
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida “Talaba ishga joylashadi” shiori ostida oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, boshqarma tasarrufidagi tuman boʻlimi mudirlari ishtirok etdilar.
Boshqarma tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mavjud 109 ta vakant oʻrinlarga 200 dan ziyod talabalardan murojaat qabul qilindi. Qabul qilingan murojaatlar boʻyicha boshqarma hamda institutning maktabgacha taʼlim fakulteti bilan memorandum imzolandi.
Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat kengashining 34-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Sessiya davomida viloyat hokimining buyrugʻi bilan Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi uchun alohida bino ajratildi.