Sirdaryo viloyati Guliston shahar, “Svetochnыy gorod” MCHJga rahbari R.Dadaboyevaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Prezident halk qabulxonasiga va Maktabgacha taʼlim vazirligiga qilgan yozma murojaatlari hamda 2021-yil 21-oktyabrdagi YouTube kanalidagi chiqqan murojaati belgilangan tartibda muallif ishtirokida atroflicha oʻrganildi.
“Svetochnыy gorod” MCHJ rahbari R.Dadaboyeva tomonidan Guliston shahar, Navbahor MFY, Bodomzor koʻchasi, 11-uyda ikki qavatli ikkita bino koʻtarilgan.
Tadbirkor R.Dadaboyeva murojaatlarida Maktabgacha taʼlim vazirligidan ushbu binoni jihozlash uchun kredit mablagʻi ajratilishida hamda ikki tomonlama bitim imzolashda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Oʻrganish jarayonida tadbirkor faqat jihoz uchun emas qurilish materiallari harid qilish uchun kredit soʻrayotganligi maʼlum boʻldi.
Murojaat muallifi R.Dadaboyevadan zarur hujjatlar soʻralganda, birlamchi zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etaolmadi (loyiha-smeta xujjatlari, APZ yaʼni (geologiya xulosasi, toposyemka, elektr, suv va gaz texnik shartlari, ekspertiza xulosasi, FVB xulosasi, sanitariya epidemiologiya xulosasi).
Tadbirkorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 944-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 2-bob, 5-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni tashabbuskor-tadbirkor tomonidan taqdim etilgandan soʻng, Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan Davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitim tuzish belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi nazarda tutilganligi boʻyicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qaroriga asosan tasdiqlangan nizomning 12-bandiga muvofiq tadbirkor tomonidan lozim boʻlgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng Maktabgacha talim vazirligi va xususiy sherik oʻrtasida bitim imzolanishi toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi.
Mazkur masala yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari tomonidan muallifga batafsil tushunchalar berildi.
Tadbirkor tomonidan ikki kun ichida tegishli boʻlgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng, hujjatlarning asosliligi Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻrganib chiqilishi hamda oʻrnatilgan tartib asosida bitim imzolanishi maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi.