Sayt test rejimida ishlamoqda

Veb-saytdan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

news-detail

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi veb-saytiga tashrif buyurganda foydalanuvchilar hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun yetarlicha qulaylik yaratilgan. Xususan sayt barcha foydalanuvchilarga moslashtirilgan, dizaynda tanlangan ranglar sayt tuzish standartlariga mos.

Saytning bosh menyusi 7 ta qismdan iborat:

Vazirlik – vazirlik haqida, rahbariyat, markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, jamoatchilik kengashi haqida maʼlumot berilgan.

Meʼyoriy hujjatlar - unda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident va VM qarorlari, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar kiritilgan.

Faoliyat - vazirlikning ochiq hayʼat majlislari, gender tengligi, xalqaro hamkorlik, korrupsiyaga qarshi kurash, tanlovlar, tenderlar, hisobotlar, eʼlonlar, boʻsh ish oʻrinlari, tashqi qarz haqida maʼlumotlar berilgan.

Taʼlim-tarbiya - davlat tilida ish yuritish haqida tavsiyalar, didaktik materiallar, elektron kutubxona, ota-onalar, pedagoglar, yoshlar siyosati MTVda, imkoniyati cheklangan bolalar uchun taʼlim joylashtirilgan. 

Matbuot xizmati - press-relizlar, yangiliklar, OAV biz haqimizda, fotogalereya, video galereya rukni keltirilgan.

Xizmatlari - bolani DMTTga joylash, Navbatni tekshirish, murojaatlar, koʻp beriladigan savollar, “Mening fikrim”, MTTlar xaritasi mavjud.

Ochiq maʼlumotlar ruknida esa ochiq yigʻilishlarni oʻtkazish rejalari, byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlar joylashtirilgan. 

Shuningdek, alohida “Hududiy boʻlinmalar” ruknida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytiga oʻtish havolasi qayd etilgan. 

Bogʻlanish - vazirlik manzili, aloqa uchun telefon raqamlari, ish vaqti, joylashgan manzili berilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrining “Tosh” mahallasidagi tadbirkor Tulebay Ashirov tomonidan amalda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani, uning va’da qilingan imtiyozli kredit uchun hokimiyat bilan kurashi shu tariqa tugagani bayon etilgan murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaatda ko‘rsatilgan vajda binoni auksionga qo‘yilishi Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘liq emasligi, balki tuzilgan kredit shartnoma tijorat banki bilan tuzilganligi, kredit shartlarini bajarmaganligi, olingan kredit foizlarini vaqtida to‘lamaganligi, ushbu bino kredit olish uchun garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilganligi sababli TIJORAT BANK tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqaro  tomonidan kredit shartnomasi tuzilgan tijorat bankiga murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта