Sayt test rejimida ishlamoqda

Sammit qatnashchilari ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda bo‘ldilar

news-detail

8-9-sentyabr kunlari Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti bo‘lib o‘tdi.

2022-yil 10-sentyabr kuni Sammit ishtirokchilari Senat Raisi Tanzila Narbayeva hamorohligida ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.

Kunning birinchi yarmida sammit qatnashchilari “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida bo‘lib, markazdan o‘rin olgan “Boqiy shahar” majmuasi bilan yaqindan tanishdi. Qadimiy va navqiron Samarqand bag‘rida qad rostlagan mana shunday zamonaviy, ulug‘vor me’moriy majmua barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar Koni Gil merosi markaziga borib, Samarqand qog‘ozlari ishlab chiqarilish jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar.

Shuningdek, delegasiya vakillari Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyida bo‘ldilar. Ta’kidlash joiz, Amir Temurning suyukli nabirasi bo‘lgan Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek buyuk astronom olim va hukmdor sifatida ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan.

O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona kashf qilib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan. Uning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari dunyo astronomiya fani rivojida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. E’tiborlisi, mehmonlar Mirzo Ulug‘bek haqida ko‘p eshitgani va uning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos ekanini aytib o‘tishdi.

Kunning ikkinchi yarmida sammit ishtirokchilari  Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasini ziyorat qildilar.

Mehmonlarga ushbu maqbara tarixi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Sohibqiron Amir Temur bobomiz 1404-yilda nevarasi Muhammad Sulton vafotidan keyin unga atab maqbara qurishni buyuradi.

Oilaviy daxmaga aylangan Amir Temur maqbarasi Samarqandning janubi-sharqida bunyod etilgan salobatli imorat o‘laroq, o‘tmishimizdan so‘zlab turadi.

Mehmonlar Registon maydonini ko‘zdan kechirar ekanlar, iliq taassurotlar olganlarini qayd etdilar. Uch mahobatli tarixiy obida — Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari bir butun ansamblni tashkil etishi ularning e’tiborini tortdi.

Registon maydonini aylanish chog‘ida o‘sha davrda qurilgan binolarning o‘ziga xos uslublari, madrasalarning qurilish tarixi, peshtoqlaridagi naqsh va ramzlarning mazmuni haqida so‘zlab berildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта