Namangan viloyatining Uychi tumani Ovchibuloq mahallasida bironta ham MTTboʻlmagan. Aholi murojaatlari asosida qariyb 7 milliard soʻmga qurilgan 50-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Tashkilot 180 nafar oʻringa moʻljallangan boʻlib, ota-onalik badal toʻlovi 50 foizni tashkil etadi.
Shu bilan birga, viloyatning Uchqoʻrgʻon tumanida ham 25-sonli DMTT bolajonlarga eshik ochdi. Tashkilotni qurish uchun 3 mlrd 96 mln soʻm sarflangan boʻlib, 120 oʻringa moʻljallangan. MTT ish boshlashi natijasida 20 dan ortiq ish oʻrni yaratildi.
Ushbu 2 ta MTTning ochilishi 300 nafar bolaning qamroviga sabab boʻldi.