Rajabov Maqsud Subhonovich Buxoro viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasiga boshligʻi lavozimiga v.v.b. etib tayinlandi.
Maqsud Rajabov — 1973-yil 22-noyabrda Vobkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 1997-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi)ni tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1997-yilda Vobkent tumani hokimligi moliya boʻlimi bosh buxgalteri oʻrinbosari sifatida boshlab, Vobkent tumani hokimligi moliya boʻlimi mudiri oʻrinbosari, byudjet boʻlimi boshligʻi (1998), viloyat nazorat taftish boshqarmasi Vobkent tumani boʻyicha bosh nazoratchi-taftishchisi (1998-1999), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyati boʻyicha Nazorat-taftish boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi (1999-2005), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshligʻining 1-oʻrinbosari-Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi (2005-2011), Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi (2011-2021) lavozimlarida ishlagan.
U tayinlovga qadar «Oʻzneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli “Buxoro neft bazasi” unitar korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Oilali, 3 nafar farzandi bor.
Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi Axborot xizmati