O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamkorligida Yevropa ittifoqining moliyaviy ko‘magi asosida "Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasini amalga oshirish yuzasidan 10-14-sentyabr kunlari Termiz shahrida "Ko'p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi o'quv-amaliy treningga start berildi.
Ushbu treninglar UNICEF hamda Yevropa ittifoqi hamkorligida viloyatdagi afg'on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta'lim uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlarda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
5 kun davom etadigan trening jarayonlarida viloyatdagi inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlar mavjud bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagoglari ishtirok etib, malakali xorijlik trenerdan yangi bilimlarni o'rganish barobarida qizg'in va noodatiy tarzda kechgan mashg'ulotlar orqali o'zaro tajriba almashishmoqda.
Eslatib o'tamiz: Ushbu loyiha 2022-yilning sentyabr oyida o'z faoliyatini boshlagan edi.
Loyiha haqida batafsil ma'lumotlar - bu yerda: https://t.me/mdokanal/9178