2024-yil 13-fevral kuni Maktabgacha ta’lim agentligida Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari N.Muslitdinov va Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistonda DXSh boʻyicha mamlakat (aloqalar o‘rnatish va maslaxatchilar bilan tanishish) missiyasi doirasida kelgan hamkorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Missiyaning maqsadi – Iqtisodiyot va Moliya vazirligining davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari yuzasidan maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan vakolatlarini Iqtisodiyot va Moliya vazirligining DXShni rivojlantirish boshqarmasi va tegishli soha vazirliklari bilan muhokama qilishdan iborat. Bundan tashqari, mamlakatdagi davlat sektori institutlari bilan barqaror moliya amaliyoti va ESG tamoyillarini amalga oshirishda rejalashtirilgan yordamni muhokama qilish. Mazkur uchrashuvda tomonlar hamkorlikda "O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim muassasalari DXSh asosida qurish va rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirishga oid ishlar bo‘yicha muhokama qildilar. Shuningdek, Loyiha direktori (missiya rahbari) janob Muhammad Azim Hoshimiy Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tender hujjatlari shakllantirilayotganini va loyiha guruhi mutaxassislariga tegishli ma’lumotlarni taqdim qilishda amaliy yordam berishni so‘radi. Agentlik tomonidan mazkur xafta oxiriga ma’lumotlar o‘rnatilgan tartib va shaklda berilishi ma’lum qilindi. Shu bilan birga, Dhaval Jamb tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan DXSh asosida shunga o'xshash bo‘lgan loyiha bo‘yicha ma’lumotlar berildi va u loyihada uchragan qiyinchiliklarni qaytarmaslik uchun choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar tender e’lon qilishga yaqin qolganda xalqaro investorlarni jalb qilish maqsadida Buyuk Britaniyada maxsus “Road Show” tashkil qilishga kelishishdi. Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Muhammad Azim Hoshimiy, Bozorni rivojlantirish bo‘yicha maslahat departamenti direktori ishtirok etdi. Vazirlik tomonidan Maktabgacha ta’lim agentligi direktori oʻrinbosari N. Muslitdinov ishtirok etdi. Umuman olganda, uchrashuv samarali o‘tdi va tomonlarga O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini belgilash imkonini berdi. Ikkala tomon ham kelgusida tezkor ravishda ishlarni tashkil qilishga kelishdi.
Mintaqaviy Ta'limni Rejalashtirish Markazi direktori bilan uchrashuv
Rasmiy tashrifning uchinchi kunida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi vakillari Mahra Xilal Almutvey xonim bilan uchrashuv o'tkazdilar. Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifadagi Mintaqaviy markazni tashkil etishda MTRM'ning konsultativ yordami kun tartibining asosiy masalasiga aylandi. Uchrashuvda Almutvey xonim 2003-yilda MTRM/RCEP tashkil etilishining tarixiy faktlari bilan o'rtoqlashdi, shuningdek tashkiliy tuzilma, moliyaviy siyosat, loyihalar portfoliosi, xalqaro sheriklik va mintaqaviy miqyosda ilgari surilgan tashabbuslar to'g'risida to'liq ma'lumot berdi. MTRM direktori O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi. Toshkent deklaratsiyasining ahamiyati hamda yetakchi tamoyil va strategiyalar majmuini kasb etuvchi kichik yoshdagi bolalarning tarbiyasi va ta'limiga o'zgacha yondashish manfaatlarini ko'zlab chora-tadbirlar ko'rish majburiyati ta'kidlandi. Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish II Jahon konferensiyasi esa O'zbekiston Respublikasi rahbariyatining ushbu sohadagi kuchli siyosiy irodasidan dalolat berishi e’tirof etildi. Mintaqaviy Ta'limni Rejalashtirish Markazi (MTRM/RCEP) 2003-yil 17-oktabrda BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI hukumati va BMT'ning ta'lim va ilmiy madaniyat tashkiloti (YUNESKO) o'rtasida imzolangan kelishuvga binoan tashkil etilgan. MTRM/RCEP rasmiy ochilishi 2007-yil noyabr oyida bo'lib o'tgan. Markazning maqsadi Fors ko'rfazi mamlakatlari hamkorlik kengashi, Shimoliy Afrika va Yaman davlatlariga alohida e'tibor qaratgan holda ta'lim vazirliklarida tarmoq miqyosidagi siyosat va ta'limni rejalashtirish salohiyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashdan iborat. Uchrashuv yakunida Almutvey xonim markaz bo'limlari va xodimlari faoliyati bilan tanishish maqsadida mehmonlarni markazga ekskursiya uchun taklif qildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari, shuningdek, xalqaro hamjihatlik va BRM-4 yutuqlari uchun ta'limni targ'ib qilish orqali tinchlik madaniyatini yaratishga o'z hissalarini qo'shish tarafdori bo'lishlarini bildirdilar.
Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Farrux Boboyev va bir guruh Agentlik xodimlari Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi, ta’lim-tarbiya jarayoni sifati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar bilan tanishdi. Tashrif davomida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi kamaygan 42 ta tumanlardan biri bo‘lgan Uchquduq tumanida qamrov ko‘rsatkichining 93,9 foizdan 92,9 foizga tushib ketish sabablari tuman hokimi S.F.Hamroyev bilan birgalikda o‘rganilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan tanishildi hamda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar birgalikda muhokama qilindi. Tumandagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida “Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 2024-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda qamrov darajasini oshirish yuzasidan yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, bir qator vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Sirdaryo viloyatida 203 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularga 57 299 nafar (80%) bolalar qamrab olingan. Jumladan, joriy yilning 10-fevral kuni Sirdaryo viloyatidagi 203 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 51 tasida (25,2%) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini tashkil etilishi, ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Jumladan, Boyovut tumanida 3 ta (5,27,29-sonli DMTT), Guliston tumanida 4 ta (5,8,14,22-sonli DMTT), Mirzaobod tumanida 5 ta (2,3,6,9,12-sonli DMTT), Oqoltin tumanida 3 ta (3,4,11-sonli DMTT), Sayxunobod tumanida 4 ta (4,7,10,11-sonli DMTT), Sardoba tumanida 5 ta (1,3,4,10,14-sonli DMTT), Sirdaryo tumanida 2 ta (11,29-sonli DMTT), Xovos tumanida 5 ta (5,6,8,14,16-sonli DMTT), Guliston shahrida 6 ta (5,6,7,17,18,20-sonli DMTT), Yangiyer shahrida 7 ta (1,2,4,6,9,11,12,13-sonli DMTT), Shirin shahrida 6 ta (1,2,3,4,5,6-sonli)DMTT o‘rganildi. O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy muhitning tahlili, guruh xonalarining jihozlanishi, faollik markazlarida bolalar mustaqil faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallardan foydalanish holati, qo‘shimcha pullik xizmat tashkil etilganligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–899-son, 19.01.2024-y.) bilan bir qator kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik belgilandi: – Mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz o‘zgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etish quroli musodara qilinadi. – Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz o‘zgartirish yoki uning nusxasini yaratish huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. – Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari musodara qilinadi. – Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. – Mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, 5 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma'muriy qamoq qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. – Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug‘ullanish, kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi: “Tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘zining mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Yangi qo‘shimcha kiritildi: Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–899-son Qonuni, 19.01.2024-y.
903.ppt Yangi bino qurishdan avval tuproqning unumdor qatlami sidirib olinishi kerak “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy prinsiplar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi. Qishloq xo'jaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan o'ziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash to'g'risida axborot olish huquqiga ega. Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart. Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi. Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlanganda, yetkazilgan zararning o'rni mahalliy byudjetga qoplanadi. Mazkur pul mablag'laridan qishloq xo'jaligida foydalanilmayotgan sug'oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun foydalaniladi. Tuproqni o'rganish Qishloq xo'jaligi, Suv xo'jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning (O‘RQ–883-son, 18.12.2023-y.) mazmun-mohiyatini yoritish bo‘yicha ANNOTATSIYA Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–883-son, 18.12.2023-y.) bilan bir qator qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra: ➖ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi; ➖ Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi; ➖ Partiya ro‘yxati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin, ushbu ro‘yxatga kiritilganlar deputatlikka nomzod maqomini oladi va ularga guvohnoma beriladi; ➖ Partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz bo‘lishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning a’zolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin emas; ➖ deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi; ➖ ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha, shuningdek partiya ro‘yxati asosida siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerak. Bunda partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har 5 nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi lozim. Shuningdek, yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik o‘rinlari ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining 7 va undan ko‘proq foizini to‘plagan siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlanadi. Agar saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining 7 va undan ko‘proq foizini faqat bitta siyosiy partiya to‘plagan bo‘lsa, unda deputatlik o‘rinlari saylovda saylovchilarning eng ko‘p ovozini to‘plagan ikkinchi siyosiy partiyaga ham taqsimlanadi. Markaziy saylov komissiyasi deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Partiya ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar o‘rtasida deputatlik mandatlarini taqsimlash Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan partiya ro‘yxatiga kiritilgan deputatlikka nomzodlar ketma-ketligiga muvofiq amalga oshiriladi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Qonunchilik palatasining kamida 5 nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega (ilgari kamida 9 nafar edi). Manba: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–883-son Qonuni, 18.12.2023-y.
Slayd -O‘RQ-891-son (1).pdf