“Maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish va unda xususiy sektor ulushini oshirish, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bepul maktabga tayyorlash tizimi orqali keng qamrab olish borasida belgilangan ustuvor vazifalar”

news-detail

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida yil davomida 16 nomdagi “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati”, “Men ham harbiy bo‘laman”, “Navoiyga ehtirom”, “Bobur ruboyilarini o‘rganamiz”, “Navro‘z — yangilanish davri”, “Sharafshonim-bayrog‘im” va “Konstitutsiya–baxtimiz poydevori” mavzularidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, “Ilk qadam” va “Аqlvoy” Onlayn dasturlari doirasida “Jajji raqqosalar” , “Baxtli bolalaligim”, “Bolaligim–poshsholigim” mavzusida rasm chizish, sheʼr, kuy va qo‘shiq kuylash bo‘yicha onlayn ko‘rik tanlovlar hamda “8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan MTTlarining pedagog xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi «Аdolat» milliy huquqiy axborot markazi faoliyatini tashkil etish, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 678-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2021 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturining 4 va 22 bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida, “Аmir va Shirin” nomli hayot havfsizligi qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan qo‘llanma va “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun Konstitutsiyani o‘rgatish bo‘yicha” ko‘rgazmali qo‘llanma tayyorlanib maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kitob va elektron tarzda yetkazildi. 

Ichki audit xizmati tomonidan 2020 yil davomida maktabgacha taʼlim bo‘limlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkazilgan 611 ta nazorat tadbirlarida jami 51,8 mlrd.so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, noqonuniy xarajat va kamomadlar 23,4 mlrd.so‘mni (45%); Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 11,2 mlrd.so‘mni (21,6%); buxgalteriya hisobi qoidalarini buzilishi va boshqa moliyaviy xato kamchiliklar 11,9 mlrd.so‘mni (22,9%); budjet va tashkilot hisobiga qo‘shimcha hisoblangan daromadlar 5,3 mlrd.so‘mni (10,3%) tashkil etdi. Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o‘tib, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid ravishda 11,2 mlrd.so‘mlik shartnomalar tuzilgan. Аyrim holatlarda auktsion xaridlar o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga eʼlonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan «Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti» talablariga zid ravishda 451 nafar bolalar noqonuniy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan.

2020 yil yakuniga ko‘ra, Investitsiya dasturi doirasida hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 338,7 mlrd.
so‘mlikqurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, 1 286,5 mlrd.so‘m mablag‘moliyalashtirildi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida, 417 ta obʼektdan, 41 tasi yildan-yilga o‘tuvchi bo‘lib, 63 670 o‘rinli (quvvat) 376 ta maktabgacha taʼlim obʼektlari 2020 yilda foydalanishga tayyor holda topshirildi va qo‘shimcha 29 428 yangi quvvat yaratildi.

Jumladan: 2 460 o‘rin yangi qurilish hisobiga;
15 895 o‘rin bo‘sh turgan binolarni rekonstruktsiya qilish hisobiga; 11 073 ta o‘rin faoliyat ko‘rsatayotgan MTTlar quvvatlarini kengaytirish hisobiga

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта