“Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʼini kengaytirish” loyihasi.

news-detail

  • Loyihaning umumiy miqdori: 10.9 mln. AQSH doll., Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasining kredit mablagʻlari hisobidan.
  • Asos: PQ-5071 (12.04.2021-y.), VMQ-428 (23.05.2020-y.) (6 ilova)
  • Umumiy maʼlumot: Mazkur kredit mablagʻlari maktabgacha taʼlim tizimida DXSH asosida tuzilgan kelishuvlarni (40ta) moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.
  • Holati: Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasi va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida qarz bitimi imzolandi. Hozirgi kunda, mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
  • Hukumat qarori tasdiqlangandan soʻng 10 kun ichida Adliya vazirligi tomonidan qarz bitimiga yuridik xulosa berilishi kutilmoqda.
  • Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi yuridik xulosani olgandan soʻng, loyiha tasdiqlangan mexanizmga asosan amalga oshiriladi.
  • Loyiha natijasi: Loyiha doirasida 40 MTT yaratilishi
  • va jihozlanishi koʻzda tutilgan. Natijada 4,5 ming bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinadi (Umumiy qamrovni 0.5% ga oshiradi).
  • Loyiha amalga oshiriladigan hududlar:
  • Respublikaning barcha hududlarida
  • Loyiha muddati: 2021-2023
  • Hamkorlik xronologiyasi:
  • 2019-yil 23-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab koordinatsion guruhi fondlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 428-sonli qarori tasdiqlandi.
  • Tashqi ishlar vazirligiga 2020-yil 3-fevraldagi maktub bilan Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi loyihaning Oʻzbekistonda amalga oshirilishini ijobiy koʻrib chiqish toʻgʻrisida eslatma yubordi.
  • Kredit shartnomasi loyihasini ishlab chiqish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Saudiya Arabistonini rivojlantirish jamgʻarmasi vakillari oʻrtasida bir necha marotaba videokonferensiya orqali muhokama qilindi va 2020-yilning dekabr oyida Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli shaxslari tomonidan Kredit shartnomasi imzolandi.
  • Loyihani amalga oshirish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ishlab chiqildi. Ayni paytda hujjat idoralararo kelishuvdan oʻtgan va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта