BOLALAR TA'LIMI PEDAGOG MALAKASIGA BOG'LIQ

news-detail

2023-yilning 16 oktyabr – 3 noyabr kunlari Termiz shahrida AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligining “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida Mehribonlik Korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tominidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Sho’rchi, Denov va Oltinsoy tumanlardagi 56 ta maqsadli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan taklif etilgan 168 nafar pedagog xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida uch haftalik trening kursi tashkil etilmoqda.   

Ushbu treningdan ko’zlangan asosiy maqsad - maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish, pedagogik metodikalarni, bolalarning ratsional ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish, bola shaxsiga yo‘naltirilgan  differentsial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish, shuningdek, ko’ngilsiz vaziyatlar sodir bo’lganda bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha MTT pedagoglarining nazariy va amaliy kompetensiyalarini oshirishdan iborat

Ma’lumot o'rnida,“Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi ikki hududda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasini yaxshilash, bolalarning ilk yoshidan savodxonligini oshirish, hamda sog‘lom turmush tarzi va gigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha MTT pedagoglari, hamshiralari, oshpazlari malakasini oshirish va pedagoglar uchun murabbiylik(mentorlik)ni amalga oshirish singari qator maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта