Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Bunday harakatlar:
➖ BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat
50 baravarigacha);
➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha);
➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha).
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.
Asos: OʻRQ–719-son, 04.10.2021-y.