O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistonda reabilitatsiyani kuchaytirish bo‘yicha ekspert missiyasining ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko'p tarmoqli kompleks yondashuv amalga oshirilmoqda, bunda alohida ta'limga muhtoj bolalarga maktabgacha ta'lim bilan birgalikda yuqori sifatli reabilitatsiya yordami ko'rsatiladi. Bu esa bolalikdan nogironlikning oldini olish va kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga bolalarning ijtimoiy moslashuvi, nogiron bolalarning har tomonlama hayotiy faoliyati va jamiyat hayotiga faol jalb etilishini ta'minlanadi.
Uchrashuvda maktabgacha yoshdagi bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha mavjud vaziyatning ustuvor masalalari muhokama qilinib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qilish belgilab olindi.