Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Sirdaryo viloyati Guliston shahar, “Svetochnыy gorod” MCHJga rahbari R.Dadaboyevaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Prezident halk qabulxonasiga va Maktabgacha taʼlim vazirligiga qilgan yozma murojaatlari hamda 2021-yil 21-oktyabrdagi YouTube kanalidagi chiqqan murojaati belgilangan tartibda muallif ishtirokida atroflicha oʻrganildi. “Svetochnыy gorod” MCHJ rahbari R.Dadaboyeva tomonidan Guliston shahar, Navbahor MFY, Bodomzor koʻchasi, 11-uyda ikki qavatli ikkita bino koʻtarilgan. Tadbirkor R.Dadaboyeva murojaatlarida Maktabgacha taʼlim vazirligidan ushbu binoni jihozlash uchun kredit mablagʻi ajratilishida hamda ikki tomonlama bitim imzolashda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Oʻrganish jarayonida tadbirkor faqat jihoz uchun emas qurilish materiallari harid qilish uchun kredit soʻrayotganligi maʼlum boʻldi. Murojaat muallifi R.Dadaboyevadan zarur hujjatlar soʻralganda, birlamchi zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etaolmadi (loyiha-smeta xujjatlari, APZ yaʼni (geologiya xulosasi, toposyemka, elektr, suv va gaz texnik shartlari, ekspertiza xulosasi, FVB xulosasi, sanitariya epidemiologiya xulosasi). Tadbirkorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 944-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 2-bob, 5-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni tashabbuskor-tadbirkor tomonidan taqdim etilgandan soʻng, Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan Davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitim tuzish belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi nazarda tutilganligi boʻyicha tushunchalar berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qaroriga asosan tasdiqlangan nizomning 12-bandiga muvofiq tadbirkor tomonidan lozim boʻlgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng Maktabgacha talim vazirligi va xususiy sherik oʻrtasida bitim imzolanishi toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi. Mazkur masala yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari tomonidan muallifga batafsil tushunchalar berildi. Tadbirkor tomonidan ikki kun ichida tegishli boʻlgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng, hujjatlarning asosliligi Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻrganib chiqilishi hamda oʻrnatilgan tartib asosida bitim imzolanishi maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati tomonidan qonun buzilishlariga yoʻl qoʻyilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan vazirlik quyidagilarni maʼlum qiladi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarning tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi mazkur qarorning 1-ilovasi 18-bandiga muvofiq, Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 7-apreldagi 55-son “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi. Qarorning 1-ilovasiga keltirilgan izoh qismiga koʻra, davlat organi rahbariga, zarur hollarda, tashkilot markaziy apparati, idoraviy va hududiy boʻlinmalarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilganligi koʻrsatib oʻtilgan. Shu asosda, yuqorida qayd etilgan buyruqning 3-ilovasiga muvofiq, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlarining moliyaviy-iqtisodiy ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimlari qisqartirilgan. Mazkur buyruq hududiy boʻlinmalarning ish faoliyatini tartibga solish bilan bogʻliq zarur hollarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qarori talablariga muvofiq va asosli qabul qilingan. Mazkur qaror chiqishi munosabati bilan, viloyat boʻgʻinidagi ayrim shtat birliklari maqbullashtirilib, boshqa shtat birliklari soni oshirilgan. Shuningdek qaror boʻyicha shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning aksariyati yangi shtatlar jadvali boʻyicha ish bilan taʼminlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq maktabgacha taʼlim tizimidagi boshqa mavjud boʻsh (vakant) lavozimlar barcha xodimlarga taklif etilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining 2021-yil 4-avgustdagi 22-son yozma koʻrsatma xatiga Maktabgacha taʼlim vazirligining tegishli javob xati taqdim etilgan. Shuningdek, mazkur qaror ijrosi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan qonuniy bajarilganligi boʻyicha bugungi kunda Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlaro sudida bir nafar fuqaroning ishi koʻrib chiqilayotganligi va unga sud organlari tomonidan huquqiy baho berilishini maʼlum qilamiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Maktabgacha taʼlim tizimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimining malaka tavsiflari mavjud. Bunda viloyat maktabgacha taʼlim boshqarma boshligʻi lavozimi uchun kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot, taʼlim yoki boshqa sohaning boshqaruv organlarida ishlagan, rahbarlik qobiliyatiga ega boʻlgan besh yildan kam boʻlmagan rahbarlik ish staji kabi malaka talablari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi va tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudiri lavozimiga rahbar xodimlarni tanlab olish uchun bugungi kunda Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz) orqali tanlov eʼlon qilinib, tanlov natijalari boʻyicha tanlov gʻolibi deb topilgan nomzodlar tegishli lavozimlarga tayinlanib kelinmoqda. Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasiga boshligʻi lavozimiga tanlov oʻtkazilib munosib nomzod tayinlangunga qadar Rajabov Maqsud Subhonovich Buxoro viloyati hokimining tavsiyasiga asosan Buxoro viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib ishga qabul qilingan. Buxoro viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasiga boshligʻi lavozimiga Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz) orqali tanlov eʼlon qilinib, tanlov natijalari boʻyicha tanlov gʻolibi deb topilgan nomzod mazkur boshqarma boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Uchrashuv natijalari boʻyicha asosiy maʼlumotlar

2021-yilning 26-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari U.Begimqulov va Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti (YEIAI) dastur direktori L.Gotals oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va YEIAI masʼul xodimlari ishtirok etdi. Muzokaralar chogʻida L.Gotals YEIAI dasturi, xususan, institutning Osiyo mamlakatlaridagi faoliyati, Xitoy taʼlim tashkilotlarida Frene metodologiyasini targʻib qilish boʻyicha tajriba loyihasi (ushbu loyihani amalga oshirish COVID-19 sabab toʻxtatilgan) haqida maʼlumot berdi. Maʼlumot uchun: S. Frene turli funksiyalarning elementlaridan tashkil topgan pedagogik texnologiya muallifi - maktab bosmaxonasi, oʻzini-oʻzi boshqarish, bolalar insholari, shaxsiy ish uchun kartochkalar. U oʻqituvchi bolani rivojlantirishi, uning salohiyatini yuzaga chiqarishga yordam berishi, shaxs sifatida bola oʻzini oʻzi yaratishi kerakligiga ishonch hosil qilgan. Oʻquv kuni 2 qismga boʻlingan. Ertalab oʻquvchilarning bir guruhi mustaqil ravishda oʻrganadi, qolgan bolalar bogʻda yoki bogʻda, oshxonada yoki ustaxonalarda ishlaydi. Kunning ikkinchi yarmida oʻquvchilar oʻynaydi, sport bilan shugʻullanadi. Kechqurun kun sarhisob qilinadi. Dasturni bajarish uchun 2-3 hafta vaqt ajratiladi, shundan soʻng bola hisobot berishi kerak. Shuningdek, belgiyalik ekspertning taʼkidlashicha, 2021-yil 29-yanvar kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi va YEIAI vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan onlayn muzokaralar natijasida maktabgacha taʼlim muassasalari pedagoglarini Frene metodologiyasi asosida oʻqitish boʻyicha tijorat taklifi ishlab chiqildi va vazirlikka yuborildi. L.Gotalsga vazirlikning maktabgacha taʼlim sohasidagi soʻnggi yutuqlari, xususan, mamlakatimizda maktabgacha taʼlimni qamrab olish boʻyicha joriy statistik maʼlumotlar, xalqaro hamkorlik va sohaga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, vazirlikning YUNESKO bilan hamkorlikda 2022-yilda Oʻzbekistonda erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim sohasidagi siyosat boʻyicha navbatdagi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy forumini tashkil etish haqidagi tashabbusi ham maʼlum qilindi. Tadbir yakunlari boʻyicha tomonlar dastlabki kelishuvga erishdilar. Unga koʻra, vazirlikka boʻysunuvchi pedagogika kollejlaridan birining negizida oʻquvchilar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim muassasalarida Frene metodikasini joriy etish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish masalasi birgalikda ishlab chiqiladi; hamkorlik davom etar ekan, YEIAI vakillarining 2022-yilda erta bolalarni parvarish qilish va taʼlim siyosati boʻyicha Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy forumida ishtirok etishini koʻrib chiqiladi; Maktabgacha taʼlim vazirligi va Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti oʻrtasidagi istiqbolli hamkorlikning yangi yoʻnalishlari birgalikda ishlab chiqiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Rajabov Maqsud Subhonovich Buxoro viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasiga boshligʻi lavozimiga v.v.b. etib tayinlandi. Maqsud Rajabov — 1973-yil 22-noyabrda Vobkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 1997-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997-yilda Vobkent tumani hokimligi moliya boʻlimi bosh buxgalteri oʻrinbosari sifatida boshlab, Vobkent tumani hokimligi moliya boʻlimi mudiri oʻrinbosari, byudjet boʻlimi boshligʻi (1998), viloyat nazorat taftish boshqarmasi Vobkent tumani boʻyicha bosh nazoratchi-taftishchisi (1998-1999), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyati boʻyicha Nazorat-taftish boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi (1999-2005), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshligʻining 1-oʻrinbosari-Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi (2005-2011), Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi (2011-2021) lavozimlarida ishlagan. U tayinlovga qadar «Oʻzneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli “Buxoro neft bazasi” unitar korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Oilali, 3 nafar farzandi bor. Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yangihayot tumani Yoʻldosh-16 dahasidagi 566-sonli MTT 2020-yilda kapital taʼmirga tushganiga qaramay, shu kungacha taʼmirlash ishlari tugatilmagani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan 2020-yildan 2021-yilga oʻtuvchi obyekt boʻlib, Investitsiya dasturiga asosan ushbu MTTni joriy yilda rekonstruksiya qilish belgilangan. Tender savdolarida “SADDINISO XABIBULLA” XK gʻolib deb topilib, 2020-yil 24-fevralda Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK bilan 12 674,56 million soʻmli pudrat shartnomasi imzolangan. “SADDINISO XABIBULLA” XKga mazkur obyektda 11 331,8 million soʻmli qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan boʻlib, hozirda 10 463,5 million mablagʻ moliyalashtirilgan. Loyiha-smeta hujjatlarida kommunikatsiya tarmoqlarida kamchiliklar aniqlangan, ammo mazkur kamchiliklar “Ixtisoslashtirilgan loyiha izlanish instituti” DUK loyihachi tashkilot bilan birgalikda bartaraf etib kelinmoqda. “SADDINISO XABIBULLA” XK tomonidan bugungi kunga qadar mazkur obyektning 4 ta asosiy binosida taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlangan (1-2-3-4 blok). Hozirda xususiy korxona tomonidan oshxonaga rang berish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek basseyn va yozgi oʻyin maydonchalarini qurish jarayonlari olib borilmoqda. Obyektda qayta shakllantirilgan qurilish grafigi asosida ishlar tashkillashtirilgan. Pudratchi tashkilotga ishchilar sonini koʻpaytirish hamda ishlarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotini foydalanishga topshirish muddati noyabr oyining yakuniga qadar etib belgilangan. Maʼlumot uchun, mazkur obyektni loyiha-smeta hujjatlarida jihozlar mavjud emasligi sababli, Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan jihozlash belgilangan. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Quvnoq alifbo

