Sayt test rejimida ishlamoqda

Surxondaryo viloyati maktabgacha taʼlim tizimi faoliyati oʻrganilmoqda

news-detail

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining ishchi guruhi Surxondaryo viloyati maktabgacha va xalq taʼlimi tizimida sifat samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish hamda vakant boʻlgan xalq taʼlimi boʻlim mudirlari va maktab direktorlik lavozimlarni toʻldirish boʻyicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻrganishlarni boshladi.

Xususan, joriy yilning 23-may kuni viloyatimizning Sariosiyo va Denov tumanlarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan taʼlimning sifat samaradorligi,sogʻlom ovqatlantirish tartibi bilan tanishdi.

Jumladan, Sariosiyo tumanida “Erkatoylar”va «Zolushka» nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim jarayonlari, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati oʻrganildi.

Denov tumanidagi “Kinderland kids” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturining mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish holatlari koʻrib chiqildi.

Oʻrganish jarayonida tadbirkorlarning nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishdagi muammolari tinglandi hamda ularning taklif-mulohazalari ishchi guruh tomonidan qabul qilindi.

Shuningdek, ishchi guruh Surxondaryo viloyati Boysun va Sherobod tumanlarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan taʼlimning sifat samaradorligi,sogʻlom ovqatlantirish tartibi bilan tanishdi.

Jumladan, Sherobod tumanida 19-sonli davlat va 86-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim jarayonlari, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning intelektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati koʻrib chiqildi.

Boysun tumanidagi “Kinder baby” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturining mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish holatlari oʻrganildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Hamkorlik shartnomasi imzolandi

Parijga tashrif chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Inklyuziv taʼlim milliy instituti oʻrtasida inklyuziv taʼlim sohasida tajriba almashish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Fransiyaning Inklyuziv taʼlim milliy instituti imkoniyati cheklanganlar uchun taʼlim siyosatini amaliy amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Institutning asosiy faoliyati inklyuziv taʼlim, ijtimoiy va kasbiy integratsiyaga yoʻnaltirilgan boʻlib, uch yoʻnalishda amalga oshiriladi: kadrlar tayyorlash, resurslar, ilmiy tadqiqotlar. Shuningdek, ushbu tadbir davomida hamyurtlarimiz Parij moda akademiyasining bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosida ishtirok etdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
20 ta MTTda quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi

“Mehribonlik korpusi” tomonidan 20 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (MTT) turli yuqumli kasalliklar patogenlari tarqalishining oldini olish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Mehribonlik korpusi loyihasi doirasida AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligining (USDA) moliyaviy koʻmagi bilan uskunalar sotib olindi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi yigirmata MTT da (har bir viloyatda 10 tadan) quyosh panellari asosida kompleks qoʻl yuvish stansiyalarining montaj ishlari toʻliq yakunlandi. Ushbu qoʻl yuvish stansiyalari mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olayotgan 3 mingdan ziyod oʻquvchi uchun iliq oqar suvdan foydalanish imkonini beradi. Quyosh panellari asosida qoʻl yuvish stansiyalarini oʻrnatish bilan birga 48 nafar texnik xodim “Mehribonlik korpusi” dasturi doirasida yangi uskunalardan toʻgʻri foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻqitildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijda

Parijda bo'lib turgan vazir Agrippina Shin boshchiligidagi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijdagi "Sumerlin" davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashkilot direktori janob Sharli Jegonde delegatsiyani tashkilot faoliyati bilan tanishtirdi. Ushbu davlat ta'lim tashkiloti 1978 yilda tashkil etilgan. U Parijning 20-okrugida joylashgan. Unda 140 nafarga yaqin bola tahsil oladi. Shuningdek, ushbu bolalar bog'chasi Parijdagi 12 ta tashkilotni o'z ichiga olgan mahalliy inklyuziv maktabgacha ta'lim tashkilotlari klasterini boshqaradi. Shu bilan birga vazirlik delegatsiyasi taʼlimgacha boʻlgan oʻzgarishlar boʻyicha sammit doirasida SUR-4'ga erishishni tezlashtirish uchun hukumatlar va hamkorlar taʼlim inqirozini hal qilish uchun zarur boʻlgan shoshilinch choralarni muhokama qilish uchun tadbirda ishtirok etdi. Butun dunyo ta'lim vazirlari ta'limni tiklash va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan strategiyalar bilan o'rtoqlashdi va ta'lim inqirozini qanday hal qilish bo'yicha aniq misollar keltirdilar.

Вид сайта
Размер шрифта