Tanlovga taklif
(Xarid ikki konvertli tartib-qoida boʻyicha amalga oshiriladi)
Mamlakat: Oʻzbekiston Respublikasi
Loyiha: Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish
Kontrakt: “Bosma uskunalari uchun sarf materiallarini etkazib berish va tegishli xizmatlar”
Kredit raqami: 6418-UZ
RFB raqami: RFBG/1/2/20
1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Jahon bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi mablagʻlari hisobidan “Bosma uskunalari uchun sarf materiallarini etkazib berish va tegishli xizmatlar” xarid qilish boʻyicha kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish rejalashtirgan. Mazkur kontrakt boʻyicha toʻlovlar Qarz oluvchi tomonidan, Jahon bankining investitsiya loyihalarini moliyalash uchun toʻlovlar boʻyicha yoʻriqnomasida belgilangandek, bevosita toʻlov yoʻli bilan amalga oshiriladi, kontraktga asosan akkreditiv boʻyicha amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi huquqiy vakolatga ega Xarid ishtirokchilarini “Bosma uskunalari uchun sarf materiallarini etkazib berish va tegishli xizmatlar” tanlovi bo’yicha yopilgan va muhrlangan oʻz tanlov takliflarini taqdim etishga taklif etadi.
3. Tanlov Jahon bankining 2016-yilning iyulida nashr etilgan va 2017-yil noyabrida va 2018-yil avgustida qayta koʻrilgan «IPF Qarz oluvchilari uchun xarid qoidalari»da bayon etilgan xalqaro tanlov xaridlari qonun-qoidalariga (“Xarid qoidalari”) asosan tanlov takliflarini talab qilish (RFB) yoʻli bilan amalga oshiriladi va Xarid qoidalarida belgilanganidek, barcha huquqiy vakolatga ega tanlov ishtirokchilari uchun ochiq.
4. Huquqiy vakolatga ega boʻlgan manfaatdor tanlov ishtirokchilari qoʻshimcha maʼlumotlarni Tanlov hujjatlari bilan tanishib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi koordinatori Dilshod Gafarovdan ish kunlarida ish vaqtida (Toshkent vaqti bilan 09:00 – 18:00) quyida koʻrsatilgan manzildan olishlari mumkin.
5. Huquqiy vakolatga ega manfaatdor tanlov ishtirokchilari procurement.ecdp@gmail.com elektron pochtasiga yoki quyida berilgan manzilga yozma murojaatlarini yoʻllab, ingliz tilidagi tanlov hujjatlarining toʻliq toʻplamini bepul olishlari mumkin. Tanlov hujjatlari ishtirokchi tomonidan koʻrsatilgan elektron manzilga yuboriladi.
6. Tanlov takliflari qoʻyida berilgan manzilga 2024-yilning 9-aprel kuni soat 15:00 dan (Toshkent vaqti bilan) kechikmasdan yetkazib berilishi lozim. Kechikkan tanlov takliflari rad etiladi. Ustiga “ASOSIY TAKLIF” deb qayd etilgan tashqi konvertlar va ustiga “TEXNIK QISM” deb qayd etilgan ichki konvertlarni oshkora ochish tadbiri Ishtirokchilar tomonidan tayinlangan vakillar yoki qatnashish istagini bildirgan boshqa shaxslar ishtirokida 2024-yilning 9-aprel kuni soat 15:00 da (Toshkent vaqti) quyida berilgan manzilda oʻtkaziladi. Ustiga “IKKINCHI KONVERT: MOLIYAVIY QISM” deb qayd etilgan barcha konvertlar ochilmasdan qoladi va ikkinchi oshkora ochish tadbiriga qadar Xaridorning masʼuliyati ostida saqlanadi.
7. Barcha takliflarga xaridda ishtirok etish takliflarini taʼminlash kafolati ilova qilinishi shart. Ta’minlash kafolatining miqdori 10,000 AQSh dollariga teng.
8. Eʼtiboringizni Xaridlar toʻgʻrisidagi Nizomga qaratamiz. Unga koʻra Qarz oluvchi Xarid gʻolibining benefitsiar huquqi toʻgʻrisida maʼlumotni “Tanlov hujjatlariga kiritilgan benefitsiar egalik huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oshkor qilish” shaklidan foydalangan holda, Kontrakt berilishi toʻgʻrisidagi xabarning bir qismi sifatida oshkor qilishi talab etiladi.
9. Yuqorida qayd etilgan manzil:
Loyihani amalga oshirish guruhi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi.
Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100070, Amir Temur koʻch., 17, 2-qavat, 201-xona.
Tel.: +99871 207 04 08 (ichki: 607).
El. pochta: procurement.ecdp@gmail.com
Veb-sayt: www.mpe.uz