Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil toʻlgani va mazkur sana “Oʻzbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan Maktabgacha taʼlim vazirligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, vazirlik xodimlari, soha mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida yurtboshimizning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi tanishtirildi. Shundan soʻng bolajonlar ishtirokida tayyorlangan bir nechta videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek Inomjon Azimov oʻzbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, mavqeyi toʻgʻrisida dolzarb maʼlumotlar berdi hamda oʻzbek tiliga oid savollarga atroflicha javob qaytardi.
Tadbir soʻnggida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ona tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan “Ona tili” haqida sheʼrlar, gʻazallar yod aytildi.