash. 4. Pedadgogika kollejlarida taʼlim tarbiya ishlarini olib borishda maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha zamonaviy oʻquv reja dastrularini tizimda faoliyat olib borayotgn oliy taʼlim muassasalari hamkorligida muvofiqshlashtirish. 5. Pedagogika kollejlarining maxsus fan va umumkasbiy fanlari boʻyicha oʻqituvchilarini malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan tashkil etish. 6. Pedagogika kollejlariga yangi 2022-2023 oʻquv yili uchun maktabgacha taʼlimga oʻqishga taklif qilish ishlarini mahalla va bandlikga koʻmaklashish markazlari bilan ishlash. 7. Respublikadagi  oliy taʼlim muassasalarini maktabgacha taʼlim yoʻnalishini bakalavr bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taklif qilish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlimga 2022-yilning I yarim yilligida ajratilgan mablagʻlar ijrosi hamda ikkinchi yarim yillikdagi vazifalar toʻgʻrisida M A ʼ L U M O T

2022-yilning dastlabki yarim yilligida maktabgacha taʼlim sohasiga davlat byudjetidan 4,8 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, hisobot davrida ijrosi 4,4 trln. soʻmga (92%) bajarildi. Xususan, respublika byudjetidan 3,7 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 3,4 trln. soʻmga (93%), mahalliy byudjetlardan 1,1 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 995 mlrd. soʻmga (88,5%) bajarildi. Respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida: davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga 2,376 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 2,27 trln. soʻmga (95,5%); davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar uchun 1,048 trln. soʻm ajratilib, ijrosi 1,037 trln. soʻmga (99%); Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiga 58 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 58 mlrd. soʻmga (100%); markazlashgan mablagʻlar hisobidan jihozlashga 148,8 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 10,4 mlrd. soʻmga (7%); kadrlar tayyorlar va malaka oshirish xarajatlariga 33,4 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 29,4 mlrd. soʻmga (88%); vazirlik markaziy apparati xarajatlari uchun 5,8 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 4,9 mlrd. soʻmga (84,5%) bajarilgan. Mahalliy byudjetlardan ajratilgan mablagʻlar doirasida: Hududiy maktabgacha taʼlim boʻlinmalarini saqlash xarajatlariga 130 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 122 mlrd. soʻmga (94%); davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlash xarajatlariga 995 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 873 mlrd. soʻmga (88%) bajarilgan. Jumladan, oziq-ovqat xarajatlariga 576 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 489 mlrd. soʻmga (85%); sanitariya-gigiyena vositalari xarid qilishga 15 mlrd. soʻm ajratilib, ijrosi 13,5 mlrd. soʻmga (90%) bajarilgan. Maktabgacha taʼlimni moliyalashtirish boʻyicha rejalashtirilgan ishlar: 1) 2022 yil 1-sentyabrdan biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatini mobil ilova yordamida yuritishni yoʻlga qoʻyish. Mazkur tizim 2022-yilning 1-aprelidan boshlab Sirdaryo viloyatida, 1-iyundan boshlab respublikaning boshqa hududlarida joriy etilgan. 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab mobil ilova orqali davomat yuritilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun byudjet mablagʻlari ajratish koʻzda tutilmoqda. 2) 2023-yilga qadar “Bolalar bogʻchasi” va “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” (NMTTB) axborot tizimlari orqali hisob jarayonini avtomatlashtirish. Jumladan: - maktabgacha taʼlim tashkilotlarining shtatlar jadvali tashkilotning pasport maʼlumotlari, guruh va bolalar sonidan kelib chiqqan holda avtomatik shakllantiriladi. Xodimlarning haqiqatda kelgan - mobil ilova orqali qayd etilgan kunlari soniga mutanosib ravishda ish haqi hisoblanadi; - Namunaviy mavsumiy taomnoma boʻyicha oziq-ovqat xarajati hisobini yuritish. Namunaviy mavsumiy taomnoma kalkulyatori joriy etilib, mobil ilova orqali qayd etilgan bolalar soniga mutanosib ravishda kunlik taomnoma shakllantirish uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari hisobi avtomatik yuritiladi; - Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiya. Bunda, mobil ilova orqali qayd etilgan bolalar uchun belgilangan miqdorda byudjet subsidiyasi ajratish yoʻlga qoʻyiladi. 3) 2022-2023-yillarda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog xodimlarining lavozim maoshlarini mos ravishda umumtaʼlim maktablari direktori va oʻqituvchilari lavozim maoshlariga tenglashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirish boʻlimi tomonida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi tayyorlanib vazirlik va idoralar bilan kelishilib Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazildi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni toʻgʻri tashkil etmaganligi hamda funksional vazifalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashganligi uchun: - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini taʼminlash boʻlimi xodimi; - Qashqadaryo viloyati 3 ta tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari; - Toshkent shahridagi 9 ta davlat maktabgacha tashkilotlari direktorlariga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chora koʻrildi. Shuningdek, Toshkent shahrining 3 ta tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari hamda 8 ta davlat maktabgacha tashkilotlari direktorlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari oʻrnatilgan tartibda bekor qilindi. 3. Tarbiyalanuvchilarining sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash, sogʻlom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida joriy yilning aprel oyidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi 6 ta davlat maktabgacha tashkilotlarida tajriba- sinov tariqasida “Keytering” asosida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etildi. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2021-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun mavsumiy namunaviy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish toʻgʻrisida”gi 14/22-sonli qoʻshma qaroriga asosan yagona mavsumiy taomnomalar tayyorlandi. 5.“Oʻzbekiston Ryespublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” 0016-21-son SanQvaMga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga kiritildi. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasining 2022-yil 14-maydagi 08-1247-sonli topshirigʻiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 16-maydagi 142-x-sonli buyruqa asosan, joriy yilning 17-31-may kunlari hududlardagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi ovqatlantirish tizimi tahliliy va kompleks tarzda Samarqand, Namangan, Toshkent, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida monitoring oʻtkazildi. 7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻrganish yakunlari boʻyicha bayonlardagi topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 8. Toshkent shahridagi Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishda oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishiga rioya etilishi yuzasidan ovqatlantirishga maʼsul boʻlgan xodimlarga oʻquv seminarlar tashkil etildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan 2022-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

