Sirdaryo viloyatida “Maktabgacha taʼlim tizimida Kuzatuv kengashi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusidagi Respublika seminari

news-detail

Joriy yilning 2-3-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida “Maktabgacha taʼlim tizimida Kuzatuv kengashi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusidagi Respublika seminari boʻlib oʻtdi.

Birinchi kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan seminar ishtirokchilari kutib olindi. 

Ikkinchi kuni ishtirokchilar Guliston tumanida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Kuzatuv kengashlari faoliyatining oʻrni” haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish maqsadida “Terakzor” MFYdagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashkilot Kuzatuv kengashining amaldagi faoliyati (meʼyoriy ish hujjatining yuritilishi, amaliy jarayonlar, taqdimotlar, treninglar, davra suhbatlari) haqida ishtirokchilarga maʼlumot berildi. 

Dastlab ishtirokchilar ushbu tashkilotda Kuzatuv kengashi tomonidan yaratilgan «Eko bogʻ» va bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi vakillari tadbirni ochib berishdi. 

Soʻngra mehmonlarga  Kuzatuv kengashi faoliyatiga oid taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, shubalarga boʻlinib, amaliy faoliyat jarayonlari kuzatildi. 1-shubada Maktabgacha taʼlim tashkilotida Kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichlari, 2-shubada Kuzatuv kengashining davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining moddiy texnik bazasini mustahkamlashdagi roli, 3-shubada esa Kuzatuv kengashining asosiy faoliyat bosqichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Ushbu jarayonlar yakunida ishtirokchilar fikr-mulohazalari tinglandi hamda oʻzaro tajriba almashildi.

Ikkinchi yoʻnalish Guliston tumanidagi “Beshbuloq” MFY dagi 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “kuzatuv kengashi va jamoat tashkilotlari hamkorligida bolalarga milliy urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarni singdirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusidagi seminarga tashrif buyurildi. Dastlab 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “Koʻzmunchoq” nomli milliy musiqiy dastasining musiqiy dasturi namoyish etildi.

Seminar davomida Guliston shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Pedagog ustaxonasi” faoliyati va pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi ish-tajribalarni oʻrganish maqsadida ushbu tashkilotga tashrif buyurildi. Shuningdek, ushbu tashkilotda Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan pedagog ustaxona faoliyati va pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha taqdimot koʻrsatildi. Bundan tashqari tashkilotning Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan pullik taʼlim-tarbiya xizmatlarining yoʻlga qoʻyilganligi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar kuzatildi. “Pedagog ustaxonasi” faoliyatiga oid master-klass oʻtkazildi. Tadbir soʻnggida tarbiyalanuvchilar ijrosida “Ozod yurtim kelajagi” nomli musiqiy dastur namoyish etildi.Press reliz Sirdaryo Respublika seminari.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта