
“Aqlvoy” avtobusi - olis va borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlar va qishloqlardagi bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatini beruvchi innovatsion yechimdir.
Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar loyihaning 1 va 2 bosqichlari davomida 65 ta ISUZU HC-40 avtobuslari bazasida 7 mingga yaqin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olinib, 387 ta mobil guruhlari tashkil etilgan edi.
Loyihaning uchinchi bosqichida janub viloyatlariga yuborilgan jami 7 ta avtobuslar yana 672 nafar bolalarni qamrab olib, 42 ta mobil guruhlarni tashkil etish imkonini beradi.