Yana 5 ta MTT bolajonlarga eshiklarini ochdi

news-detail

Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida bir kunda 3 ta DMTT foydalanishda topshirildi. Endilikda 520 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi.
4001.jpg
Joriy yilning 8-aprel kuni Jizzax viloyati Doʻstlik tumani “Navroʻz” mahallasida 10-son DMTT 140 oʻrinli, 3-son DMTT 240 oʻrinli, 7-son 140 oʻrinli DMTTlar foydalanishga topshirildi.
4002.jpg
Barcha sharoitlarga ega, keng va yorugʻ xonalar, sport va musiqa zallari, innovatsion taʼlim berishga ixtisoslashgan jihozlar endilikda kichkintoylarimizning porloq istiqboli uchun xizmat qiladi.
4003.jpg

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanning chekka hududida joylashgan «Mehrobod» mahallasida 90 oʻrinli 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

Ushbu tashkilot mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yangidan qurildi. Bundan tashqari, aholi bandligini taʼminlash maqsadida, ushbu tashkilotga hududdagi 20 nafar pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilish koʻzda tutilgani.

Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 ta guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona va barpo qilingan.

«Mehrobod» mahallasida 327 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 120 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 90 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 30 nafari qisqa guruhlarga qamrab olinadi.

Shu bilan birga, Qumqoʻrgʻon tumanining “Hurriyat” mahallasida ham 140 oʻrinli 10-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham bolajonlarga oʻz eshigini ochdi.

Ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1978-yil qurilgan boʻlib, 2021-yilda “Obod qishloq dasturi” asosida taʼmirga tushib, 1 mlrd 800 mln mablagʻ hisobidan kapital taʼmirlash ishlari olib borildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida 6 ta kuni uzaytirilgan va 2 ta qisqa guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona, oshxona va yozgi ayvonchalar barpo qilingan.

 

“Hurriyat” mahallasida 398 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 190 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 140 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 50 nafari qisqa guruhlarga qamrab olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта