PRESS-RELIZ Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati va xavfsizligi bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari

news-detail


PRESS-RELIZ

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati va xavfsizligi bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari

Toshkent shahar                                                                                            2024 yil, 2 may

 

Bugungi kunda respublikada 6 824 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, ularning 1 172 tasida 83 nafar tadbirkorlar tomonidan autsorsing xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan. Qolgan 5 652 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida anʼanaviy usulda ovqatlantirish tashkil etilgan.

Maktabgacha taʼlim agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 23-maydagi «Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun Yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish toʻgʻrisida»gi 1/12-son qoʻshma qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan 2023-yilning  1-sentabridan respublikaning barcha hududlaridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bogʻchalar uchun taomlar retsepti toʻplamidan foydalangan holda tuzilgan 10 kunlik Yagona mavsumiy taomnoma asosida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish tashkil etildi.

Shu bilan birga, bogʻchalar uchun taomlar retsepti toʻplami asosida sifatli ovqatlar va pishiriqlarni tayyorlashda xodimlarga qulayliklar yaratish maqsadida “Yagona mavsumiy taomnoma” boʻyicha videoroliklar tayyorlandi.

I. Bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar asosida oʻquv-seminarlar  tashkil etish yoʻnalishida.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni taʼminlash maqsadida hududlarda oʻquv-seminarlar oʻtkazish uchun reja-dasturlar ishlab chiqildi hamda mazkur oʻquv-seminarlarda ovqatlantirishga masʼul boʻlgan DMTT direktorlari, hamshiralar, oshpazlar, xoʻjalik mudirlari ishtiroki taʼminlandi.

Seminar-treninglar davomida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish, oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, taom tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qabul qilish, saqlash uchun zarur sharoitlar yaratish, taomnomaga muvofiq mahsulotlar toʻliq yetkazilishi va sarflanishini taʼminlash choralarini koʻrish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini oʻrganish boʻyicha tashkil etilgan brakeraj komissiyasi faoliyatiga doir masalalar muhokama qilinmoqda.

II. Xalqaro tajribani oʻrganish.

Rivojlangan davlatlarning ijobiy tajribalari asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda maktablarda ovqatlantirishning muqobil usullarini joriy etish, ovqatlantirish kombinatlari faoliyati tashkil etilishini oʻrganish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Qozon, Moskva shaharlari hamda Volgograd viloyati, Koreya Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasiga xizmat safarlari tashkil etildi.

Xizmat safari davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirish tizimi turlicha tashkil etilganligi aniqlandi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida ijtimoiy ovqatlantirish turli usullarda yoʻlga qoʻyilganligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasida ham ijtimoiy ovqatlantirish mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlari va yoʻnalishlari oʻrganib chiqildi.

Bunda, “Institut otraslevogo pitaniya” Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy ovqatlantirishning optimal shakllarini ishlab chiqishda, logistika va ovqatlantirish kombinatlarini tashkil etish uchun huquqiy-meʼyoriy hujjatlar va texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda hamda loyihani amalga oshirilishini kuzatib borish masalasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Hozirda mazkur Institut bilan hamkorlikda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

III. “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida imzolangan anglashuv Memorandumi doirasida amalga oshirilgan ishlar.

“Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilot bilan  hamkorlikda «Maktabgacha taʼlim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish» mavzusida amaliy konferensiyalar oʻtkazildi va unda
718 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarning rahbarlari, metodist va pedagoglari oʻqitildi va 60 nafar trenerlar tayyorlandi. “MTT larda oziq-ovqat xavfsizligining tamoyillarini oʻrganish va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi malaka oshirish treningda 180 nafar direktor, oshpaz va xoʻjalik mudirlari oʻqitildi.

Shuningdek dastur doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi maqsadli 60 ta DMTT ning sanitariya gigiyena xonalari (xojatxonalar), suv taʼminoti tizimi taʼmirlandi hamda oshxonalar taʼmirlandi va zamonaviy kerakli jihozlar bilan taʼminlandi. Xozirgi kunda 100 ta maqsadli DMTT larda yuqoridagi ishlar davom etmoqda.

“Aqlvoy oshpaz” bolalar bogʻchalari uchun retseptlar toʻplami qoraqalpogʻ tiliga oʻgirildi va 150 dona kitob nashr qilindi. “Taʼlim uchun oziq-ovqat va bolalar ovqatlanishi” dasturi doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekistonga begʻaraz yordam yordam sifatida 4 turdagi boyitilgan oziq-ovqat (20 tonna oʻsimlik yogʻi, 40 tonna guruch, 80 tonna un va 10 tonna sariq yarim noʻxat) mahsulotlari olib kelindi va tarqatildi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini muhofaza qilish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha DMTTlar uchun axborot materiallari (plakat, stend, broshyura, kartochkalar, pazllar va boshqa) oʻzbek va qoraqalpoq tillarida  ishlab chiqildi va 300 komplektda chop etildi.

DMTT oshpazlarini malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan “Bolalarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish” oʻquv markazini va tarbiyalanuvchilarga taom tayyorlashga mos boʻlgan zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan “Oshpazlar studiya”sini tashkil etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта