QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA TRENING KURSLARI O'TKAZILMOQDA

news-detail

2023-yilning 16-21 oktabr kunlari Nukus shahrida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining Ozbekistonda “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida “Mehribonlik korpusi” (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlaridagi maqsadli DMMTidan jamlangan 75 nafar pedagoglar uchun “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida besh kunlik trening kursini o‘tkazdi.   

Ushbu o‘quv kursining asosiy maqsadi maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish bo‘yicha pedagogik metodikalarni, bola shaxsiga yo‘naltirilgan differensial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish, bolalarda ratsional, xilma-xil ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha DMTT pedagoglarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hisoblanadi. 

O‘zbekistonda “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 100 ta maqsatli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu dastur maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasini yaxshilash, bolalarning ilk yoshidan savodxonligini, sog‘lom turmush tarzi va gigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha DMTT pedagoglari, tibbiyot hamshiralari, oshpazlarni malakasini oshirish va pedagoglar uchun murabbiylik yoki mentorlikni amalga oshirish singari qator maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.

 

photo_2023-10-18_14-07-30.jpg

photo_2023-10-18_14-07-38.jpg

photo_2023-10-18_14-07-42.jpg

photo_2023-10-18_14-02-17.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта