Sayt test rejimida ishlamoqda

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar diqqatiga!

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi "Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun gilamlar xarid qilish" bo'yicha

TЕNDЕR E’LON QILADI

Tender № 2021/2

Mahsulot nomi: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun gilamlar.

Xarid qilinadigan mahsulot nomi, tenderning maksimal qiymati va garov summasi quyidagicha :

Xarid qilinadigan mahsulot nomiSoniTenderning maksimal qiymatiGarov  maksimal summasii
(
0,5% )
Gilamlar (butun Respublika bo’ylab)Xarid qilinadigan tovarlar ro’yxati4 484 976 000,022 424 880,0

Tender o‘tkazilish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur xiyoboni, 17-uy, tel.: (90) 126-52-21

Qatnashuvchilarga qo‘yiladigan talablar:

Mahsulot yetkazib berish tajribasiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) tenderda ishtirok etishlari mumkin.

Tenderning ishchi organi: “VALSTATЕX” MCHJ.

Ishchi organ xodimi bilan aloqa raqami:

I. M. Mavlyanova, tel.: (+998 93) 399-33-53 e-mail: info@valstatex.uz.

Tender hujjatlari bo’yicha to‘liq ma’lumotlarni http://xarid.uz/fillingform. portali orqali olishingiz mumkin.

Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati va sanasi: Tender takliflari ishchi organi tomonidan maxsus axborot portalida ko’rsatilgan muddatga qadar qabul qilinadi.

Tender e’lon qilingandan so‘ng ishtirokchi bir donadan tovar na’munasi topshirishi kera. Namuna topshiri manzili: Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Oqdaryo ko’chasi 122 uy. Belgilangan muddatga qadar namunalarni topshirmagan ishtirokchilar tenderdan chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya) qilinadi.

Tender taklifini loyihalashga qo‘yiladigan talablar:

- tender ishtirokchisi faqat bitta tender taklifini taqdim etishi mumkin;

- tender taklifiga kiritilgan barcha hujjatlar rus yoki o'zbek tillarida tayyorlanishi kerak;

- tender taklifi quyidagi manzil bo’yicha taqdim etiladi: 100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko’chasi, 89-uy, “VALSTATEX" MChJ. Qabul uchun mas'ul Mavlyanov I.M., tel.: (+998 93) 399-33-53.

Tender hujjatlarining elektron versiyasi maxsus axborot portalida joylashtirilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrining “Tosh” mahallasidagi tadbirkor Tulebay Ashirov tomonidan amalda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani, uning va’da qilingan imtiyozli kredit uchun hokimiyat bilan kurashi shu tariqa tugagani bayon etilgan murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaatda ko‘rsatilgan vajda binoni auksionga qo‘yilishi Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘liq emasligi, balki tuzilgan kredit shartnoma tijorat banki bilan tuzilganligi, kredit shartlarini bajarmaganligi, olingan kredit foizlarini vaqtida to‘lamaganligi, ushbu bino kredit olish uchun garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilganligi sababli TIJORAT BANK tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqaro  tomonidan kredit shartnomasi tuzilgan tijorat bankiga murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта