YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

news-detail

O‘zbekiston delegatsiyasining Yevroosiyo ayollar forumidagi ishtiroki doirasida YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Pia Kauma bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Parlament nazoratini amalga oshirishda davlat va hamkorlik istiqbollari, YEXHT PА doirasidagi aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Parlament Аssambleyasi bilan Qonunchilik jarayonini takomillashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.

P.Kauma O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik oʼzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va YEXHT PА o‘rtasidagi jadal rivojlanayotgan munosabatlarni yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi.

Taʼkidlandiki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston rahbariyatining xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ochiq va muvozanatli siyosati tufayli ikki tomonlama munosabatlarda katta yutuqqa erishildi.

P.Kauma saylovni kuzatish missiyalarini tashkil etishda YEXHT PА va Oliy Majlis o‘rtasida yaqin muvofiqlashtirishning muhimligini taʼkidladi. Demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni amalga oshirishda O‘zbekistonga har tomonlama yordam berishga, shuningdek, YEXHT PА majlisida Respublika parlamenti faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

EXHT PА vitse-prezidenti “Mehr” gumanitar operatsiyalari natijalarini, yaqin Sharqdagi urush zonasidan 400 dan ortiq ayol va bolalarni qaytarilishini yuqori baholadi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar tizimli muloqot va faol aloqalarni, jumladan, YEXHT PА doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта