Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi

news-detail

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan   Jamoatchilik kengashi vakillari hamda OAV vakillari bilan birgalikda tizimda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Jamoatchilik kengashining kun tartibidagi masalalardan biri - 2030 yilgacha bolalarni 100 foizgacha qamrab olish vazifasi qo‘yilganligi, ushbu ko‘rsatkichlar ta’lim sifati, yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishi, yangi DXSH va oilaviy bog‘chalar barpo etish bilan bog‘liqligi, 2023-yilning o‘zida 1600 ta DXSH asosidagi oilaviy bog‘chalar yaratilishi hamda  Davlat dasturining maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq, 2023-yil oxiriga qadar 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 74,5 foizga yetkazish rejalashtirilganligi haqida aytib o‘tildi.

“Mamlakatdagi 2,9 million maktabgacha yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning 647 ming 655 nafari (90 foizi) 6 yoshli bolalar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bo‘lsa, 2023-yil yakuniga qadar  92 foiz 6 yoshli bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2025 yilga kelib 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 100 foizi boshlang‘ich maktabga majburiy bir yillik bepul tayyorgarlov guruhlariga qamrab olinadi” –deydi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin.

 “Barchaga ma’lum 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qilindi, albatta ta’lim sohasida barcha sharoitlarning muhayyo bo‘lganligi juda yaxshi, lekin pedagog kadrlar salohiyati bu alohida mavzu” - deydi, ochiq muloqot davomida Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi – Sherzodxon Qudratxo‘ja. 

Shuningdek, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 152 897 nafar rahbar va pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqda, ulardan 34,1 foizi (52 085 nafar) oliy ma’lumotli kadrlarni tashkil etayotganligi ma’lum qilindi. 

Jamoatchilik kengashining vakillari tomonidan o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi va oshirilayotganligi ta’kidlandi. 

Ochiq muloqotda agentlikning boshqarma va bo‘linma rahbarlari ishtirok etishib, OAV vakillarining sohaga oid barcha savollariga javob berishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта