2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijrosini tashkil etish boʻyicha

news-detail

Kuni kecha, 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijrosini tashkil etish boʻyicha brifing boʻlib oʻtdi.

Barchaga maʼlumki, bugungi kunda respublikada jami – 588 695 nafar 6 yoshli bolalar  maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olingan. Ularning 162 208 nafari Majburiy bepul bir yillik boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga, 357 699 nafari toʻliq kunlik tayyorlov guruhlariga, 68 788 nafari qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga jalb etilishi natijasida qamrov darajasi 83,8 foizga yetkazildi.

Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 38-maqsadga muvofiq, Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish belgilangan. Ushbu maqsadning 200-bandida 2022-yil yakuniga qadar 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish koʻzda tutilgan. Bunda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻyidagi guruhlar tashkil qilinadi:

toʻliq kunlik guruhlar;

  • 1-chorakda 11 347 ta
  • 2-chorakda 11 372 ta
  • 3-chorakda 11 409 ta
  • 4 chorakda 11 474 ta

qisqa muddatli guruhlar;

  • 1-chorakda 6 250 ta
  • 2-chorakda 6 303 ta
  • 3-chorakda 6 483 ta
  • 4 chorakda 6 615 ta

majburiy bepul tayyorlov guruhlari.

  • 1-chorakda 5 441 ta
  • 2-chorakda 5 826 ta
  • 3-chorakda 6 354 ta
  • 4 chorakda 6 723 ta

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori doirasida 53 ta tumanda imzolanishi belgilangan 100 ta loyihadan 89 tasi bilan bitimlar imzolandi, bunda 9 ta loyiha kredit mablagʻlarini jalb qilmagan holda amalga oshirilmoqda, loyihaga oʻz ulushini kiritilgan 74 ta bitim boʻyicha -160,4 mlrd. soʻm kredit ajratish yuzasidan Moliya vazirligiga tavsiya berilgan. Bugungi kunda umumiy quvvati 21 950 oʻrin quvvatga ega 747 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan bitimlar imzolandi.

Davlat dasturining 201-bandiga muvofiq, Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. 2022-yilda davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi 1300 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etiladi.

Vazirligimiz tomonidan maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini malakasini oshirish toifalarga ajratgan holda har bir toifa uchun oʻquv rejalari, ularning ichidagi modullarning mazmuni Janubiy Koreya, Singapur, Fransiya va Rossiya davlatlarining tajribalarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻquv uslubiy majmualari muvofiqlashtirildi.

Hozirgi davrda Maktabgacha taʼlim vazirligi Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan, klaster usulida tajriba-sinov uchun qisqa muddatli kurslar uchun Sillabuslar va oʻquv uslubiy majmualari ishlab chiqildi.

Shu bilan birga malaka oshirish kurslari faqat anʼanaviy tarzda oʻtkazilmasdan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari masofaviy shaklda (my.mdomoi.uz platformasi orqali) oʻtkazilishi joriy etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona va Namangan viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirish boʻyicha Maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralari bilan kelishgan holda vazirlikning xati asosida Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratini uzluksiz rivojlantirib borishning yangi tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida” qoʻshma qarori bilan “Maktabgacha taʼlim klasterlarida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish boʻyicha muvaqqat tartibi” tasdiqlandi.

Davlat dasturining 39-maqsadi Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga bagʻishlangan. Xususan, dasturning 202-bandida 3 ta vazifa belgilangan.

Jumladan, bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish ham qayd etib oʻtilgan. Unga koʻra, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalarini xalqaro tajriba asosida qayta koʻrib chiqiladi. Shuningdek, hududlarda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kredit-modul tizimiga asoslangan uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish ham ushbu bandda sanab oʻtilgan.

40-maqsadda esa Maktabgacha taʼlim tizimida byudjet mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash belgilangan.

 

Xususan, dasturning 203-bandiga koʻra, Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Ushbu band ijrosini amalga oshirish uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar va idoralararo elektron hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Shu bilan birga Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yagona axborot tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта