Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada Toshkent shahrining tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 12 ta jamoadan jami 134 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga koʻra:
-“Eng yaxshi kompozitsiya” – Yunusobod tumanidagi 500-son DMTTning “Kamalak”;
-“Eng yaxshi dinamika” – Shayxontoxur tumanidagi 448-son DMTTning “Toʻmaris ajdodlari”;
-“Eng yaxshi obraz”- Sergeli tumanidagi 565-son DMTTning “Istiqlol”;
-“Eng yaxshi xoreografiya” – M.Ulugʻbek tumanidagi 403-son DMTTning “Sharq goʻzali”;
-“Takrorlanmas kompozitsiya” - Yakkasaroy tumanidagi 150-son DMTTning “Gʻoliblar”;
-“Eng uygʻun jamoa” - Yashnobod tumanidagi 165-son DMTTning “Doʻstlik”;
-“Gimnastika elementlaridan eng yaxshi foydalangan jamoa” - Bektemir tumanidagi 578-son DMTTning “Zilola”;
-“Eng jozibador libos” - Uchtepa tumanidagi 244-son DMTTning “Samo yulduzchalari”;
-“Eng hissiyotli jamoa” - Yangihayot tumanidagi 121-son DMTTning “Kuz malikalari”;
-“Eng ahil jamoa” – Chilonzor tumanidagi 284-son DMTTning “Tong yulduzi”;
-“Eng shijoatkor jamoa” - Mirobod tumanidagi 66-son DMTTning “Uchqunchalar”;
-“Gʻalabaga ishtiyoqmand jamoa” - Olmazor tumanidagi 478-son DMTTning “Quvnoq qizchalar” jamoalari nominatsiyalari bilan taqdirlanib, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil
23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga asosan, ushbu musobaqa joriy yilning 16-oktabridan 30-oktabriga qadar respublikaning barcha hududlarida oʻtkazildi.