- 2020-yilning 6-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi uyushtirgan press-tur doirasida Toshkent viloyatidagi 4 ta MTT hamda Oʻrta Chirchiq tumanidagi pedagogika kollejiga tashrif buyurildi.
- Toshkent viloyatida 789 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, jumladan, 481 ta davlat, 26 ta idoraviy, 112 ta xususiy, 18 ta DXSH asosidagi va 152 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud. 2020-yilning 3-choragi holatiga koʻra, Toshkent viloyatida maktabgacha taʼlimga bolalarni qamrab olish koʻrsatkichi 49,5% ni tashkil etdi (2017-yilda 27,2%). Joriy yil oxiriga qadar MTV ushbu koʻrsatkichni 57,4% ga oshirishni rejalashtirmoqda. Oʻtgan uch yil mobaynida Toshkent viloyatida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 1,8 barobar oshdi.
- “Oltin baliqcha» 12-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti, Toshkent viloyati
- Keles shahrida joylashgan 12-sonli «Oltin baliqcha” MTT 2020 da ishga tushirildi. Yangi MTT sobiq tuman sud binosida joylashgan. Mazkur inshoot Maktabgacha taʼlim vazirligi balansiga olinib, “Anglesey Food” YAT MCHJ (korzinka.uz) homiyligida rekonstruksiya qilindi. Quvvati 480 oʻrin, yaratilgan ish oʻrinlari soni 25 tani tashkil etadi. Toʻla vaqtli guruhlardan tashqari, 12-sonli MTTda 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha bepul qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan.
- MDO va “Anglesey Food” YAT MCHJ oʻrtasidagi hamkorlik bu hayriya faoliyati shaklidagi davlat-xususiy sherikligidir (DXSH).
- “Aqlvoy” mobil MTT, Yangiyoʻl tumani
- Yangiyoʻl tumanida “Isuzu” avtobusi vositasida mobil MTT faoliyat yuritadi. Kun davomida, avtobus manzillarga boradi va 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni qamrab oladi. Oʻqituvchilar oʻquvchilar bilan turli yosh guruhlari uchun moʻljallangan dastur boʻyicha ish olib boradilar, avtobus marshrutining har bir nuqtasi toʻsiqlar, kursi, argʻimchoq, oʻyingoh va bolalar maydonchalari bilan jihozlangan.
- “Aqlvoy” mobil MTT oddiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlmagan chekka qishloq joylarida faoliyat koʻrsatadi.
- 24-sonli MTT, Quyi Chirchiq tumani
- Quyichirchiq tumani 24-sonli MTT idoralararo hamkorlik doirasida Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi koʻmagida qurilgan. MTT quvvati 160 oʻrin, yaratilgan ish oʻrinlari soni 30 tani tashkil etadi.
- “Erudit kids planet”, Nurafshon shahar
- “Erudit kids planet” 100 oʻrinli oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotidir. MTTda 15 nafar oʻqituvchi va maʼmuriy xodimlar faoliyat koʻrsatib, toʻgaraklar tashkil etilgan.
- MTTda barcha belgilangan havfsizlik choralari koʻrilgan: niqob rejimi va ijtimoiy masofa saqlashga rioya etiladi, bolalar va xodimlar ertalab tekshiruvdan oʻtkaziladi hamda harorat kuniga ikki marta oʻlchanadi. Guruhlarda tozalash kuniga 4-marta amalga oshiriladi, binolar jadvalga muvofiq shamollatiladi.
- Toshkent viloyat pedagogika kolleji
- Toshkent viloyat pedagogika kolleji dual taʼlim joriy etilgan birinchi oʻquv yurti boʻladi. Kollej oʻquvchilari akademik bilim olish bilan parallel ravishda bolalar bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantiradilar. Shu maqsadda kollejda 240 nafar oʻquvchiga moʻljallangan yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurildi.
- Dual taʼlim modelining anʼanaviy taʼlimga nisbatan ustunligi undagi nazariya va amaliyotning mustahkam bogʻliqligidadir. Oʻquvchilar oʻrganayotgan narsalari va olgan maʼlumotlarini oʻz ishlariga qanday tatbiq etish mumkinligini biladilar. Bunday yondashuv natijasida maktabgacha taʼlim tizimi nafaqat pedagogik bilimlarni oʻzlashtirgan, balki bolalar bilan ishlashni biladigan oʻqituvchilarga ham ega boʻladi.
- MTV mamlakatimiz boʻylab 97 ta pedagogika kollejida dual taʼlim tizimini joriy etmoqda. Kollejlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari bepul bir yillik maktabga tayyorlov, shuningdek, oʻrnatilgan tartibda boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishni amalga oshiradi.