Navoiy viloyati MTB tomonidan tayyorlangan “Quvnoq alifbo” turkumidagi videodars mashgʻulotlari. Darslar MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlari uchun moʻljallangan. Ushbu lavha Navoiy TRKning “Assalom, yangi kun” dasturi orqali efirga uzatilmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

2021-yilning III-choragida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: 3_chorak_hisoboti-1Скачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
12 ta DMTT rahbar va xodimlari uchun issiqxonalardan samarali foydalanish bo'yicha o'quv seminarlari tashkil etildi

Maktabgacha taʼlim tizimining asosiy maqsadlaridan biri bolalarga ta'lim berish bilan bir qatorda ularni sogʻlomlashtirish, kasalliklarning oldini olish, shu jumladan salomatligi, oʻsishi, rivojlanishi, sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini nazorat qilishdir. Shuningdek, bolalarda ekologik taʼlim va sogʻlom ovqatlanish odatlarining shakllanishida maktabgacha taʼlim tashkilotlari muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqsadlarga erishishda yordam beradigan chora-tadbirlardan biri maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududida issiqxonalar tashkil etishdir. Ekologik taʼlim bolalarda quyidagi koʻnikmalarni shakllantiradi: atrofdagi olam uchun javobgarligni his qildirish; bolaning tabiatga boʻlgan qiziqishini oshirish; oʻsimliklarga gʻamxoʻrlik qilishni oʻrgatish. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining issiqxonalarida tarbiyalanuvchilar xodimlar yordamida oʻzlari vitaminlarga boy sabzavotlar va mevalarni yetishtirishlari hamda ushbu mahsulotlar hisobiga oshxona menyusini boyitishlari mumkin boʻladi. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasining 12 ta davlat maktabgacha ta'lim muassasalari (Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Farg'ona viloyatlari) hududida issiqxonalarni tashkil etish orqali davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar salomatligini mustahkamlash loyihasini boshladi. Loyiha doirasida 12 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining barcha rahbarlari va masʼul xodimlari vitaminlarga boy organik sabzavotlar va mevalarni yetishtirish uchun issiqxonalardan samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlarida qatnashdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sifatli taʼlim-inson kapitaliga sarmoya

Ayni damda Media xollda “Sifatli taʼlim-inson kapitaliga sarmoya” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtyapti. Tadbirda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abdurahmonov, Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yoʻldoshev, Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, Xalq taʼlim vaziri birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayevlar ishtirok etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Miya inson hayotining dastlabki yillarida har qachongidan tezroq rivojlanishini bilarmidingiz?

Farzandingizning miya rivojlanishi haqida ko'proq ma'lumotni ota-onalar uchun tayorlangan birinchi mahorat darsidan bilib olishingiz mumkin. #OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Sifatli taʼlim-inson kapitaliga sarmoya” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtyapti

Media xollda “Sifatli taʼlim-inson kapitaliga sarmoya” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtyapti. Tadbirda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abdurahmonov, Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yoʻldoshev, Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, Xalq taʼlim vaziri birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayevlar ishtirok etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Euronews”ning ijodkorlari Xorazmda

Yevropaning axborot telekanali “Euronews”ning ijodkorlari 19-20-oktyabr kunlari Xorazm viloyati Xiva tumani Dashyoq mahallasida faoliyatini boshlagan “Aqlvoy” avtobusi va guruhning ish jarayonini jahonga tanitish maqsadida tayyorlanayogan lavhaning tasvirga olish jarayonlari jonli, samimiy oʻtdi. “Euronews” ijodkorlari safarning ikkinchi kunida esa Qoʻshkoʻpir tumanining Xosiyon qishlogʻida boʻlib, 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarga yaratilgan shart-sharoitlarni kamera tasmasiga muhrlashdi. Soʻnggi manzil esa Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Alternative” guruh boʻldi. Tasvirga olish jarayonlarida chaqqon va uddaburon, tili burro bolalar ijodkorlarda iliq taasurot qoldirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qadring baland bo‘lsin ona tilim!

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil toʻlgani va mazkur sana “Oʻzbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan Maktabgacha taʼlim vazirligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, vazirlik xodimlari, soha mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbir avvalida yurtboshimizning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi tanishtirildi. Shundan soʻng bolajonlar ishtirokida tayyorlangan bir nechta videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek Inomjon Azimov oʻzbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, mavqeyi toʻgʻrisida dolzarb maʼlumotlar berdi hamda oʻzbek tiliga oid savollarga atroflicha javob qaytardi. Tadbir soʻnggida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ona tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan “Ona tili” haqida sheʼrlar, gʻazallar yod aytildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy boʻlinmalaridagi avtotransport vositalari haqida ma’lumot

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy boʻlinmalaridagi avtotransport vositalari haqida 2021-yil 1-oktabr holatiga koʻra ma’lumot:

Maktabgacha ta'lim agentligi
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida Qonun Prezident tomonidan imzolandi Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yarashilganlik munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish instituti kiritildi. Unga koʻra, Kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini sudga yuboradi. Jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv toʻgʻrisidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan koʻrib chiqilishi vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin. Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin. Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmay oʻtkaziladi. Huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Asos: OʻRQ–720-son, 04.10.2021-y.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun Prezident tomonidan imzolandi Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. Bunday harakatlar: ➖ BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat50 baravarigacha); ➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha); ➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha). Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi. ЎRҚСкачать Asos: OʻRQ–719-son, 04.10.2021-y.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Energiya resurslarini tejashda o‘z hissangizni qo'shing!

Energiya tejamkorlik — energiyadan oqilona foydalanish demakdir. Uydagi energiya resurslarini tejash borasida birgina oila a’zosi ham sezilarli darajada o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Maktabgacha ta'lim agentligi
20-oktabrdan bola parvarishiga doir muhim tavsiyalar taqdim etiladi

