Toshkent shahridagi Puchon universitetida “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirish bo'yicha muzokara olib borildi

news-detail

O‘zbekistan Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash va O‘zbekiston Respublikasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosida ko‘maklashish maqsadida Koreya Respublikasining Seul shahrida Puchon Universiteti va “Toshkent shahridagi Puchon Universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti qo‘shma korxonasi bilan “O‘zaro anglashuv Memorandumi” imzolangan bo‘lib, mazkur Memorandumdagi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlari bitiruvchilarini Toshkent shahridagi Puchon universitetining 2-bosqichida o‘qishini davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirishdir.     

Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator amaliy ishlar davomi sifatida agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarda joriy etilgan dual ta’lim tizimi o‘zining ijobiy samarasi berayotganligi sababali, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilarni Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Natijaga ko‘ra, pedagogika kollejlarida ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birgalikda olib borish imkoniyatini beruvchi hamda ta’limning uzviyligini ta’minlaydigan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etadigan ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va oliy ma’lumotli yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat.

Shu bilan birga, pedagogika kollejlarida faoliyat olib borayotgan maxsus fan o‘qituvchilari xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта