Joriy yilning 13-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida favqulodda vaziyatlar holatlarida xodimlar tomonidan qanday yoʻl tutish kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu targʻibot va tashviqot ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi qaroriga asosan oʻtkazildi.
Tadbirda Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi nazorat va profilaktika inspektori leytenant Aziz Qodirov hamda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Akademiyasi huzuridagi fuqaro muhofazasi instituti kafedra dotsenti Nazokat Saidxonova maʼruza qilishdi.
Xususan, xodimlarga zarur holatlarda ishchilarni toʻgʻri evakuatsiya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berildi. Shuningdek, yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, birlamchi oʻt oʻchirish vositalarining tuzilishi hamda ishlashi oʻrgatildi.