Sayt test rejimida ishlamoqda

2021-yil uchun 1-Hay’at yig’ilishi

Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Hamkorlik shartnomasi imzolandi

Parijga tashrif chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Inklyuziv taʼlim milliy instituti oʻrtasida inklyuziv taʼlim sohasida tajriba almashish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Fransiyaning Inklyuziv taʼlim milliy instituti imkoniyati cheklanganlar uchun taʼlim siyosatini amaliy amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Institutning asosiy faoliyati inklyuziv taʼlim, ijtimoiy va kasbiy integratsiyaga yoʻnaltirilgan boʻlib, uch yoʻnalishda amalga oshiriladi: kadrlar tayyorlash, resurslar, ilmiy tadqiqotlar. Shuningdek, ushbu tadbir davomida hamyurtlarimiz Parij moda akademiyasining bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosida ishtirok etdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
20 ta MTTda quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi

“Mehribonlik korpusi” tomonidan 20 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (MTT) turli yuqumli kasalliklar patogenlari tarqalishining oldini olish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Mehribonlik korpusi loyihasi doirasida AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligining (USDA) moliyaviy koʻmagi bilan uskunalar sotib olindi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi yigirmata MTT da (har bir viloyatda 10 tadan) quyosh panellari asosida kompleks qoʻl yuvish stansiyalarining montaj ishlari toʻliq yakunlandi. Ushbu qoʻl yuvish stansiyalari mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olayotgan 3 mingdan ziyod oʻquvchi uchun iliq oqar suvdan foydalanish imkonini beradi. Quyosh panellari asosida qoʻl yuvish stansiyalarini oʻrnatish bilan birga 48 nafar texnik xodim “Mehribonlik korpusi” dasturi doirasida yangi uskunalardan toʻgʻri foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻqitildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijda

Parijda bo'lib turgan vazir Agrippina Shin boshchiligidagi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijdagi "Sumerlin" davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashkilot direktori janob Sharli Jegonde delegatsiyani tashkilot faoliyati bilan tanishtirdi. Ushbu davlat ta'lim tashkiloti 1978 yilda tashkil etilgan. U Parijning 20-okrugida joylashgan. Unda 140 nafarga yaqin bola tahsil oladi. Shuningdek, ushbu bolalar bog'chasi Parijdagi 12 ta tashkilotni o'z ichiga olgan mahalliy inklyuziv maktabgacha ta'lim tashkilotlari klasterini boshqaradi. Shu bilan birga vazirlik delegatsiyasi taʼlimgacha boʻlgan oʻzgarishlar boʻyicha sammit doirasida SUR-4'ga erishishni tezlashtirish uchun hukumatlar va hamkorlar taʼlim inqirozini hal qilish uchun zarur boʻlgan shoshilinch choralarni muhokama qilish uchun tadbirda ishtirok etdi. Butun dunyo ta'lim vazirlari ta'limni tiklash va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan strategiyalar bilan o'rtoqlashdi va ta'lim inqirozini qanday hal qilish bo'yicha aniq misollar keltirdilar.

Вид сайта
Размер шрифта