Bola kasal boʻlmasligi uchun nimalar qilish kerak? Olti oylik goʻdakka qanday qoʻshimcha ovqatlar bersa boʻladi? Bolaning tishlari chiqayotganda nimalarga eʼtibor qaratish zarur? Jajji oʻgʻil-qizlarning qomati toʻgʻri shakllanishi qanday omillarga bogʻliq? Ularga harf tanitishni qachondan boshlagan maʼqul? Farzandlarimizning immunitetini qanday mustahkamlash mumkin? Har bir ota-ona farzand parvarishida shu kabi minglab savollarga roʻbaroʻ keladi va har biriga toʻgʻri javob topishga harakat qiladi. Ayniqsa, yosh oilalarda bu jarayon bir muncha murakkab kechishi tabiiy. Bunday vaziyatda koʻpincha kattalarning koʻmagiga suyanishimiz bor gap. Boboyu buvilarimizning koʻrsatma va yoʻl-yoʻriqlari, hayotiy tajribasi biz uchun dasturilamal. Ammo bugungi taraqqiyot asrida farzand tarbiyasiga doir har bir vazifa va yumushni ilmiy asoslangan tavsiyalarga muvofiq bajarish maqsadga muvofiq. Buning tibbiy hamda pedagogik jihatdan maqbul metod va texnologiyalari ham ishlab chiqilgan. Ertaga — 20-oktyabrdan boshlab ana shunday tavsiya va maʼlumotlar bilan bepul tanishib borishingiz mumkin. Chunki ushbu sanadan eʼtiboran YUNISEF, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida yurtimizda “Ota-onalar oyligi” eʼlon qilinmoqda. Mazkur qoʻshma loyiha bolalarning ilk rivojlanish davrida ota-onalarga koʻmaklashishni koʻzda tutadi. U kichkintoylar parvarishiga doir ilmiy-amaliy dalillarga asoslangan muhim maʼlumot hamda tavsiyalarni taqdim etishga qaratilgan.Buning uchun yetakchi mutaxassis va soha ekspertlari bir oy davomida ilk bosqichda bolalarni toʻgʻri parvarishlash hamda ularning sogʻlom rivojlanishini taʼminlashga doir ilgʻor tajribayu maslahatlari bilan oʻrtoqlashadi. Ana shu materiallar salomatlik, toʻgʻri ovqatlanish, immunitet mustahkamlanishi, bolalarda koʻnikmalarni erta shakllantirish, ragʻbatlantirish, himoya va xavfsizlik qoidalari yuzasidan tavsiyalar, foto va videolavhalarni oʻz ichiga olgan. YUNISEF, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari hamda boshqa media-maydonlar orqali mavzuga oid qiziqarli hayotiy misollar, maqolalar va mahorat darslari aholiga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, oylik doirasida mutaxassislar ota-onalar va bola parvarishi bilan shugʻullanuvchilar savollariga teledasturlar orqali ham javob beradilar. — Farzandlar hayotining ilk yillarida ular parvarishiga eʼtiborli boʻlish inson kapitali, sogʻlom jamiyat va kelajakni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi, — deydi YUNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. — Salomatlik, oziqlanish, xavfsizlik va erta taʼlim bilan bogʻliq ilk tadbirlar bolalar rivojlanishining asosidir. Oʻgʻil-qizlarni hayotining dastlabki yillarida ota-onalar va boshqa tarbiyachilar tomonidan toʻgʻri parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlash ularning barkamol rivojlanishida hal qiluvchi omillardan biridir. Bu oʻgʻil-qizlarning kelgusi hayotidagi muvaffaqiyatlar uchun ham poydevor boʻladi. Yana bir yangilik: hozirgi kunda YUNISEF, Sogʻliqni saqlash va Maktabgacha taʼlim vazirliklari ota-onalar hamda bola parvarishlovchilarga moʻljallangan innovatsion dastur — “Bebbo” mobil ilovasini yaratish ustida ish olib bormoqda. 7 yoshgacha boʻlgan kichkintoylarni tarbiyalashda asqatadigan mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekistonda 2021-yilning noyabr oyida ishga tushiriladi. Maktabgacha taʼlim vazirligiAxborot xizmati.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyatidagi "Imkon"ning pedagog xodimlari uchun malaka oshirish darslari bo'lib o'tdi

Maktabgacha ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda A.I.Gersen "Imkoniyati cheklangan bolalarga maktabgacha ta'lim" qo'shimcha professional dasturi doirasida Nukus va Toshkent viloyatida "Imkon" reabilitatsiya markazlari bo'lgan davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun malaka oshirish kursi o'tkazildi. "Imkon" - bu alohida ta'limga muhtoj bolalarga har tomonlama yordam ko'rsatish uchun yaratilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yangi modeli. Birinchi marotaba bunday tashkilot 2019-yilda Nukusda Orol bo'yida yashovchi bolalar uchun ochilgan va faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishilgan. 2021-yilda Toshkent viloyatidagi "Imkon" reabilitatsiya markazi bilan Davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti tuzildi. Rossiya davlat pedagogika universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan pedagogika sohasida maxsus masofaviy ma'ruzalar tashkil etildi, shu jumladan aqliy va eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ishlash bo'yicha ham ma'lumotlar berildi. 11-15-oktyabr kunlari Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti Voylokova Yelena Nukus shahri va Toshkent viloyatidagi "Imkon" o'qituvchilari uchun amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligi va Jahon banki hamkorligi doirasida o'tkazilayotgan treninglar davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Jahon bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida 2021-yil 4-oktyabrdan 29-oktyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim mutaxassislari uchun treninglar oʻtkazilmoqda. Treninglar MTV hamda Loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislari tomonidan tashkil etilmoqda va xalqaro maslahatchi, psixologiya fanlari nomzodi Zulfiya Veysova ishtirokida oʻtkazilmoqda. Treninglar “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” mavzusida oʻtkazilmoqda. Toshkent va Sirdaryo viloyatlari maktabgacha taʼlim muassasalarining mutaxassislari uchun treninglar 4-8-oktyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkazildi va unda 19 nafar mutaxassis qatnashdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining maktabgacha taʼlim mutaxassislari uchun treninglar 11-15-oktyabr kunlari Urganch shahrida oʻtdi. 18-22-oktyabr kunlari treninglar Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida oʻtkaziladi. 25-29-oktyabr kunlari esa treninglar Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida oʻtkaziladi. Treninglarda tuman maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktabgacha taʼlim boʻlimlari metodistlari, pedagoglari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining boshqa mutaxassislari ishtirok etadi. Treninglarning asosiy maqsadi — maktabgacha taʼlim pedagoglarning malakasini oshirish hamda bolalarning kelgusida maktab hayotiga silliq oʻtishi va moslashishiga koʻmaklashadigan ularning yoshi va individual xususiyatlarni hisobga oluvchi bolaning shaxsiyatiga yoʻnaltirilgan turli yondashuvlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash boʻyicha xalqaro standartlar asosida milliy master-trenerlarni barcha hududlar kesimida tayyorlashdan iborat. Trening davomida olingan bilim va koʻnikmalar mutaxassislar tomonidan bolalar bilan ishlashda amalda qoʻllaniladi. Treninglar pedagoglarga bir-biridan oʻrganish imkoniyatini beruvchi kollegial taʼlim elementini oʻz ichiga oladi. Kelajakda milliy master-trenerlar kaskad usuli yordamida bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va pedagoglariga taʼlim beradi. 1-modul boʻyicha oʻqitilgan kamida 100 nafar trener milliy master-trenerga aylanadi. 2022-yilning fevral oyida mazkur master-trenerlarni fasilitatsiya va treninglarni oʻtkazish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 2-modul boʻyicha trening oʻtkazish rejalashtirilgan. Tayyorgarlikdan oʻtgan master-trenerlar loyiha doirasida 2024-yilga qadar boshqa maktabgacha taʼlim mutaxassislariga kaskad usuli yordamida taʼlim beradi. Loyiha doirasida belgilab qoʻyilganidek, 2024-yilga qadar 14,000 nafar maktabgacha taʼlim mutaxassisi maktabgacha taʼlim sohasida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi asosida oʻqitiladi. Maʼlumot uchun: Jahon banki loyihasi 2020-2024-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Asosiy maqsadi — maktabgacha taʼlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim muhiti sifatini yaxshilash (zarur mebellar, oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar bilan moddiy-texnik jihozlash), taʼlim-tarbiya jarayonini yanada sifatli rejalashtirish, shuningdek, pedagog kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash salohiyatini oshirish maqsadida taʼlim sifatini tizimli ravishda oʻlchash uchun zarur mexanizm va vositalarni ishlab chiqishdan iborat.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil 24-oktabr O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.

"Sizning ovozingiz muhim" Saylovda faol ishtirok eting.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida byudjet mablagʻlarini sarflanishi yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Bugun, 14-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida byudjet mablagʻlarini sarflanishi, ichki audit tizimi tomonidan aniqlangan kamchiliklar va koʻrilgan choralar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.  Unda qayd etilishicha, ichki audit xizmati tomonidan 2021-yilning oʻtgan 9 oyi davomida tizimdagi tashkilotlarda jami 282 ta nazorat tadbirlari oʻtkazilgan boʻlsa shundan 106 tasi 37% fuqarolarning murojaatlari asosida oʻtkazilgan. Oʻtkazilgan profilaktika natijasida 5,5 mlrd.soʻmlik mablagʻ va tovarlarning talon-taroj boʻlishi oldi olingan. Tashkilotlar mulkini qayta xatlab inventarizatsiya qilish natijasida 962 mln soʻmlik tovar moddiy boyliklar ortiqchaligi aniqlanib, tashkilot hisobiga qayta kirim qilindi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari toʻliq olinmagan boʻlsada Navoiy viloyati Xatirchi tumani MTB tomonidan 100% pullarni taʼminotchiga oʻtkazib berish oqibatida 152 mln.soʻm muddati oʻtgan debitor qarzdorlik yuzaga kelishiga sabab boʻlgan. Shundan 66 mln.soʻm 2018-2019-yildan buyon undirilmagan va undirish choralari koʻrilmagan. Mulkni sotishdan tushgan mablagʻlardan 242 mln. soʻmi tegishli mahalliy byudjetlarning daromadiga oʻtkazib berilmagan. Davlat xarid qonunchiligi talablariga amal qilmasdan amalga oshirilgan xaridlar – 10,5 mlrd.soʻmni tashkil etgan. Davlat xarid qonunchiligini chetlab oʻtib shartnomalar tuzilishi oqibatida korrupsiya va byudjet mablagʻlarini noqonuniy sarflanishi holatlariga olib keladi. Masalan, Termiz shahar maktabgacha taʼlim boʻlimida tanlov komissiyasi aʼzosi boʻlgan buxgalteriya xodimining turmush oʻrtogʻiga tegishli «Real stroy city» korxonasi joriy taʼmirlash, mebel jihozlar xarid qilish boʻyicha oʻtkazilgan 3,2 mlrd.soʻmlik tanlovda gʻolib deb topilgan. Vaholanki, Davlat xarid qonunida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Oʻtkazilayotgan profilaktika natijasida tovar moddiy boyliklarni xarid qilish va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun davlat xaridlari elektron portaliga joylashtirilgan eʼlonlar notoʻgʻri qoʻyilganligi yaʼni xarid boʻyicha toʻliq maʼlumotlar joylashtirilmaganligi yoki bajarish muddatlarini sunʼiy ravishda kam koʻrsatilishi natijasida 4 mlrd. soʻmlik eʼlonlar bekor qilinib, qayta joylashtirilishi taʼminlandi. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda tovar moddiy boyliklaridan 6,6 mlrd.soʻm kamomad va noqonuniy oʻzlashtirish holatlari aniqlandi. Shundan ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqlari 2,4 mlrd. soʻmni tashkil etadi. 9 oylikda jami 265 ta toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Yevroosiyo ayollar forumidagi ishtiroki doirasida YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Pia Kauma bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Parlament nazoratini amalga oshirishda davlat va hamkorlik istiqbollari, YEXHT PА doirasidagi aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Parlament Аssambleyasi bilan Qonunchilik jarayonini takomillashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish yuzasidan fikr almashildi. P.Kauma O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik oʼzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va YEXHT PА o‘rtasidagi jadal rivojlanayotgan munosabatlarni yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi. Taʼkidlandiki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston rahbariyatining xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ochiq va muvozanatli siyosati tufayli ikki tomonlama munosabatlarda katta yutuqqa erishildi. P.Kauma saylovni kuzatish missiyalarini tashkil etishda YEXHT PА va Oliy Majlis o‘rtasida yaqin muvofiqlashtirishning muhimligini taʼkidladi. Demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni amalga oshirishda O‘zbekistonga har tomonlama yordam berishga, shuningdek, YEXHT PА majlisida Respublika parlamenti faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. EXHT PА vitse-prezidenti “Mehr” gumanitar operatsiyalari natijalarini, yaqin Sharqdagi urush zonasidan 400 dan ortiq ayol va bolalarni qaytarilishini yuqori baholadi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar tizimli muloqot va faol aloqalarni, jumladan, YEXHT PА doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Favqulodda vaziyatlarda qanday yoʻl tutish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi

Joriy yilning 13-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida favqulodda vaziyatlar holatlarida xodimlar tomonidan qanday yoʻl tutish kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu targʻibot va tashviqot ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi qaroriga asosan oʻtkazildi. Tadbirda Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi nazorat va profilaktika inspektori leytenant Aziz Qodirov hamda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Akademiyasi huzuridagi fuqaro muhofazasi instituti kafedra dotsenti Nazokat Saidxonova maʼruza qilishdi. Xususan, xodimlarga zarur holatlarda ishchilarni toʻgʻri evakuatsiya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berildi. Shuningdek, yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, birlamchi oʻt oʻchirish vositalarining tuzilishi hamda ishlashi oʻrgatildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” ishlari tushuntirildi

Joriy yilning 13-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida favqulodda vaziyatlar holatlarida xodimlar tomonidan qanday yoʻl tutish kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu targʻibot va tashviqot ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi qaroriga asosan oʻtkazildi. Tadbirda Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi nazorat va profilaktika inspektori leytenant Aziz Qodirov hamda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Akademiyasi huzuridagi fuqaro muhofazasi instituti kafedra dotsenti Nazokat Saidxonova maʼruza qilishdi. Xususan, xodimlarga zarur holatlarda ishchilarni toʻgʻri evakuatsiya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berildi. Shuningdek, yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, birlamchi oʻt oʻchirish vositalarining tuzilishi hamda ishlashi oʻrgatildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ezgulik

Bugun dunyoda 1 milliarddan ziyod nogiron kishi yashaydi. Ularning 600 mingi oʻzbekistonlik, 61 ming 819 nafari esa, Namangan viloyatida istiqomat qiladi. Shundan 636 nafar jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bola viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasiga qarashli 7 ta Ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olingan. Bu shundan dalolatki, oʻzbek diyorida hech bir oʻksik qalb, ayniqsa, nogiron bola eʼtibordan chetda qolgan emas. Chunki, birovning koʻmagiga muhtoj kishini koʻrganda koʻngli eriydigan, mudom savob matlabida yordamga oshiqadigan bu xalqning ongu shuuridagi ezgulik xislati qon bilan kirgan. Boz ustiga, azaliy, milliy ruhiyatimizga xos bu fazilat davlatimiz siyosatida ham oʻz ifodasini topgan. Aytaylik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil, 9-avgustda imzolangan “Nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa, bolalarni reabilitatsiya qilish, ularni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash, sohada axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan. Qarorda nogiron shaxslarga, ayniqsa bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini bugungi bosqichda yaxshilashning eng muhim yoʻnalishlarini belgilash, shu bilan birga, davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini korreksion, pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash ishlarini davom ettirish vazifalari qoʻyilgan. Yaqinda Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (KTIMTT) tarbiyalanuvchilari uchun 13 turdagi, jami 263 dona, umumiy qiymati esa, 1 milliard 865 million 600 ming soʻmlik zamonaviy protez-ortopediya moslamalari olib kelindi va ular hududlarda joylashgan maxsus bogʻchalarga yetkazib berildi. – Maʼlumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada muayyan rivojlanish kasalliklari mavjud boʻlsa, ota-onalar bolalarini tibbiy muassasalarda yoki reabilitatsiya markazlarida reabilitatsiya muolajalarini oldirishlari kerak, – deydi Namangan viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Abdunazar Yusupov. – Ammo, agar bolaga kompleks sharoitda korreksion-pedagogik va reabilitatsiya yordami koʻrsatiladigan bir muassasada mujassam yordam berilsa, buning samarasi yanada ijobiy boʻladi. Shu maʼnoda muhtaram Prezidentimizning shu sohaga qaratayotgan katta eʼtiborlari, qolaversa, Maktabgacha taʼlim vazirligining mana bunday tashabbusi tufayli amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ezgu ishlar, nafaqat maktabgacha taʼlim tizimida, qolaversa, unda tarbiyat topayotgan alohida eʼtiborga muhtoj bolalar hayotida ham juda katta quvonchli oʻzgarishlar yasaydi. Chunki, bu kabi katta eʼtibor ilgarilar deyarli kuzatilmagan. Darhaqiqat, aksari Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida moddiy-texnik bazaning eskirganligi va zarur asbob-uskunalarning yoʻqligi tufayli yillar davomida korreksion-pedagogik va reabilitatsion yordamni toʻliq amalga oshirishning imkoni chegaralangan edi. Endilikda esa: – Olib kelingan zamonaviy protez-ortopediya moslamalari yordamida nevrologik patologiyalar, tayanch-harakat sistemasining shikastlanishi kabi jismoniy nuqsonga ega boʻlgan bolalarda yurish malakalarini rivojlantirishdan tortib, ularda taktil sezuvchanlik, keyinchalik umumiy motorik koʻnikmalar hosil qilish, ruhiy stress darajasini kamaytirish, massaj va gimnastika boʻyralari orqali mushaklarni boʻshashtirish, shuningdek, nozik vosita koʻnikmalarini rivojlantirish kabi ijobiy imkoniyatlar tugʻiladiki, bunday shart-sharoitlardan toʻlaqonli foydalanish jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar hayotida yangi istiqbollarni ochib beradi – deydi boshqarmaning “Bolalar salomatligi va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi” boshligʻi Axrorxon Qambaraliyev. Bir soʻz bilan aytganda, Maktabgacha taʼlim sohasida roʻy berayotgan bunday oʻzgarishlar, yaratilayotgan salmoqli imkoniyatlar, yuqorida taʼkidlangan ulkan raqamlar ortida shunga monand, keng koʻlamli saʼy-harakatlar turibdi. Eng muhimi, bularning barchasi ezgu va savobli ishga – nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy hayotga har tomonlama moslashtirish, ularning hayotini yengillashtirishga qaratilgan. Bu esa qanchadan-qancha koʻngillarga yupanch, koʻzlarga quvonch, qalblarga minnatdorlik hissini baxsh etadi.

Вид сайта
Размер шрифта