Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qaror ijrosiga oid masalalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

news-detail

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha maʼlumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylangan. Xususan, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash bo‘lib, soha vakillarining oldida turgan muhim vazifa etib belgilanganligi haqida bugungi matbuot anjumani davomida taʼkidlandi.

 Аyniqsa, yurtimizdagi maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olingan jami 669 198 nafar 6 yoshli bolalarning 114 286 nafari qisqa muddatli guruhlarda, 89 240 nafari boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida, 311 618 nafari esa maktabga tayyorlov guruhlarida qamrab olinib maktabga tayyorlov ishlari amalga oshirildi. Jumladan, bugungi kunda respublika bo‘yicha 669 198 nafar 6 yoshli bolalardan 515 144 nafari, yaʼni 77%i maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi”ga muvofiq, maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovining yangi maqsadli ko‘rsatkichlariga ko‘ra Konsepsiya doirasida qo‘yilgan konseptual maqsad va vazifalarga ko‘ra, 2025 yilga kelib olti yoshli bolalarning majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga toʼliq jalb qilish, shuningdek 2030 yilgacha respublikadagi 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash uchun “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotning davlat o‘quv dasturi hamda “Ilm yo‘li” variativ o‘quv dasturidan foydalanilmoqda. Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimi orqali maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli oʼquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang‘ich taʼlimga sifatli tayyorlash 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

“Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash”- bu iborani eshitgan yoki o‘qigan barchaga birdek savol tug‘ilishi tabiiydir, yaʼni “bepul” taʼlim xarajatlari qanday qoplanadi?

Majburiy bepul taʼlimda xarajatlar to‘liq byudjet hisobidan qoplanadi. 1 nafar bolaga davlat byudjetidan oyiga 416 700 so‘m, yiliga 5 mln. so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Majburiy bepul taʼlimga 2020 yilda 50 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan, 2021 yilda 57,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Yuqorida taʼkdlaganimizdek, bugungi kunda 6 yoshli bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar, maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga ham qamrab olinadi. Har bir hududda ota-onalar to‘lov miqdorlari bir-biridan farq qiladi:

a) qisqa muddatli guruhlar bo‘yicha:

Qisqa muddatli guruhlarda bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdori MTTning joylashgan manzili va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.

Ota-ona to‘lovi miqdori:

Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 38 000 so‘m, viloyat markazida 36 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 32 000 so‘m, tuman markazida 29 000 so‘m, boshqa joylarda 26 000 so‘m;

Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 26 000 so‘m, viloyat markazida 25 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 23 000 so‘m, tuman markazida 20 000 so‘m, boshqa joylarda 18 000 so‘m.

Shuningdek, respublikaning 70 ta tumanlarida joylashgan MTTlarda ushbu miqdorlar ikki baravar kamaytirilgan holda to‘lanadi.

b) boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari bo‘yicha:

Boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.

v) maktabgacha tayyorlov guruhlari bo‘yicha:

MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlarida ota-onalar to‘lovi miqdorlari MTT joylashgan manzili, guruh ish rejimi va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.

Ota-ona to‘lovi miqdori 9 soatli ish rejimida:

Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 206 000 so‘m, viloyat markazida 199 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 183 000 so‘m, tuman markazida 135 000 so‘m, boshqa joylarda 95 000 so‘m;

Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 147 000 so‘m, viloyat markazida 141 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 130 000 so‘m, tuman markazida 102 000 so‘m, boshqa joylarda 77 000 so‘m.

Ota-ona to‘lovi miqdori 10,5 soatli ish rejimida:

Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 246 000 so‘m, viloyat markazida 238 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 206 000 so‘m, tuman markazida 183 000 so‘m, boshqa joylarda 167 000 so‘m;

Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 175 000 so‘m, viloyat markazida 169 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 147 000 so‘m, tuman markazida 138 000 so‘m, boshqa joylarda 133 000 so‘m.

Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish ko‘rsatkichlarining kengayib borishi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlarini oshiradi.

Shuningdek, maktabgacha taʼlimga qamrab olingan bolalar kelgusida boshlang‘ich taʼlim davrida o‘zlarini erkin xis qilishlari, tengdoshlari bilan oson ijtimoiy munosabatlarga kirishish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari hamda qisqa muddatli guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Matbuot anjumani davomida OAV vakillari vazirlik rahbariyati va xodimlariga savollar bilan murojaat qilib, o'zlarini qiziqtirgan kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта