Sayt test rejimida ishlamoqda

#OAV_biz_haqimizda

news-detail

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan.

Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi

 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan annotatsiya

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–899-son, 19.01.2024-y.) bilan bir qator kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik belgilandi: – Mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz o‘zgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish  BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etish quroli musodara qilinadi. – Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz o‘zgartirish yoki uning nusxasini yaratish huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.   – Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari musodara qilinadi. – Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. – Mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, 5 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma'muriy qamoq qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. – Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug‘ullanish, kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.   Shuningdek, Jinoyat kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi: “Tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘zining mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Yangi qo‘shimcha kiritildi: Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.     Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–899-son Qonuni, 19.01.2024-y.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistonda DXSh boʻyicha mamlakat (aloqalar o‘rnatish va maslahatchilar bilan tanishish) missiyasi doirasida kelgan hamkorlar va Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari N.Muslitdinov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv bo‘yicha 

2024-yil 13-fevral kuni Maktabgacha ta’lim agentligida Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari N.Muslitdinov va Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistonda DXSh boʻyicha mamlakat (aloqalar o‘rnatish va maslaxatchilar bilan tanishish) missiyasi doirasida kelgan hamkorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.    Missiyaning maqsadi – Iqtisodiyot va Moliya vazirligining davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari yuzasidan maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan vakolatlarini Iqtisodiyot va Moliya vazirligining DXShni rivojlantirish boshqarmasi va tegishli soha vazirliklari bilan muhokama qilishdan iborat. Bundan tashqari, mamlakatdagi davlat sektori institutlari bilan barqaror moliya amaliyoti va ESG tamoyillarini amalga oshirishda rejalashtirilgan yordamni muhokama qilish. Mazkur uchrashuvda tomonlar hamkorlikda "O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim muassasalari DXSh asosida qurish va rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirishga oid ishlar bo‘yicha muhokama qildilar. Shuningdek, Loyiha direktori (missiya rahbari) janob Muhammad Azim Hoshimiy Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tender hujjatlari shakllantirilayotganini va loyiha guruhi mutaxassislariga tegishli ma’lumotlarni taqdim qilishda amaliy yordam berishni so‘radi. Agentlik tomonidan mazkur xafta oxiriga ma’lumotlar o‘rnatilgan tartib va shaklda berilishi ma’lum qilindi.    Shu bilan birga, Dhaval Jamb tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan DXSh asosida shunga o'xshash bo‘lgan loyiha bo‘yicha ma’lumotlar berildi va u loyihada uchragan qiyinchiliklarni qaytarmaslik uchun choralar ko‘rilishini ta’kidladi.    Uchrashuv so‘ngida tomonlar tender e’lon qilishga yaqin qolganda xalqaro investorlarni jalb qilish maqsadida Buyuk Britaniyada maxsus  “Road Show” tashkil qilishga kelishishdi.  Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Muhammad Azim Hoshimiy, Bozorni rivojlantirish bo‘yicha maslahat departamenti direktori ishtirok etdi.   Vazirlik tomonidan Maktabgacha ta’lim agentligi direktori oʻrinbosari N. Muslitdinov ishtirok etdi.   Umuman olganda, uchrashuv samarali o‘tdi va tomonlarga O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini belgilash imkonini berdi. Ikkala tomon ham kelgusida tezkor ravishda ishlarni tashkil qilishga kelishdi.

Вид сайта
Размер шрифта