Ishga oʻz vaqtida kelib-ketildi, ichki mehnat, odob-axloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda boshqarmaning Nizomiga toʻliq rioya qilindi. Belgilangan tartibda Ishlar boshqarmasi  boshligʻi rahbarligi ostida ish olib borildi hamda yuklatilgan vazifalar oʻz vaqtida ijro etildi.     Ishlar boshqarmasining asosiy vazifasi vazirlik ishchi xodimlariga mehnat qilishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, binoni tozaligini saqlash, binoda issiqlik tizimi faoliyatini nazorat qilish hamda zarur konselyariya mollari va boshqa jihozlar bilan taʼminlashdan iborat. Boshqarmadagi umumiy vazifalardan tashqari quyidagi ishlar amalga oshirildi: - vazirlikning 2022-yil 7-iyundagi 135-sonli buyrugʻiga asosan tovar moddiy boyliklarini sanoqdan oʻtkazish yaʼni, inventarizatsiya qilish ishlari komissiya aʼzolari tomonidan olib borilmoqda va vazirlik balansida boʻlgan tovar-moddiy boyliklar toʻliq sanoqdan oʻtkazilib, hisobotini nihoyasiga yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda; - vazirlik binosi va bino uchun xarid qilingan asosiy vositalarni quruvchidan qabul qilib olish ishlari boʻyicha “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injenering kompaniyasi” DUK va pudratchi oʻrtasidagi hisobot nihoyasiga yetmayotganligi sababli Ishlar boshqarmasi tomonidan kirim qilish ishlari kechiktirilmoqda. Chunki, buyruqda buyurtmachi pudratchidan qabul qilib olishi belgilangan; - vazirlik binosi yoz mavsumiga toʻliq tayyor holga keltirildi. Bugungi kunda chiller sovitish tizimi nuqsonsiz ishlamoqda; - kommunal xizmatlar boʻyicha suv, svet, gaz va maxsus trans xizmatlari uchun oylik hisobotlari tayyorlanib, oʻz vaqtida tegishli tashkilotlarga taqdim etildi. - vazirlik ehtiyojlari uchun 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan tovarlarni talabnoma asosida xarid qilish masalalari boʻyicha jami 234 ta talabnoma kelib tushgan boʻlib, barchasi ijobiy hal etilgan va tovarlar xodimlarga taqdim etilgan hamda hisob-kitobi yuritilib tovar-moddiy boyliklari hisoboti Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasiga taqdim etilgan. Vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan taqdim qilingan buyurtmalar buyruq asosida davlat xaridlari portaliga joylashtirildi. Jumladan, - Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 28-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti - 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani hamda “Zamonaviy media muhitda yangi PR trendlar” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazish toʻgʻrisida» gi 35-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 17 900 000 soʻmlik; - 2022-yil 25-martdagi “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 67-sonli buyrugʻining 4-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 34 738 000 soʻmlik; - 2022-yil 13-maydagi “1-iyun–Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida velomarafonini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 110-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 71 750 000 soʻmlik; - 2022-yil 24-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Kuzatuv kengashlari faoliyatining oʻrni” mavzusidagi amaliy seminarni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 122-sonli buyrugʻining 4-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 24 000 000 soʻmlik; - Maktabgacha taʼlim vazirining  2022-yil 7-iyundagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishi hamda 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan matbuot anjumanini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 134-sonli buyrugʻining 2-ilovasiga asosan tadbir harakatlari uchun 54 650 000 soʻmlik mahsulotlar xarid qilingan boʻlib tadbir tashkilotchilariga talabnoma asosida topshirildi. Bundan tashqari maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlarini chet davlatlarga xizmat safariga borib-kelishlari uchun aviachiptalar va uchrashuvda vazirlik tomonidan taqdim qilinadigan hadyalar uchun jami 47 mln soʻmlik esdalik sovgʻalari xarid qilindi hamda xodimlarga taqdim etildi. Bugungi kunga kelib yuqorida koʻrsatilgan vazirlik tomonidan tashkil etilgan tadbirlar va chet el xizmat safariga ketishlari uchun jami 22 ta shartnomalar rasmiylashtirildi. Vazirlik balansidagi mavjud xizmat avtomashinalarining texnik ahvoli oʻrganildi, avtotransport vositalarini oʻrganish jarayonida taʼmirlash ishlarini tashkil etildi. Jumladan, davlat raqami 01 232 DAV xizmat avtomashinasining old oyna qismi shikastlanganligi, 01 013 GFA xizmat avtomashinasining tormoz qismi (kolotka) yemirilganligi, 01 996 WYA xizmat avtomashinasining tormoz qizmi, amortizatsiyasining yaroqsiz holga kelganligi sababli yangisiga almashtirildi hamda barcha xizmat avtomashinalarining motor moylari almashtirildi, xizmatga tayyorgarligi taʼminlandi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalari boʻyicha qilingan ishlar: - Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2021-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2022-yildagi asosiy vazifalar toʻgʻrisida” 2022-yil11-yanvardagi 1-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar toʻgʻrisida buyruq loyihasi ishlab chiqildi va amaliyotga qaratildi (Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 24-fevraldagi 8-son buyrugʻi); - vazirlik xizmat, maishiy va yertoʻla xonalari yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha yoʻriqnoma vazir oʻrinbosari tomonidan 17-fevral kuni imzolanib va barcha masʼul xodimlarga imzo ostiga yetkazilishi taʼminlandi (barcha xona, yertoʻla va h.klariga tegishliligi boʻyicha oʻrnatildi), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi 649-son qarori talablari asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlari va moddiy boyliklarini favqulodda vaziyatlar hamda yongʻin sodir boʻlganda evakuatsiya qilish rejasi qaytadan ishlab chiqildi (barcha qavatlar, yertoʻla va h.klariga tegishliligi boʻyicha oʻrnatildi), shuningdek, vazirlik binosi yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamda Mirobod tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan berilgan tavsiyasiga koʻra birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari belgilangan tartibda xarid qilinib koʻrsatib oʻtilgan joylarga oʻrnatildi; - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirning 2022-yil 24-yanvardagi 8-son buyrugʻi 2-ilovasi talablari asosida 14-18-mart,                             28-martdan-01-aprelgacha, 04-15-aprel, 18-29-aprel, 02-06-may, 16-27-may hamda 20-24-iyun kunlari Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida oʻqish rejasiga muvofiq fuqaro muhofazasi boʻyicha mutaxassis (masʼul xodim)lar oʻqitilishi taʼminlandi; - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining 2022-yildagi chora – tadbirlar rejasiga asosan aprel-may oylari mobaynida fuqaro muhofazasi oyligini tashkil qilish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutidan 2022-yilning 20-may kuni vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishni, birlamchi oʻt oʻchirish vositalar va ulardan samarali foydalanishni hamda birinchi yordam koʻrsatishni oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi haqida maʼlumot berildi. Arxiv ishlari masalalari boʻyicha: - Oʻzbekiston Milliy arxivining  2022-yil asosiy ish rejasiga muvofiq arxiv hujjatlarining saqlanish holatini  oʻrganish hamda uslubiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshirildi; - vazirlikning boshqarma va boʻlimlarida saqlanayotgan hujjatlar idoraviy arxivga qabul qilinib,  turkumlashtirildi (Nazorat tahlil boshqarmasi-devonxonadan 2019-yilgi,  Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagog kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan 2020-yilgi, Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi, Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmatidan 2018-2020-yilgi hamda Yuridik boshqarmadan 2017-2020-yilgi hujjatlari). 2022-yilning I chorak holatiga mdo.ijro.uz tizimi orqali boshqarmaga jami 204 ta xat kelib tushgan boʻlib, shulardan 2 tasini yuridik fuqarolar tomonidan kelib tushgan taklif va murojaatlar tashkil etadi. Boshqa vazirlik, idora va tashkilotlardan kelib tushgan hatlar jami 202 tani tashkil etsa, shulardan 47 ta xat ish jarayonida boʻlib, 107 tasi oʻz vaqtida nazoratdan olinishi taʼminlandi. Har kuni ertalab xizmat xonalari farroshlari va hovli supuruvchilar tomonidan xizmat xonalari va yoʻlaklar, mebel va  jihozlar, zinalar, hojatxonalar, eshiklar, lift kabinalari hamda vazirlik binosi tozaligi nazoratga olindi. Vazirlikning xoʻjalik   ishlari   boʻyicha   oʻtkazilgan  tadbirlarda faol ishtirok etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
2022-yil 2-chorak byudjet ijrosi

byudjet ijro.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligining 1-yarim yillik moliyaviy hisoboti

респбюджет 2022й. 1-ярим.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi

yillik smeta.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy boʻlinmalaridagi avtotransport vositalari xaqida 2022-yil 1-aprel holatiga

Автомашиналар маълумоти 01-04-2022.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligining 1-chorak moliyaviy hisoboti

Жамланма МТВ 1 чорак ҳисоботи.xlsx

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
2022-yilning I choragida davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar

1-кв 2022.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
2022-yilning I-choragida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi

МТВ_сайтга_қўйиладиган_1чорак_ҳисоботи.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil 4-chorak Balansi

Balans-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining yangilangan tuzilmasida (2021-yil 16-fevraldagi 16-sonli buyruqqa asosan) 3 nafar xodimdan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimi joriy yilning aprel oyidan ish boshlagan. Tizimda korrupsion holatlarga kurashni samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 131 sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimiga oʻzgartirildi hamda barcha hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarida 1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratilgan. Vazirlikning 2021-yil 8-sentyabrdagi 170-sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi”ga oʻzgartirildi hamda shtat soni 5 taga yetkazilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 158 ta murojaatdan 80 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 3 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali, 54 tasi elektron pochta, yozma, ogʻzaki va turli tashkilotlar orqati, 6 tasi ishonch telefoni orqali hamda 15 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻshqarmasida tashkil etilgan telegram kanali orqali kelib tushgan. Kelgan murojaatlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar Olingan maʼlumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi 12-sonli DMTT direktori va Namangan viloyati, Uychi tumani MTB hisobchisi pora bilan qoʻlga olingan. Kelib tushgan tezkor maʼlumotlarga asosan 8 ta holatda maktabgacha taʼlim boʻlim va tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazilib, moliyaviy kamchiliklarga, taʼmagirlik hamda firibgarlik holatlari boʻyicha toʻplangan xujjatlar huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Korrupsion holatlarga aloqadorligi uchun 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Qoʻl ostidagi xodimlar faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganligi sababli 3 nafar rahbar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.   Noqonuniy xatti-xarakatlarni amalga oshirgan 6 nafar xodimlarga mehnat qonunchiligiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasigan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligining 4 chorak moliyaviy hisoboti

Жамланма МТВ 4чорак ҳисоботи.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligining 3 chorak moliyaviy hisoboti

3_chorak_hisoboti-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
Byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning chegaralangan miqdorining oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida taqsimoti toʻgʻrisida maʼlumot

2021-yilning III choragida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning chegaralangan miqdorining oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida taqsimoti toʻgʻrisida maʼlumot:

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
9 oylik moliyaviy hisobotlar

9-oylik-moliyaviy-hisobot   BMMZH-kassa-hisoboti-3   TK-kassa-hisoboti   Debitor-qarzdorlik-hisoboti   Kreditor-qarzdorlik-hisoboti

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy boʻlinmalaridagi avtotransport vositalari haqida ma’lumot

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy boʻlinmalaridagi avtotransport vositalari haqida 2021-yil 1-oktabr holatiga koʻra ma’lumot:

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xizmat safarlari xarajatlari

xizmat-safari-ijro-01.10.2021Скачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021 yil I yarimyilligida amalga oshirilgan ishlari bo'yicha hisoboti

I. Amalga oshirilgan ishlarA) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo'yichaMaktabgacha ta'lm xizmatlarining sifati va hammabopligini ta'minlash maqsadida qator normativ - huquiy hujjatlar qabul qilindi:, jumladan:Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi 319-son qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, "ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro'yxatiga (imtiyozli ro'yxat) kiritildi.Davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etish orqali maktabgacha ta'lim qamrovini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining:"Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yil 12 apreldagi PQ-5071-son qarori;"Hududlarda maktabgacha ta'lim xizmatlarini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yil 26 maydagi PQ-5125-son qarori;"Qamrov darajasi past bo'lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarori qabul qilindi.Mazkur qarorga muvofiq 53 ta tumanlarda 2021-2022 yillarda:2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yilib, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi o'rinlar yaratiladi;umumiy quvvati 11,2 ming o'rindan ziyod bo'lgan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;quvvati 7,5 ming o'ringa teng bo'lgan 50 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti quriladi.Qolaversa, davlat va nodavlat Mttlari tarmog'ini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtaga etkaziladi va 7,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi.B) qamrov darajasini oshirish bo'yichaMaktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta'lim xizmatlari ko'rsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.Jumladan, 2021 yilning birinchi yarim yilligida respublikada1062 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari (61 ta davlat, 7 ta ta xususiy, 968 ta oilaviy va DXSH asosidagi 26 ta nodavlat MTT) faoliyatini yo'lga qo'yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovi 1,5 foizga oshirildi. Bu ko'rsatgich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8,4 foizga ko'pdir.Bugungi kunda respublikada jami 19 316 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, ularning 6 258 tasi davlat va 13 058 tasi nodavlat (795 ta xususiy, 11 212 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 051 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etmoqda. Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 1 760 808 nafar bola yoki maktabgacha yoshdagi aholining 62,4 foizi qamrab olingan.Bundan tashqari, maktabgacha ta'limning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga bo'lgan haqiqiy extiyoj 6 196 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi 980 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari o'rtasida so'rovnomalar o'tkazish orqali o'rganib chiqildi.So'rovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida - 25 ta, Buxoro viloyati - 10 ta, Jizzax viloyatida - 4 ta, Navoiy viloyatida - 4 ta, Xorazm viloyatida - 5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yo'lga qo'yildi.Bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida BMTning xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Bog'ot va Qo'shko'pir tumanlarida maktabgacha ta'limning "turli xil yoshdagi maktabgacha ta'lim guruhlari" (o'yin guruhlari) faoliyati yo'lga qo'yilishiga erishildi. Mazkur guruhlar uchun tayyorlangan har bir xona kun davomida 2 ta guruhga xizmat ko'rsatishiga mo'ljallangan bo'lib, ularda jami 176 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan."Aqlvoy" loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lmagan hamda qamrov ko'rsatkichlari past bo'lgan hududlarda 4,7 mingdan ortiq bolalarni qamrab olishga mo'ljallangan49 ta Isuzu avtobuslari qayta jihozlanib, belgilangan manzillarga etkazildi. Mazkur avtobuslar negizida 294 ta guruhlarni shakllantirish hamda Respublika bo'yicha 98 ta MFY hududlarida ular uchun mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan bolalar maydonchalarini qurish va jihozlash ishlari yakuniga etkazildi.Joiy yilning 2 iyun kuni Toshkent viloyati Bo'ka tumani hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida mazkur mobil xizmat maydonchalarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Shuningdek, ushbu loyiha doirasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lmagan hamda qamrov ko'rsatkichlari past bo'lgan hududlarda 42 ta guruhlarni shakllantirish manzilli ro'yxati tasdiqlandi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida, mahalla fuqarolar yig'ini binolarida, pedagogik kollejlarda, shuningdek, boshqa mos binolarda 2021-2022 o'quv yilidan boshlab majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini boshlash uchun xonalarning manzilli ro'yxati shakllantirildi.V) ta'lim xizmatlari sifatini oshirish bo'yichaNamangan va Samarqand viloyatlaridagi pedagogika kollejlari negizida Jahon banki bilan hamkorlikda har biri 20 ta rivojlantiruvchi o'yin guruhlarini o'z ichiga oladigan ilk rivojlanish markazlarining manzilli ro'yxati tasdiqlandi.Hisobot davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida:tashkil qilingan qayta tayyorlash kurslariga 360 nafar nomutaxassis tinglovchilar qabul qilindi;masofaviy "Online" shaklidagi 23 ta malaka oshirish toifalari bo'yicha tashkil etilgan malaka oshirish kurslari 3 878 nafar rejasi amalda 4 251 nafarga (107 %) bajarildi.Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarida esa 3740 nafardan 3782 nafar (101,1%), jismoniy tarbiya va sport vazirligi xuzuridagi jismoniy tarbiya va sport buyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida813 nafardan 651 nafar (80,1%), jami 10389 nafardan 10593 nafar (102%) rahbar va pedagog kadrlar o'z malakalarini oshirdilar.Toshkent shahridagi "A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti" Federal davlat-byudjet oliy ta'lim muassasasi filialida ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarda faoliyat ko'rsatayotgan pedagog-defektologlar uchun 16 va 72 soatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi va ularda 2021 yilning 1 apreliga qadar 122 nafar pedagog-defektologlar o'z malakasini oshirdi.Rossiya, Qozog'iston va belorussiyalik mutaxassislar ishtirokida Koxlear implantasiya operasiyasini o'tkazgan bolalarni reabilitasiyasini yaxshilash bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Samarqand davlat tibbiyot institutiti qoshida joriy yilning 31 maydan 2 iyungacha bo'lgan muddatda respublikadagi davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat kursatayotgan 20 nafar mutaxassilar malakasi oshirildi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetentsiyalarini oshirish maqsadida Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 28 nafar respublika trenerlari, hududlarda esa 414 nafar viloyat trenerlari tayyorlandi. Rejaga muvofiq yilning 2-choragida trenerlar tomonidan 5070 nafar pedagoglar uchun an'anaviy va masofaviy o'quv kurlari tashkil etildi.Davlat va nodavlat makabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatli tashkil etish yuzasidan Qashqadaryo, Buxoro, Farg'ona, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlarining har bir tumanida nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun o'quv-seminarlari tashkil etildi.Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatini mahalla faollari tomonidan nazorat qilish uchun maxsus yo'riqnoma ishlab chiqildiMaktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar uchun "mening ilk izohli lug'atcham" nomli kitobcha yaratish kontsepsiyasi ishlab chiqildi.Zahiriddin Muhammad Boburning shaxsi, hayoti va faoliyati haqida illyustrasion hikoyalar va dialoglar shaklida gi kitobining100 varaqdan iborat maketi tayyorlandi.G) sog'lom va xavfsiz ovqatlantirish bo'yichaMaktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish maqsadida "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xavfsiz va oqilona ovqatlanishini tashkil etishga qo'yiladigan gigienik talablar" hamda sanitariya qoida va me'yorlari (SanPiN) qayta ko'rib chikildi. Ushbu hujjat loyihasi yangi tahrirda tayyorlanib, tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga kiritildi.2021 yil 1 yanvardan boshlab, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi 130 ta davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 77 tasi umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari aylantirildi. Natijada 8 612 ta o'rin o'rniga 14 125 ta o'ringa ega bo'lgan umumiy turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etildi. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari hamda nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularga sifatli korrektsion-pedagogik va reabilitasion yordam ko'rsatish maqsadida, maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan Toshkent shahridagi 17 ta davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari 3,5 mlrd. so'm miqdorda, hamda Toshkent shahrida 289-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti va Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 34-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti xomiylar tomonidan zamonaviy asbob-uskunalar, didaktik material, maxsus o'yinchoqlar, shuningdek xomiylik mablag'lari evaziga reabilitasiya uskunalari, korrektsion, pedagogik va reabilitasiya muolajalarini imkon qadar samarali qiladigan turli trenajyorlar boshqa aksessuarlar bilan, bilan jihozlandi.D) investisiya dasturi bo'yicha2021 yil investisiya dasturi doirasida joriy yilda jami 38 205 quvvatga ega 225 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari ob'ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish (22 tasi yangidan quriladigan va 203 tasi rekonstruktsiya qilinadigan) uchun jami 900,0 mlrd.so'm mablag'ajratilishi rejalashtirilgan.183 ta yangidan boshlanuvchi loyihalarning barchasida bosh loyiha tashkilotlari o'rnatilgan tartibda tanlab olindi. Hozirda 181 ta ob'ektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo'lib, ularning177 tasiga belgilangan tartibda dastlabki ijobiy xulosalari olindi.Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, yangidan boshlanadigan176 ta ob'ektlar davlat xaridlari elektron portaliga e'longa joylashtirilgan bo'lib, ularning 165 tasi bo'yicha g'olib pudrat tashkilotlari aniqlandi.Bugungi kunga qadar buyurtmachi tomonidan jami ob'ektlarga272,1 mlrd. so'm mablag'lar moliyalashtirib berilgan bo'lsa, pudratchilar tomonidan 258,2 mlrd. so'mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.Joriy yilning 1 iyul holatiga yildan-yilga o'tuvchi 15 ta ob'ektlarda qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga etkazilgan bo'lib, foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda.2020 yil investisiya dasturi doirasidagi 339 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga 40 nomdagi 85 496 334 300 so'mlik mebel va boshqa turdagi jihozlar etkazib berildi. Shuningdek, 1 542 ta bolalarni majburiy maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish uchu mo'ljallangan guruhlariga 19 665 588 600 so'mlik 7 nomdagi mebel jihozlari manzillariga etkazib berildi.E) madaniy-ma'rifiy tadbirlar bo'yichaJoriy yilning 1 iyun kuni O'zbekiston velosiped sporti federasiyasi tashabbusi bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab "kelajakka yashil qadam" shiori ostida "O'zbekistonda birinchi bolalar velomarafoni"ni o'tkazildi. Mazkur velopoygada 65 nafar o'g'il-qiz o'zaro bellashdi.Shu bilan birgan joriy yilning 1 iyun kuni Toshkent shahrining Markaziy bog'ida "Aqlvoy" telekanali hamda "Aqlvoy oshpaz" kitobining taqdimoti o'tkazildi. Bolalar uchun mo'ljallangan mazkur taomlar reseptlari kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, unda 250 dan ortiq taomning tayyorlanish resepti joy olgan.Mamlakatimizda shaxmatni aholi o'rtasida keng targ'ib qilish va o'sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishiga hissa qo'shish maqsadida may-iyun oylarida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan shaxmat bo'yicha "O'zbekiston birinchiligi" musobaqasi to'rt bosqichda o'g'il va qiz bolalar o'rtasida o'tkazildi.Joriy yilning 25 iyun kuni musobaqaning viloyat bosqichida g'olib bo'lgan 28 nafar tarbiyalanuvchilar o'rtasida o'tkazilgan musobaqaning Respublikasi bosqichida qiz bolalar orasidan 1-o'rinni - N.Maxmudova,2-o'rinni - X.Xusnitdinova, 3-o'rinni - A.Sodiqova, o'g'il bolalar orasidan esa, 1-o'rinni - E.Maxmudov, 2-o'rin - M.Abdimanonov, 3-o'rin - X.Muxammadiev ko'lga kiritdi.Barcha ishtirokchilar maktabgacha ta'lim vazirligining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarining yozgi sog'lomlashtirish davrini samarali tashkil etish bo'yicha metodik tavsiya ishlab chiqilib, barcha tashkilotlarga yuborildi.Yo) xalqaro hamkorlik aloqalari bo'yichaBugungi kunda Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamkorlik faol rivojlantirilmoqda.Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 2021 yilda 49,2 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investisiyalar o'zlashtirilishi rejalashtirilgan bo'lib, ularning 6 mln AQSh dollari LUKOYL ishtirokidagi loyiha doirasida va 43,2 mln AQSh dollari Jahon banki loyihasi dorirasida jalb etiladi.Shu bilan birgan KOICA, Jahon banki, JICA, YUNESKO, YUNISEF bilan birgalikda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar ustida tegishli ishlar amalga oshirilb kelmoqdaKOICA - pedagog kadrlar salohiyatini oshirish bo'yicha;Jahon banki – Maktabgacha ta'limning muqobil shakllari bo'yicha ishlar, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, konsalting paketlarini optimallashtirish ishlari, xalqaro konsultantlar bilan ishlar bo'yicha;JICA – maxsus pedagog kadrlar salohiyatini oshirish bo'yicha;YUNESKO – kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta'lim berish siyosatiga doir masalalar bo'yicha IV Osiyo-tinch okeani mintaqaviy forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinmoqda.YUNISEF - Maktabgacha ta'limning muqobil shakllari bo'yicha ishlar va boshqalar amalga oshirilmoqda.Bundan tashqari, AQSh dasturlarini amalga oshiruvchi "Mercy Corps" xalqaro nodavlat tashkiloti bilan qiymati 21,7 mln AQSh dollarga teng bo'lgan "ta'lim uchun oziq-ovqat" loyihasini 2021-2025 yillarda Qoraqolpoqiston Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshirilishiga kelishildi.Joriy yilning 1-yarim yilligida Maktabgacha ta'lim vazirligida 50 dan ortiq uchrashuvlar bo'lib o'tdi, ulardan Belorus Respublikasi ta'lim vaziri I.V. Karpenko, O'zbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi rahbari Marko Montanovelli, O'zbekistondagi Koreya Respublikasi KOІSA vakolatxonasi rahbari Pak Sundjin, O'zbekistondagi Yaponiya JICA vakolatxonasi rahbari Miyadzaki Suguru, Koreya-O'zbekiston biznes assosiyasi rahbari o'rinbosari Edvard kim, Saudiya taraqqiyot jamg'armasining Osiyo mintaqasi loyihalar bo'yicha boshqaruvchisi doktor Saud al Shammari va boshqalar.Mazkur uchrashuvlarda vazirlik va hamkor tashkilotlar o'rtasida O'zbekistonda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha 5 ta hamkorlik loyiha hujjatlari imzolandi. Ulardan YUNISEF tomonidan O'zbekistondagi maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish uchun "Learning passport" nomli raqamli ta'lim platformasini yaratish, O'zbekistondagi Yaponiya JICA vakolatxonasi tomonidan "O'zbekistonda alohida parvarishga muhtoj bolalar bilan ishlaydigan pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo'yicha" loyihasi, Koreya-O'zbekiston biznes assosiyasi tomonidan maktabgacha ta'lim tizimi uchun yaratilayotgan "EDU LINK" axborot tizimi loyihasi, Farg'ona shahridagi Koreya-O'zbekiston xalqaro universiteti bilan universitet bitiruvchilarini bo'sh ish o'rinlari bilan ta'minlash shartnomasi. Shuningdek, EHHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Toshkent shahridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun 400 ta begovel-velosipedlarni qabul qilish va taqsimlash ishlari amalga oshirildi.J) tizimda aniqlangan moliyaviy kamchiliklarIchki audit xizmati tomonidan 2021 yil 1-yarim yilligi davomida maktabgacha ta'lim bo'limlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkazilgan 210 ta nazorat tadbirlarida jami 24,4 mlrd.so'mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.Jumladan, noqonuniy xarajat va kamomadlar 15,2 mlrd.so'mni (62,4%);Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 7,2 mlrd.so'mni (29,5%);byudjet va tashkilot xisobiga qo'shimcha xisoblangan daromadlar1,5 mln.so'mni (6,5%) tashkil etdi;Boshqa moliyaviy-xato kamchiliklar 402,6 mln.so'mni (1,6%) tashkil etdi.Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan "bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti" talablariga zid ravishda 268 nafar bolalar noqonuniy maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilingan.Hisobot davrida 189 ta tashkilotlar bo'yicha nazorat tadbiri xujjatlari qonuniy chora ko'rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Z) fuqarolarning yozma va og'zaki murojaatlari bo'yichaMaktabgacha ta'lim vazirligiga 2021 yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2 319 ta murojaatlar tushgan.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar soni 627 tani tashkil etgan bo'lib, ulardan 417 tasi qanoatlantirilgan, 165 tasiga tushuntirishlar va xuquqiy maslahatlar berilgan, 18 tasi ko'rmasdan qoldirilgan. Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha murojaatlarning qanoatlantirish darajasi 71,5 foizni tashkil etdi.Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning tasarrufidagi muassasa va tashkilotlarda har bir murojjatni murojaat muallifi ishtirokida ko'rib chiqilishi, suhbat davomida aniq tushuntirishlar va tavsiyalar berilishi yo'lga qo'yilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun talablari asosida ko'rib chiqilishi nazoratga olingan.II. Tizimdagi mavjud muammolar va kamchiliklarMaktabgacha ta'lim tizimida mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar. Respublikadagi 3-7 yoshdagi bolalar soni 2,8 mln nafar bo'lib, ularning 62,4 foizi maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan.Taklif. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish hisobiga qo'shimcha o'rinlar yaratish;Ijtimoiy soha ob'ektlarida qisqa muddatli, maktabga tayyorlov va majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini yo'lga qo'yish;Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini kengaytirish va ularga davdlat tomonidan imtiyozlarni oshirish;Xalqaro tajriba asosida bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olishning muqobil shakllarini joriy etish;Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish haajatlarini kamaytirish maqsadida qurilishning muqobil shakllaridan foydalanish. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari guruhlarining zamonaviy didaktik ta'minoti to'liq tashkil etilmagan.Taklif. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ko'rgazmali plakatlar, 12 000 komplekt didaktik tarqatma kartochkalar, komplekt didaktik qo'llanmala va yozuv daftarlarini chop etish va joylarga etkazish bilan bog'liq mablag'larni ajratish;Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridi oliy ma'lumotli pedagoglar salmog'i darajasi past.Taklif. Pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini maktabgacha ta'limga jalb etish va tizimda faoliyat yuritayotgan nomutaxassis va nopedagog kadrlarni 4 oylik qayta tayyorlov kurslaridan o'tkazish orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oliy ma'lumotli pedagoglar salmog'ini oshirish. Shuningdek, oliy o'quv muassasalaridagi maktabgacha ta'lim yo'nalishida kvotalar sonini oshirish.MTT tarbiyachi va o'qituvchisining ish haqi miqdori maktabdagidan pastligi va ish haqi tabaqalashmaganligi ta'lim tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mudiraning ish haqisi pastligi tufayli, "o'lik jon" xodim, noqonuniy qabul qilingan bola, oziq-ovqat, ish haqi, ota-ona badal pullari va qurilish orqali byudjet mablag'larini talon-taroj qilinmoqda.Taklif. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 10-son qaror bilan tasdiqlangan "Davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to'lash va ularni moddiy rag'batlantirish tartibi to'g'risida"gi qarorni qayta ko'rib chiqish taklif etiladi:Mttlar tayyorgarlik guruhidagi oliy ma'lumotli tarbiyachi lavozim maoshini umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi maoshiga tenglashtirish;metodist lavozim maoshining tayyorgarlik guruhi oliy ma'lumotli tarbiyachisining lavozim maoshidan 5% ortiq miqdorda belgilash;MTT mudiri lavozim maoshini metodist lavozim maoshidan 5% ortiq miqdorda belgilash;MTTdagi boshqa pedagog xodimlar va tarbiyachi yordamchilarining lavozim maoshlarini 20 %ga oshirish. Mavjud davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kapital ta'mirlash.Taklif. Har yilgi davlat investisiya dasturlariga mablag'ajratishda ustuvor mezon sifatida fuqarolar murojaatlarini inobatga olish.Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan qarorlarga aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan berilgan takliflarni inobatga olish. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lmagan mahalla fuqarolari yig'inlari hududlarida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish.Taklif. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019 yil8 maydagi PQ-4312-son qaroridan kelib chiqqan holda har yilgi davlat investisiya dasturlari asosida yangi quriladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining manzilli ro'yxatiga takliflar berish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Kadrlar boshqarmasi tomonidan joriy yilning I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot

Kadrlar boshqarmasida joriy yilning I yarim yilligi davomida jami 612 ta buyruqlar ishlab chiqilgan bo'lib, shundan,347 ta shaxsiy tarkibga oid, 265 ta xizmat safarlariga oid buyruqlar.Jismoniy va yuridik shaxslardan joriy yilning I yarim yilligi davomida jami 741 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, bugungi kunda muzkur kelib tushgan murojaatlarning 709 tasining ijrosi o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilib, natijalari bo'yicha mualliflarga javob xatlari yuborildi."mdo.ijro.uz" tizimi orqali jami 719 ta xat-hujjatlar kelib tushgan bo'lib, boshqarma tomonidan kelib tushgan xat-hujjatlarning 624 tasining ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga javob xatlari yuborilgan hamda bugungi kunda 95 ta xat-hujjatlar ish jarayonida.O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 133-moddasiga ko'ra barcha xodimlarga, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun vazirlik xodimlarining 2021 yil uchun yillik ta'tillar jadvalini tasdiqlash maqsadida har bir tarkibiy bo'linma rahbarlari hamda xodimlarining xohishlarini hisobga olgan holda ta'tillar jadvali shakillantirib vazirlik kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi "yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4502-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning son va sifat tarkibi, vakansiyalarni shakllantirish "yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi o'rinlarda -"YAMMT" IDAK) amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan topshiriq ijrosini ta'minlash maqasadida, vazirlik Markaziy apparati xodimlarining ma'lumotlari "YAMMT" Idakga kiritilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda. Boshqarma tomonidan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi: "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida Jahon banki ishtirokidagi "bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish" loyihasi va barcha xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirilishini ta'minlash hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni jadallashtirish to'g'risida"gi;"O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shaklini tasdqilash to'g'risida"gi;"O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning kechiktirib bo'lmaschora-tadbirlari to'g'risida"gi;"O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to'g'risida"gi;"O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida manfaatlar to'qnashuvini boshqarish to'g'risida"gi;"Maktabgacha ta'lim tizimida vakant lavozimlarga xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini joriy etish to'g'risida"gi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5843-son "O'zbekiston Respublikasi kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Markaziy apparati, hududiy bo'linmalar, tizimdagi tashkilotlardagi vakant bo'lgan lavozimlarni tanlov asosida saralab olish to'g'risida"gi tartib ishlab chiqildi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishildi.Mazkur tartibga asosan Maktabgacha ta'lim vazirining 2021 yil 1 martdagi 33-son buyrug'i tasdiqlandi hamda tizimdagi tashkilotlarda ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish belgilandi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vazirlik nomenklaturasiga kiritilgan vakant lavozimlar uchun ochiq vacancy.argos.uz sayti orqali tanlov e'lon qilinib, munosib deb topilgan nomzodlar lavozimlarga tayinlanib kelinmoqda.Jumladan, tanlov orqali Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar, Toshkent shahar Mirobod tumani, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Samarqand viloyati Bulung'ur tumani, Buxoro viloyati Kogon va Vobkent tumanlari maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri lavozimiga rahbar xodimlar tayinlandi.Hududiy maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan jami 311 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarini (keyingi o'rinlarda DMTT) doimiy lavozimga tayinlash uchun kiritilgan nomzodlarning hujjatlarini o'rganib chiqib, Maktabgacha ta'lim vazirining 2020 yil 24 iyuldagi 108-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan vazirlik bilan kelishiladigan lavozimlarga tavsiya etilgan nomzodlarni hujjatlarini o'rganish va xulosa berish bo'yicha komissiya a'zolarining xulosalarini inobatga olgan holda hududlarga kelishish yoki boshqa nomzod yuborish to'g'risida javob xatlari yuborildi.Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida samarali mehnat qilib qelayotgan xodimlarni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz yilligi bayrami arafasida davlat mukofotlariga tavsiya etish maqsadida hududiy maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan 124 nafar xodimlarning mukofot varaqlari, ma'lumotnomalari (spravka-ob'ektivka), mehnat faoliyati davomida erishgan yutuqlari aks ettirilgan tavsifnomalari (annotasiya) talab darajasida rasmiylashtirilib, nomzodlarning hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminsitrasiyasiga kiritildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat fuqarolik xizmatining holati tahlil qilish, 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi tayyorlanishi uchun bugungi kunda hududiy maktabgacha ta'lim boshqarmalari, idoraviy mansub tashkilotlari hamda tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo'limlarida faoliyat olib borayotgan boshqaruv xodimlari soni bo'yicha Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari va indikatorlari bo'yicha ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminsitrasiyasiga taqdim etildi.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 24 may kuni o'tkazilgan "Maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi past bo'lgan hududlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi videoselektor yig'ilishining 29-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta'lim xizmatlari ko'rsatish sifatini yaxshilash, sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish hamda vazirlikda yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida vazirning 2021 yil 14 iyundagi 112-son buyrug'i bilan maktabgacha ta'lim vaziri va o'rinbosarlarining aniq vazifalar taqsimoti qabul qilindi. Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari rahbarlari hamda tuman shahar maktabgacha ta'lim bo'limi mudirlarining vazifalar taqsimoti loyihasi ishlab chiqildi hamda kelishish uchun Qoraqlapog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga yuborildi.Maktabgacha ta'lim vazirining 2021 yil 25 maydagi 261-k son buyrug'i bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari boshliqlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.Maktabgacha ta'lim vazirining tegishli buyruqlari bilan joriy yilning 7 iyunida 149 nafar maktabgacha ta'lim bo'limlari mudirlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunda 6 ta tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda o'tkazilgan tanlov natijalariga ko'ra lavozimga tayinlangan bo'lib, qolgan 42 maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari mudirlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari mehnat qonunchiligi normalariga muvofiq joriy yilning 5 iyuldan bekor qilinishi choralari ko'rilmoqda.Shunigdek, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Markaziy apparati, hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar vakant lavozimlarga xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash to'g'risidagi Nizom loyihasi ishlab chiqildi va kelishish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga kiritildi.

Вид сайта
Размер шрифта