Ayni kunlarda maktabgacha ta’lim agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birgalikda “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish” (2023-2025 yillar) dasturi bo‘yicha maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha hududlaridan jami 18 nafar maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslarida o‘qimoqda.
Mazkur o‘quv tadbirlari davomida mahalliy mutaxassislar maktabgacha ta’lim sohasida Koreya modelining zamonaviy tendensiyalari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek, mamlakatimizdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga yo‘naltirilgan muhitni yaratish bo‘yicha bilimlarini oshiradilar.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ushbu dastur so‘nggi 3 yil davomida Koreya tomonidan amalga oshirilib, buning natijasida respublikamizning 90 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim xodimlari qamrab olindi.