Oʻzbekiston boʻylab yana 10 ta MTT ochildi

news-detail

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida bir kunning oʻzida 3 ta maktabgacha taʼlim dargohi faoliyat boshladi. Buning natijasida yana 300 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlimga qamrab olindi.

Jumladan, “Balandchayla” MFYda 150 oʻringa moʻljallangan 23-DMTT, “Toʻqboy” MFYda esa Nilufar Sanayeva rahbarligidagi 100 oʻrinli xususiy va «Savsantepa» MFYda Iroda Mengaliyeva tashabbusi bilan 50 oʻringa moʻljallangan oilaviy bolalar bogʻchasi faoliyat boshladi.

Shu bilan birga Surxondaryo viloyati ham 4 ta maktabgacha taʻlim tashkiloti ochildi. Oltinsoy tumani “Oqarbuloq” mahallasida 90 oʻrinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 25-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bolajonlarga oʻz eshigini ochdi.

Ushbu tashkilotga hududdagi 24 nafardan ortiq pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Shundan 2 nafar xodim “Ayollar daftari”da hamda 1 nafar xodim “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolardir.

Viloyatdagi Boysun tumanning olis va togʻli hududida zamon talablariga mos maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat boshladi.

Boysun tuman markazidan 15 km olisda joylashgan “Toʻda” mahallasida 90 oʻrinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻz faoliyatini boshladi.

Ushbu tashkilotga hududdagi 25 nafardan ortiq pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Shundan 6 nafar xodim “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolardir.

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Bogʻiston” mahallasida 50 oʻrinli 56-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha taʻlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi.

Sherobod tumani “Chuqurkoʻl” mahallasida 90 oʻrinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 38-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochildi.

 

Ushbu tashkilot mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yangidan qurildi. Bundan tashqari, aholi bandligini taʼminlash maqsadida, ushbu tashkilotga hududdagi 17 nafar pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Shundan 2 nafar xodim “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolardir.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida bir kunda 3 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Tumanning “Mirzo Ulugʻbek” mahallasida 150 oʻrinli 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti investitsiya dasturi asosida 5 mlrd 700 mln soʻm mablagʻ evaziga yangitdan bunyod etildi.

T.Axmedov mahallasida “Obod qishloq” dasturi bilan 150 oʻrinli 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 4mlrd 300mln soʻm mablagʻ sarflandi.

Tumanning “Navbahor” mahallasida joylashgan 20-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti esa homiylik asosida qurilgan boʻlib, 7 mlrd mablagʻ evaziga 100 nafar bolajonni oʻz bagʻriga oldi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта